Qariyalarni yong‘indan qutqargan o‘zbek migrantlari: medal emas, ish bering

© MChS RF / Mediabankka o‘tishSotrudniki protivopojarnoy slujbi MChS RF vo vremya tusheniya pojara v pansionate dlya pojilix lyudey v Moskve. Po dannim ekstrennix slujb pri pojare pogibli chetire cheloveka i shestnadsat chelovek postradali
Sotrudniki protivopojarnoy slujbi MChS RF vo vremya tusheniya pojara v pansionate dlya pojilix lyudey v Moskve. Po dannim ekstrennix slujb pri pojare pogibli chetire cheloveka i shestnadsat chelovek postradali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘t o‘chiruvchilar xususiy uylar orasidan pansionatga kelayotgan vaqtda mahalliy aholi, shu jumladan MO davlatlaridan kelgan mehnat migrantlari tutun tuzog‘iga tushib qolgan keksalarni qutqarishga hech ikkilanmay shoshildilar. Ular bo‘lmaganda qurbonlar bundan ko‘p bo‘lar edi.

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Moskvada 8-aprel kechqurun “Tretiy vozrast” nomli qariyalar uchun xususiy pansionatda yong‘in yuz berdi.

FVV xodimlari kelishiga qadar birinchi bo‘lib yaqin atrofdagi uylarda istiqomat qiluvchi kishilar, shu jumladan, pansionat oldida yotoqxonada yashaydigan O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan migrantlar yordamga kelishdi. 

“Yong‘in taxminan soat 21.00da boshlandi. Biz gumburlagan ovoz eshitdik, keyin “Yordam berila” degan hayqiriqlar eshitildi va tutun boshlandi. Biz hududga yugurdik, oynalarni sindirib, otaxon va onaxonlarni olib chiqdik, ayrimlari o‘zi mustaqil yura olamagan”, - deya eslaydi samarqandlik Azizbek.

© MChS RF / Mediabankka o‘tishOdna iz komnat v pansionate dlya pojilix lyudey v Moskve, gde proizoshel pojar. Po dannim ekstrennix slujb pri pojare pogibli chetire cheloveka i shestnadsat chelovek postradali.
Qariyalarni yong‘indan qutqargan o‘zbek migrantlari: medal emas, ish bering - Sputnik O‘zbekiston
Odna iz komnat v pansionate dlya pojilix lyudey v Moskve, gde proizoshel pojar. Po dannim ekstrennix slujb pri pojare pogibli chetire cheloveka i shestnadsat chelovek postradali.

O‘zbekistonlikning so‘zlariga ko‘ra, ishchilar uyda bo‘lgan arqon va narvonlarni olib, pensionerlarni olib chiqishga shoshilishdi.

“Qo‘rqinchli bo‘ldi, lekin nima qilamiz? Odamlarni oyna orqali chiqardik. Qorong‘i edi, telefon chirog‘i bilan yoritdik”, - deydi migrant.

Yong‘in boshlanganda yotoqxonda 20 nafardan ortiq migrant bo‘lgan.

“Bir, bir yarim soat ichida binodan 30 kishi, yoki undan ko‘pini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldik”, - deydi samarqandlik Nurik.

Moskva bo‘yicha Tergov qo‘mitasi bosh boshqarmasida keksalarni evakuatsiya qilishda yordam bergan fuqarolarni qayd etilishini Sputnik’ga ishontirishdi.

“Idoramiz yong‘in vaqtida yordam bergan kishilarni qayd etadi. U yerda haqiqatdan ham befarq bo‘lmagan kishilar o‘zlarining fuqarolik pozitsiyasini namoyish etib, pansionat mehmonlarini evakuatsiya qilishga yordam berdilar. Hozir tergovchilar guvohlar shaxsi aniqlanmoqda va guvoh sifatida so‘roq qilmoqda”, - dedi Moskva TQ bosh boshqarmasi vakili Yuliya Ivanova.

Azizbek o‘z do‘stlarim bilan qahramonlik ko‘rsatdim, deb hisoblamaydi. Uning aytishicha, ular o‘rnida boshqa odamlar ham xuddi shunday qilishgan - qariyalarni qutqarishga shoshgan bo‘lardi  

“Bizga medal va tashakkurlar kerak emas – yaxshisi ish bo‘lsa. Oila va bolalarni boqish kerak. Hozir karantin, deyarli hammamiz ish pulisiz qoldik”, - achinib aytadi u.

Ayni vaqtda singan oynalar va atrofdagi axlat qariyalar uyidagi bo‘lgan yong‘inni eslatmoqda, IIV xodimlari pansionat yopilgan eshiklar ortida ishlamoqda.

Moskva bo‘yicha FVV bosh boshqarmasi matbuot xizmatida pansionatdan kishilarni evakuatsiya qilish ishlarida migrantlar ishtirok etganini Sputnik’ga tasdiqlay olishmadi.

“Bunday ma’lumot bizda yo‘q”, - deb ta’kidlashdi agentlik muxbiriga.

© MChS RF / Mediabankka o‘tishSotrudniki protivopojarnoy slujbi MChS RF vo vremya tusheniya pojara v pansionate dlya pojilix lyudey v Moskve. Po dannim ekstrennix slujb pri pojare pogibli chetire cheloveka i shestnadsat chelovek postradali
Qariyalarni yong‘indan qutqargan o‘zbek migrantlari: medal emas, ish bering - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudniki protivopojarnoy slujbi MChS RF vo vremya tusheniya pojara v pansionate dlya pojilix lyudey v Moskve. Po dannim ekstrennix slujb pri pojare pogibli chetire cheloveka i shestnadsat chelovek postradali

Tergov versiyasiga ko‘ra, elektr simlari va isitish qozoni nosozligi sababli yong‘in chiqqan. Tutun binoni qamrab olganda, pansionatda 50 nafardan ortiq kishi bo‘lgan. Buning oqibatida uch ayol va bir erkak halok bo‘ldi. O‘ndan ortiq jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizildi.

Yangiliklar lentasi
0