https://oz.sputniknews.uz/20210428/bu-javelinlardan-jiddiyroq-aqsh-ukrainaga-yangi-qurol-beradi-18539126.html
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSh Ukrainaga yangi qurol beradi
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSh Ukrainaga yangi qurol beradi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Kemalarga qarshi raketalar, havo hujumiga qarshi mudofaa va yana ko‘proq “Javelin” majmualari – amerikaliklar Ukrainaga uchar qurollar... 28.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-28T17:25+0500
2021-04-28T17:25+0500
2021-04-28T17:25+0500
kolumnistlar
aqsh
ukraina
nato
donbass
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/813/57/8135752_0:0:1191:670_1920x0_80_0_0_9bb85f7efac991f46a8c677cda398fe4.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Kemalarga qarshi raketalar, havo hujumiga qarshi mudofaa va yana ko‘proq “Javelin” majmualari – amerikaliklar Ukrainaga uchar qurollar yetkazib berishning yangi rejasini ishlab chiqishmoqda. G‘arb OAVlarining ta’kidlashicha, bu Kiyev va Moskvaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvi bo‘lgan taqdirda zarur. Rossiya Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng qo‘shinlarni olib ketish to‘g‘risida e’lon qilganiga qaramay, Pentagon mintaqani yanada militarizatsiya qilish imkoniyatidan voz kechishi dargumon. Harbiycha “xalyava”NATO yetarlicha aniq tushuntirib qo‘ydiki, Ukraina uchun Rossiya bilan jang qilmoqchi emas va Donbassga askar jo‘natmaydi. Ammo G‘arb Kiyevni moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashdan voz kechmaydi.Alyansning josus samolyotlari uchuvchisiz uchar qurilmaslari har kuni Qora dengiz osmonida va to‘qnashuv chizig‘ida girdikapalak bo‘lib, Ukraina bosh shtabiga axborot yetkazib turibdi. DNR va LNR razvedkasi hamisha Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) okoplarda chet el harbiy mutaxassislarini ko‘radi. Kiyevga muntazam maxfiy yuk ortilgan NATOning harbiy-transport samolyotlari qo‘nib turadi. Aprel oxirida esa AQSh Senatining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi “Ukraina bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi ikki partiyali qonun loyihasini qabul qildi. Unga muvofiq Kiyevga harbiy yordam 300 million dollargacha ko‘paytiriladi. Ukrainaning Vashingtondagi elchisi Oksana Markarovaning ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilishicha, bu pullarga uchar qurollar xarid qilishadi.“The Wall Street Journal” nashri Pentagon Ukrainaga havo hujumiga qarshi vositalar, kemaga va tankka qarshi raketalar, tezkor-taktik zarba beruvchi majmualar taqdim etmoqchi ekanini ta’kidladi.Ko‘rinib turibdiki, eng murakkab qurollarni g‘arb mutaxassislari yoyadi va sozlaydi – ukrainalik harbiy bunga hozircha tayyorlanmayapti. Demak, alyansning kichik qismi ehtimoliy qurolli to‘qnashuvda Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qatnashadi. Kiyev hukumati bepul narsaning hidini olib, zudlik bilan yana talab qilishga kirishishdi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Reyter agentligiga bergan intervyusida AQSh davlat kotibi Entoni Blinkendan radioelektron kurashning zamonaviy vositalari bilan ta’minlashda ko‘mak so‘raganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu UQKga “Rossiyaning ukrain kommunikatsiyalarini bloklash qobiliyatiga qarshi turish” uchun zarur. Qolaversa, ko‘plab mutaxassislarning ishonchi komilki, Donbassda G‘arbning REB majmualari allaqachon yoyilmoqda. Aleksey Leonkov aynan ularni shoshilinch yuk tashish samolyotlari bilan Kiyevga tashishmoqda deb hisoblaydi. Bu tan olinmagan respublikaning xalq militsiyasining OBSE missiyasi dronlari tez-tez havoga ko‘tarila olmayotgani haqidagi yaqinda xabar qilgan ma’lumotlarini bilvosita tasdiqlaydi – boshqarish signali ukrain tomonidan o‘chirilyapti.Raketalar ko‘payadiDonbassda vaziyat keskinlashgan taqdimda, Vashington UQKga taqdim etadigan aniq qurollarni hozircha aytishmadi. Ehtimol, Pentagon Ukraina havo hujumiga qarshi tizimini “Patriot” zenit-raketa majmualari bilan kuchaytiradi – Kiyev ularni anchadan buyon so‘rab keladi.Aprel o‘rtasida esa Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak AQShdan tom ma’noda “Patriotlarni” Ukrainada yoyishni talab qildi va og‘zini to‘ldirib UQK “butun G‘arb uchun” Rossiyaga qarshi mudofaani ushlab turishini aytdi. Bundan tashqari, Kiyev hukumati fikriga ko‘ra, Amerika zenit-raketa majmualarining bir nechtasi NATOga kirish jarayonini tezlashtirgan bo‘lardi. Kemaga qarshi raketalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Pentagon Ukrainaga “Harpoon” partiyasini berishi mumkin. Ha, Kiyevning bu qurolni qo‘llash uchun havo va dengiz platformalari yo‘q, ammo “Garpunlar”ni sohil variantida ham ishga solishadi. Otish masofasi – 280 kilometr. Eslatamiz, Qora dengiz floti kemalari qanotli “Kalibr”lar bilan ikki ming kilometrdan ziyod masofada o‘q uzishi mumkin.Dushman mudofaasining chuqurlikdagi nishonlarini yakson qilish uchun Ukrainaning piyodalar qo‘shiniga Amerikaning “HIMARS” tezkor-taktik majmualarini ajratishlari mumkin. U otish masofasi bo‘yicha Rossiyaning “Iskander-M”laridan ortda qoladi. Bundan tashqari, UKQga uchinchi avlod “Javelin” tankka qarshi majmualar yetkazib berilishida davom etadi – bunga pul ajratishdi.Yetti yillik yetkazib berishAmerikaliklar UQKni Donbassdagi fuqarolar urushining eng boshidan buyon faol ta’minlab kelmoqda. Zirhli texnika uchun ehtiyot qismlari va o‘qotar qurollar uchun o‘q-dorilarni asosan sobiq sotsialistik lager mamlakatlaridan xarid qilishsa, barcha turdagi qo‘shimcha qurol-yarog‘ va maxsus texnikalarni esa avvalo AQShdan olishadi.Avvaliga Vashington uchmas mahsulotlar bilan cheklandi. Xo‘sh, 2019-yili Kiyev ikki mingtacha bronjilet, yigirmata AN/TPQ-48A, 35 ta HMMWV zirhli avtomobil va dala gospitalini oldi. 2015-yili 130 ta “Hammer” va 5 ta tezurar karter. 2016-yili 14 ta radiolokatsion stansiya, ikki mingdan ziyod tunda ko‘rish asboblari, 5 ta tibbiyot evakuatsiya ko‘rinishidagi HMMWV zirhli avtomobil, 24 ta RQ-11B Raven yengil uchuvchisiz uchur qurilma. 2017-yili yana 40 ta “Hammer” va 700 ga yaqin radiostansiya oldi.2018 yili Pentagon Ukrainaga uchar qurolni jo‘natdi – 35 ta FGM-148 “Javelin” tankka qarshi raketa majmualari va ularga 210 ta raketa. Kiyev Vashingtondan “Javelin”larni 2014-yildan buyon so‘rab kelardi va ular hal qiluvchi g‘alabani keltiradi deb hisoblardi. Amerikaliklar shartiga ko‘ra, bu majmualar jang qilayotgan tomonlarning tutashuv chizig‘ida bevosida qo‘llanilmasligi shart va to‘liq “Rossiya agressiya” yuzaga kelgan taqdirga, jangga tashlanishi mumkin.“Javelin”lardan tashqari, 2018-yili Pentagon UQKga 2,5 mingta tunda ko‘rish asboblari, mina izlagich partiyasi, evakuatsion “Hammerlar”, snayperga qarshi kurashishning uch ta tizimi hamda 30 ta yo‘ltanlamas, ikkita RLS va 10 millionlik tibbiyot asbob-uskunalarini taqdim etdi. 2019-yili qo‘llab-quvvatlash taxminan shu darajada bo‘ldi, jami 361 million dollarlik. 2020-yili Vashington 510 million dollar sarfladi. Ukrainaga “Javelin”ning navbatdagi partiyasi olib kelingani ma’lum. Bundan tashqari, sentabrda Davlat departamenti Kiyevga 600 million dollarlik 16 ta “Mark VI” patrul katerlarini sotishni ma’qulladi. Ammo ularni qachon berishadi, xabar qilishmadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210420/nato-josuslari-rossiya-chegaralari-yaqinida-ularga-kamchatka-va-donbass-nima-uchun-kerak-18411016.html
https://oz.sputniknews.uz/20210420/rossiya-turli-flotlar-kemalarini-qora-dengizda-jamlamoqda--nega-18409193.html
https://oz.sputniknews.uz/20210408/ukraina-nato-18235028.html
ukraina
donbass
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/813/57/8135752_134:0:1027:670_1920x0_80_0_0_8d197dc01dff96633a82c61483196499.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
kolumnistlar, aqsh, ukraina, nato, donbass
kolumnistlar, aqsh, ukraina, nato, donbass
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Kemalarga qarshi raketalar, havo hujumiga qarshi mudofaa va yana ko‘proq “Javelin” majmualari – amerikaliklar Ukrainaga uchar qurollar yetkazib berishning yangi rejasini ishlab chiqishmoqda. G‘arb OAVlarining ta’kidlashicha, bu Kiyev va Moskvaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvi bo‘lgan taqdirda zarur. Rossiya Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng qo‘shinlarni olib ketish to‘g‘risida e’lon qilganiga qaramay, Pentagon mintaqani yanada militarizatsiya qilish imkoniyatidan voz kechishi dargumon.
NATO yetarlicha aniq tushuntirib qo‘ydiki, Ukraina uchun Rossiya bilan jang qilmoqchi emas va Donbassga askar jo‘natmaydi. Ammo G‘arb Kiyevni moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashdan voz kechmaydi.
Alyansning josus samolyotlari uchuvchisiz uchar qurilmaslari har kuni Qora dengiz osmonida va to‘qnashuv chizig‘ida girdikapalak bo‘lib, Ukraina bosh shtabiga axborot yetkazib turibdi. DNR va LNR razvedkasi hamisha Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) okoplarda chet el harbiy mutaxassislarini ko‘radi. Kiyevga muntazam maxfiy yuk ortilgan NATOning harbiy-transport samolyotlari qo‘nib turadi.
Aprel oxirida esa AQSh Senatining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi “Ukraina bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi ikki partiyali qonun loyihasini qabul qildi. Unga muvofiq Kiyevga harbiy yordam 300 million dollargacha ko‘paytiriladi. Ukrainaning Vashingtondagi elchisi Oksana Markarovaning ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilishicha, bu pullarga uchar qurollar xarid qilishadi.
“The Wall Street Journal” nashri Pentagon Ukrainaga havo hujumiga qarshi vositalar, kemaga va tankka qarshi raketalar, tezkor-taktik zarba beruvchi majmualar taqdim etmoqchi ekanini ta’kidladi.
Ko‘rinib turibdiki, eng murakkab qurollarni g‘arb mutaxassislari yoyadi va sozlaydi – ukrainalik harbiy bunga hozircha tayyorlanmayapti. Demak, alyansning kichik qismi ehtimoliy qurolli to‘qnashuvda Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qatnashadi.
Kiyev hukumati bepul narsaning hidini olib, zudlik bilan yana talab qilishga kirishishdi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Reyter agentligiga bergan intervyusida AQSh davlat kotibi Entoni Blinkendan radioelektron kurashning zamonaviy vositalari bilan ta’minlashda ko‘mak so‘raganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu UQKga “Rossiyaning ukrain kommunikatsiyalarini bloklash qobiliyatiga qarshi turish” uchun zarur.
Qolaversa, ko‘plab mutaxassislarning ishonchi komilki, Donbassda G‘arbning REB majmualari allaqachon yoyilmoqda. Aleksey Leonkov aynan ularni shoshilinch yuk tashish samolyotlari bilan Kiyevga tashishmoqda deb hisoblaydi. Bu tan olinmagan respublikaning xalq militsiyasining OBSE missiyasi dronlari tez-tez havoga ko‘tarila olmayotgani haqidagi yaqinda xabar qilgan ma’lumotlarini bilvosita tasdiqlaydi – boshqarish signali ukrain tomonidan o‘chirilyapti.
Donbassda vaziyat keskinlashgan taqdimda, Vashington UQKga taqdim etadigan aniq qurollarni hozircha aytishmadi. Ehtimol, Pentagon Ukraina havo hujumiga qarshi tizimini “Patriot” zenit-raketa majmualari bilan kuchaytiradi – Kiyev ularni anchadan buyon so‘rab keladi.
Aprel o‘rtasida esa Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak AQShdan tom ma’noda “Patriotlarni” Ukrainada yoyishni talab qildi va og‘zini to‘ldirib UQK “butun G‘arb uchun” Rossiyaga qarshi mudofaani ushlab turishini aytdi. Bundan tashqari, Kiyev hukumati fikriga ko‘ra, Amerika zenit-raketa majmualarining bir nechtasi NATOga kirish jarayonini tezlashtirgan bo‘lardi.
Kemaga qarshi raketalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Pentagon Ukrainaga “Harpoon” partiyasini berishi mumkin. Ha, Kiyevning bu qurolni qo‘llash uchun havo va dengiz platformalari yo‘q, ammo “Garpunlar”ni sohil variantida ham ishga solishadi. Otish masofasi – 280 kilometr. Eslatamiz, Qora dengiz floti kemalari qanotli “Kalibr”lar bilan ikki ming kilometrdan ziyod masofada o‘q uzishi mumkin.
Dushman mudofaasining chuqurlikdagi nishonlarini yakson qilish uchun Ukrainaning piyodalar qo‘shiniga Amerikaning “HIMARS” tezkor-taktik majmualarini ajratishlari mumkin. U otish masofasi bo‘yicha Rossiyaning “Iskander-M”laridan ortda qoladi. Bundan tashqari, UKQga uchinchi avlod “Javelin” tankka qarshi majmualar yetkazib berilishida davom etadi – bunga pul ajratishdi.
Yetti yillik yetkazib berish
Amerikaliklar UQKni Donbassdagi fuqarolar urushining eng boshidan buyon faol ta’minlab kelmoqda. Zirhli texnika uchun ehtiyot qismlari va o‘qotar qurollar uchun o‘q-dorilarni asosan sobiq sotsialistik lager mamlakatlaridan xarid qilishsa, barcha turdagi qo‘shimcha qurol-yarog‘ va maxsus texnikalarni esa avvalo AQShdan olishadi.
Avvaliga Vashington uchmas mahsulotlar bilan cheklandi. Xo‘sh, 2019-yili Kiyev ikki mingtacha bronjilet, yigirmata AN/TPQ-48A, 35 ta HMMWV zirhli avtomobil va dala gospitalini oldi. 2015-yili 130 ta “Hammer” va 5 ta tezurar karter. 2016-yili 14 ta radiolokatsion stansiya, ikki mingdan ziyod tunda ko‘rish asboblari, 5 ta tibbiyot evakuatsiya ko‘rinishidagi HMMWV zirhli avtomobil, 24 ta RQ-11B Raven yengil uchuvchisiz uchur qurilma. 2017-yili yana 40 ta “Hammer” va 700 ga yaqin radiostansiya oldi.
2018 yili Pentagon Ukrainaga uchar qurolni jo‘natdi – 35 ta FGM-148 “Javelin” tankka qarshi raketa majmualari va ularga 210 ta raketa. Kiyev Vashingtondan “Javelin”larni 2014-yildan buyon so‘rab kelardi va ular hal qiluvchi g‘alabani keltiradi deb hisoblardi. Amerikaliklar shartiga ko‘ra, bu majmualar jang qilayotgan tomonlarning tutashuv chizig‘ida bevosida qo‘llanilmasligi shart va to‘liq “Rossiya agressiya” yuzaga kelgan taqdirga, jangga tashlanishi mumkin.
“Javelin”lardan tashqari, 2018-yili Pentagon UQKga 2,5 mingta tunda ko‘rish asboblari, mina izlagich partiyasi, evakuatsion “Hammerlar”, snayperga qarshi kurashishning uch ta tizimi hamda 30 ta yo‘ltanlamas, ikkita RLS va 10 millionlik tibbiyot asbob-uskunalarini taqdim etdi. 2019-yili qo‘llab-quvvatlash taxminan shu darajada bo‘ldi, jami 361 million dollarlik. 2020-yili Vashington 510 million dollar sarfladi. Ukrainaga “Javelin”ning navbatdagi partiyasi olib kelingani ma’lum. Bundan tashqari, sentabrda Davlat departamenti Kiyevga 600 million dollarlik 16 ta “Mark VI” patrul katerlarini sotishni ma’qulladi. Ammo ularni qachon berishadi, xabar qilishmadi.