https://oz.sputniknews.uz/20210820/defolt-ishsizlik-bankrotlik-rossiyaga-qarshi-siyosat-ukrainani-qaerga-olib-keldi-20162254.html
Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi
Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi
Sputnik O‘zbekiston
Yirik korxonalarning bankrotligi, ishsizlik va narxlarning deyarli 200%ga oshishi - bular Ukrainadagi inqirozning keskinlashishi sabablarining to‘liq ro‘yxati emas... 20.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-20T11:11+0500
2021-08-20T11:11+0500
2023-04-05T18:34+0500
analitika
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1116/22/11162265_0:0:3001:1688_1920x0_80_0_0_d96e47c6134308c41f66868d0701cb04.jpg
24 avgust kuni Ukraina mustaqilligining 30-yilligini nishonlaydi. Shu kuni Kiyevni ko‘plab vatanparvarlik tadbirlari - Qurolli Kuchlar paradi va "DNKimizda mustaqillik" shousi kutmoqda. Ammo Ukraina Davlat statistika hisobotlari buning aksini ko‘rsatmoqda: yildan-yilga Kiyev tobora ko‘proq erkinlikni yo‘qotmoqda - birinchi navbatda iqtisodiy.Nima uchun mamlakat yillar davomida inqirozdan chiqa olmayapti va Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qanday qilib G‘arbning xomashyo qo‘shimchasiga aylantiradi – bu haqda batafsil Sputnik materialida.Muammolar ko‘paymoqdaUkraina Davlat statistikasisalbiy baholarga to‘la. Yil boshidan buyon iste’mol narxlari 6,5 %ga o‘sdi. Hamma narsa qimmatlashmoqda: iyul oyi o‘zidashakar narxi deyarli 7 %ga, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari - 0,8 %ga, maishiy texnika - 0,4 %ga oshdi.Elektr va gaz ham ortda qolmadi, ular 0,6%ga qimmatlashdi, aloqa (0,1%), transport (1,1%), shuningdek, sog‘liqni saqlash (0,1%) narxlari oshdi. Va bu oxiri emas - Ukraina Milliy bankining prognozlariga ko‘ra, yil oxirigacha narxlar 9,6 %ga ko‘tariladi. Shu sababli, hukumat o‘rtacha ish haqining oshishi haqida gapirishsada (2021 yilda u haqiqatan ham 423 dollardan 532 dollarga ko‘tarildi), oddiy ukrainaliklar bu o‘sishni sezmaydilar.Umuman olganda, 10-yil mobaynida mamlakatda tovarlar narxi qariyb 200%ga oshdi. Oddiy fuqarolarning qarzlari ham ta’sirchan o‘sishni ko‘rsatmoqda. Kommunal xizmatlar uchun ukrainaliklarning 2 milliard dollardan ortiq qarzi bor, eng ko‘p elektr energiyasi uchun, chunki ko‘p oilalar va bolalar uylari uchun imtiyozli tariflar bekor qilindi, ularesamamlakat aholisining eng kam to‘lay oladigan qismi.Hamma narsada Rossiyani ayblash an’anasiBiroq bu muammolarning barchasi faqat oddiy xalqni bezovta qilmoqda shekilli. Chunki 11-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy saytida xabar paydo bo‘ldi: mamlakat rahbari 2025-yilgacha iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini qabul qildi va Rossiya hujjatda "muhim o‘rin"ni egallamoqda. Strategiyaga ko‘ra, "Ukraina iqtisodiyotini yo‘q qilish" - "Rossiya Federatsiyasining ongli va maqsadli harakati", shuning uchun Ukraina jamiyatidagi ijtimoiy keskinlik yuzaga kelgan.Bu konsepsiyaning iqtisod yoki haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q, deydi Aleksey Zubes, iqtisod fanlari doktori, RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti prorektori."Rossiyani muammolar manbai deb atashga urinish faqat targ‘ibotchilarga va iqtisodni tushunmaydigan odamlarga mos keladi", - deydi ekspert. - Ukraina iqtisodiyoti uchun asosiy xavf - bu o‘z hukumatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini bajara olmasligi. Mamlakat budjeti juda yomon ahvolda - bu Ukraina uchun zarur bo‘lgan jahon bozorida ko‘mir narxi oshgani, chunki u ko‘mirdan ishlaydigan elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Mamlakat esa uni sotib ololmayapti”.Xuddi shunday fikrni Ukrainaning Energiya strategiyasi jamg‘armasi hamraisi Dmitriy Marunich ham bildirdi, u Sputnik muxbiriga bergan intervusida Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini "oddiy qog‘oz" deb atadi. Hatto rasmiylar Rossiya bilan savdo qilish Ukrainaga tahdid soladi, deyishsa ham, hamma tushunadiki, bu mamlakat Rossiya ko‘mirini sotib olmasdan turib qila olmaydi."Agar biz Rossiyadan ko‘mir olib kelmasak, ertaga butun Ukrainada elektr energiyasi o‘chadi, buni hamma yaxshi tushunadi", deydi Marunich - Rossiyaning ko‘mir yetkazib berishini almashtirishning iloji yo‘q, boshqa davlatlar nafaqat ko‘mir uchun, balki tashish uchun ham to‘lashga majbur bo‘ladi, bundan tashqari, portlar bunchalik ko‘p yuk tashiy olmaydi. Kollaps bo‘ladi. G‘alati holat paydo bo‘ladi: Ukraina Rossiyadan hamma narsani rad etadi, lekin buning imkoni yo‘q.Qachonki biznes- asosiy dushmanKo‘p yillar oldin boshlangan jarayonlar barcha mavjud muammolarga olib keldi, deydi Aleksey Zubes."Mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun pulni, texnologik jihatdan murakkab mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiyotberishi mumkin", - deydi u. "Biroq, Ukraina sanoat salohiyatini yo‘qotdi yoki ataylab yo‘q qildi. Sanoat poydevori bo‘lmasa, fuqarolarning hayot sifatini ta’minlash mushkul".Ukrainaning tugatilgan sanoat obyektlarini sanash uchun ko‘p vaqt ketishi mumkin. Ko‘pgina Ukraina korxonalari Rossiya bozoriga yo‘naltirilgandi va eng yomon inqirozga faqat 2014-yilda, mamlakat Rossiya bilan munosabatlarni uzishga qaror qilganida duch keldi.Natijada mashhur Lvov avtobus zavodi (LAZ) 2014-yilda yopildi va 2018-yilda Zaporoj avtomobilsozlik zavodi bankrot deb e’lon qilindi, uning uchun Rossiya asosiy savdo bozori bo‘lgandi (2007-2012 yillarda mahsulot yetkazib berishning 89 %Rossiyaga to‘g‘ri kelgan). Bu yil SSSRning barcha samolyot tashuvchi kreyserlarini qurgan Nikolayevdagi Qora dengiz kemasozlik zavodi rasman tugatildi.Ilgari Rossiya bilan hamkorlik qilgan "Yujmash" raketa-kosmik korxonasi ham inqirozni boshdan kechirmoqda. O‘tgan yili Ukraina hukumati ishchilarga maosh to‘lash uchun "Yujmash" qarzini qoplash maqsadida davlat budjetidan qariyb 8 million dollar ajratishi kerak edi. Rossiyadan butlovchi qismlarni sotib olishni to‘xtatgan Antonov samolyot zavodi 2016-yildan 2019-yilgacha bitta ham samolyot ishlab chiqarmadi.Ishlab chiqarishning ommaviy yopilishi, albatta, Ukraina iqtisodiyotiga zarba bermoqda. Bugungi kunda mamlakat Yevropaning eng qashshoq davlati va sobiq SSSRning eng qashshoq davlatlaridan biri hisoblanadi. Hatto hukmron "Xalq xizmatkori" partiyasi ham bu haqiqatni tan olishga majbur."Agar Ukrainaning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIMni Polsha bilan solishtiradigan bo‘lsak, Polshaga yetib olish uchun bizga 30-40 yil kerak bo‘ladi", -dedi "Xalq xizmatkori" deputati, moliya masalalari bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari Daniil Getmansev.Yevropa yordam bermaydiSanoatlashtirish davom etayotgani Ukrainani G‘arbning xomashyo qo‘shimcha qismiga aylantiradi, deb hisoblaydi Aleksiy Zubes. Hozir Ukraina don ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda va qishloq xo‘jaligiga xorijiy sarmoyadorlardan umid qilmoqda. Avvalroq, ekspert oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish xalqaro kompaniyalar hisobidan o‘sishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Biroq, g‘alla yetishtirish katta mehnat talab qilmasligini tushunish kerak.Demak, iqtisodiyotning bu sohasi ukrainaliklarni ish bilan ta’minlamaydi - va migratsion inqiroz davom etadi. Bugungi kunda Polshada 1,5 million ukrainalik mehnat qilmoqda. Rossiyada ham ukrainalik migrantlar ko‘p: 2016 - 2020-yillarda deyarli bir million ukrainalik Rossiya fuqaroligini oldi.Kuchli demografik vaziyatni Davlat statistika xizmati hisoboti ham tasdiqlaydi: yil boshidan beri Ukraina aholisi 180 ming kishiga kamaydi va hozirda 41,4 million kishini tashkil etdi. 2013-yilda bu ko‘rsatkich 45 milliondan ko‘p bo‘lgan.Agar demografik vaziyat yaxshilanmasa, 10-15 yil ichida mamlakat defoltga uchrashi mumkin, chunki mamlakat inson resurslari zarur bo‘ladi, dedi Ukraina ish beruvchilar federatsiyasi rahbarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Pavel Vernivskiy."Birinchi navbatda Pensiya jamg‘armasi qulab tushadi. Har bir alohida soliq to‘lovchiga qarz yuki oshadi, bu esa defolt xavfini oshiradi”, - deb tushuntirdi u.Aleksey Zubes defolt xavfi haqida ham aytdi. “Hozir Ukraina 1996-1997 yillarda Rossiyaga yaqin", - deydi ekspert. Mamlakat iqtisodiy inqirozdan qochib qutula oladimi - bu savol. Mustaqillikning 30-yilida respublika inqirozdan chiqa olmadi.Bir vaqtlar Ukrainani SSSR sanoatining yetakchisiga aylantirgan odamlar qaridi - mamlakatda 11 milliondan ortiq pensioner bor. Va yangi avlod ish topa olmaydi, chunki fabrikalar yopilgandan keyin u umuman yo’q: 2020-yilda atigi 11,3 million Ukraina fuqarosi rasmiy maosh olgan.Yangi avlod esa ish topa olmayapti, chunki fabrikalar yopilgandan keyin u umuman yo‘q: 2020-yilda atigi 11,3 million Ukraina fuqarosi rasmiy maosh olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ukrainani-afgoniston-taqdiri-kutmoqda-patrushev-20145880.html
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ukraina-armiyasi--2021-qurollanish-va-jangovarlik-qobiliyati-20132363.html
https://oz.sputniknews.uz/20210722/ukraina-endi-jim-boladi-bayden-va-merkel-shimoliy-oqim-haqida-kelishib-olishdi-19789003.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/kimning-loyihasi-edi--ukrainadagi-davlat-tontarishi-sababi-yanukovich-nigohida-20112806.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/yanukovich-ukrainaning-30-yil-mustaqillikdagi-asosiy-xatosini-aytdi-20111864.html
https://oz.sputniknews.uz/20210804/ukrainadan-hamma-charchadi---siyosatchi-xulosasi-19949613.html
https://oz.sputniknews.uz/20210712/putin-ukraina-togrisida-maqola-yozdi-19651525.html
https://oz.sputniknews.uz/20210408/nato-tufayli-ukraina-oz-eridan-ayrilib-qolishi-mumkin--uxx-generali-18230867.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1116/22/11162265_0:0:2667:2000_1920x0_80_0_0_7ebb2939edbec93647fd1e532155f823.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, ukraina, rossiya
analitika, ukraina, rossiya
Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi
11:11 20.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Yirik korxonalarning bankrotligi, ishsizlik va narxlarning deyarli 200%ga oshishi - bular Ukrainadagi inqirozning keskinlashishi sabablarining to‘liq ro‘yxati emas, deb hisoblamoqda ekspertlar.
24 avgust kuni Ukraina mustaqilligining 30-yilligini nishonlaydi. Shu kuni Kiyevni ko‘plab vatanparvarlik tadbirlari - Qurolli Kuchlar paradi va "DNKimizda mustaqillik" shousi kutmoqda. Ammo Ukraina Davlat statistika hisobotlari buning aksini ko‘rsatmoqda: yildan-yilga Kiyev tobora ko‘proq erkinlikni yo‘qotmoqda - birinchi navbatda iqtisodiy.
Nima uchun mamlakat yillar davomida inqirozdan chiqa olmayapti va Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qanday qilib G‘arbning xomashyo qo‘shimchasiga aylantiradi – bu haqda batafsil Sputnik materialida.
Ukraina Davlat statistikasisalbiy baholarga to‘la. Yil boshidan buyon iste’mol narxlari 6,5 %ga o‘sdi. Hamma narsa qimmatlashmoqda: iyul oyi o‘zidashakar narxi deyarli 7 %ga, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari - 0,8 %ga, maishiy texnika - 0,4 %ga oshdi.
Elektr va gaz ham ortda qolmadi, ular 0,6%ga qimmatlashdi, aloqa (0,1%), transport (1,1%), shuningdek, sog‘liqni saqlash (0,1%) narxlari oshdi. Va bu oxiri emas - Ukraina Milliy bankining prognozlariga ko‘ra, yil oxirigacha narxlar 9,6 %ga ko‘tariladi. Shu sababli, hukumat o‘rtacha ish haqining oshishi haqida gapirishsada (2021 yilda u haqiqatan ham 423 dollardan 532 dollarga ko‘tarildi), oddiy ukrainaliklar bu o‘sishni sezmaydilar.
Umuman olganda, 10-yil mobaynida mamlakatda tovarlar narxi qariyb 200%ga oshdi. Oddiy fuqarolarning qarzlari ham ta’sirchan o‘sishni ko‘rsatmoqda. Kommunal xizmatlar uchun ukrainaliklarning 2 milliard dollardan ortiq qarzi bor, eng ko‘p elektr energiyasi uchun, chunki ko‘p oilalar va bolalar uylari uchun imtiyozli tariflar bekor qilindi, ularesamamlakat aholisining eng kam to‘lay oladigan qismi.
Hamma narsada Rossiyani ayblash an’anasi
Biroq bu muammolarning barchasi faqat oddiy xalqni bezovta qilmoqda shekilli. Chunki 11-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy saytida xabar paydo bo‘ldi: mamlakat rahbari 2025-yilgacha iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini qabul qildi va Rossiya hujjatda "muhim o‘rin"ni egallamoqda. Strategiyaga ko‘ra, "Ukraina iqtisodiyotini yo‘q qilish" - "Rossiya Federatsiyasining ongli va maqsadli harakati", shuning uchun Ukraina jamiyatidagi ijtimoiy keskinlik yuzaga kelgan.
Bu konsepsiyaning iqtisod yoki haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q, deydi Aleksey Zubes, iqtisod fanlari doktori, RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti prorektori.
"Rossiyani muammolar manbai deb atashga urinish faqat targ‘ibotchilarga va iqtisodni tushunmaydigan odamlarga mos keladi", - deydi ekspert. - Ukraina iqtisodiyoti uchun asosiy xavf - bu o‘z hukumatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini bajara olmasligi. Mamlakat budjeti juda yomon ahvolda - bu Ukraina uchun zarur bo‘lgan jahon bozorida ko‘mir narxi oshgani, chunki u ko‘mirdan ishlaydigan elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Mamlakat esa uni sotib ololmayapti”.
Xuddi shunday fikrni Ukrainaning Energiya strategiyasi jamg‘armasi hamraisi Dmitriy Marunich ham bildirdi, u Sputnik muxbiriga bergan intervusida Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini "oddiy qog‘oz" deb atadi. Hatto rasmiylar Rossiya bilan savdo qilish Ukrainaga tahdid soladi, deyishsa ham, hamma tushunadiki, bu mamlakat Rossiya ko‘mirini sotib olmasdan turib qila olmaydi.
"Agar biz Rossiyadan ko‘mir olib kelmasak, ertaga butun Ukrainada elektr energiyasi o‘chadi, buni hamma yaxshi tushunadi", deydi Marunich - Rossiyaning ko‘mir yetkazib berishini almashtirishning iloji yo‘q, boshqa davlatlar nafaqat ko‘mir uchun, balki tashish uchun ham to‘lashga majbur bo‘ladi, bundan tashqari, portlar bunchalik ko‘p yuk tashiy olmaydi. Kollaps bo‘ladi. G‘alati holat paydo bo‘ladi: Ukraina Rossiyadan hamma narsani rad etadi, lekin buning imkoni yo‘q.
Qachonki biznes- asosiy dushman
Ko‘p yillar oldin boshlangan jarayonlar barcha mavjud muammolarga olib keldi, deydi Aleksey Zubes.
"Mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun pulni, texnologik jihatdan murakkab mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiyotberishi mumkin", - deydi u. "Biroq, Ukraina sanoat salohiyatini yo‘qotdi yoki ataylab yo‘q qildi. Sanoat poydevori bo‘lmasa, fuqarolarning hayot sifatini ta’minlash mushkul".
Ukrainaning tugatilgan sanoat obyektlarini sanash uchun ko‘p vaqt ketishi mumkin. Ko‘pgina Ukraina korxonalari Rossiya bozoriga yo‘naltirilgandi va eng yomon inqirozga faqat 2014-yilda, mamlakat Rossiya bilan munosabatlarni uzishga qaror qilganida duch keldi.
Natijada mashhur Lvov avtobus zavodi (LAZ) 2014-yilda yopildi va 2018-yilda Zaporoj avtomobilsozlik zavodi bankrot deb e’lon qilindi, uning uchun Rossiya asosiy savdo bozori bo‘lgandi (2007-2012 yillarda mahsulot yetkazib berishning 89 %Rossiyaga to‘g‘ri kelgan). Bu yil SSSRning barcha samolyot tashuvchi kreyserlarini qurgan Nikolayevdagi Qora dengiz kemasozlik zavodi rasman tugatildi.
Ilgari Rossiya bilan hamkorlik qilgan "Yujmash" raketa-kosmik korxonasi ham inqirozni boshdan kechirmoqda. O‘tgan yili Ukraina hukumati ishchilarga maosh to‘lash uchun "Yujmash" qarzini qoplash maqsadida davlat budjetidan qariyb 8 million dollar ajratishi kerak edi. Rossiyadan butlovchi qismlarni sotib olishni to‘xtatgan Antonov samolyot zavodi 2016-yildan 2019-yilgacha bitta ham samolyot ishlab chiqarmadi.
Ishlab chiqarishning ommaviy yopilishi, albatta, Ukraina iqtisodiyotiga zarba bermoqda. Bugungi kunda mamlakat Yevropaning eng qashshoq davlati va sobiq SSSRning eng qashshoq davlatlaridan biri hisoblanadi. Hatto hukmron "Xalq xizmatkori" partiyasi ham bu haqiqatni tan olishga majbur.
"Agar Ukrainaning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIMni Polsha bilan solishtiradigan bo‘lsak, Polshaga yetib olish uchun bizga 30-40 yil kerak bo‘ladi", -dedi "Xalq xizmatkori" deputati, moliya masalalari bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari Daniil Getmansev.
Sanoatlashtirish davom etayotgani Ukrainani G‘arbning xomashyo qo‘shimcha qismiga aylantiradi, deb hisoblaydi Aleksiy Zubes. Hozir Ukraina don ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda va qishloq xo‘jaligiga xorijiy sarmoyadorlardan umid qilmoqda. Avvalroq, ekspert oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish xalqaro kompaniyalar hisobidan o‘sishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Biroq, g‘alla yetishtirish katta mehnat talab qilmasligini tushunish kerak.
Demak, iqtisodiyotning bu sohasi ukrainaliklarni ish bilan ta’minlamaydi - va migratsion inqiroz davom etadi. Bugungi kunda Polshada 1,5 million ukrainalik mehnat qilmoqda. Rossiyada ham ukrainalik migrantlar ko‘p: 2016 - 2020-yillarda deyarli bir million ukrainalik Rossiya fuqaroligini oldi.
Kuchli demografik vaziyatni Davlat statistika xizmati hisoboti ham tasdiqlaydi: yil boshidan beri Ukraina aholisi 180 ming kishiga kamaydi va hozirda 41,4 million kishini tashkil etdi. 2013-yilda bu ko‘rsatkich 45 milliondan ko‘p bo‘lgan.
Agar demografik vaziyat yaxshilanmasa, 10-15 yil ichida mamlakat defoltga uchrashi mumkin, chunki mamlakat inson resurslari zarur bo‘ladi, dedi Ukraina ish beruvchilar federatsiyasi rahbarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Pavel Vernivskiy.
"Birinchi navbatda Pensiya jamg‘armasi qulab tushadi. Har bir alohida soliq to‘lovchiga qarz yuki oshadi, bu esa defolt xavfini oshiradi”, - deb tushuntirdi u.
Aleksey Zubes defolt xavfi haqida ham aytdi. “Hozir Ukraina 1996-1997 yillarda Rossiyaga yaqin", - deydi ekspert. Mamlakat iqtisodiy inqirozdan qochib qutula oladimi - bu savol. Mustaqillikning 30-yilida respublika inqirozdan chiqa olmadi.
Bir vaqtlar Ukrainani SSSR sanoatining yetakchisiga aylantirgan odamlar qaridi - mamlakatda 11 milliondan ortiq pensioner bor. Va yangi avlod ish topa olmaydi, chunki fabrikalar yopilgandan keyin u umuman yo’q: 2020-yilda atigi 11,3 million Ukraina fuqarosi rasmiy maosh olgan.
Yangi avlod esa ish topa olmayapti, chunki fabrikalar yopilgandan keyin u umuman yo‘q: 2020-yilda atigi 11,3 million Ukraina fuqarosi rasmiy maosh olgan.