https://oz.sputniknews.uz/20210930/pul-ishlab-ketishadi-moskva-migrantlar-haqidagi-afsonalarga-qarshi-kurashadi-20716205.html
“Pul ishlab ketishadi”: Moskva migrantlar haqidagi afsonalarga qarshi kurashadi
“Pul ishlab ketishadi”: Moskva migrantlar haqidagi afsonalarga qarshi kurashadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya jamoatchilik palatasi migrantlar haqidagi beshta asosiy stereotipni muhokama qildi. Ular har bir qolip bilan rasmiy darajada kurashishni niyat qilishgan. 30.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-30T15:04+0500
2021-09-30T15:04+0500
2021-09-30T15:04+0500
migratsiya
moskva
migrantlar
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/1e/20711079_657:465:1949:1192_1920x0_80_0_0_34b1fa7362d6f336cba1261910e66d7f.jpg
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Moskvada migratlarning bot-bot janjallashishi ham aholi, ham Rossiya poytaxti hukumatining xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Moskva milliy siyosati va hududlararo aloqalari departamenti rahbari Vitaliy Suchkov 29-sentabr kuni Rossiya Jamoatchilik palatasida bo‘lib o‘tgan “Moskva – hamjihatlik hududi” anjumanida shunday bayonot bilan chiqish qildi.Natijada anjuman spikerlari migrantlar haqidagi 5 ta asosiy afsonani sanab o‘tishdi. Ular qaysilar ekani – Sputnik materialida.Afsona №1: migrantlar – bu faqat past malakali kishilarOAVda migrantlar haqida gap ketganda, asosan ishchilarga e’tibor qaratishadi, deya mulohazalarini bayon etadi Rossiya IIV huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, professor Vladimir Volox.“Bu esa keng toifa – davlatlararo migratsiya bor, tebranuvchi migratsiyani o‘z ichiga oladigan davlat ichidagi migratsiya bor. Ya’ni agar bir kishi Lyubersidan Moskvaga kelib, kechqurun qaytsa, u ham migrant, faqat tebranuvchi”, - deydi Volox.Shuningdek, o‘qish migratsiyasi (Rossiyaga ta’lim olishga keluvchilar) yoki sport migratsiyasi (musobaqalarning xorijiy qatnashchilari) mavjud. Shu bois ayrim OAVlar migrantlar haqida salbiy ruhda past malakali kishilar sifatida gapirishi – bu xato, deydi ekspert.“Qolaversa, biz Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan tadqiqot o‘tkazdik – bugungi kunda dunyodagi hech bir mamlakat mehnat migrantlaridan voz kecholmaydi. Biroq Rossiya holatida ular Rossiya iqtisodiyotiga zarur bo‘lgan hudud va tashkilotlarga kelishlari muhim. Migrantlarni tashkillashtirib saralab olishga o‘tish – bu to‘g‘ri yo‘nalish”, - dedi Volox.Afsona №2: hamma jinoyatlar migrantlar tufayliBu stereotip tarqalishida ham “vijdonsiz OAVlar va unchalik sofdil bo‘lmagan davlat arboblari” aybdorlar, deya ta’kidlaydi Volox.E’tiborni salbiy oqibatlarga qaratishadi. Nima sababdan hech kim pandemiyaga qadar Rossiyada bo‘lgan raqamlarni eslamaydi? Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatdagi umumiy jinoyatlar sonining 2 foizigachasini sodir etishadi. Albatta, hatto agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, u e’tiborsiz qolmasligi shart. Lekin vaziyatdan fojia yacash yaramaydi”, - dedi ekspert.Muammo shundaki, moskvaliklar o‘z shahrining ko‘p millatligi haqidagi ma’lumotlarni muntazam olib turishmaydi, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashi a’zosi, etnikaro jurnalistika gildiyasi rahbari Margarita Lyange.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muammo “epizodli xususiyatga ega”, shuning uchun ham moskvaliklarning, ham migrantlarning o‘zaro munosabatlarni idrok qilish muammolari bor”.Afsona №3: vatandoshlar uyushmasi oqsoqollari janjallarni to‘xtatishadiHukumat vakillari migrantlar janjallari haqida eshitishganda birinchi bo‘lib milliy uyushmalar rahbarlariga murojaat qilishadi. Nega? Chunki ko‘pchilik biladiki, Sharqda kattalarni hurmat qilish birinchi o‘rinda turadi, deya tushuntiradi Lyange.Ammo voqelikda hech bir etnik-madaniy birlashma shunga o‘xshash muammolarni hal eta olmaydi.“Moskvada “katta-kichik” jiddiy iyerarxiyasi yo‘q. Bu yerga kelganlar ham aralashib ketishni xohlashadi. Ular oqsoqollarga ishi tushishini istashmaydi, ayrim yoshlar vakillari uchun esa obro‘-e’tibor yo‘q”, - deya qo‘shimcha qiladi ekspert.Boz ustiga, agar uyushmalar ichida fikr bildiruvchi liderlar bo‘lsa ham, ular birlashma ichidagi muammolar haqida omma oldida gapirishi dargumon. Masalan, migrantlar vatanida ro‘y berayotgan millatlararo yoki hududiy janjallarni Rossiyaga olib kelayotgani haqida.“Joriy yil iyul oyida etnik jurnalistika gildiyasi norasmiy jurnalist-migrantlar uyushmasini tashkil etdi. Ular Moskvadagi vatandoshlarining moslashishiga yordam beradigan loyihalar haqidagi ma’lumotlarni yetkazishlari mumkin edi, - deydi Lyange. – Biz monitoring o‘tkazdik, guruhlar vakillari bilan muloqot qildik, va ular migrantlar muammolarini olib eshittirishga tayyor emaslar.“Biz haqimizda shundoq ham ko‘p yomon gapirishadi, agar muammolarni aytsak, buni mustahkamlaymiz, xolos”, - mana bu javob. Demak, bunday narsalarni (janjal sabablari – tahr.) qutilish uchun yoritish kerak, qiladigan odamning esa o‘zi yo‘q. Ammo tushunish muhimki: milliy birlashmalar ziyolilar tomonidan odamlarni Rossiya jamiyatiga integratsiya qilish uchun emas, balki aynan o‘z madaniyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilgan, deydi Margarita Lyange. “Shu bois notijoriy tashkilotlar – bu haddan ziyod baholangan resurs”, - deb hisoblaydi u.Afsona №4: migrantlar shunchaki mamlakatdan pullarni olib chiqib ketishadiBugungi kunda migratsiya mavzusi Rossiya jamiyatida ixtilofni keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi Rossiya Jamoatchilik palatasining millatlararo va dinlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish komissiyasi rahbari Vladimir Zorin.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ixtilofni yaqindagi bo‘lib o‘tgan Rosssiya Dumasiga saylovlar ko‘rsatdi – kimdir migrantlarni qo‘llash kerak deb hisoblaydi, kimdir esa xorijiy ishchilar Rossiyada ishlab topgan barcha pullarini vataniga jo‘natadi deydi.“Bu yutuqli mavzu-ku – “Hamma joyni bosib ketishdi”, - deydi Zorin. – Aytishadiki, o‘zlari ishlab mamlakatni shilib ketishadi. Aslida esa Rosssiya Federatsiyasidagi yalpi ichki mahsulotning 8-9 foizi migrantlar mehnati bilan yaratiladi. Davlat esa buni (migrantlar muhimligini – tahr.) tushunadi, Rossiyaning milliy siyosati uch jihatni o‘z ichiga oladi – millatlararo munosabatlar, davlat-diniy munosabatlari va migratsiya”.Afsona №5: migrantlar Rossiyaga faqat muammo tug‘dirishadiVladimir Zorin so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilda Rossiyaning ayrim mintaqalarida migrantlarga bo‘lgan salbiy munosabat 40-60 foizga yetgan. Bu raqamlarni Vitaliy Suchkov tushuntirishga urinadi: odamlar xorijiy ishchilarni muammolar manbai deb hisoblashadi, ammo, uning fikriga ko‘ra, har qanday muammoni boshlanishidanoq hal qilsa bo‘ladi.Agar migrantlar ijobiy munosabatni ko‘rsa, Moskva hukumatining ular bilan ishlashi osonroq bo‘lishiga Suchkovning ishonchi komil. “Migrantlar hayotini ro‘i-rost yoritish zarur, lekin ijobiylarini ham xohlaymiz, ular esa bor, - deydi u. Masalan, Moskvadagi hududlardan biri eng yaxshi ko‘cha supuruvchi tanlovini o‘tkazdi. Bilasizmi, g‘oliblar velosiped olishganiga qaramasdan, aholi o‘z ko‘cha supuruvchilari uchun qanday kurashishdi? Hamjihatlik bo‘lgandi. Biz esa bu hamjihatlik haqida gapirishga uyalamiz”.Afsuski, migrantlarning o‘zi ham ba’zan o‘zlarining yaxshi ishlari haqida baralla gapirishga tortinishadi, deydi Suchkov. “Bir yil avval ijtimoiy tarmoqda yo‘lda mashina yonib ketgani haqidagi xabarni ko‘rib qoldim, - deya hikoya qiladi u. – Uning yonidan migrantlar oilasi o‘tib ketayotgandi, oila boshlig‘i to‘xtab, odamlarni qutqardi. Men bu oilaga shaxsan minnatdorchilik bildirishni xohladim, ularni qidirdik, lekin topolmadik. Bu misol barcha odamlar bir xil ekanini ko‘rsatadi. Biz migrantlar shahrimizga qanchalik o‘z hissalarini qo‘shayotganlarini ko‘rapmiz. Bu haqda gapirsak, mahalliy aholi ularni boshqacha qabul qilishadi”.
https://oz.sputniknews.uz/20210922/rossiyada-migrantlarga-ish-topishda-yordam-beradigan-mobil-ilova-ishga-tushiriladi-20601787.html
https://oz.sputniknews.uz/20210902/rossiyada-migrantlar-ortasidagi-mojarolar-tufayli-jarimalarni-oshirishni-taklif-etishdi-20336431.html
https://oz.sputniknews.uz/20210915/bir-kishining-jinoyati-butun-xalq-va-dinga-yomon-munosabatda-bolishga-bahona-emas--imom-20505995.html
https://oz.sputniknews.uz/20210802/migrantlar-yoqligi-inflyatsiyani-oshirmoqda--sobyanin-19912431.html
https://oz.sputniknews.uz/20200410/Qariyalarni-yongindan-qutqargan-migrantlar-medal-emas-ish-bering-13895230.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/1e/20711079_50:0:2050:1500_1920x0_80_0_0_6db8b8e0b4e275f1a2438c93262df8a2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
migratsiya, moskva, migrantlar, migratsiya
migratsiya, moskva, migrantlar, migratsiya
“Pul ishlab ketishadi”: Moskva migrantlar haqidagi afsonalarga qarshi kurashadi
Rossiya jamoatchilik palatasi migrantlar haqidagi beshta asosiy stereotipni muhokama qildi. Ular har bir qolip bilan rasmiy darajada kurashishni niyat qilishgan.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Moskvada migratlarning bot-bot janjallashishi ham aholi, ham Rossiya poytaxti hukumatining xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Moskva milliy siyosati va hududlararo aloqalari departamenti rahbari Vitaliy Suchkov 29-sentabr kuni Rossiya Jamoatchilik palatasida bo‘lib o‘tgan “Moskva – hamjihatlik hududi” anjumanida shunday bayonot bilan chiqish qildi.
“Bizga jamoatchilik tashkilotlari va milliy-madaniy avtonomiyalarning migrantlar bilan ishlash yondashuvini qayta ko‘rib chiqish muhim”, - dedi Suchkov va jamoatchilar birgalikda migrantlar haqidagi salbiy stereotiplarga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqishlari kerakligini qo‘shimcha qildi.
Natijada anjuman spikerlari migrantlar haqidagi 5 ta asosiy afsonani sanab o‘tishdi. Ular qaysilar ekani –
Sputnik materialida.
Afsona №1: migrantlar – bu faqat past malakali kishilar
OAVda migrantlar haqida gap ketganda, asosan ishchilarga e’tibor qaratishadi, deya mulohazalarini bayon etadi Rossiya IIV huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, professor Vladimir Volox.
“Bu esa keng toifa – davlatlararo migratsiya bor, tebranuvchi migratsiyani o‘z ichiga oladigan davlat ichidagi migratsiya bor. Ya’ni agar bir kishi Lyubersidan Moskvaga kelib, kechqurun qaytsa, u ham migrant, faqat tebranuvchi”, - deydi Volox.
Shuningdek, o‘qish migratsiyasi (Rossiyaga ta’lim olishga keluvchilar) yoki sport migratsiyasi (musobaqalarning xorijiy qatnashchilari) mavjud. Shu bois ayrim OAVlar migrantlar haqida salbiy ruhda past malakali kishilar sifatida gapirishi – bu xato, deydi ekspert.
“Qolaversa, biz Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan tadqiqot o‘tkazdik – bugungi kunda dunyodagi hech bir mamlakat mehnat migrantlaridan voz kecholmaydi. Biroq Rossiya holatida ular Rossiya iqtisodiyotiga zarur bo‘lgan hudud va tashkilotlarga kelishlari muhim. Migrantlarni tashkillashtirib saralab olishga o‘tish – bu to‘g‘ri yo‘nalish”, - dedi Volox.
Afsona №2: hamma jinoyatlar migrantlar tufayli
Bu stereotip tarqalishida ham “vijdonsiz OAVlar va unchalik sofdil bo‘lmagan davlat arboblari” aybdorlar, deya ta’kidlaydi Volox.
E’tiborni salbiy oqibatlarga qaratishadi. Nima sababdan hech kim pandemiyaga qadar Rossiyada bo‘lgan raqamlarni eslamaydi? Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatdagi umumiy jinoyatlar sonining 2 foizigachasini sodir etishadi. Albatta, hatto agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, u e’tiborsiz qolmasligi shart. Lekin vaziyatdan fojia yacash yaramaydi”, - dedi ekspert.
Muammo shundaki, moskvaliklar o‘z shahrining ko‘p millatligi haqidagi ma’lumotlarni muntazam olib turishmaydi, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashi a’zosi, etnikaro jurnalistika gildiyasi rahbari Margarita Lyange.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muammo “epizodli xususiyatga ega”, shuning uchun ham moskvaliklarning, ham migrantlarning o‘zaro munosabatlarni idrok qilish muammolari bor”.
“Sovet davrida tug‘ilganlarga bog‘chadoq xalqlar do‘stligi nimaligi va u qanday muhimligi haqida so‘zlab berishardi, yoshlar esa buni bilishmaydi. Moskva eng badavlat etnik hayot bilan yashayotganini bilishmaydi, madaniyatlarimiz o‘rtasidagi o‘xshashlikni ko‘rishmaydi. Shundan begonalardan qo‘rqish hissi yuzaga keladi”, - deydi Lyange.
Afsona №3: vatandoshlar uyushmasi oqsoqollari janjallarni to‘xtatishadi
Hukumat vakillari migrantlar janjallari haqida eshitishganda birinchi bo‘lib milliy uyushmalar rahbarlariga murojaat qilishadi. Nega? Chunki ko‘pchilik biladiki, Sharqda kattalarni hurmat qilish birinchi o‘rinda turadi, deya tushuntiradi Lyange.
Ammo voqelikda hech bir etnik-madaniy birlashma shunga o‘xshash muammolarni hal eta olmaydi.
“Moskvada “katta-kichik” jiddiy iyerarxiyasi yo‘q. Bu yerga kelganlar ham aralashib ketishni xohlashadi. Ular oqsoqollarga ishi tushishini istashmaydi, ayrim yoshlar vakillari uchun esa obro‘-e’tibor yo‘q”, - deya qo‘shimcha qiladi ekspert.
Boz ustiga, agar uyushmalar ichida fikr bildiruvchi liderlar bo‘lsa ham, ular birlashma ichidagi muammolar haqida omma oldida gapirishi dargumon. Masalan, migrantlar vatanida ro‘y berayotgan millatlararo yoki hududiy janjallarni Rossiyaga olib kelayotgani haqida.
“Joriy yil iyul oyida etnik jurnalistika gildiyasi norasmiy jurnalist-migrantlar uyushmasini tashkil etdi. Ular Moskvadagi vatandoshlarining moslashishiga yordam beradigan loyihalar haqidagi ma’lumotlarni yetkazishlari mumkin edi, - deydi Lyange. – Biz monitoring o‘tkazdik, guruhlar vakillari bilan muloqot qildik, va ular migrantlar muammolarini olib eshittirishga tayyor emaslar.
“Biz haqimizda shundoq ham ko‘p yomon gapirishadi, agar muammolarni aytsak, buni mustahkamlaymiz, xolos”, - mana bu javob. Demak, bunday narsalarni (janjal sabablari – tahr.) qutilish uchun yoritish kerak, qiladigan odamning esa o‘zi yo‘q. Ammo tushunish muhimki: milliy birlashmalar ziyolilar tomonidan odamlarni Rossiya jamiyatiga integratsiya qilish uchun emas, balki aynan o‘z madaniyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilgan, deydi Margarita Lyange. “Shu bois notijoriy tashkilotlar – bu haddan ziyod baholangan resurs”, - deb hisoblaydi u.
Afsona №4: migrantlar shunchaki mamlakatdan pullarni olib chiqib ketishadi
Bugungi kunda migratsiya mavzusi Rossiya jamiyatida ixtilofni keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi Rossiya Jamoatchilik palatasining millatlararo va dinlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish komissiyasi rahbari Vladimir Zorin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ixtilofni yaqindagi bo‘lib o‘tgan Rosssiya Dumasiga saylovlar ko‘rsatdi – kimdir migrantlarni qo‘llash kerak deb hisoblaydi, kimdir esa xorijiy ishchilar Rossiyada ishlab topgan barcha pullarini vataniga jo‘natadi deydi.
“Bu yutuqli mavzu-ku – “Hamma joyni bosib ketishdi”, - deydi Zorin. – Aytishadiki, o‘zlari ishlab mamlakatni shilib ketishadi. Aslida esa Rosssiya Federatsiyasidagi yalpi ichki mahsulotning 8-9 foizi migrantlar mehnati bilan yaratiladi. Davlat esa buni (migrantlar muhimligini – tahr.) tushunadi, Rossiyaning milliy siyosati uch jihatni o‘z ichiga oladi – millatlararo munosabatlar, davlat-diniy munosabatlari va migratsiya”.
Afsona №5: migrantlar Rossiyaga faqat muammo tug‘dirishadi
Vladimir Zorin so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilda Rossiyaning ayrim mintaqalarida migrantlarga bo‘lgan salbiy munosabat 40-60 foizga yetgan. Bu raqamlarni Vitaliy Suchkov tushuntirishga urinadi: odamlar xorijiy ishchilarni muammolar manbai deb hisoblashadi, ammo, uning fikriga ko‘ra, har qanday muammoni boshlanishidanoq hal qilsa bo‘ladi.
Agar migrantlar ijobiy munosabatni ko‘rsa, Moskva hukumatining ular bilan ishlashi osonroq bo‘lishiga Suchkovning ishonchi komil. “Migrantlar hayotini ro‘i-rost yoritish zarur, lekin ijobiylarini ham xohlaymiz, ular esa bor, - deydi u. Masalan, Moskvadagi hududlardan biri eng yaxshi ko‘cha supuruvchi tanlovini o‘tkazdi. Bilasizmi, g‘oliblar velosiped olishganiga qaramasdan, aholi o‘z ko‘cha supuruvchilari uchun qanday kurashishdi? Hamjihatlik bo‘lgandi. Biz esa bu hamjihatlik haqida gapirishga uyalamiz”.
Afsuski, migrantlarning o‘zi ham ba’zan o‘zlarining yaxshi ishlari haqida baralla gapirishga tortinishadi, deydi Suchkov. “Bir yil avval ijtimoiy tarmoqda yo‘lda mashina yonib ketgani haqidagi xabarni ko‘rib qoldim, - deya hikoya qiladi u. – Uning yonidan migrantlar oilasi o‘tib ketayotgandi, oila boshlig‘i to‘xtab, odamlarni qutqardi. Men bu oilaga shaxsan minnatdorchilik bildirishni xohladim, ularni qidirdik, lekin topolmadik. Bu misol barcha odamlar bir xil ekanini ko‘rsatadi. Biz migrantlar shahrimizga qanchalik o‘z hissalarini qo‘shayotganlarini ko‘rapmiz. Bu haqda gapirsak, mahalliy aholi ularni boshqacha qabul qilishadi”.