TOShKENT, 9-iyul — Sputnik, Natalya Dembinskaya. Yevropa va Osiyoda moviy rang yoqilg‘i narxi - ko‘p yillik minimumlarda. Hatto AQSh Energetika vazirligi amerika suyultirilgan tabiiy gazini olishdan hech qanday naf yo‘qligini tan oldi. Mijozlar yoz oylariga rejalashtirilgan yuzdan ziyod shartnomalardan voz kechdilar. Natijada, eksport qariyb 63,6%ga quladi. Okean orti gazi nega hech kimga keraksiz bo‘lib qolgani xususida - RIA Novosti materialida o‘qing.
Narxlar tushdi
O‘tgan yil AQShda tabiiy gaz eksporti-nettosi 54,7 milliard kubometrga yetdi — bu 2018-yilgi ko‘rsatkichdan 20,7 milliardga ko‘p. STGning yirik ishlab chiqaruvchisi Cheniere Energy ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi kvartalda dunyo bozorida sotuv hajmi 100 million tonnaga yetgan — bu 2019-yilgiga qaraganda o‘n million tonnaga ko‘p. O‘sish aksariyat hollarda amerikaliklar tomonidan ta’minlangan.
Rejalar olamshumul edi: 2020-yilda — 67,2 milliard kubometr, 2021-yilda — 79,5. Ushbu ko‘rsatkichlar yanvar oyida AQSh Energetika vazirligi energetik ma’lumotlarni boshqarish boshqarmasi tomonidan aytildi. Ammo, hech narsa ro‘y bermasligi, shundoq ham ma’lum edi, albatta.
Qishning iliq kelishi hamda koronavirus pandemiyasi tufayli talabning qisqarishi oqibatida takliflarning ortib ketgani Evropa va Osiyoda gaz bozorlarini qulatdi. Yevropadagi Gollandiyaning TTF xabida o‘rtacha narx to‘rt oyda ilk marotaba 2019-yilning mos davriga qaraganda ikki marta tushib ketdi. Yaponiyaga naqd yetkazib berishlar 44%ga qisqardi.
Aprel oyiga borib amerika STGning Yevropaga eksporti iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamay qo‘ydi. Yevropa va Osiyoning yirik kompaniyalari iyun-iyul oylariga rejalashtirilgan shartnomalarni bekor qildilar.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdagi STG-zavodlaridagi yuklab jo‘natishlar aprel oyida qariyb 30%ga kamaygan. May oyiga kelib eksport uchdan bir qismga qisqargan — shu jumladan, koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar tufayli ham.
Iqtisodiy jihatdan yashashga layoqatlimas
AQSh Energetika vazirligi energetika axborotini boshqarish boshqarmasi iyun oyiga bergan prognozlari o‘ta pessimistik. Yevropa va osiyolik xaridorlar STGning 110 partiyasidan: iyun-iyul oylariga mo‘ljallangan 70 ta, avgust oyidagi - 40ta partiyadan voz kechdilar. Amerika dengiz terminaliga yetkazib berishlar mart oyi oxiridagiga qaraganda ikki marta qisqardi.
"Yevropa va Osiyoda STGga va tabiiy gazga bo‘lgan past naqd narxlar AQShdagi narhga o‘ta ta’sirchan bo‘lgan eksportning yashovchanligini zaiflashtirdi", - deya dalillaydilar EIA analitiklari.
Ular berayotgan bahoga ko‘ra, AQShdan iyun oyida Yevropa va Osiyoga bir sutkada o‘rtacha 101 million kubometr yuborilgan, iyul va avgust oyida esa 62 million kubometr bo‘ladi. Bu eksport salohiyatining 25% demakdir.
Pasayishda davom etadi
Ekspertlarning okean orti gazidan mijozlar kamida yoz oyi oxiriga qadar voz kechishda davom etishi haqidagi ogohlantirishlari ham tasdiqlandi: AQShdagi fyuchers narxlari sentabrga qadar yevropanikidan baland bo‘ladi.
Yanvar-aprel oylarida imkoniyati chegarasida ishlagan oltita amerika STG-zavodlari — mayga kelib o‘z quvvatini 65%gacha pasaytirdi. Iyul oyi boshlarida 50% va hatto undan pastroq bo‘ladi, deyiladi Platts Analyticsning iyun oyidagi obzorida.
"Narxlar afzalliklari deyarli yo‘q bo‘lib ketganligi sababli, amerika postavkalaridan voz kechish vaqt masalasi edi", - dedi Amerika strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi mutaxassisi Nikos Safos.
Milliy energetik xavfsizlik jamg‘armasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkovning so‘zlariga ko‘ra, xaridorlar hozirda AQSh suyultirilgan gazi uchun shunday to‘lovni amalga oshirishga tayyorlarki, u hatto suyultirish va transport xarajatlarini qoplamaydi.
Eng yirik jabrdiyda — amerikaning birinchi va yirik terminali - Sabine Pass bo‘ladi: quvvatlar yuqori narxlar fonida xarid qilingan, ekspluatatsiyaga kiritilish davri - 2016-yilga kelib, holat o‘zgargan. O‘sha vaqtdan e’tiboran zavod faqat ziyoniga ishlamoqda.
Energetika vazirligi axborotiga ko‘ra, AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz eksporti 2020-yilning birinchi to‘rt oyida sutkasiga o‘rtacha 218 million kubometrni tashkil qilgan, ammo aprel oyidan may oyiga qadar bo‘lgan davrda 17%ga tushgan.
EIAda yetkazib berish hajmi sentabrga kelib o‘sa boshlashini kutishmoqda, negaki jahonda tabiiy gazga bo‘lgan talab sekin-asta qayta tiklanmoqda.
Gazga g‘arq bo‘ladilar
Ammo yirik investitsion banklar prognozi u qadar optimistik emas. Analitiklarning izoh berishlaricha, jahonda yoqilg‘ining ulkan zaxirasi to‘plangan. Suyultirilgan tabiiy gaz xalqaro savdosi ham amerikalik slaneschilar uchun muhim kanallarni "bo‘g‘ib" qo‘ygan holda barbod bo‘ldi. Neft yana bir barreli 40 dollargacha qimmatlagani bois, neftchilar qazib olish ishlarini qayta tikladilar va ikkinchi darajali mahsulot sifatida bozorga ko‘p miqdorda arzon gazni yetkazib bera boshladilar.
Amerika STGsi uchun an’anaviy "svalka" hisoblangan Yevropada narxlar tushib ketgani bois, BofA Securities analitiklari fikricha, bu mahsulotga u yerda ehtiyoj yo‘qoldi. Endilikda yoqilg‘ini chet elga sotish o‘rniga, gaz saqlanadigan katta idishlar va maxsus joylarga tortib o‘tkazilmoqda.
Goldman Sachs hisob-kitobiga ko‘ra, eksport bekor qilingani tufayli, amerika zaxiralari 21,52 milliard kubometrga ortadi. Bir yil avval qayd etilgan ko‘rsatkich uchdan bir qismga, besh yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkich esa - 18%ga oshgan. Oktabrga kelib, mamlakatning gazni saqlash bo‘yicha imkoniyatlari tugashi mumkin, bu esa o‘z navbatida STG qazib olish va ishlab chiqarish hajmining rekord darajada qisqarishiga olib keladi.