https://oz.sputniknews.uz/20211007/rossiya-ukraina-orqali-gaz-tranziti-boyicha-majburiyatlarga-rioya-qilish-niyatida--putin-20808531.html
Rossiya Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilish niyatida – Putin
Rossiya Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilish niyatida – Putin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti mamlakat Yevropaga Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha barcha shartnomaviy majburiyatlarini to‘liq bajarishi kerakligini ta’kidladi. 07.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-07T12:11+0500
2021-10-07T12:11+0500
2023-04-05T18:34+0500
rossiya
ukraina
vladimir putin
yevropa
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/06/20802387_0:0:2925:1645_1920x0_80_0_0_f4cb1f94f0f68ac40fbec471b528749f.jpg
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya tomoni Yevropaga Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha barcha shartnomaviy majburiyatlarini to‘liq bajarishi kerak. Bu haqda Rossiya rahbari Vladimir Putin energetika masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.U Rossiya Energetika vazirligi rahbari Nikolay Shulginovdan topshiriq ijrosi ta’minlanishini nazorat qilishni so‘radi.Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “Gazprom” kompaniyaning hajmni kamaytirganlik uchun Ukrainaga jarima to‘lashi, lekin uning hududidan o‘tmaydigan yangi quvur tizimlarida qazib olishni ko‘paytirishi foydaliroq degan xulosaga kelgan.“Biroq bunday qilmasligingizni so‘rayman. Tranzitga oid barcha shartnomaviy majburiyatlarga to‘liq rioya qilish kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.Yig‘ilishda Putin Yevropaga gazni yangi quvurlar orqali yetkazib berish zamonaviy asbob-uskunadan foydalanish va xom ashyoni yuqoriroq bosim ostida qazib olish imkoniyatlari evaziga atmosferaga CO2 tashlanmalarini 5,6 baravarga kamaytirishga imkon bergan bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.Shu bilan birga, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning gaz transport tizimi orqali tranzitni ko‘paytirish mumkin, biroq bu “Gazpromga” zarar keltiradi, yangi infotuzilmalardan foydalanish esa yiliga uch milliard dollar iqtisod qilishga imkon bergan bo‘lardi.Gazning birja narxlari voqelikni aks ettirmaydiYig‘ilish ishtirokchilari Yevropadagi gazning yuqori narxiga ham to‘xtatib o‘tishdi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, birja qiymati bozordagi real vaziyatni aks ettirmaydi. U narxlarning dastlabki o‘sishiga Lotin Amerikasidagi jazira yoz sabab bo‘lganini tushuntirdi, o‘shanda u yerga AQShning suyultirilgan tabiiy gazi yo‘llangan.Bu boshqa bozorlardagi xom ashyo taqchilligiga sabab bo‘lgan. Yevropada yerosti omborlaridagi yetishmaslik hozir o‘tgan yil bilan solishtirganda 25 millird kubometrga baholanmoqda.“Bularning bari, albatta, jiddiy omillar, lekin men spekulyativ omillar ham bugun narxlarni juda jiddiy oshirib yuborapti degan bo‘lardim. Bunda birja o‘yinchilarini tekshirish kerak, hoynahoy, chunki hozir narx – u hozirgi vaziyatni xolis aks ettirmaydi”, - deya xulosa qildi Novak.O‘z navbatida, Putin Rossiya spekulyativ talab va shov-shuvni kamaytish uchun gaz taklifini oshirishi mumkinligini ta’kidladi, lekin buni Sankt-Peterburgdagi birjada bajarish kerak, Yevropadagi spot bozorida emas.U bu masalani yana bir bor muhokama qilishni taklif qildi va Rossiya gazni birjada o‘ziga ziyon bo‘ladigan tarzda sotmasligi kerakligini urg‘uladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211001/evropa-gaz-bozori-uchun-jangda-aqsh-rossiyaga-yutqazdi-20733272.html
https://oz.sputniknews.uz/20210928/qora-yovuzlik-evropada-rekordlar-ornatmoqda-20683520.html
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/06/20802387_76:0:2805:2047_1920x0_80_0_0_a8da4a0ed8a73753092038c27c7e664f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, vladimir putin, yevropa, gaz
rossiya, ukraina, vladimir putin, yevropa, gaz
Rossiya Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilish niyatida – Putin
12:11 07.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Rossiya prezidenti mamlakat Yevropaga Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha barcha shartnomaviy majburiyatlarini to‘liq bajarishi kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya tomoni Yevropaga Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha barcha shartnomaviy majburiyatlarini to‘liq bajarishi kerak. Bu haqda Rossiya rahbari Vladimir Putin energetika masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda
ma’lum qildi. “Birinchidan, hech kimni qiyin ahvolga solib qo‘ymaslik kerak, jumladan, bugungi kunda rus-ukrain munosabatlari bilan bog‘liq barcha jihatlarga qaramasdan, Ukrainani. Ikkinchidan esa, hamma tomondan mutlaq ishonchli hamkor sifatida “Gazpromga” bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik zarur”, - dedi Putin.
U Rossiya Energetika vazirligi rahbari Nikolay Shulginovdan topshiriq ijrosi ta’minlanishini nazorat qilishni so‘radi.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “Gazprom” kompaniyaning hajmni kamaytirganlik uchun Ukrainaga jarima to‘lashi, lekin uning hududidan o‘tmaydigan yangi quvur tizimlarida qazib olishni ko‘paytirishi foydaliroq degan xulosaga kelgan.
“Biroq bunday qilmasligingizni so‘rayman. Tranzitga oid barcha shartnomaviy majburiyatlarga to‘liq rioya qilish kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.
Yig‘ilishda Putin Yevropaga gazni yangi quvurlar orqali yetkazib berish zamonaviy asbob-uskunadan foydalanish va xom ashyoni yuqoriroq bosim ostida qazib olish imkoniyatlari evaziga atmosferaga CO2 tashlanmalarini 5,6 baravarga kamaytirishga imkon bergan bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
Shu bilan birga, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning gaz transport tizimi orqali tranzitni ko‘paytirish mumkin, biroq bu “Gazpromga” zarar keltiradi, yangi infotuzilmalardan foydalanish esa yiliga uch milliard dollar iqtisod qilishga imkon bergan bo‘lardi.
Gazning birja narxlari voqelikni aks ettirmaydi
Yig‘ilish ishtirokchilari Yevropadagi gazning yuqori narxiga ham to‘xtatib o‘tishdi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, birja qiymati bozordagi real vaziyatni aks ettirmaydi. U narxlarning dastlabki o‘sishiga Lotin Amerikasidagi jazira yoz sabab bo‘lganini tushuntirdi, o‘shanda u yerga AQShning suyultirilgan tabiiy gazi yo‘llangan.
Bu boshqa bozorlardagi xom ashyo taqchilligiga sabab bo‘lgan. Yevropada yerosti omborlaridagi yetishmaslik hozir o‘tgan yil bilan solishtirganda 25 millird kubometrga baholanmoqda.
“Bularning bari, albatta, jiddiy omillar, lekin men spekulyativ omillar ham bugun narxlarni juda jiddiy oshirib yuborapti degan bo‘lardim. Bunda birja o‘yinchilarini tekshirish kerak, hoynahoy, chunki hozir narx – u hozirgi vaziyatni xolis aks ettirmaydi”, - deya xulosa qildi Novak.
O‘z navbatida, Putin Rossiya spekulyativ talab va shov-shuvni kamaytish uchun gaz taklifini oshirishi mumkinligini ta’kidladi, lekin buni Sankt-Peterburgdagi birjada bajarish kerak, Yevropadagi spot bozorida emas.
U bu masalani yana bir bor muhokama qilishni taklif qildi va Rossiya gazni birjada o‘ziga ziyon bo‘ladigan tarzda sotmasligi kerakligini urg‘uladi.