Ukraina endi jim bo‘ladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi

Obuna bo‘lish
Rossiya “Shimoliy oqim-2” bilan Ukrainani shantaj qilish niyati yo‘q, u Kiyevga bosim o‘tkazish dastagi ham emas, shunchaki tijoriy loyihadir - demoqda Kreml.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. AQSh va Germaniya orasida imzolangan kelishuv tafsilotlari aniq bo‘lmasdan turib Kiyev Vashingtonni “aql bilan ish qilishga” chaqira boshlagan edi. Ukraina xulosasiga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” nafaqat Ukrainaga balkim butun dunyoga xavf solmoqda.
“Rossiya har doim energiya manbaalaridan siyosiy bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanish niyati yo‘qligini ta’kidlab kelgan. Bu hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Barcha kelishuvlar tijoriy maqsadga asoslangan”, - deb tushuntiradi Dmitriy Peskov qayta-qayta.
Vashington va Berlin orasida imzolangan yangi shartnomaning mohiyati – Rossiya energiya manbaalaridan siyosiy qurol sifatida foydalanishga yo‘q qo‘ymaslik. Bu borada Vashington Ukraina va Polsha bilan maslahatlashgani ham ma’lum.
Davlat Departamenti xulosasiga ko‘ra, nemislar murosaga kelish uchun idrokli takliflar bildirishgan va natijada Vashington 98%ga yakunlangan gaz quvuri ishga tushishiga to‘sqinlik qilmaydigan bo‘lgan.
Agar Rossiya gaz quvuridan suiste’mol qilish niyatlari aniqlangan holda, Germaniya bunga qarshi chora ko‘radi. Oldin Germaniya Moskvaga qarshi bir tomonlama choralar ko‘rishga qarshi edi. Aftidan hozir ham bundan xursand emasga o‘xshaydi.
Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
"Shimoliy oqim— 2"ga qarshi so‘nggi jang boshlandi
Shuningdek, Berlin “Yashil fond”ga investitsiyalar kiritishga tayyor. Ushbu fond Ukrainaga ekologik toza energiya manbaalariga o‘tishga yordam berishi kerak. Gap kamida bir milliard dollar haqida ketmoqda. Germaniya uning birinchi to‘lovi – 175 mln dollarini to‘lashgan rozi bo‘lgan. Yana Berlin Kiyevga energetika manbaalari bo‘yicha maxsus vakilini yuboradi va unga 70 mln dollar ham berib yuboradi.
Undan tashqari, Berlindan Rossiya va Ukraina orasida gaz tranziti bo‘yicha shartnomani kamida yana 10-yilga cho‘zishda yordam ko‘rsatishni talab qilishmoqda. Uning muddati 2024-yilda tugaydi. Bu mavzuda Merkel Putin bilan 21-iyul kuni kechqurun telefon orqali muloqot qildi.
Rossiya prezidenti “Shimoliy oqim-2” loyihasini ishga tushirishda Germaniyaning harakatlarining qat’iy va ketma-ketligini yuqori baholadi va loyiha “faqat tijoriy xarakterga” ega ekanini ta’kidladi. Suhbat yakunida Moskva ham Berlin ham “oqim”ning qurib bitkazilishiga yaqin vaqt qolganidan mamnunliklarini bildirishdi.

Kim qarshi

Ukraina “Shimoliy oqim-2”ga qarshi so‘nggi damga qadar kurash olib bordi. Vladimir Zelenskiy ShO-2ning taqdiri AQSh qo‘lida ekanini va YeI ularga ergashishi kerakligini ta’kidlab keldi. U Merkel bilan 12-iyul kuni Berlinda uchrashib loyihani bekor qilishni so‘radi, lekin rad javobini oldi.
Shundan so‘ng Kiyev Merkelni “Ukraina manfaatlarini sotganini” e’lon qildi. Politico, nashri yozishiga ko‘ra, Vashington Kiyevdan o‘zini bosib olishni so‘ragan. Omma oldida hamkorlar rejasiga qarshi chiqish amerika-ukraina munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin.
Annalena Berbok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
“Shimoliy oqim-2” dushmani Germaniyada shitob bilan yutqazmoqda
AQSh va Germaniyaning Shimoliy Oqim bo‘yicha kelishuvi bir qator amerikalik senatorlarga ham ma’qul kelmagan. Texaslik respublikachi Ted Kruz ushbu kelishuvni "AQSh uchun halokat va Putinning bulajak avlodlar uchun siyosiy g‘alabasi" deb atadi.
“Ukraina va Yevropa siyosatini Putinga topshirishdi” dedi yana bir respublikachi Stiv Uomak. Uchinchi respublikachi Jim Rish aytishiga ko‘ra, 11-avgust kuni Yevropa energetika xavfsizligini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun chiqali (PEESA), o‘shanda Oq uy – sanksiyalardan nima maqsadda voz kechganini yozma ravishda tushintirib berishga majbur bo‘ladi.
Amerika hukumati PEESAdoirasida sanksiyalar kiritish huquqini saqlab qolishgan.
Befoyda qarshilik
Ukrainalik iqtisodchi Aleksandr Oxrimenko aytishiga ko‘ra, kiyev yirik sarmoyalar kutishi kerak emas. Rossiyaga ta’sir o‘tkazishning yo‘li yo‘q.
“Shartnoma shunchaki rasmiyatchilik uchun bo‘ladi. U yerda energetik shantajga yo‘l qo‘ymaslik uchun umumiy iboralar bo‘ladi xolos, Ukraina nomi esga olinmasligi ham mumkin”, - dedi RIA Novosti bilan bo‘lgan suhbatda iqtisodchi.
Germaniyalik siyosatchi Aleksandr Rar ham xuddi shunday fikrda. “Kiyev bayonoiga iaraganda, ular pul kutayapti. Lekin hozir vaziyat boshqacha. Ukrainaga hech kim shunchaki Rossiyaga qarshilik ko‘rsatgani uchun pul sovg‘a qilmaydi, - deydi u. Muqobil uslub – nemis kompaniyalarini Ukrainada biznes qilishga jalb etish. Lekin buning uchun sharoit yetishmaydi: huquqiy tizimga o‘zgartirish kiritish kerak, xususiy mulk borasida”.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2021
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi
Bu narsa amerikaliklarga ham taaluqli. Ular o‘z suyultirilgan gazni Germaniyaga sotishdan manfaatdor emas (chunki Osiyo bozorida u 2 baravar qimmat turadi) va shu bilan birga Ukraina rivojlanpishi uchun po‘l to‘lashni ham istamaydi, - deydi Rar.
“Bu ko‘proq transalantik munosabatlar muammosi, Moskva va Vashington muammosi emas. Buni Amerika siyosatining mag‘lubiyati yoki sog‘lom fikr g‘alabasi deyish mumkin. Bayden katta yoki kichik xato orasida birni tanlash kerak edi. U AQShning asosiy hamkorlaridan biri bilan munosabatlarni buzishni istamadi”, - deydi Rossiya xalqar ishlar bo‘yicha kengashi direktori Andrey Kortunov.
Buni ko‘proq Germaniya g‘alabasi deyish mumkin.
“Merkel bo‘sh kelmadi, natijada amerikaliklar o‘z rejelaridan voz kechishga majbur bo‘lishdi”, - deydi Kortunov.
“Bu bosqichda ushbu loyihaning amalga oshirilishiga qarshilik qilish befoyda edi, - deydi Iqtisodiyot oliy maktabi xalqaro munosabatlar bo‘limi dotsenti Tatyana Romanova. Lekin kelajakda yangi xavflar paydo bo‘lishi mumkin. 2030-2035 yillarda muqobil energetika manbaalari rivojlanishi bilan muammo AQSh bosimida emas Yevropada energetika balansi o‘zgarishiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi”.
Uzoq vaqt davomi etgan kurash va tortishuvlardan so‘ng “Shimoliy oqim-2” loyihasi yakuniga yetmoqda. Germaniya ushbu quvur uchun uzoq vaqt kurashdi. Angela Merkel hukumatni tark etganidan so‘ng ham Germaniya ushbu loyihadan voz kechmaydi. Yashil energetika ham o‘z yo‘liga, gazning baribir o‘z o‘rni bor. Demak juda qimmat va uzoq kutilgan loyiha o‘zini oqlaydi.
Yangiliklar lentasi
0