Rossiya va AQSh Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim to‘ldiradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKompressornie stansii "Kazachya" i "Russkaya" v Krasnodarskom krae
Kompressornie stansii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Irina Badmayeva. Sovuq va cho‘zilgan qish Yevropa gaz omborlarini bo‘shatdi. Zaxiralarning uchdan bir qismi qoldi, xolos. Amerikaliklar bundan foydalanishga qaror qilishdi va ko‘p suyultirilgan gaz taklif qilishdi. Ammo koronainqiroz Yevropaga okean ortining qimmat energiyasina pul sarflashga imkon bermaydi. Rossiya xomashosini xarid qilishga to‘g‘ri keladi. “Gazprom” va davlat budjeti uzoqdagi chet davlatlariga qilingan eksportdan qancha ishlab olishini RIA Novosti o‘rgandi.

Yevropa uchun anomal sovuq ob-havo

Kuz va qish faslida yevropaliklar 65 milliarddan ziyod kub metr gaz sarfladi – o‘n yillik maksimum. Bu haqda “Gazprom” “GasInfrastructureEurope”ga tayangan holda xabar qilmoqda. Avvalgi eng yuqori ko‘rsatgich 2018-yilda kuzatilgandi, o‘shanda fevral-mart oyida Yevropaga sovuq ob-havo va qor bo‘roni yopirilgandi.
Ob-havo joriy isitish mavzumida ham achchiq hazil qildi. Yanvar oyida “Gazprom”ning muzlagan Yevropaga yetkazish berish hajmini zudlik bilan ko‘paytirishiga to‘g‘ri keldi. Germaniyaga odatdagiga qaraganda 32,4 foizga, Fransiyaga 77,3, Niderlandiyaga 21,2, Italiyaga esa 100 foizga ko‘proq jo‘natildi.
Bundan tashqari, u yerda ham sovuq eshik qoqqan Osiyoga eksport hajmi ko‘paytirildi. Natijada bozorda taqchillik yuzaga keldi va bu narxlarning o‘sishini keltirib chiqardi.
Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish: Nega Rossiyaga o‘ta qimmat neft foydali emas
Masalan, Osiyoda shunday paytlar bo‘ldiki, kotirovkalar ming kub uchun ming dollardan oshdi. Ayrim bitimlar 1400 dan tuzildi. Yevropada narxlar 300 dollarlik dovondan o‘tdi.
Natijada uzoq chet el davlatlariga Rossiya eksporti 19,5 milliard kub metrgacha o‘sdi. Bu o‘tgan yilga qaraganda qariyb 46 foizga ko‘proq.
Fevral ham ob-havoning injiqliklariga duch keldi. Bu oyda kuch kun ketma-ket Yevropa omborlari maksimumdan berishdi – sutkasiga bir milliard kub metrdan ziyod.
25 martga kelib, sovuq mavsum yakunlangan vaqtda Yevropaning “yer osti” o‘rtacha zaxirasi 29 foizgacha tushib ketdi. Xususan, Germaniya va Avstriyada 26, Niderlandiyada 23, Fransiyada 17.
Kelasi qishda muzlamaslik uchun yevropaliklar o‘tgan yilga qaraganda 57,3 foiz ko‘proq (qariyb 24 milliard kub metr) qazib olishlariga to‘g‘ri keladi, bu “Gazprom” tomonidan hisoblab chiqildi.

Rossiya gazining muqobillari

Yevropa gaz bozorida Rossiya xomashosi hissasi 2020-yilda 33 foizga yaqinni tashkil qildi, deb xabar qildi “Gazprom eksporta” bosh direktori Yelena Burmistrova. Uning so‘zlariga ko‘ra, “uchinchi chorakdanoq eksport hajmlarini inqirozga qadar ko‘rsatgichga erishgan, ayrim holatlarda bu ko‘rsatgichdan oshgan”. Importorlar oldidagi barcha majburiyatlar bajarilgan. Yil oxiriga kelib esa shartnoma bo‘yicha narxlar Yevropa xablaridagi spot narxlarga qaragandan pastroq bo‘lgan. Bu yetkazib berishni qo‘shimcha rag‘batlantirgan.
Rossiyadan tashqari, YeIga gaz Norvegiya, Qatar, Jazoir, AQSh va Nigeriyadan keladi. Asosiy iste’molchilar – Germaniya, Buyuk Britaniya va Italiya. Qolaversa, nemislar va britaniyaliklar Rossiyaga gazini “Shimoliy oqim” orqali olishadi. Boshqa variant yo‘q. Albatta, suyultirilgan tabiiy gaz (STG)ga o‘tishi mumkin, biroq u qimmatroq. Bundan tashqari, u uchun, masalan, Germaniya ega bo‘lmagan maxsus terminallar zarur. STGni u yerga Belgiya va Niderlandiya orqali yetkazishadi.
Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yo‘qotdi
Italiya va Buyuk Britaniyada terminallar bor, lekin u yerda quvur gazidan voz kechishga shoshilishmayapti. Shu bois Rossiya energiyasning asosiy xaridorlari AQShning “Shimoliy oqim-3” qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlashmaydi. Qolaversa, Germaniya amerikaliklarga ularning STGni qabul qilish uchun terminal qurilishini moliyalashtirishni taklif qildi, ular ShO-2 ni tinch qo‘yishsa bas. O‘tgan yil yozida Berlin bunga bir milliard yevro sarmoya kiritishga tayyor edi. Biroq Vashington o‘zinikida turib oldi.
Shunga qaramasdan YeIda Rossiya loyihasining dushmanlari yetarlicha: Chexiya, Polsha, Vengriya, Slovakaiya, Ruminiya, Xorvatiya. Bu tranzister mamlakatlar, ular bundan yaxshigina pul ishlashadi.
So‘z o‘rnida, Varshava 2022-yildan boshlab Rossiya gazisiz o‘z kunini ko‘rmoqchi ekanini ma’lum qildi. Polyaklar norvej shelfi bo‘ylab Shimol dengizida qurilayotgan “Baltic Pipe” quvuriga umid qilishmoqda. Qolgani – okean ortidagi STG.
Amerikaliklar, albatta, Yevropa omborlarini to‘ldirishdan xursand bo‘lgan bo‘lishardi – ayniqsa, hozir Osiyoda o‘ta yuqori talab tushgan vaqtda. Mart oyida Yevropa ulardan 11 milliard kub metr sotib oldi – yanvar va fevralga qaraganda ikki baravarga ko‘proq. AQSh G‘arbiy Yevropaga yetkazib berishning 30 foizini ta’minladi. Qolaversa, ayni damda dengiz va okeanlarda Amerika STG yuklangan 70 ta tanker bor.

Yevropa omborlarini kim to‘ldiradi

Boz ustiga, inqiroz ham tugamadi, STG esa avvalgiday quvurnikiga qaraganda qimmatroq. Bundan tashqari, “Gazprom”, raqobatchilardan farqli o‘laroq, qazib olish va sutkalik yetkazib berishni zudlik bilan ko‘paytirishi mumkin. Kompaniyaning Yevropada o‘z “joylari” bor.
G‘arbiy Yevropa yo‘nalishi esa – ustuvor vazifa, zero “Shimoliy oqimning” xarajatlarni qoplay olishi hozircha so‘roq ostida, deydi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining dotsenti Aleksandr Timofeyev. “Sovuq va cho‘zilgan qiz yaxshi talabni ta’minlab berdi. U omborlar to‘lishiga qaraganda tezroq o‘sishi mumkin, bu esa o‘z navbatida, kuzga kelib narx ko‘tarilishiga olib keladi”, -deydi suhbatdosh.
“VYGONConsulting” Rossiyaning yoqilg‘i-energetika majmuasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha mustaqil maslahatchisining fikriga ko‘ra, bu yil “Gazprom” gaz eksportini uzoq chet el davlatlariga 210 milliard kub metrgacha ko‘paytirishi mumkin. bu 2020-yilga qaraganda 17 foizga, kovidga qadar 2019-yilga qaraganda deyarli 5,5 foizga ko‘proq.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2021
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi
Xo‘sh, masalan, birinchi chorakda “Gazprom” eksporti 30,7 foizga o‘sdi. “Ilgari yetkazib beruvchi budjetga bir ming kub metri uchun 170 dollar narxda qo‘yardi. Biroq keyin rejalarni qayta ko‘rib chiqishdi. Endilikda o‘rtacha yillik 200 dollar nazarda tutilmoqda. Gap shundaki, uzoq muddatli shartnomalar ko‘p jihatdan Yevropaning spot narxlariga bog‘liq. Bundan tashqari, neft kotirovkalari ko‘tarildi, gazniki ham bunga bog‘liq. Shuning uchun “Gazprom”ning iste’molchilarni o‘z rejalari asosli ekaniniga ishontirishi butunlay real”, - deya fikr yuritadi Mark Goyxman, “TeleTrade” axborot tahliliy markazining bosh iqtisodchisi.
So‘z o‘rnida, gaz isitish mavsumi yakunlangandan keyin ham qimmatlashishda davom etdi. Hozir TTF (Title Transfer Facility Natural Gas Price Index)” Niderlandiya xabidagi spotda bir ming kub metri uchun 252 dollar, bu 2018-yildan buyongi maksimum.
Natijada “Gazprom”ning uzoq chet el davlatlariga yetkazib berishidan foydasi 1,7 baravarga oshadi, 42 milliard dollargacha, deya qayd etadi “VYGON Consulting”. Bu esa davlat budjeti uchun ayni muddao.
Yangiliklar lentasi
0