https://oz.sputniknews.uz/20210915/zelenskiy-ukrainani-temir-gumbaz-bilan-qoplamoqchi-20508647.html
Zelenskiy Ukrainani "Temir gumbaz" bilan qoplamoqchi
Zelenskiy Ukrainani "Temir gumbaz" bilan qoplamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyadan himoyalanishi uchun Ukrainaga raketalarga qarshi "Temir gumbaz" batareyalarini topshirishi mumkin, deb xabar qilmoqda Politico nashri 15.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-15T17:11+0500
2021-09-15T17:11+0500
2021-09-15T17:11+0500
dunyoda
aqsh
ukraina
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1294/08/12940807_0:55:1043:642_1920x0_80_0_0_a6a0545eba91b2951852f1791836d42a.jpg
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. AQSh kongressining bir qismi Ukrainaga ikki dona raketalarga qarshi taktik tizim - "Temir gumbaz"ni yetkazib berish taklifini ilgari surdilar. Bu haqda Politico xabar bermoqda.Qurolli kuchlar masalalari bo‘yicha qo‘mita 2022-yilga o‘zi ishlab chiqqan mudofaa qonun loyihasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Pentagon Kiyevga "mavjud tizimlarni" sotish yoki topshirish variantlarini o‘z ichiga olgan hisobotni taqdim etishi kerak.Hujjatda muayan Raketalarga qarshi mudofaa tizimining nomi keltirilmagan, ammo nashr manbasi so‘zlariga ko‘ra, gap "Temir gumbaz" deb nomlanuvchi batareyalar haqida bormoqda. Aytilishicha, ular ukrainalik harbiylarga "Rossiyaga qarshi turishda" yordam berishi kerak."Yangi qurolni olgach Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyat kuchayishi ehtimoli mavjud", - deyiladi maqolada.Qayd etilishicha, AQSh ikki yil oldin Isroildan ikkita Iron Dome batareyalarini xarid qilgan, ammo shu vaqtgacha ularni armiya qo‘mondonligi va boshqaruvi yangi tizimiga integrallashning imkoni bo‘lmagan.Sentabr oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga bordi va amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashdi. Muzokaralar natijasida mudofaa sherikligi strategik asoslari to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy salohiyatni oshirish va Ukrainaning mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlashga tayyorligini oshirish va NATOga muvofiqligi yo‘lida harakat qilishning keyingi qadamlarini belgilaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20210914/hojatxona-oldida-kutish-kerakmas-zelenskiyni-putinni-qorovullamaslikka-chaqirishdi-20481336.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1294/08/12940807_58:0:985:695_1920x0_80_0_0_b86593ffc9c4ceea381eff4a4ced79a2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, ukraina, vladimir zelenskiy
dunyoda, aqsh, ukraina, vladimir zelenskiy
Zelenskiy Ukrainani "Temir gumbaz" bilan qoplamoqchi
AQSh Rossiyadan himoyalanishi uchun Ukrainaga raketalarga qarshi "Temir gumbaz" batareyalarini topshirishi mumkin, deb xabar qilmoqda Politico nashri
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. AQSh kongressining bir qismi Ukrainaga ikki dona raketalarga qarshi taktik tizim - "Temir gumbaz"ni yetkazib berish taklifini ilgari surdilar. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Qurolli kuchlar masalalari bo‘yicha qo‘mita 2022-yilga o‘zi ishlab chiqqan mudofaa qonun loyihasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Pentagon Kiyevga "mavjud tizimlarni" sotish yoki topshirish variantlarini o‘z ichiga olgan hisobotni taqdim etishi kerak.
Hujjatda muayan Raketalarga qarshi mudofaa tizimining nomi keltirilmagan, ammo nashr manbasi so‘zlariga ko‘ra, gap "Temir gumbaz" deb nomlanuvchi batareyalar haqida bormoqda. Aytilishicha, ular ukrainalik harbiylarga "Rossiyaga qarshi turishda" yordam berishi kerak.
"Yangi qurolni olgach Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyat kuchayishi ehtimoli mavjud", - deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, AQSh ikki yil oldin Isroildan ikkita Iron Dome batareyalarini xarid qilgan, ammo shu vaqtgacha ularni armiya qo‘mondonligi va boshqaruvi yangi tizimiga integrallashning imkoni bo‘lmagan.
Sentabr oyi boshida Ukraina prezidenti
Vladimir Zelenskiy Vashingtonga bordi va amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashdi. Muzokaralar natijasida mudofaa sherikligi strategik asoslari to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy salohiyatni oshirish va Ukrainaning mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlashga tayyorligini oshirish va NATOga muvofiqligi yo‘lida harakat qilishning keyingi qadamlarini belgilaydi.