Putin Ukraina to‘g‘risida maqola yozdi
20:27 12.07.2021 (yangilandi: 20:29 12.07.2021)
© Sputnik / Aleksey Drujinin
/ Obuna bo‘lish
Putinning ta’kidlashicha, Ukraina va Rossiya asrlar davomida yagona iqtisodiy tizim sifatida rivojlanib kelgan va bundan 30-yil oldin bo‘lgan chuqur kooperatsiyaga hatto YeI ham xasad qilishi aniq edi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Vladimir Putin ruslar va ukrainlarning tarixiy birligi haqida maqola yozdi. Matn Kreml saytida e’lon qilingan.
Fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot vaqtida prezident Rossiya va Ukraina haqida tahliliy material yozishga va unda yuz bergan vaziyatga nisbatan o‘z munosabatini bildirishni va’da qilgan edi. Putin ruslar va ukrain xalqlarini bir butun deb hisoblashini alohida qayd etgandi.
Davlat rahbari bu maqolani ikki mamlakat fuqarolari o‘qishlariga umid bildirdi.
"Shuni aytishim joizki, keyingi yillarda Rossiya va Ukraina - ya’ni yagona tarixiy va ma’naviy makon qismlari o‘rtasida yuzaga kelgan devorni shaxsan men umumiy ulkan musibat, fojia sifatida qabul qilaman. Bu eng avvalo, turli davrlarda yo‘l qo‘yilgan shaxsiy xatolarimiz oqibati. Shu bilan birga bu bizning birligimizga hamisha putur yetkazishga intilib kelgan kuchlarning maqsadli harakati natijasi hamdir. Bunda qo‘llanilgan formula ko‘xna asrlardan beri ma’lum: bo‘lib tashla va boshqar. Yangi ma’no yo‘q. Millat masalasini ko‘tarish, odamlar o‘rtasiga sovuqchilik tushirish kabi holatlar mana shu tufayli. Eng oliy masala esa — avval ajratib, so‘ngra bitta xalqning qismlarini o‘zaro to‘qnashtirishdir".
Prezident Rossiya Kiyevni shunchaki tan olibgina qolmay, balki Ukraina mustaqil davlat sifatida shakllanishi uchun ko‘p hissa qo‘shganini eslatib o‘tdi.
"Zamonaviy Ukraina — butunlayin va to‘laligicha sovet davrining farzandidir. U ayniqsa, ko‘p jihatdan aynan tarixiy Rossiya hisobiga yaratilganini bilamiz, xotirlaymiz. Buning uchun XVII asrda Rossiya davlati bilan qanday yerlar qo‘shilganini va USSR Sovet ittifoqi tarkibidan qanday hududlar bilan chiqib ketganini esga olishning o‘zi kifoya", — deb yozgan Putin.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina va Rossiya asrlar davomida yagona iqtisodiy tizim sifatida rivojlanib kelgan va bundan 30-yil oldin bo‘lgan chuqur kooperatsiyaga hatto YeI ham xasad qilishi aniq edi.