Rossiyada migrantlarga ish topishda yordam beradigan mobil ilova ishga tushiriladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSmartfon
Smartfon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
Yangi imkoniyatlar chet el fuqarolariga Rossiya hududida bo‘lish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda, shuningdek, mutaxassisliklari bo‘yicha ish topishda qo‘l kelishi ta’kidlanmoqda.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. 2022 yilda mehnat muhojirlariga ish topishda yordam beradigan mobil ilova ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda RF hukumat rahbarining o‘rinbosari Aleksey Overchuk xabar bergan, deb yozadi Sputnik Tojikiston nashri.
Yangi imkoniyatlar chet el fuqarolariga Rossiya hududida bo‘lish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda, shuningdek, mutaxassisliklari bo‘yicha ish topishda qo‘l kelishi ta’kidlanmoqda.
"Endilikda chet elliklar bitta mobil ilova yordamida Rossiyaga kirib kelish va ish topishlari mumkin, barcha bosib o‘tiladigan bosqichlar bunda o‘z aksini topgan va ilova juda qulay yaratilgan. Chet el fuqarolari uning yordamida hujjatlarni rasmiylashtirishlari va ish izlashlari mumkin", - deya ta’kidladi Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Patent, RVP va VNJ: muhim o‘zgarishlar kutilmoqda
Overchukning aytishicha, mobil ilovani ishga tushirish ishlari kelasi yilga rejalashtirilgan.
Ushbu ilova yordamida, migrant, Rossiyaga kirib kelishiga cheklovlar bor-yo‘qligini aniqlashi mumkin - buning uchun u shunchaki pasportni skaner qilishi kerak bo‘ladi. Mutasaddi organlar hujjatlarni tekshirib, barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Agar pasport sohibiga Rossiyaga kirib kelishiga cheklovlar bo‘lmagan taqdirda, foydalanuvchiga boshqa xizmatlar taklif etiladi.
Overchukning aytishicha, Rossiyada 3,8 millionga yaqin migrantlar patent, yoki YeOII fuqarolari sifatida mehnat shartnomalari asosida ishlashadi, va yana 290 ming nafar yoshlar talabalik maqomiga ega.
Ilgariroq, Moskvada mehnat migrantlari uchun patentlarning yangi shakllari joriy etilayotgani haqida xabar qilingan edi, endilikda hujjatni migrantlar elektron tarzda olishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0