“Qo‘rqinchli ssenariy bor”: G‘arb nega Ukrainaga qo‘shin tortib kelmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkrainskiy voyenniy
Ukrainskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Yegor Nikitin. Kiyev hukumati sa’y-harakatlari bilan mustaqil Ukraina jadal NATO mamlakatlari armiya mashg‘ulotlari uchun Sharqiy Yevropadagi eng katta poligonga aylanib bormoqda. Bu yilning o‘zida u yerda 11 ming chet ellik harbiy xizmatchilar ishtirokida yettita ko‘pmillatli mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bundan kimga naf va barchasi nima bilan yakunlanishi mumkin – RIA Novosti o‘rgandi.

Parchalanish xavfi

AQSh (Rapid Trident 2021 va Sea Breeze 2021), Buyuk Britaniya (Kozak Mace 2021 va Warrior Watcher 2021), Polsha (“Tri Mecha — 2021” va Silver Saber 2021) va Ruminiya bilan (Riverine 2021) qo‘shma mashg‘ulotlar - ekspertlarning fikriga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy “Ukraina prezidentining 2021-yilda ko‘pmillatli mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun boshqa davlatlar qurolli kuchlari bo‘linmalarining Ukraina hududiga kirishiga ruxsat to‘g‘risidagi qarorini ma’qullash to‘g‘risidagi” qonunni imzolab, Pandora qutisini ochdi. Kelajakda bu mustaqil Ukrainaning o‘zi uchun o‘ta achinarli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
“Ukrainada NATO qo‘shinlarining joylashtirilishi – bu, ehtimol, eng qo‘rqinchli ssenariy – davlatning barbod bo‘lishi bo‘lsa kerak, - deya tushuntiradi RIA Novosti bilan suhbatda Tabiiy fanlar Rossiya akademiyasi muxbir a’zosi Konstantin Sokolov. – Bilamizki, chegaradosh mamlakatlarda Kiyevga bo‘lgan hudud da’volari bor, Polshada ham, Vengriyada ham. Ko‘rinib turibdiki, agar bu qartalarni o‘ynashni istasa, Ukraina hududi qo‘shni mintaqalarga tarqaladigan oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan xaos manbaiga aylanadi. Jumladan, Rossiyaga ham”.
Ammo, so‘ngi voqea va bayonoatlardan kelib chiqib, Kiyev hukumatining shunga o‘xshash xatarlarni hisoblash chiqishga vaqti umuman yo‘qligi haqida xulosa qilsa bo‘ladi. Ular yolg‘ondakam Rossiya tahdidi bahonasida sun’iy ravishda vahimalar va bu bahonalar bilan okean ortidagi xaloskorlaridan yangi xayr-sadaqalarni so‘rash bilan o‘ta band. Ularni Ukraina va uning milliy manfaatlari so‘nggi navbatdagi xavotirlanishiga qaramasdan.
“Qo‘shma mashg‘ulotlar – bu go‘yoki Ukraina haqida unutishmaganining namoyish etish, xolos, - deb ta’kidlaydi Sokolov. – Ular u yerda G‘arbga foydali hukumatni qo‘llash uchun kerak. Omma oldidiga o‘yin: ravshanki, hech kim bu mamlakat bilan biror bir hamdo‘stlikni yaratmoqchi emas. AQShning maksimum qilishga tayyor bo‘lgan ishi bu u yerda harbiy bo‘lishni ta’minlash va mashg‘ulotlar bahonasida qurol, o‘q-dori va harbiy texnikani tashlash. Shuningdek, “Azov” bataloni singari turli nodavlat tuzilmalarning jangarilarini tayyorlash”.
Voyennie ucheniya v Litve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
“Ularga kim bosh ekanligini ko‘rsatib qo‘yamiz”: NATO qo‘shinlarini Ukrainaga olib kelmoqda
Parallel ravishda AQSh NATOning boshqa mamlakatlari bilan Ukrainada ularni to‘liq harbiy bazagacha rivojlantirish qiyin bo‘lmagan baza punktlari tizimini shakllantirmoqda (bu yuridik jihatdan noqonuniy, zero Ukraina konstitutsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddir). Chegaralar yaqinida Rossiyaga qarshi harbiy salohiyatning ko‘paytirilishi Moskvani xavotirga solmasdan qo‘ymaydi.

O‘zini o‘zi qutqarish hissi

RIA Novosti savolga tutgan harbiy ekspertlar Kiyevning, hoynahoy, yakuni hatto mutaxassis bo‘lmagan kishiga ayon bo‘lgan vaziyatni Rossiya bilan qurolli mojaroga olib bormaslikka aqli yetadi degan fikrni bildirishmoqda.
“Harbiy va iqtisodiy salohiyatlar nomutanosib, - deydi Sokolov. Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyaga jiddiy zarar yetkazishga shunchaki hech narsasi yo‘q. Bu mavzuda ko‘p quruq gap bo‘lishi mumkin, biroq voqeilikda, o‘ylaymanki, hatto eng pixini yorgan millatchilar va G‘arb tomonidan sotib olingan kishilarning bu qadamni tashlashdan oldin o‘zini o‘zi qutqarib hissi ishga tushib ketadi”.
Amerikaliklarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularga Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli jangavor harakatlar lozim emas – Pentagon juda yaxshi biladiki, Ukraina kabi bundan qulay joydan yadroga ega derjavaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bostirib kirish unda g‘olib va mag‘lublar bo‘lmaydigan uchinchi jahon urushini keltirib chiqaradi.
Amerikanskiy voyenniy proizvodit vistrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSh Ukrainaga yangi qurol beradi
“Bayden aniq bunga jazm qilmaydi, har holda, yaqin kelajakda, - deya ishonadi Harbiy fanlar akademiyasi muxbiri a’zosi Sergey Sudakov. – O‘z manfaatlari yo‘lida Ukrainadan foydalanishda esa amerikaliklar davom etishadi. Ularg biror bir mamlakatga pul kiritib va undan foydani his qilishmasa, uni oxirigacha sog‘ishadi. O‘ylaymanki, Vashington qarama-qarshilik siyosatini saqlab qoladi, lkekin bundan kattasiga jazm qilmaydi. Jiddiy keskinlashuv Yevropani ham qamrab oladi axir, u esa besh oldingiday emas. Gapga ko‘nuvchanlik ozaydi. Bu vaziyatda biz qattiqroq harakat qilishimish darkor: kamida uni kesib o‘tib bo‘lmaydigan qizil chiziqni aniq-tiniq belgilash”.

Muzokaralar pozitsiyasi

Yevropa, haqiqatdan, avvalgiday emas. Sobiq Varshava shartnomasining ko‘p mamlakatlarida va hatto Boltiqbo‘yida aholining bizga bo‘lgan munosabati asta-sekin o‘zgarmoqda – hukumatlarning AQSh ostida egilib ishontirishlariga qaramay. Xalq borgan sari Rossiyada o‘zi uchun tahdid borligiga ishonmay qaramoqda. Vaqt o‘tapti, jazava kuchli tutapti, “qo‘rqinchli rus tanklari” esa avvalgidek chegarani kesib yorib o‘tishga shoshilmayapti. Eski matal oldingiday ish bermayapti. Buni Vashingtonda tushunishadi.
“Putin va Baydenning kutilayotgan uchrashuvi shu chiziqni anglatadiki, unda Shtatlar o‘zini g‘arb dunyosi yetakchisi sifatida angladiki: siyosatni ayrim tarzda o‘rgartirmoq darkor, zero hozir u olib borilayotgan natijasini bermadi, - deya tushuntiradi siyosatshunos. – Ko‘rinib turibdiki, Rossiyaga nisbatan maqsadlaridan amerikaliklar voz kechishmaydi, lekin, ehtimol, iqtisod va xalqro hamkorlikda turli yengilliklarni taklif qilib, o‘ynay boshlashadi. Kichik bo‘lsada, lekin bu AQShning Rossiya bilan ziddiyotga majburlaganidan juda ko‘p narsa yo‘qotgan Yevropaning o‘ziga tin olishiga imkon beradi. Vashington uchun hozir allaqachon chokidan so‘kilayotgan alyans bo‘yicha ittifoqchisidan mahrum bo‘lmaslik muhimdir”.
Flagi SShA i Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
AQSh, Rossiya va Yevropa Ukrainaga qarshi birlashdi
Bu versiyani NATOning Ukrainadagi yuqori harbiy faolligi ham qisman tasdiqlaydi. AQSh har qanday paytda Donbassdagi mojaroni boshlashga tayyorligini, bu bilan vaziyatni osonlikcha o‘z foydasiga hal qilishni ko‘rsatishga urinib, an’anaviy ravishda kuchli muzokaralar pozitsiyasini hozirlamoqda. Qayd etish joizki, siyosiy masalalarni shunga o‘xshash amerikacha usullar bilan hal etish tajribasidan o‘rnak olish arzimaydi.
Yangiliklar lentasi
0