Yevropa Rossiyani "sovuq eksport qilishda" ayblamoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishStroitelstvo vetroparka v Adigee
Stroitelstvo vetroparka v Adigee - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa shu qishda yo muzlab qoladi yoki energiya narxlari oshishi oqibatida qashshoqlashib qoladi. Yana hammasiga Rossiya aybdormi?
Energetika bozorida so‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar Yevropaning “yashil energiyaga” o‘tish jarayoniga og‘riqli zarba berdi. O‘tgan yil davomida tabiiy gaz narxi 10 baravar oshdi va uning ortidan deyarli hamma narsaning – elektr energiyasi, yoqilg‘i, transport va oziq-ovqat narxlari ham oshdi...
Dastlab o‘zgarishlar birjalarda kuzatiladi, lekin biroz vaqt o‘tib narxlar oshishi oddiy yevropaliklargacha yetib boradi. Eng kamtarona hisob-kitoblarga ko‘ra, Britaniyaning o‘rtacha uy xo‘jaligi kelgusi yilda elektr energiyasi uchun 1500 funt (2000 $) qimmatroq to‘laydi. Rossiya bilan solishtirganda bu olti baravar qimmat degani. Ustiga ustak, Britaniyada 2 mln. uy xo‘jaliklarining hozirgi narxlarda ham to‘lash uchun puli yo‘q.
Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2019
Yevropa aholisi Rossiya va YeI o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi
Xo‘sh bunday vaziyatda hammaga yoqadigan va Yer sharini asrab avayladgigan “yashil energetika”dan nimalarni kutish mumkin? Afsus va uyat bilan tan olish kerak-ki, shamol va quyosh energiyasining kuchi hozircha, yumshoq qilib aytganda, yetarli emas. Bu yil Yevropada qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan olinadigan elektr quvvati kamaydi. Sabab - shamol kam bo‘lgani, bulutli ob-havo va sovuq qish. Oqibatda yanvar oyida YeI ulkan blek-aut xavfi ostida qoldi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bo‘lajak qish yanada sovuqroq bo‘ladi.
Xullas, YeIda narxlar keskin oshishiga sabab – aynan mana shu yuqorida keltirilgan omillar bo‘ldi, ayrim manbaalarda keltirilgan “uglerod izini” kamaytirish emas. Uning ortidan esa energiya manbaalari narxi oshishining oqibatlari ham darhol yetib keldi - bir necha o‘g‘it zavodlari yopildi, yuk tashish narxlari asta-sekin o‘sa boshladi, uglerod chiqindilarini ko‘paytirishida ayblanishdan qo‘rqqan dehqonlar esa o‘z mahsulotlarining narxini faol oshira boshladi. Bularning barchasi ikkita ayanchli oqibat – ishsizlik va oziq-ovqat narxi keskin oshishiga olib keladi.
Bundan mantiqiy xuslosa - yevropaliklar uchun energetik inqirozdan chiqishning yo‘li bitta - Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish, atom elektr stansiyalariga buyurtma berish, chunki bugungi kunda undan toza va kuchliroq energiya manbalari yo‘q.
Lekin ular bunday qilmaydi – chunki buni amerikalik sheriklar tushunmasligi mumkin. Yevropa rasmiylari o‘zlarining eko-shiorlariga qaramay, ommaviy ravishda ko‘mirga o‘tishni boshlaydilar. Ko‘mir - ekologik jihatdan eng iflos va eng zararli, barcha olimlar tomonidan haqli ravishda tanqid qilingan yoqilg‘idir. Yevropa esa ekologik jannat o‘rniga, qora tutunli qashshoqlik va 19-asr tomon yo‘l olmoqda.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
“Rossiyani jazolash”. Lavrov Rossiya-YeI munosabatlari haqida
Yevropaning o‘rta-sinf aholi qatlami yil davomida rekord qadamlar bilan qashshoqlashib bordi. Narxlar oshishi o‘rta-sinfni butunlay yo‘q qilishi ham mumkin. Masalan 2020-yil sentabr oyida Britaniyada bolali oilalarning 14 foizida oziq-ovqatga puli yetmas edi.Bu yozda ularning ulushi 24 foizga oshdi.
Hukumat kambag‘allarni qo‘llab-quvvatlashga, maktablarda bepul ovqat berilishi kerak bo‘lgan bolalarni hatto kanikul vaqtida ham biroz ovqatlantirishga urinib ko‘rdi. Ushbu maqsadda “quruq ratsionlar” (suxoy payok) bolalarning qo‘llariga tarqatildi. Ularning ayrimlarining suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Masalan bir haftalik “payok” tarkibiga makaron, ikki banka lo‘viya, bir necha bo‘lak pishloq, ozroq kartofel, ikkita sabzi va 3ta olma kiritilgan edi.
Och qolgan oilalarga oziq - ovqat uchun markalar ham berildi. Bir hafta davomida bitta kupon uch funt sterlingga oziq-ovqat sotib olishga imkon beradi. Hozir uning qiymati 4,25 funt sterlingga yetgan. Markaga faqat sut, sabzavot, meva, dukkakli, donli mahsulotlar, bolalar ovqatlari sotib olishga ruxsat beriladi.
Go‘sht, baliq, pishloq, jambon, shirinliklar, hatto non mahsulotlari ham yo‘q. Bu pulga, aytaylik, Tesco supermarketidan nimalar sotib olish mumkin? Ikki litr sut, bir -ikki kilogramm kartoshka, bir bosh banan - shu tamom.
Britaniya hukumati buni "sog‘lom ovqatlanish" deb ataydi. Boshqalarga esa bu harbiy kommunizmning och davrlarini eslatadi. "Men ikkita sabzini yashil dumidan ko‘tarib boraman", deb yozgan edi o‘sha davr shoiri.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YeI laycha rolini o‘ynamoqda
Ayrim huquq himoyachilarining aytishicha, bugungi kundagi narxlar oshishi yaqin kelajakda ayrim oilalar uchun bundan ham og‘irroq kunlar kelishini anglatadi: tez orada ular yo ovqatlanish yo isitish (eating or heating) orasida birini tanlashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Odatda, Britaniyada har qishda o‘n minglab nafaqaxo‘rlar vafot etadi. Isitish xarajatlarini tejash uchun ular kechasi batareyalarni o‘chirib qo‘yishadi. Tongda esa ularni sovuqdan o‘lgan holda topiladi. 2014-yilda 40 mingdan ortiq odam shu tarzda vafot etgan. Kelayotgan qishda esa bunday o‘limlar soni oshishi kutilmoqda.
Ispaniyada qish biroz issiqroq, lekin oziq-ovqat masalasi yaxshi emas. Birgina Madridda, shu yilning boshida, 186 ming kishi muntazam ravishda oziq-ovqat xayriya banklaridan bepul to‘plamlarni olib ketishgan. Bu oxirgi 25-yilda kuzatilgan eng yomon ko‘rsatkich. Oziq-ovqat yetishmayotganlar orasida qariyalar soni tobora ko‘payib bormoqda. Odatda ular o‘z pensiyasini ishsiz qolgan bolalar va nabiralarga berishadi. "Cho‘qingan ona" xayriya tashkiloti xabariga ko‘ra, yordam so‘rab murojaat qiladigan qariyalar soni so‘nggi yil davomida 63 %ga oshgan.
Madridda oziq-ovqat paketlarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi San-Xuan de-Dios ibodatxonasining rohibi BBCga xabar qilishiga ko‘ra, ayrim kishilar uning oldiga shaharning uzoq burchaklaridan piyoda kelishadi va yo‘lga ikki soat vaqt sarflashadi. Sabab – ularning avtobusga ham puli yetishmaydi.
Ajablanarlisi, ular uysizlar yoki giyohvandlar emas – ular o‘z jamg‘armalaridan ayrilgan va qashshoqlashib qolgan sobiq o‘rta-sinf vakilaridir.
K startu gotov: zaversheno stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok – 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Qarshiliklarga qaramasdan: “Shimoliy oqim-2” qurilishi to‘liq yakunlandi
Elektr energiyasi narxi oshishining yana bir noxush oqibati - bu Yevropa tovarlarini jahon bozorida qimmatlashib ketishi va raqobatbardoshligining tushib ketishi. Yevropa Ittifoqining asosiy bozori har doim Amerika bo‘lgan. Aynan bozor yevropaliklarni okean ortidagi homiy bilan harbiy bazalar kabi mustahkam bog‘lab turadi.
Ammo hozir energetika sohasida paradoksal vaziyat yuzaga kelmoqda. Yevropaliklarga “yashil kun tartibini” belgilab bergan Amerikaning o‘zi quyosh va shamol energiyasiga o‘tishga shoshilmayapti. Arzon elektr energiyasi ularga mahsulot narxini past ushlab turib Yevropalikarni bozordan siqib chiqarish imkonini bermoqda. Bu qanchalik shafqatsiz? Bunday uslubni ittifoqchilarga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladimi?
Ammo shtatlar o‘zining sodiq vassallari bilan doimo shunday yo‘l tutmaydimi? Axir "Bolivarning ikkikishini ko‘tarishga kuchi yetmaydi."
Yangiliklar lentasi
0