Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Rossiyada migrantlar oʻrtasidagi mojarolar tufayli jarimalarni oshirishni taklif etishdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka oʻtishPolitseyskiy reyd
Politseyskiy reyd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya hukumati mehnat muhojirlari orasida tez-tez sodir boʻlayotgan ommaviy toʻqnashuvlar tufayli jazo choralarini kuchaytirishda davom etmoqda
TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasida ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif etildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Qonunchilikka oʻzgartirish kiritish tashabbusi RF Davlat dumasining xavfsizlik va korruptsiyaga qarshi kurash qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Anatoliy Viborniy tomonidan taklif etildi.
Viborniyning tushuntirishicha, jarima miqdorining 5 ming rublgacha koʻtarilishi tiyib turuvchi omil boʻladi, sababi bu migrantlar uchun katta summadir.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Migratsiya
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin migrant “deport” qilindi
Siyosatchining aytishicha, jazo choralarini kuchaytirish zarurati chet el fuqarolari orasida tez-tez sodir boʻlayotgan mojarolar tufayli yuzaga kelgan.
Soʻnggi vaqtlarda Rossiyada migrantlar orasida ommaviy mushtlashuv holatlari tobora koʻpaymoqda. RF IIV ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etadigan migrantlar deport qilinishi hamda ularga Rossiyaga takroriy kirish taqiqlanishini aytib ogohlantirdi.
Mushtlashuvlar asosan Moskva va Sankt-Peterburgda qayd etilmoqda. Ishtirokchilar orasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha vakillari roʻyxatga olingan.
Yangiliklar lentasi
0