"Qora yovuzlik" Yevropada rekordlar o‘rnatmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishShaxter pokazivayet ugol. Arxivnoe foto
Shaxter pokazivayet ugol. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Gaz narxi 800 Yevroga chiqishi ortidan Yevropada ko‘mir ham yangi rekordlar o‘rnata boshladi. Hammasiga sabab "yashil energetika".
Ushbu xabarga mashhur shvetsiyalik eko-faol qizcha (Greta Tunberg) qanday munosabat bildirganini aniq bilmaymiz, lekin G‘arb ommaviy axborot vositalari Yevropada ko‘mir narxi yangi rekord o‘rnatganini afsus bilan qayd etmoqda.
Rotterdam, Amsterdam va Antverpen birjalarida elektr ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bir metr/tonna yoqilg‘i uchun so‘zsiz 137 dollar to‘lamoqdalar. Vaholanki, kechagina insoniyatning eng progressiv qatlami ko‘mirni, eng ekologik iflos yonilg‘i sifatida, axlat qutisiga tashlashga tayyor bo‘lib turgandi. Ko‘mir bozorining qayta tiklanishi tabiiy gaz narxi rekord darajaga chiqqani tufayli ro‘y berdi. Anchadan beri, hech narsa sotib ololmay “och” o‘tirgan operatorlar esa darhol uni sotib olishni boshladi. Vaziyat shunchalik jiddiyki, ayni damda ko‘mir sanoatini tugatish rejalarini qayta ko‘rib chiqish haqida gap ketmoqda. Masalan ko‘mirli IES operatori bo‘lgan Britaniyaning Drax, kompaniyasi, energetik xavfsizlik uchun kerak bo‘lsa, elektr stansiyani ekspluatatsiyadan chiqarishni ortga surishi mumkinligini xabar berdi. Ushbu bayonotning o‘ziga yarasha asosi ham bor ekan: London yoz o‘rtalaridan boshlab elektr uchun kerak bo‘ladigan ko‘mir sanoatining ortiqcha xarajatlarini davlat budjetidan qoplab kelayotgan ekan.
Vaziyat sekin asta yomonlashib bormoqda va yevropalik tahlilchilar buni oxirgacha to‘ldirilmagan yer osti gaz omoborlari bilan, hamda bir Avstraliya, Janubiy Afrika va Kolumbiyadan tekorlik bilan ko‘mir sotib olib imkoniyati yo‘qligi tufayli ham og‘lashmoqda. Aytmoqchi, so‘nggi vaqtlarda, Rossiyadan ham ko‘mir juda kam olib kelinmoqda. Bu esa aynan Yevropa jamoasi xoxishi bilan sodir bo‘lgandi. YeI 1990-yildan boshlab ko‘mirdan foydalanish hajmini qisqartirib kelmoqda.
Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2021
Yushkov: Yevropa Rossiya gazidan voz kechishi mumkinmi?
Vaziyatning kulguli tomoni shunda-ki, ko‘mir iste’moli hajmi qanchalik tez kamaygan bo‘lsa, bugun o‘sha yerda elektr narxi shuncha oshmoqda. Bunga eng yorqin misol – Germaniya. Eng boy ko‘mir konlaridan biri– Rur ko‘mir basseyni egasi bo‘lgan ushbu davlat, ko‘mir iste’molini qisqartirib yubordi. Ishlab chiqarish hajmi so‘nggi 4-yil ichida yiliga 170 million tonndan do 120tonnagacha tushib ketdi.
Bugun, “Shimoliy oqim-2”ni sertiyafikatsiya qilish sanasi ma’lum bo‘lmay, gaz narxi 800 dollarga chiqqan bir vaqtda kelgusi yilda 1 megavatt-soat energiya narxi 100 Yevroga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Energetika bozoridagi ushbu tushunarsiz vaziyat, elektr energiyasi ishlab chiqish narxlarining keskin o‘zgarishi “qora oltinni” orqaga qaytarishga majbur qilmoqda. Bir qarashda bu mumkin emasdek tuyulsa-da, lekin bu alodoqchi tuyg‘u.
Gap shundaki, ko‘mir bozoriga hujumlar bugundan boshlangani yo‘q. Unga hujumlar bir necha yil oldin boshlangan. Aniqrog‘i o‘tgan asrning 60-70 yillarida G‘arbda “Yetti opa” nomli neft ishlab chiqaruvchilar karteli davridan boshlangan edi. Hozirgi neft gigantlari Ularning avlodlari desa bo‘ladi. British Petroleum, Chevron, Royal Dutch Shell va ExxonMobil, kompaniyalarini ularning avlodlari desak bo‘ladi.
Aynan mana shu kompaniyalarning “ota-bobolari” 60-yil oldin ko‘mir qazib olishga ixtisoslashgan kompaniyalarga qarshi eng ommaviy tayziq o‘tkaza boshlagan edi. Vaholanki, aynan ko‘mir insoniyatga sanoat revolyutsiyasini va ikkita urushni boshdan kechirishga yordam berib, dunyo farovonligi asosiga aylangan edi. O‘sha vaqtda yonilg‘i bozorida ikkinchi o‘rinda bo‘lgan neft bo‘lsa, yangi energetik mo‘jizadek taqdim etila boshlangan edi.
Viveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
"Gazprom" Yevropa omborlariga jo‘natilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
Turli-tuman yashirin fitnalar oqibatida yetakchi ko‘mir kompaniyalari bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotib, birin-ketin poygadan chiqa boshladi. Kimdir o‘z aktivlarini neft kompaniyalariga sotib ketgan bo‘lsa, boshqalar imi jimida suiqasd qilishdi. 1980-yillarga kelib neft dunyo iqtisodining “yangi qoniga” aylandi.
Bizning davrimizda esa xuddi shunday maxinatsiya neftning o‘ziga nisbatan qo‘llanildi. “Yashillar” xuddi o‘sha avvalgi sxemalar bo‘yicha, OAV orqali doimiy tarqatib turilayotgan turli “jazavasimon” yashil xabarlar orqali insoniyatni qurqarish, ozon qatlamidagi tuynuklarni yopish va muqobil energiya manbaalariga o‘tishga da’vat qila boshlandi.
Keng ommaga muqobil energiya hali endi birinchi qadamini qo‘yayotgani va uglevodorod energiyasi kabi samaradorlik darajasiga yetmaganini tushuntirish – juda mushkul. Minglab norozi ovozlar bunga darrov qarshi bo‘ladi. Orqaga ozgina nazar tashlansa, endigina neft va gazga moslashgan energetika bozori muqobil energetika kelishi bilanoq tebrana boshlanganini ko‘rish mumkin. Muqobil energetika bo‘lsa, harorat iqlim normalaridan biroz o‘zgarishi bilanoq, katta hududlarda svet o‘chishiga olib keldi. Masalan, shu yil qish va yoshda AQSh janubida.
O‘tgan yil zamonaviy trendlarga qiziquvchilarga fizika qonunlarini va ajdodlarimiz bizdan ko‘ra axmoqroq bo‘lmaganini yana bir bor eslatib qo‘ydi. Quyosh panellari va shamol elektr stansiyalari faqat ular ishlashiga mos sharoit bo‘lsagina ishlashini ko‘rsatdi. Neft va gazning narxi bo‘lsa doimo birjada sakraydi, ularni saqlash uchun qimmat quvurlar, omborxonalar va kimyo kombinatlari talab qiladi. Mana shu qiyinchiliklar global muammoga aylangan zamonda, insoniyat yana o‘sha eski qadrdon ko‘mirga murojaat qildi. Ko‘mir o‘ziga ko‘p e’tibor talab qilmaydi, vaqti kelguncha shtabellarda, shaxta hovlilarida port va omborlarda kutib tura oladi. Har qanday ob-havoda oddtiy kema trumida saqlanishi mumkin va kerak bo‘lganda dunyoning istalgan nuqtasiga yo‘l olishi mumkin. Uni xoh uyda pechkada ishlating hoh elektr stansiyasida yoki pulat quyish sexida.
Stroitelstvo vetroparka v Adigee - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Yevropa Rossiyani "sovuq eksport qilishda" ayblamoqda
Odatda, Rossiyani dunyodan ortda qolgani uchun tez-tez urishib turishadi, lekin bu ko‘mir borasida biz faqat xursand bo‘lishimiz mumkin.
Yaqinda ekologlar va muqobil energetika tarafdorlari Xitoyning xorijda ko‘mir ishlab chiqarish loyihalarini tugatish haqidagi xabardan juda xursand bo‘lishigan edi. Shundayligi to‘g‘riku-ya, lekin Xitoy o‘z hududi ichida ko‘mir sanoatini to‘xtatish haqida o‘ylab ham ko‘rayotgani yo‘q. Balkim aksincha.
Xitoy Kommunistik partiyasining yaqin besh yillik rejasiga ko‘ra, mamlakatda uchta yangi ko‘mir IESi, 18ta so‘nggi avlod domna pechlar qurishni rejalashtirgan. Aytish joizki Xitoy ayni damda bir yilda 4,98 milliard tonna ko‘mir yoqadi. Ko‘mir yordamida bir yilda ishlab chiqarilayotgan energiya miqdori 1 080 gigavattni tashkil qiladi. E’tibor bering, bu Rossiyaning barcha AES, GES va boshqa elektr stansiyalari ishlab chiqarayotgan energiyadan ko‘p.
Ikkinchi tomondan Xitoyda ko‘mir qazib olish miqdori sekin-asta kamayib bormoqda, Avstraliya bilan munosabatlar esa tarixiy eng past nuqtaga yetgan — bularning barchasi Rossiya uchun yangi imkoniyatlar yaratadi...
Buni davlat rahbarlari ham tushunib turganini ko‘rish mumkin. Bir oy oldin Baykal-Amur magistralining Ulak va Fevralsk orasida joylashgan muammoli sharqiy yo‘nalishini ta’mirlash ishlari boshlangan edi. Ushbu ishlarni bajarish uchun bosh va yagona pudratchi etib Mudofaa vazirligi tayinlandi. Dastlab uzunligi 340 km bo‘lgan yo‘lni modernizatsiya qilish 2024-yilda tugatilishi rejalashtirilgan edi, lekin Mudofaa vaziri o‘rinbosari general Buldakov va temir yo‘l qo‘shinlari barcha ishlarni bir yil oldin yakunlashini ma’lum qildi.
Vankorskoe neftegazovoe mestorojdenie v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi
Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum doirasida 3-sentabr kuni keng ommaga BAM yo‘nalishida yangilash rejalashtirilayotgan aholi punktlari ro‘yxati tayyorligini ma’lum qildi. Bularning barchasi xuddi Moskvada bo‘lgan yangilashni eslatdi va Rossiya Sharqqa yuz tutayotganini anglatadi. Demak, Kuzbass ko‘miri Osiyo va Tinch Okeani bozorlariga yo‘l oladi.
Umuman olganda Yevropa ham fizika qonunlarini esga olishi va o‘zi ishlab chiqarayogan energiyani muvofiqlashtirishi mumkin. ShU vaqtning o‘zida Rossiyanig Ust-Lug shaharchasida ko‘mir terminali qurib bitkazilmoqda. Kemerovo shaxtorlari esa, kerak bo‘lsa ishlab chiqarishni jon deb oshirishadi. Sahnaga yana biror yashil energetika kuychisi chiqib qolmasa bo‘ldi. Axir o‘tgan 100-yillikda bunday holat ikki marotaba kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0