https://oz.sputniknews.uz/20210802/greta-tunberg-endi-kerakmas-undan-voz-kechishdi-19918868.html
Greta Tunberg endi kerakmas, undan voz kechishdi
Greta Tunberg endi kerakmas, undan voz kechishdi
Sputnik O‘zbekiston
Yelena Karayeva 02.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-02T16:48+0500
2021-08-02T16:48+0500
2021-08-02T16:48+0500
kolumnistlar
energetika
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1338/55/13385573_0:99:2049:1252_1920x0_80_0_0_3bf57e3bcaa485963d4e10712ccb17d5.jpg
Yelena KarayevaIyul oxirida insoniyat, G‘arb OAVlari xabariga ko‘ra, uglevrod gazlarini atmosferaga chiqarish bo‘yicha Yer sharining bir yillik zahirasini ishlatib bo‘lgan. Avgust oyining boshidan dekabr oxiriga qadar nima qazib olinsa va atmosferaga chiqarilsa, bu “ekologik qarz” evaziga bo‘ladi.Mutaxassislar hisob-kitob qilishiga ko‘ra, insoniyat qaysi mamlakat yoki qit’ada yashashidan qat’iy nazar, bugungi kundagidek iste’mol va ishlab chiqarish darajasini saqlab qolishi uchun Planetada mavjud zahiralardan 3/2 barobar ko‘proq resurs kerak bo‘ladi.Ekologiya mavzusida gap ketganda Greta Tunbergni esga olmasdan iloj yo‘q. Esingizda bo‘lsa ushbu shvetsiyalik qiz bir vaqtlar iqlim o‘zgarishiga qarshi “maktab o‘quvchilari ishtirokida norozilik namoyishi” uyushtirgan edi.Lekin Gretaning reja va maqsadlarini yaqindan o‘rganib chiqqanda, undan foydalanganlar haqida boshqacha xulosaga kelish mumkin.Ekologiya va SSSRAytish joizki, oldin SSSRda hozir Rossiyada yashayotgan kishilarga tabiatni qanday sevish kerakligini o‘rgatishning mutlaqo hojati yo‘q.Dunyoning barcha “rivojlangan” davlatlari supermarketlarida xaridlar plastik paketlarga joylay boshlanganida SSSR va Rossiyada fuqarolar magazinga yonlariga to‘rli setka (avoska) solib borardilar. Hozir esa bu modaga aylangan. O‘sha vaqtlar oziq-ovqat mahsulotlari pergament qog‘oziga o‘ralib berilardi. Sellofan paketlar esa yuvilib qayta-qayta ishlatilar edi.Bolalarga esa yoshlikda metallolom, makulatura jamlashni o‘rgatishar va mehnat evaziga ajoyib kitoblar sovg‘a qilinar edi.Shisha idishlar ham qayda foydalanish uchun topshirilar edi. Sut, qatiq, vino, pivo ichimliklari idishlaridan qayta-qayta foydalanilar edi.Bunday hayot tarzi, nafaqat jamiyatning kambag‘alligi, balkim tabiat zahiralariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish istagi bilan ham belgilanar edi. Bu o‘sha davrning o‘ziga xos maishiy madaniyati edi. Keyinchalik uni qoralashga qaratilgan ko‘plab urinishlar bo‘ldi.Bu, o‘rni kelganda, shunchaki solishtirish xolos.Chiqindi gaz kvotasiKeling “tabiatni avaylashga” qaror qilgan “rivojlangan davlatlar”ga qaytamiz.Atmosferaga SO2 chiqarishni cheklashga qaratilgan Kioto protokoli kuchga kirganidan so‘ng, “bug‘xona gazlari” hajmi kamayishi o‘rniga birja savdolarida yuqori qiymatli tovarga aylandi.Uglevodorod chiqindilar kvotasi xuddi neft, bug‘doy, kakao yoki boshqa real mahsulotdek sotila boshladi.Xullas, Yer sharini saqlab qolish shiori ostida birjalarda shunchaki yo‘q narsa “havo” sotilmoqda. Kvotasi ko‘p bo‘lganlar va kvotasi bo‘lmaganlar orasida makler va brokerlar ulkan daromad olmoqda.Qayerda mo‘may pul bo‘lsa o‘sha yerda firibgarlik uchun ham katta imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, Ostap Benderning “me’rosxo‘rlari” Fransiyanidan “havo” savdosida QQS to‘lamaganlikda ayblab 2 milliard yevrosini shilib olishgan edi.Lekin baribir 10-yil oldin bu maydonga hali globalistlar kelmagan, vaziyat tinch edi. 2015-yilda Parijda iqlim bo‘yicha anjuman yakuniga yetgan zamon, “yashil bondlar” (ya’ni obligatsiyaga o‘xshash birjada pul topish vositasi) paydo bo‘ldi.Ushbu qarzlar yirik banklar yoki Yevropa Markaziy banki tomonidan kafolatlanadi. Ularning yillik hajmi o‘nlab milliard yevro. Lekin bu ham Malezon ballletining barchasi emas, kirish qismi xolos.Birinchi akt 3-yil oldin, sahnaga Greta Tunberg chiqqanida boshlandi. Ayrim nuqsonlarga ega bo‘lgan o‘smir qizcha – ekologiya sohasida Janna d'Ark rolini o‘ynashi kerak edi. 2018-yilda Shvetsiya parlementi oldida Greta ekoligiya himoyasiga bag‘ishlangan turli namoyishlar o‘tkazar, dunyoning barcha yetakchi OAVlari esa uning har bir so‘zini har bir harakatini oqizmay tomizmay keng ommaga yetkazib turar edi.Bunday piarga hatto sport va kino yulduzlri, siyosatchilar ham havas qilsa arziydi.“Oltin milliard” davlatlar aholisinining miyasini chayishga qaratilgan ushbu kampaniyaning o‘ziga yarasha narxi ham bor edi. U yarim yildan so‘ng Katovitse shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “iqlim anjumanida” ma’lum bo‘ldi. U yerda, asosan Yevropa sa’y-harakatlari bilan, rivojlangan davlatlar iqtisodini “yashil relslarga” o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. AQSh va Rossiya ushbu anjumanda alohida fikr bildirishdi xolos.Ushbu tashabbus qiymati – yiliga 100 milliard yevroni tashkil qildi.Asosiy maqsad – bozorlarni yashil texnologiyalar foydasiga taqsimlash, jarayonda barcha Yevropa banklari va moliyaviy oqimlarini qamrab olish va yo‘l-yo‘lakay ozroq rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish.Bu yerda gap shunchaki makulatura yoki metallom jamlash, yoki shisha idishlardan qayta foydalanish haqida ketmayapti. Gap – asosiy pul oqimlarining manzillari o‘zgarishi hamda “yashil revolyutsiya” tashkilotchilarining tarkibi o‘zgargani haqida ketmoqda.Ushbu moliya oqimlari, albatta, kichik va o‘rta biznesni chetlab o‘tadi. YeI tomonidan ekologik tashabbuslarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan mablag‘larning yarmidan ko‘pi – 740 milliard dollari – bu yirik biznes va transmilliy korporatsiyalarga yo‘naltirilgan.Oddiy fuqarolar esa – bir necha o‘n yevro evaziga to‘r setka (narxi 80 yevrogacha) sotib olish va o‘zlarini “yangi iste’molchi”lar qatoriga qo‘shishga imkon beradi.Xo‘sh, Greta qani?Greta o‘ziga belgilangan rolni o‘ynab bo‘ldi. Endi u ketsa ham bo‘ladi. Aniqrog‘i uni “quvishdi”.So‘nggi vaqtlarda ekologiya “Janna d'Ark”ining bayonotlari ko‘proq “iqlim o‘zgarishiga” yoki “o‘g‘irlangan bolalikka” taaluqli bo‘lmay COVID-19 vaksinalarining noteng taqsimlanishi haqida edi.Greta qiziqishlarining bunday keskin o‘zgarishini ko‘rish – hayratlanarli albatta. Lekin globalist darajasidagi g‘irromlar bilan qarta o‘ynashga qaror qilgandan so‘ng, ulardan halol o‘yin kutishning o‘zi g‘alati bo‘lsa kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20210607/samarqand-ozbekistonda-birinchi-bolib-ettbning-yashil-shaharlar-dasturiga-qoshildi-19126297.html
https://oz.sputniknews.uz/20210409/ozbekistonda-yashil-vodorod-energetikasi-rivojlantiriladi-18243753.html
https://oz.sputniknews.uz/20200129/Kamilov-Yashil-Markaziy-Osi-yuori-darazhadagi-konferentsiyada-nut-szladi-13328843.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1338/55/13385573_0:0:2049:1538_1920x0_80_0_0_ae1d5ea15b73c5c81d7299478c11b5bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yelena Karayeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19351330_0:0:100:100_100x100_80_0_0_b26f64e2131fae54a474174e52857591.jpg
kolumnistlar, energetika, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
kolumnistlar, energetika, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
Iyul oxirida insoniyat, G‘arb OAVlari xabariga ko‘ra, uglevrod gazlarini atmosferaga chiqarish bo‘yicha Yer sharining bir yillik zahirasini ishlatib bo‘lgan. Avgust oyining boshidan dekabr oxiriga qadar nima qazib olinsa va atmosferaga chiqarilsa, bu “ekologik qarz” evaziga bo‘ladi.
Mutaxassislar hisob-kitob qilishiga ko‘ra, insoniyat qaysi mamlakat yoki qit’ada yashashidan qat’iy nazar, bugungi kundagidek iste’mol va ishlab chiqarish darajasini saqlab qolishi uchun Planetada mavjud zahiralardan 3/2 barobar ko‘proq resurs kerak bo‘ladi.
Ekologiya mavzusida gap ketganda Greta Tunbergni esga olmasdan iloj yo‘q. Esingizda bo‘lsa ushbu shvetsiyalik qiz bir vaqtlar iqlim o‘zgarishiga qarshi “maktab o‘quvchilari ishtirokida norozilik namoyishi” uyushtirgan edi.
Lekin Gretaning reja va maqsadlarini yaqindan o‘rganib chiqqanda, undan foydalanganlar haqida boshqacha xulosaga kelish mumkin.
Aytish joizki, oldin SSSRda hozir Rossiyada yashayotgan kishilarga tabiatni qanday sevish kerakligini o‘rgatishning mutlaqo hojati yo‘q.
Dunyoning barcha “rivojlangan” davlatlari supermarketlarida xaridlar plastik paketlarga joylay boshlanganida SSSR va Rossiyada fuqarolar magazinga yonlariga to‘rli setka (avoska) solib borardilar. Hozir esa bu modaga aylangan. O‘sha vaqtlar oziq-ovqat mahsulotlari pergament qog‘oziga o‘ralib berilardi. Sellofan paketlar esa yuvilib qayta-qayta ishlatilar edi.
Bolalarga esa yoshlikda metallolom, makulatura jamlashni o‘rgatishar va mehnat evaziga ajoyib kitoblar sovg‘a qilinar edi.
Shisha idishlar ham qayda foydalanish uchun topshirilar edi. Sut, qatiq, vino, pivo ichimliklari idishlaridan qayta-qayta foydalanilar edi.
Bunday hayot tarzi, nafaqat jamiyatning kambag‘alligi, balkim tabiat zahiralariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish istagi bilan ham belgilanar edi. Bu o‘sha davrning o‘ziga xos maishiy madaniyati edi. Keyinchalik uni qoralashga qaratilgan ko‘plab urinishlar bo‘ldi.
Bu, o‘rni kelganda, shunchaki solishtirish xolos.
Keling “tabiatni avaylashga” qaror qilgan “rivojlangan davlatlar”ga qaytamiz.
Atmosferaga SO2 chiqarishni cheklashga qaratilgan Kioto protokoli kuchga kirganidan so‘ng, “bug‘xona gazlari” hajmi kamayishi o‘rniga birja savdolarida yuqori qiymatli tovarga aylandi.
Uglevodorod chiqindilar kvotasi xuddi neft, bug‘doy, kakao yoki boshqa real mahsulotdek sotila boshladi.
Xullas, Yer sharini saqlab qolish shiori ostida birjalarda shunchaki yo‘q narsa “havo” sotilmoqda. Kvotasi ko‘p bo‘lganlar va kvotasi bo‘lmaganlar orasida makler va brokerlar ulkan daromad olmoqda.
Qayerda mo‘may pul bo‘lsa o‘sha yerda firibgarlik uchun ham katta imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, Ostap Benderning “me’rosxo‘rlari” Fransiyanidan “havo” savdosida QQS to‘lamaganlikda ayblab 2 milliard yevrosini shilib olishgan edi.
Lekin baribir 10-yil oldin bu maydonga hali globalistlar kelmagan, vaziyat tinch edi. 2015-yilda Parijda iqlim bo‘yicha anjuman yakuniga yetgan zamon, “yashil bondlar” (ya’ni obligatsiyaga o‘xshash birjada pul topish vositasi) paydo bo‘ldi.
Ushbu qarzlar yirik banklar yoki Yevropa Markaziy banki tomonidan kafolatlanadi. Ularning yillik hajmi o‘nlab milliard yevro. Lekin bu ham Malezon ballletining barchasi emas, kirish qismi xolos.
Birinchi akt 3-yil oldin, sahnaga Greta Tunberg chiqqanida boshlandi. Ayrim nuqsonlarga ega bo‘lgan o‘smir qizcha – ekologiya sohasida Janna d'Ark rolini o‘ynashi kerak edi. 2018-yilda Shvetsiya parlementi oldida Greta ekoligiya himoyasiga bag‘ishlangan turli namoyishlar o‘tkazar, dunyoning barcha yetakchi OAVlari esa uning har bir so‘zini har bir harakatini oqizmay tomizmay keng ommaga yetkazib turar edi.
Bunday piarga hatto sport va kino yulduzlri, siyosatchilar ham havas qilsa arziydi.
“Oltin milliard” davlatlar aholisinining miyasini chayishga qaratilgan ushbu kampaniyaning o‘ziga yarasha narxi ham bor edi. U yarim yildan so‘ng
Katovitse shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “iqlim anjumanida” ma’lum bo‘ldi. U yerda, asosan Yevropa sa’y-harakatlari bilan, rivojlangan davlatlar iqtisodini “yashil relslarga” o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. AQSh va Rossiya ushbu anjumanda alohida fikr bildirishdi xolos.
Ushbu tashabbus qiymati – yiliga 100 milliard yevroni tashkil qildi.
Asosiy maqsad – bozorlarni yashil texnologiyalar foydasiga taqsimlash, jarayonda barcha Yevropa banklari va moliyaviy oqimlarini qamrab olish va yo‘l-yo‘lakay ozroq rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish.
Bu yerda gap shunchaki makulatura yoki metallom jamlash, yoki shisha idishlardan qayta foydalanish haqida ketmayapti. Gap – asosiy pul oqimlarining manzillari o‘zgarishi hamda “yashil revolyutsiya” tashkilotchilarining tarkibi o‘zgargani haqida ketmoqda.
Ushbu moliya oqimlari, albatta, kichik va o‘rta biznesni chetlab o‘tadi. YeI tomonidan ekologik tashabbuslarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan mablag‘larning yarmidan ko‘pi – 740 milliard dollari – bu yirik biznes va transmilliy korporatsiyalarga yo‘naltirilgan.
Oddiy fuqarolar esa – bir necha o‘n yevro evaziga to‘r setka (narxi 80 yevrogacha) sotib olish va o‘zlarini “yangi iste’molchi”lar qatoriga qo‘shishga imkon beradi.
Greta o‘ziga belgilangan rolni o‘ynab bo‘ldi. Endi u ketsa ham bo‘ladi. Aniqrog‘i uni “quvishdi”.
So‘nggi vaqtlarda ekologiya “Janna d'Ark”ining bayonotlari ko‘proq “iqlim o‘zgarishiga” yoki “o‘g‘irlangan bolalikka” taaluqli bo‘lmay COVID-19 vaksinalarining noteng taqsimlanishi haqida edi.
Greta qiziqishlarining bunday keskin o‘zgarishini ko‘rish – hayratlanarli albatta. Lekin globalist darajasidagi g‘irromlar bilan qarta o‘ynashga qaror qilgandan so‘ng, ulardan halol o‘yin kutishning o‘zi g‘alati bo‘lsa kerak.