"Pokiston oqimi": Rossiya janubga yo‘l olmoqda va bu hali boshlanishi

© Sputnik / Dmitriy Lelchuk / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2"
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2021
Obuna bo‘lish
Xorijiy matbuot xabariga ko‘ra, Rossiya jahon xaritasining muhim nuqtalarida o‘z strategik mavjudligini oshirishda davom etmoqda. Ayni vaqtda gap armiya va flot haqida emas, energetika, aniqroq aytganda - "Pokiston oqimi" haqida bormoqda.
Shu kunlarda Islomobodda ikki tomonlama uchrashuv yakunlandi, unda har ikki davlat texnik mutaxassislari guruhlari loyihani amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladilar, buning uchun texnik masalalar va hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash ishlari davom ettiriladi. Oldingi uchrashuvlarda imzolangan memorandumlardan asosiy farqi shundaki, potensial gaz quvuri yo‘nalishi bo‘ylab geologik-qidiruv ishlari boshlanadi, ya’ni bo‘lajak quvur qog‘ozdan yer qariga ilk qadamini qo‘ymoqda.
Mujchina perevozit gazovie balloni. Kabul, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2021
Notinchlik tufayli Afg‘onistonda suyultirilgan gaz narxi keskin oshdi
Loyiha g‘oyasi dastavval murakkab vaqtda paydo bo‘lgan edi. 2015-yilda davomiyligi deyarli 1100 kilometrni va umumiy qiymati qariyb 2 milliard dollarni tashkil qiluvchi "Shimol-Janub" gaz quvurini ishlab chiqish va qurish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolangandi. Bunda, rossiyalik pudratchilar tranzit magistral liniyasini Karachi portidan Lahor shahriga tortishlari ko‘zda tutilgandi. Texnik g‘oyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, portda qo‘shimcha ravishda tabiiy gazni suyultiradigan terminal qurilishi kerak edi, unga dengiz gazovozlari yordamida STG yetkazib berilib, shundan so‘ng u yana uchadigan holatga qaytarilgach, qat’iyan shimolga Panjob provinsiyasiga yuboriladi.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SShA sanksiyami v otvet na popitku ostanovit Severniy potok - 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Ukraina endi jim bo‘ladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi
Keyingi ikki yilda loyiha amalga oshirilishi o‘rtacha tezlikda davom etdi. Tomonlar gaz prokachkasi uchun tariflar miqdori borasida kelisha olmadilar, e’tiborli tomoni, Rossiya narx oshirilishini talab qilardi, aks holda, Moskva fikriga ko‘ra, loyiha iqtisodiy jihatdan zararli bo‘lardi. Keyin Rossiyaning bosh ijrochisi - "Rostex" korporatsiyasiga nisbatan navbatdagi amerika sanksiyalari qo‘llanildi, bu esa loyiha amalga oshirilishini yanada sekinlashtirdi. O‘tgan yilning kuzida tomonlar shartnoma shartlarini yana qayta ko‘rib chiqdilar, biroq faqat Islomobod talabiga binoan.
Loyihada Pokiston ishtirokining ulushi 51 foizdan 74 foizgacha o‘sdi, shu bilan birga Rossiya materiallari, butlovchi qismlari va uskunalarini jalb qilish va ulardan foydalanish shartlari qat’iy kelishib olingan edi. Rossiya sarmoyasi 25 foizdan oshmasligi, boshqa barcha xarajatlarni esa Pokiston o‘z zimmasiga olishiga kelishilgandi.
Joriy yilning bahorida loyiha nomi "Pokiston oqimi" deya o‘zgartirildi, ikki mamlakat energetika vazirlari esa yaqin vaqtda qurilishni boshlashga tayyor ekanliklarini e’lon qilishdi.
Viveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
"Gazprom" Yevropa omborlariga jo‘natilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
Har qanday bunday loyihaning g‘oyasi va maqsadini tushunish uchun siyosatchilar va har xil ekspertlar gaplarini tinglash o‘rniga, xarita bilan qurollangan ma’qul. Iqtisodiy geografiya - ajoyib mavzu, u hatto rasmiy matbuot anjumanlarida juda mohirona chetlab o‘tiladigan savollarga ham javob bera oladi.
Pokiston - 220 milliondan ortiq aholiga ega davlat. Bu qo‘shni Hindiston va Xitoy fonida unchalik ko‘p emasdir, biroq mana shu ikki yuz milliondan ortiq aholini XXI asrda nafaqat boqish, balki elektr energiyasi va sivilizatsiyaning boshqa afzalliklari bilan ta’minlash kerak. Agar siz shaffof qog‘oz(kalka)ga Pokistonning barcha elektr stansiyalari joylashuvini belgilasangiz va bu qog‘ozni mamlakat fizik xaritasi ustiga joylashtirsangiz, tanqidiy nomutanosiblikni aniq ko‘rasiz.
Generatsiya obyektlari, bu neft mahsulotlarida ishlaydigan 20 ta stansiyalar, tabiiy gazda ishlaydigan 22 ta issiqlik elektr stansiyalari, to‘qqizta ko‘mir va uchta atom elektr stansiyasi janubdan sharqqa va undan so‘ng shimolga qarab yo‘nalish olgan va poytaxt hududiga borganda birdaniga uziladigan shartli aylana yoyda joylashgan. Elektr bilan eng kuchli qurollanganlar bu Karachi hududidagi Balujistonning janubiy qismi va uning markaziy qismi Kvetta-Loralay-Multan chizig‘i bo‘ylab, elektr stansiyalarining kattagina ulushi esa Panjob provinsiyasida, yuqorida aytib o‘tilgan Lahor yaqinida joylashgan. Sal shimolroqda, Islomobod yaqinida, uchta ko‘mir elektr stansiyalari joylashgan, lekin ularning yagona vazifasi - poytaxt va uning atrofidagi hududlarning ehtiyojlarini qondirishdir.
Port Mukran - logisticheskiy sentr Severnogo potoka-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Rossiya TIV “Shimoliy oqim-2” yakunlanish arafasidaligini ma’lum qildi
Xuddi shu xarita shuni ko‘rsatadiki, Eron va Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlarning butun janubi-g‘arbiy qismida shaxsiy elektr generatsiyasi deyarli yo‘q, Islomoboddan shimolda, Kashmir va Xitoy bilan cheklangan hududda esa, bir nechta kichik quvvatdagi gidro elektr stansiyalari yagona energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Tabiiyki, Pokistonga fuqarolar uylarini yoritadigan svet va nafaqat o‘z ehtiyojlarini, balki katta qo‘shnilari bilan foydali savdo-sotiqni ta’minlay oladigan ishonchli energiya manbalari kerak.
Yiliga 12,4 milliard kubometr gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega "Pokiston oqimi" ning amalga oshirilishi yangi elektr stansiyalarini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida Hindiston bilan chegaradosh Panjobda to‘plangan sanoat korxonalarini oziqlantiradi. Agar loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, gaz quvurini poytaxtgacha uzaytirishga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi, Multon shahridan Islomobodgacha bo‘lgan transport tayanch nuqtasi to‘rt yuz kilometrdan salgina oshadi.
Bunda Rossiya manfaati nimadaligini tushunish uchun bir nechta lahzalarni yodga olish kerak bo‘ladi.
Magistral gaz o‘tkazish tizimi bo‘lagi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2016
O‘zbekiston TAPI va Nabukko loyihalariga qo‘shilishni rejalashtirmagan
Bunda gapni TAPI (Turkmaniston - Afg‘oniston - Pokiston - Hindiston) magistral gaz quvuridan boshlash kerak, bunda Rossiya texnik kafolatchi, shuningdek uskunalar va quvurlar yetkazib beruvchi rolini bajaradi. Gaz yetib boruvchi so‘nggi davlat Hindistondir, lekin barcha tranziter-mamlakatlar ko‘k yoqilg‘iga katta ehtiyojni sezishmoqda, shu bois uglevodorodlarga nisbatan o‘z ulushiga da’vogarlik qilishlari aniq. Pokistonga keladigan bo‘lsak, "oqim" texnik shartiga ko‘ra, ushbu gaz magistrali Multon shahri hududidan o‘tib TAPI gaz quvuriga qo‘shilishi buning yorqin dalilidir. Ikki gaz quvurining umumiy quvvati ushbu nuqtada 55 milliard kubometrni tashkil etadi, bu esa istalgan "Shimoliy oqim"larga mutlaq aniqlik bilan muvofiq keladi. Qo‘lda bunday resurslar mavjud bo‘la turib, Pokiston yoppasiga ichki gazlashtirish jarayonini boshlashga kirishishi va qo‘shni bahsli Kashmirni egallab turgan Hindiston bilan siyosiy qarama-qarshilikda salmoqli kuzirni qo‘lga kiritadi.
Kompressornie stansii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Rossiya va AQSh Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim to‘ldiradi
Bundan tashqari, Germaniya yoki Turkiyaga qaraganda qariyb uch barobar aholi istiqomat qiladigan Pokiston singari mamlakatda gaz bozorining shakllanishi, uglevodorodlar jahon bozorini qayta shakllantirishga kafolat beradi. Albatta, bu birinchi navbatda, Qatar uchun juda qiziq, axir u o‘zining suyultirilgan gazini Fors ko‘rfazidan Ummon ko‘rfazigacha va undan keyin Karachiga boradigan eng qisqa marshrut bo‘ylab yetkazib bera olishi mumkin. Shu bilan birga, Qatar STG ishlab chiqarilishini sezilarli darajada oshirishga qodir emas, demak, istiqbolda Yevropaga qatar gazini yetkazib berish hajmi kamayadi, bu esa Rossiya gaz quvurlari va ular orqali yetkazib berish ahamiyatini yanada oshiradi.
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2020
Raqobatga dosh berolmadi: Yevropa va Osiyo amerika STGdan voz kechmoqda
Bundan tashqari, quvurlar va boshqa uskunalarni yetkazib bera turib, Rossiya asosiy xom ashyoni sotish bilan shug‘ullanmaydi, balki, maksimal qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan yakuniy mahsulotni ishlab chiqaradi - bunda geofiziklardan tortib po‘lat ishlab chiqaruvchilar va quvur chigirlaydiganlargacha bo‘lgan uzun kooperatsiya xalqasi ish bilan ta’minlanadi.
Mintaqadagi jonlanish Afg‘onistondagi siyosiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda "Shimoliy oqim 2" qurilishining yakunlanishi bilan ham bog‘liqligiga hech qanday shubha yo‘q. Rossiya har qanday loyihani, hatto katta sanksiyalar bosimi ostida bo‘la turib ham, tugatishga qodir ekanligini aniq ko‘rsatdi. Hindiston dunyodagi asosiy metallurgiya derjavasiga aylanishga intilmoqda, unga bir vaqtning o‘zida Afg‘onistonning temir rudasi, kokslanadigan ko‘mir va Rossiyadan moviy rang yoqilg‘i kerak. Pokiston sanoat taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqishni xohlaydi, lekin bu uchun ham yana tabiiy gaz talab etiladi, qo‘shni davlatlarning hammasida bu borada tanqislik sezilmoqda va ularda Islomobod bilan tabiiy yoqilg‘ini bo‘lishish niyati yo‘qligi aniq.
Amerikaning Afg‘onistondan chiqib ketishi butun boshli global o‘zgarishlar ko‘chkisini qo‘zg‘atgan kichik toshga aylandi. Agar toliblar mamlakatni navbatdagi hammaga qarshi total urushdan saqlay olsa, u holda yaqin kelajakda biz yangi energiya, savdo va sanoat bozorlari uchun avj oladigan kurashlar guvohiga aylanamiz. Quvontiradigani, Rossiya taraqqiyotning eng asosiy va istiqbolli yo‘nalishlaridan birini allaqachon egallab olgan.
Yangiliklar lentasi
0