Rossiya yoqilg‘isi Yevropaga nega bunchalik qimmatga tushmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUgol
Ugol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Gaz ortidan ko‘mir ham qimmatlashib bormoqda. Bir tonnasi uchun uch yuz dollar – bunaqasi yigirma yilda bo‘lmagandi. Bozorda uning oshig‘i olchi. Bu qanchalik uzoq davom etadi va Rossiya qancha pul ishlab oladi? Bu haqda batafsil RIA Novosti tahlilida.

Ko‘mirning qaytishi

Karbonat angidrid(CO2) tashlanmalarini qisqartirish chaqiriqlariga qaramasdan, ko‘mirni yanada ko‘proq sotib olishmoqda. Uni hatto ekologiya jihatdan “toza bo‘lgan” Yevropaga ham olib ketishmoqda: u yerda gaz narxining rekord darajada qimmatlagani sabab qattiq yoqilg‘iga o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. YeIda gazning ming kubometri 1400 dollarga pullanyapti. Energetika kompaniyalarining joni halqumiga kelib turibdi. Ayrimlari xonavayron bo‘lib bo‘ldi. Ko‘mir – yagona najot.
Sentabrda Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya qattiq yoqilg‘ida yetti million megavatt-soatcha ishlab chiqardi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 35 foizga ko‘proq.
6 oktabrya 2021. Prezident RF Vladimir Putin provodit v rejime videokonferensii soveshanie po voprosam razvitiya energetiki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Rossiya Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilish niyatida – Putin
Ammo Yevropada ko‘mir yetishmayapti. Asosiy yetkazib beruvchilar eksportni ko‘paytirishga ulgurishmayapti. Kontinentning shimoli-g‘arbida zaxiralarning oxiri ko‘rinmoqda: to‘rt million tonnadan zo‘rg‘a oshadi.
Boz ustiga osiyolik xaridorlar bilan raqobat degan narsa ham bor. Xitoyda ham taqchil. U yerda musaffo osmon uchun ko‘mir konlarini yopishdi.
“Bunga bo‘lgan munosabatning keskin o‘zgarishi sabab hukumat haqiqatdan banklarni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ko‘mir kompaniyalarini moliyalashtirish va kredit berishga majbur qilmoqla. Ustiga ustak XXR – nafaqat asosiy qazib oluvchi, balki asosiy iste’molchi ham”, - deb tushuntiradi Moliyalarni boshqarish oliy maktabining tahliliy tadqiqotlar bo‘limi rahbari Mixail Kogan.
Xitoy iqtisodiyoti tez qayta tiklanmoqda. Korxonalarga ko‘proq elektrenergiyasi darkor. Ko‘rinib turibdiki, mamlakat qattiq yoqilg‘idan keng foydalanishni davom ettiradi. Kommunistik partiya undan juda tez va erta voz kecha boshladi.
Boshqa yetkazib beruvchi mamlakatlar bilan mojarolar yuzaga keldi. “Pekin ko‘mirning dunyo hajmining sakkiz foizi atrofida ishlab chiqariladigan Avstraliya bilan munosabatlarini buzdi. Bularning bari Xitoydan tashqari ham Hindiston, ham boshqa Osiyo mamlakatlariga xizmat ko‘rsatadigan Indoneziyadan import qisqartirilganiga to‘g‘ri keldi” – deydi “AMarkets” tahliliy departamenti rahbari Artom Deyev.
Shaxter pokazivayet ugol. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
"Qora yovuzlik" Yevropada rekordlar o‘rnatmoqda
Natijada Xitoyning uchdan ikki viloyatlarini elektr energiyasini iqtisod qilish rejimga o‘tkazishdi. Eng yirik neft-kimyo korxonalari to‘xtab qoldi. Taqchillik kutilganidek narxlarga ta’sir ko‘rsatdi. Nafaqat Xitoyda. Yevropada qattiq yoqilg‘i Osiyoda qaraganda taxminan 14 foizga arzonroq turadi.
“Talab o‘sayotgan ekan, ko‘mir isitish mavsumi oxiriga qadar ham G‘arbda, ham Sharqda qimmatlashadi. Energetika inqirozi tahdidi kuchayadi”, - deb taxmin qiladi Deyev.

Qahraton qish va jazirama yoz

So‘nggi yillarda dunyoning ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji kam edi. Yevropa, Xitoy va AQSh dekarbonizatsiyaga bel bog‘ladi.
Pandemiya davrida qattiq yoqilg‘iga bo‘lgan talabning tushib ketishini sof energiyaga o‘tish deb atashgandi. Ammo “ko‘kalamzorlashtirish” vaqt talab qiladi. Bu tezda bo‘lib qolmaydi.
Buning ustiga tabiiy ofatlarni ham unutmaslik zarur. Sovuq qish va jazirama yoz tufayli Yevropa yerosti gaz omborlari bo‘shab qoldi. Gaz narxi jadal o‘sa boshladi. Neft kotirovkalari ham ortda qolmayapti.
Mana endi ko‘mirni eslab qolishdi. Yevropa ishlab chiqaruvchilari Rossiyadan ko‘proq eksport qilishni so‘rashmoqda.
Baralla aytishni, albatta, xohlashmayapti. Oldinda iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan galdagi konferensiya turibdi. Parnik gazlari tashlanmalari haqida gapirishadi. Ularni qisqartirishga erishish mumkin, faqat ko‘mirdan voz kechibgina – va qimmat gazda xonavayron bo‘lib.
Stroitelstvo vetroparka v Adigee - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Yevropa Rossiyani "sovuq eksport qilishda" ayblamoqda
Yetkazib beruvchilarni tanlash uchun nomzodlar unchalik ko‘p emas. Umid dunyoda qazib olinuvchi yoqilg‘i zaxirasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallaydigan Rossiyadan. Qazib olish bo‘yicha – oltinchi, eksport bo‘yicha – uchinchi. O‘tgan yili xorijga jami 200 million tonnacha yuborildi. Xitoy qariyb 29,5 tonna, Janubiy Koreya 23 tonnadan ko‘proq, Yaponiya 21,5 tonna xarid qildi.
Ammo qazib olishni sezilarli oshirishga erishish dargumon. “Ko‘mir qazib olish sanoati – bu cho‘ziladigan ishlab chiqarish. Yangi texnik kuchlar, tegishli ruxsatnomalar, hujjatlar lozim. Ikki yilcha vaqt talab qilinadi – niyatdan boshlab yangi konga ishlov berishni boshlashgacha. Rossiya shundoq ham Yevropa ko‘mir yetkazib beruvchi asosiy davlat. Yiliga 40 million tonnadan ziyod jo‘natadi”, - deydi Artom Deyev.
Mahalliy kompaniyalar, shubhasiz, qimmatlashayotgan xom ashyo ustidan pul ishlab olishadi. Osiyo bozorlarida 2019-yilda ko‘mirning narxi tonnasiga o‘rtacha 90 dollar bo‘lgan. hozir Yevropada – 300.
Shunga qaramasdan eksportning sezilarli ko‘paytirish kutilmayapti. Sinoptiklar sovuq qishni va’da qilishmoqda. Statistikaga ko‘ra, Rossiyadagi qishloq uylaridan uchdan bir qismi o‘tin yoki ko‘mirda isitiladigan pechda isitiladi. Shahar turar-joy fondida bundaylar yetti foizni tashkil etadi.
“Qisqa muddatli istiqbolda ajiotaj talab saqlab qolinadi. Dunyo maydonlarida uni olibsotarlar qizdiradi”, - deb hisoblaydi RUDN dunyo iqtisodiyoti va biznesining “Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik” dasturi dotsenti Xadjimurat Belxaroyev.
Lekin “Shimoliy oqim – 2” ishga tushiriliga oz qoldi. Bozor gaz narxini barqarorlashtiradigan uzoq muddatli gaz shartnomalari tuzilishini kutmoqda. So‘ngra – qattiq yoqilg‘iga ham. Unutmaslik zarurki, bugungi kundagi katta talabga qaramasdan, dunyo baribir ko‘mirdan voz kechmoqda.
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Yevropa gaz bozori uchun jangda AQSh Rossiyaga yutqazdi
“Gaz yoki ko‘mir yondiriladigan sanoat qozonlarida ish turli xususiyatga ega. Qattiq yoqilg‘i bilan qizdirishganda, asosan o‘toqarning qo‘l mehnatidan foydalanishadi. Ya’ni ish haqi, tibbiyot, qo‘shimcha ovqatlanish xarajatlari ko‘payadi. Gaz bilan esa – hammasi avtomatik ravishda. Tugma bosib qo‘yilsa bas”, - deya aniqlik kiritadi Belxaroyev.
Shunday bo‘lsa-da, ustunliklar ham bor: ko‘mir o‘zidan o‘zi yonib ketmaydi va ochiq maydonlarda saqlanadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, sovuqda boshqa energiya manbalari ishdan chiqsa, qattiq yoqilg‘i isitadi.
Yangiliklar lentasi
0