Dunyoda

NATO tufayli Ukraina oʻz yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka oʻtishNatsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO)
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ukraina Xavfsizlik xizmati sobiq generali NATO aralashuvi oqibatda Ukraina Xarkov, Donetsk, Xerson, Nikolayev viloyatlarini yoʻqotishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. NATO aralashuvi tufayli Ukraina janubi-sharqida bir necha viloyatlardan ajralib qolishi mumkin, dedi Ukraina Xavfsizlik xizmati sobiq general-mayori Vasiliy Vovk "Nash" telekanali efirida.
“NATO ishtirokisiz biz ushbu urushda gʻalaba qozona olmaymiz. Buni hamma biladi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, agar biz NATOga kirsak NATO Rossiya bilan urushga tayyormi? Menimcha buning ehtimoli kam”, - dedi sobiq general.
“NATO tufayli eng yomon stsenariy sodir boʻlishi mumkin. Biz ularning chap qirgʻoqqa olib kiramiz, keyin esa ular Gruziyada boʻlganidek, kechirasizlar, biz chekinamiz deb ortga qaytadi. Oqibatda Xarkov, Donetsk, Xerson, Nikolayev viloyatlari tashqarida qoladi", — dedi Vovk.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kundan beri NATO harbiy samolyotlari Ukraina hududiga qandaydir yuklarni tashib kelmoqda. Biroz oldin esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyatni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan muhokama qilganini va uni faqat NATO yordamida hal qilish mumkinligini xabar qilgan edi.
Rossiya ehtiyot chorasida oʻz qoʻshinlarini Ukraina bilan chegaraga yaqin hududlarga olib kelmoqda. Soʻnggi bir necha kun davomida esa butun Rossiya boʻylab harbiy kuchlarning barcha boʻlinmalarida oʻquv mashgʻulotlari va qoʻshinlar tayyorligini tekshirish mashqlari bajarilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0