https://oz.sputniknews.uz/20211012/ukrainaga-aqsh-qurollari-etkazib-berildi-buyogi-nima-boladi-20871914.html
Ukrainaga AQSh qurollari yetkazib berildi: buyog‘i nima bo‘ladi?
Ukrainaga AQSh qurollari yetkazib berildi: buyog‘i nima bo‘ladi?
Sputnik O‘zbekiston
AQShning Kiyevga qurol yetkazib berishi Rossiya va Sharqiy Yevropaning boshqa qo‘shni davlatlarining milliy xavfsizligiga tahdid soladi. 12.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-12T13:51+0500
2021-10-12T13:51+0500
2021-10-12T13:51+0500
kolumnistlar
aqsh
ukraina
qurol-yarog‘
pentagon
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0c/20870643_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_db12ebc8b374b1483ec1b32b9097175d.jpg
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Tarixdan malumki, AQSh tomonidan boshqa davlatlar armiyalarini qurollantirish va ularni harbiy sohada o‘qitish malakasi o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmagan.Aksincha, Pentagon yordami bilan hamda uning standartlari asosida tuzilgan armiyalar keskin mag‘lubiyatga uchrashi qandaydir tendensiyaga aylanib bormoqda. Buni 2008-yilda Gruziya, 2015-yilda Iroq, 2021-yilda Afg‘oniston armiyalari misolida ko‘rish mumkin. Endigi navbat amerikaliklar tomonidan borgan sari faollashtirilayotgan va o‘qitilayotgan Ukrainaga kelmoqda.10 oktabr kuni AQSh tomonidan Ukraina Qurolli kuchlariga qo‘shimcha yordam sifatida ilk partiya harbiy aslaha olib kelindi. Umumiy qiymati 60 mln dollarga teng oliy sifatli qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va radiolokatsiya kuzatuv moslamalari Kiyev yaqinidagi Borispol aeroportiga yetkazildi.Lekin bu pullar evaziga AQSh o‘ziga nisbatan faqat norozilik va milliy xavfsizlikka oid muammolarining yanada avj olishini "sotib olishi" mumkin. 200 ming kishilik armiyani zamon talabiga ko‘ra qayta qurollantirish esa bundan 10 barobar ko‘proq harajatga aylanadi. NATO tarkibidagi Sharqiy Yevropa davlatlarida yangi harbiy texnika yani samoletlar va tanklarning yo‘qligi esa hech bir izohsiz ham ko‘p narsalar uchun dalil bo‘la oladi.2021 yilning o‘zida Ukraina Qurolli kuchlari uchun AQSh budjetidan 250 million dollarlik qurol-aslaha yetkazish mo‘ljallangan. Bu ko‘rsatgich AQShning Kiyevga ilk yordami emas. O‘tgan 7-yil davomida umumiy yordam qiymati 2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu esa ayni damda faoliyat olib borayotgan 255 ming harbiyning har biriga yiliga taxminan 1000 dollardan to‘g‘ri keladi degani.Yaqin kelajakda Vashington Kiyevni mudofaa maqsadidagi qurollar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. AQSh va Ukraina 1-sentabrda harbiy sohada hamkorlik olib borishga va Rossiyaga qarshi kurash olib borishga “qayta kelishib olishdi”. O‘sha kunning o‘zida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tankka qarshi Javelin raketalarni undan tashqari boshqa qurollarni ham yetkazib berishga va’da qilgan.Keyinroq “The American Conservative” nashri Vashington Ukrainani NATO amalda a’zosi deb bilishini ta’kidladi.Bu “xavfli xayol”ning ukraina xalqiga, qolaversa butun Yevropa uchun hech qanday yaxshilik olib kelmaydi.Sentabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakuni bo‘yicha Ukraina delegatsiyasi AQSh kompaniyalari bilan umumiy qiymati 2,5 milliard dollarga teng uchta bitimga imzo chekishdi.Rossiya hukumati bir necha marotaba AQSh va NATO kuchlaridan Donbassda fuqarolik urushi holatida bo‘lib turgan, anchadan beri Yevropani o‘zining g‘ayritabiiy tashqi siyosati bilan xavotirga solayotgan Ukrainani uchuvchi va boshqa turdagi qurol-aslaha bilan ta’minlashni to‘xtatishini talab qilgan.Zaif himoyaO‘tgan yakshanba kuni AQSh Ukrainaga yuqori aniqlikdagi qurollarni va bunga qo‘shimcha o‘q-dorilar, radiolokatsiya kuzatuv moslamalarini va tibbiyot qurilmalarini ham yetkazib berdi. Rasmlardan ma’lumki, “Cho‘l va dashtlarda” harakatlanishga moslashgan HMMWV zirhlangan amerika xammerlari Kiyevga Afg‘onistondan tranzit yo‘li bilan nasib etganini payqash mumkin. Qolaversa, ilgari ishlatilgan bu mashinalar (sariq rangga kamuflyaj qilinganlari faqat cho‘l va dashtlarda harakatlarga mo‘ljallangan) .Tepasida pulemoti bor mazkur amerika xammeri HMMWV afg‘on isonchilarini qo‘rqitishga imkon beradi. Yevropada esa bu harbiy ulovning zirhi o‘q va minalardan himoya qila olmaydi.Harbiy mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu rusumdagi harbiy xammerlarni ko‘proq jangavor emas, balki qiyin joylardan o‘tishga qo‘l keladigan transport turlariga kiradi. Ukraina Qurolli kuchlari bu turdagi ilgari mashinalarni ilgari ham olishgan. Ularning ta’kidlashlaricha, bu mashinalarning motori injiq bo‘lib, har 4000-5000 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tganidan so‘ng filtrini almashtirish yoki muntazam tozalash talab etiladi. Lekin dvigatelini sozlashda ham texnik yetishmovchilik sabab ahvol og‘irlashadi. Ukraina prezidenti matbuot xizmati 2015-yilda umumiy narxi 73 million AQSh dollariga teng bo‘lgan birinchi 10 dona HMMWV avtomobillarini AQSh tomonidan beminnat taqdim etilganini xabar qilgan edi.Bunga qo‘shimcha mashinalarni Ukrainaning tankka qarshi raketa tizimlari bilan ishlatish rejalashtirilgan edi. Bu o‘nta HMMWV harbiy mashinalarining izlari Ukraina dashtlarida yo‘qolib ham ketdi. Ularning ko‘rsatgan jasorati hozircha noma’lum.Avvalroq, Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, “Raptor”, “Kozak”, “Maxno”, “Kuguar”, “Spartan”, “Shrek”, “Fiona” nomlar ostidagi zirhlangan harbiy avtobomillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishini e’lon qilishgan edi. Lekin oxiri nima bilan yakun topishi aniq bo‘lmagan uzoq muddatli investitsiyalardan ko‘ra, tekinga berilgan xammer harbiy avtomashinalar afzallik qildi.Avtomobillar, artilleriya radarlari va birinchi yordam to‘plamlarini Vashington Kiyevga tekinga yetkazib berishi mumkin albatta, lekin buni beg‘araz deb bo‘lmaydi. Chunki amerika texnikasi va qurol-yarog‘ini olgan davlat o‘zini qo‘yidagi majburiyatlarga bog‘laydi: dushmanlik siyosatini so‘zsiz bajarish va Vashington ko‘rsatgan davlatlarga qarshi muntazam ravishda provokatsiyalar uyushtirish.AQShning qurol-aslaha yetkazib berishi, mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni keskinlashishiga olib kelmoqda, ukrainaliklarni urushga undab, ular orasidagi katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Garchi Donbassdagi mojaro shu tarzda hal qilinmasa-da, Ukrainaning Rossiya bilan harbiy kuchdagi raqobati ma’nosiz ko‘rinishga ega. Vashingtonning qurol-yarog‘ yetkazib berishining asl maqsadi juda shaffofdir: Sharqiy Yevropa tub aholisi bir-birini qirib tashlashi va hududlarni “faqat” amerikaliklar uchun bo‘shatib berishlari kerak.Kalibri boshqacha bo‘lgan granatalarKiyevga yetkazib beriladigan qurol-yarog‘lar ro‘yxatida ikkita asosiylari bor, bular, – Barret M82 12,7 mm katta kalibrli snayper miltig‘i. Ikkinchisi, Javelin tankka qarshi raketa tizimi.Taxminan 15 kg. og‘irlikka ega bo‘lgan bu 1,5 metrli Barret M82 miltig‘i 1800 metrgacha bo‘lgan masofadan nishonga olishni uddalaydi.Buni albatta “Terminatorlar”ning super quroli deb bo‘lmaydi. Chunki taqqoslash uchun: Rossiyaning “Kord-M” snayper miltig‘ining oladigan bo‘lsak, uning og‘irligi taxminan 10 kg. tashkil etib, maksimal nishonga olish masofasi 2000 metrgacha yetib boradi.Birinchi bor, Barret M82 Ukraina Qurolli kuchlari safida 2015-yilda paydo bo‘lgan.Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov bu snayper miltig‘ini mamlakat milliy gvardiya xizmatida ham qo‘llanilayotganini bildirgan.Olti yil ichida bu amerika miltig‘i Ukrainadagi notinchliklarda nimani o‘zgartira olgani? Ritorik savol.Javelin tankka qarshi komplekslari Ukraina Qurolli kuchlarida 2017-yildan beri mavjud bo‘lib. U asosan yerdagi himoyalangan obyektlarni (mustahkamlangan bunkerlar, buruqlar)ni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nisbatan past tezlikda va balandligi 2500 metrdan yuqori bo‘lmagan masofadagi hafo nishonlari (dronlar, vertolotlar)ni yo‘q qilishda qo‘l keladi.Mo‘ljalni to‘rt barobar kattalashtirish optikasi bilan jihozlangan bo‘lib bu kombinatsiyalangan qurol, kechasi va yomon ko‘rish sharoitida ham jang qilish imkonini beradi. AQSh bunday qurolni hech kimga tekinga bermaydi, "Kalibri boshqacha bo‘lgan granatalar".Taxminlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari o‘zining arsenalida 1000 ga yaqin FGM-148 Javelin kompeksiga ega. Bir “javelin” narxi – 125 ming dollarga teng bo‘lib, unga qo‘shilgan raketalari esa 40 ming dollar deb baholangan.Xulosa shuki, “Javelin”ning Ukrainadagi vaziyat barqarorlashuvidagi salmog‘i – 0 ga teng deyilsa aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.Ukraina mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, "AQSh hukumati tomonidan Ukraina Qurolli Kuchlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatilishi, davlatlar o‘rtasidagi buzilmas strategik hamkorlikning yana bir dalilidir".Aslini olganda, Amerika qurollarini Kiyevga yetkazib berilishi Rossiya va Sharqiy Yevropaning boshqa qo‘shni davlatlarining milliy xavfsizligiga tahdid soladi. Ukraina harbiy salohiyatini oshib borishi bilan bir qatorda, ilgari belgilangan “qizil chiziqlar” chegarasini kesib o‘tilishi ehtimolini ortishiga va bunga Moskvaning tezkor javob qaytarish olib kelmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210915/zelenskiy-ukrainani-temir-gumbaz-bilan-qoplamoqchi-20508647.html
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ukraina-armiyasi--2021-qurollanish-va-jangovarlik-qobiliyati-20132363.html
https://oz.sputniknews.uz/20210610/qorqinchli-stsenariy-bor-garb-nega-ukrainaga-qoshin-tortib-kelmoqda-19198430.html
https://oz.sputniknews.uz/20210609/ularga-kim-bosh-ekanligini-korsatib-qoyamiz-nato-qoshinlarini-ukrainaga-olib-kelmoqda-19174399.html
https://oz.sputniknews.uz/20210428/bu-javelinlardan-jiddiyroq-aqsh-ukrainaga-yangi-qurol-beradi-18539126.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0c/20870643_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_87ecc1be431fc357355511364d1e4dd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, aqsh, ukraina, qurol-yarog‘, pentagon, nato
kolumnistlar, aqsh, ukraina, qurol-yarog‘, pentagon, nato
Ukrainaga AQSh qurollari yetkazib berildi: buyog‘i nima bo‘ladi?
AQShning Kiyevga qurol yetkazib berishi Rossiya va Sharqiy Yevropaning boshqa qo‘shni davlatlarining milliy xavfsizligiga tahdid soladi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Tarixdan malumki, AQSh tomonidan boshqa davlatlar armiyalarini qurollantirish va ularni harbiy sohada o‘qitish malakasi o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmagan.
Aksincha, Pentagon yordami bilan hamda uning standartlari asosida tuzilgan armiyalar keskin mag‘lubiyatga uchrashi qandaydir tendensiyaga aylanib bormoqda. Buni 2008-yilda Gruziya, 2015-yilda Iroq, 2021-yilda Afg‘oniston armiyalari misolida ko‘rish mumkin. Endigi navbat amerikaliklar tomonidan borgan sari faollashtirilayotgan va o‘qitilayotgan Ukrainaga kelmoqda.
10 oktabr kuni AQSh tomonidan Ukraina Qurolli kuchlariga qo‘shimcha yordam sifatida ilk partiya harbiy aslaha olib kelindi. Umumiy qiymati 60 mln dollarga teng oliy sifatli qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va radiolokatsiya kuzatuv moslamalari Kiyev yaqinidagi Borispol aeroportiga yetkazildi.
Lekin bu pullar evaziga AQSh o‘ziga nisbatan faqat norozilik va milliy xavfsizlikka oid muammolarining yanada avj olishini "sotib olishi" mumkin. 200 ming kishilik armiyani zamon talabiga ko‘ra qayta qurollantirish esa bundan 10 barobar ko‘proq harajatga aylanadi. NATO tarkibidagi Sharqiy Yevropa davlatlarida yangi harbiy texnika yani samoletlar va tanklarning yo‘qligi esa hech bir izohsiz ham ko‘p narsalar uchun dalil bo‘la oladi.
2021 yilning o‘zida Ukraina Qurolli kuchlari uchun AQSh budjetidan 250 million dollarlik qurol-aslaha yetkazish mo‘ljallangan. Bu ko‘rsatgich AQShning Kiyevga ilk yordami emas. O‘tgan 7-yil davomida umumiy yordam qiymati 2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu esa ayni damda faoliyat olib borayotgan 255 ming harbiyning har biriga yiliga taxminan 1000 dollardan to‘g‘ri keladi degani.
Yaqin kelajakda Vashington Kiyevni mudofaa maqsadidagi qurollar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. AQSh va Ukraina 1-sentabrda harbiy sohada hamkorlik olib borishga va Rossiyaga qarshi kurash olib borishga “qayta kelishib olishdi”. O‘sha kunning o‘zida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga tankka qarshi Javelin raketalarni undan tashqari boshqa qurollarni ham yetkazib berishga va’da qilgan.
Keyinroq “The American Conservative” nashri Vashington Ukrainani NATO amalda a’zosi deb bilishini ta’kidladi.
Bu “xavfli xayol”ning ukraina xalqiga, qolaversa butun Yevropa uchun hech qanday yaxshilik olib kelmaydi.
Sentabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakuni bo‘yicha Ukraina delegatsiyasi AQSh kompaniyalari bilan umumiy qiymati 2,5 milliard dollarga teng uchta bitimga imzo chekishdi.
Rossiya hukumati bir necha marotaba AQSh va NATO kuchlaridan Donbassda fuqarolik urushi holatida bo‘lib turgan, anchadan beri Yevropani o‘zining g‘ayritabiiy tashqi siyosati bilan xavotirga solayotgan Ukrainani uchuvchi va boshqa turdagi qurol-aslaha bilan ta’minlashni to‘xtatishini talab qilgan.
O‘tgan yakshanba kuni AQSh Ukrainaga yuqori aniqlikdagi qurollarni va bunga qo‘shimcha o‘q-dorilar, radiolokatsiya kuzatuv moslamalarini va tibbiyot qurilmalarini ham yetkazib berdi. Rasmlardan ma’lumki, “Cho‘l va dashtlarda” harakatlanishga moslashgan HMMWV zirhlangan amerika xammerlari Kiyevga Afg‘onistondan tranzit yo‘li bilan nasib etganini payqash mumkin. Qolaversa, ilgari ishlatilgan bu mashinalar (sariq rangga kamuflyaj qilinganlari faqat cho‘l va dashtlarda harakatlarga mo‘ljallangan) .
Tepasida pulemoti bor mazkur amerika xammeri HMMWV afg‘on isonchilarini qo‘rqitishga imkon beradi. Yevropada esa bu harbiy ulovning zirhi o‘q va minalardan himoya qila olmaydi.
Harbiy mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu rusumdagi harbiy xammerlarni ko‘proq jangavor emas, balki qiyin joylardan o‘tishga qo‘l keladigan transport turlariga kiradi. Ukraina Qurolli kuchlari bu turdagi ilgari mashinalarni ilgari ham olishgan. Ularning ta’kidlashlaricha, bu mashinalarning motori injiq bo‘lib, har 4000-5000 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tganidan so‘ng filtrini almashtirish yoki muntazam tozalash talab etiladi. Lekin dvigatelini sozlashda ham texnik yetishmovchilik sabab ahvol og‘irlashadi. Ukraina prezidenti matbuot xizmati 2015-yilda umumiy narxi 73 million AQSh dollariga teng bo‘lgan birinchi 10 dona HMMWV avtomobillarini AQSh tomonidan beminnat taqdim etilganini xabar qilgan edi.
Bunga qo‘shimcha mashinalarni Ukrainaning tankka qarshi raketa tizimlari bilan ishlatish rejalashtirilgan edi. Bu o‘nta HMMWV harbiy mashinalarining izlari Ukraina dashtlarida yo‘qolib ham ketdi. Ularning ko‘rsatgan jasorati hozircha noma’lum.
Avvalroq, Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, “Raptor”, “Kozak”, “Maxno”, “Kuguar”, “Spartan”, “Shrek”, “Fiona” nomlar ostidagi zirhlangan harbiy avtobomillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishini e’lon qilishgan edi. Lekin oxiri nima bilan yakun topishi aniq bo‘lmagan uzoq muddatli investitsiyalardan ko‘ra, tekinga berilgan xammer harbiy avtomashinalar afzallik qildi.
Avtomobillar, artilleriya radarlari va birinchi yordam to‘plamlarini Vashington Kiyevga tekinga yetkazib berishi mumkin albatta, lekin buni beg‘araz deb bo‘lmaydi. Chunki amerika texnikasi va qurol-yarog‘ini olgan davlat o‘zini qo‘yidagi majburiyatlarga bog‘laydi: dushmanlik siyosatini so‘zsiz bajarish va Vashington ko‘rsatgan davlatlarga qarshi muntazam ravishda provokatsiyalar uyushtirish.
AQShning qurol-aslaha yetkazib berishi, mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni keskinlashishiga olib kelmoqda, ukrainaliklarni urushga undab, ular orasidagi katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Garchi Donbassdagi mojaro shu tarzda hal qilinmasa-da, Ukrainaning Rossiya bilan harbiy kuchdagi raqobati ma’nosiz ko‘rinishga ega. Vashingtonning qurol-yarog‘ yetkazib berishining asl maqsadi juda shaffofdir: Sharqiy Yevropa tub aholisi bir-birini qirib tashlashi va hududlarni “faqat” amerikaliklar uchun bo‘shatib berishlari kerak.
Kalibri boshqacha bo‘lgan granatalar
Kiyevga yetkazib beriladigan qurol-yarog‘lar ro‘yxatida ikkita asosiylari bor, bular, – Barret M82 12,7 mm katta kalibrli snayper miltig‘i. Ikkinchisi, Javelin tankka qarshi raketa tizimi.
Taxminan 15 kg. og‘irlikka ega bo‘lgan bu 1,5 metrli Barret M82 miltig‘i 1800 metrgacha bo‘lgan masofadan nishonga olishni uddalaydi.
Buni albatta “Terminatorlar”ning super quroli deb bo‘lmaydi. Chunki taqqoslash uchun: Rossiyaning “Kord-M” snayper miltig‘ining oladigan bo‘lsak, uning og‘irligi taxminan 10 kg. tashkil etib, maksimal nishonga olish masofasi 2000 metrgacha yetib boradi.
Birinchi bor, Barret M82 Ukraina Qurolli kuchlari safida 2015-yilda paydo bo‘lgan.
Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov bu snayper miltig‘ini mamlakat milliy gvardiya xizmatida ham qo‘llanilayotganini bildirgan.
Olti yil ichida bu amerika miltig‘i Ukrainadagi notinchliklarda nimani o‘zgartira olgani? Ritorik savol.
Javelin tankka qarshi komplekslari Ukraina Qurolli kuchlarida 2017-yildan beri mavjud bo‘lib. U asosan yerdagi himoyalangan obyektlarni (mustahkamlangan bunkerlar, buruqlar)ni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nisbatan past tezlikda va balandligi 2500 metrdan yuqori bo‘lmagan masofadagi hafo nishonlari (dronlar, vertolotlar)ni yo‘q qilishda qo‘l keladi.
Mo‘ljalni to‘rt barobar kattalashtirish optikasi bilan jihozlangan bo‘lib bu kombinatsiyalangan qurol, kechasi va yomon ko‘rish sharoitida ham jang qilish imkonini beradi. AQSh bunday qurolni hech kimga tekinga bermaydi, "Kalibri boshqacha bo‘lgan granatalar".
Taxminlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari o‘zining arsenalida 1000 ga yaqin FGM-148 Javelin kompeksiga ega. Bir “javelin” narxi – 125 ming dollarga teng bo‘lib, unga qo‘shilgan raketalari esa 40 ming dollar deb baholangan.
Xulosa shuki, “Javelin”ning Ukrainadagi vaziyat barqarorlashuvidagi salmog‘i – 0 ga teng deyilsa aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ukraina mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, "AQSh hukumati tomonidan Ukraina Qurolli Kuchlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatilishi, davlatlar o‘rtasidagi buzilmas strategik hamkorlikning yana bir dalilidir".
Aslini olganda, Amerika qurollarini Kiyevga yetkazib berilishi Rossiya va Sharqiy Yevropaning boshqa qo‘shni davlatlarining milliy xavfsizligiga tahdid soladi. Ukraina harbiy salohiyatini oshib borishi bilan bir qatorda, ilgari belgilangan “qizil chiziqlar” chegarasini kesib o‘tilishi ehtimolini ortishiga va bunga Moskvaning tezkor javob qaytarish olib kelmoqda.