https://oz.sputniknews.uz/20210719/eoiiga-azolik-mehnat-migrantlarining-muammolarini-hal-etadimi-19745460.html
YeOIIga a’zolik mehnat migrantlarining muammolarini hal etadimi?
YeOIIga a’zolik mehnat migrantlarining muammolarini hal etadimi?
Sputnik O‘zbekiston
YeOIIga a’zolik mehnat migrantlari muammolarini to‘laqonli hal etish imkonimi? 19.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-19T20:47+0500
2021-07-19T20:47+0500
2021-07-19T20:53+0500
migratsiya
o‘zbekiston
migrantlar
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/14/15823423_0:120:1271:834_1920x0_80_0_0_9fab87482e182a1e417a6756d18a39b4.jpg
YeOIIga a’zolik mehnat migrantlariga qanday imtiyoz va imkoniyatlar berishi haqida Sputnik muxbiri Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavluda Xo‘jayeva bilan suhbatlashdi.- Respublikadan xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketgan fuqarolarning asosiy qismi YeOII hududi hissasiga to‘g‘ri kelar ekan. Boshqacha aytganda, YeOIIdagi mehnat resurslariga bo‘lgan talabning ma’lum qismini O‘zbekiston qondirmoqda. O‘zbekistonliklarning haq-huquqlari qanchalik ta’minlanayapti?- Bu konstitutsiyaviy norma – har kim erkin mehnat qilish, erkin kasb tanlash, xohlagan mamalakatida, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Buni hech kim cheklamaydi. O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bir necha qonun va qonunostihujjatlari bilan tartibga solingan. Bundantashqari biz yaqinda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildik. Unda aynan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tartibga soladigan normalar aks etdi. Bundan tashqari Bandlik va mehnat munsabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyat olib boradi. Mana shu agentlikda mintaqaviy filiallar ham o‘z ishini boshladi. Bu yerda chet davlatga borib ishlash istagini bildirgan fuqaroning dastlabki tayyorgarligi o‘rganiladi, o‘zga davlatning tili va qonunchiligi o‘rgatiladi, kasb-hunarga o‘qitilib sertifikatlar beriladi. Shundan keyingina ularni mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mumkin.- Chet davlatlarga ish izlab ketayotgan mehnat migrantlari uchun qulayliklar va yetarli sharoitlar yaratib berish, ularni mutaxassislik bo‘yicha tayyorlash va sertifikatlar berish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ma’lum. Bu say’-harakatlar YeOII hududida qanchalik samara berayapti?- 2020-yil 8-sentabrda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Rossiya xalqlar do‘stligi instituti hamda “World skills Russia” tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan. Ana shu hujjat doirasida O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi ham mavjud. Rossiyaning 7 ta hududidagi kollejlarda mamlakatimiz fuqarolarini kasb-hunarga o‘rgatish va rus tilini o‘qitish amaliyoti joriy etilgan. Bugunga qadar ushbu muassasalarda 534 nafar fuqaro o‘qitilganligi to‘g‘risida ma’lumotlarimiz bor. O‘quv jarayonlarini muvaffaqqiyatli tugallagan fuqarolarga men yuqorida aytgan uchta tashkilotning sertifikatlari topshiriladi. Bu sertifikat bilan ular bemalol ishga joylashishlari mumkin bo‘ladi.- Ma’lumotlarga ko‘ra, YeOII davlatlarida 2,3 mln. nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilmoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich Rossiyada 2 millionga yaqin, Qozog‘istonda — 300 ming, Qirg‘izistonda — 25 ming nafarni tashkil etadi. Siz aytayotgan raqamlar bu ko‘rsatkichlarga nisbatan juda kam emasmi?- YeOII hududida ishlayotgan fuqarolarimizning 11 mingga yaqini qonuniy yo‘l bilan, rasmiy munosabatlarni amalga oshirgan holda ishlashga ketgan bo‘lsalar, qolgan fuqarolar rasmiy hujjatlarsiz, ish beruvchi bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan ishlab yurganliklarining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu albatta, turli ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelganda, bizga migrantning haq-huquqlarini himoya qilish imkonini bermaydi.- Rossiyada mehnat qilayotgan fuqarolarning 30 foizdan ortig‘i ishlash va yashash uchun rasmiy ruxsatnoma (patent) olmagan. Buning asosiy sabablaridan biri patent olish xarajatlari va tartib-tamoyillarning murakkabligidir. Bundan tashqari o‘zbekistonlik migrantlar YeOII davlatlaridan biriga kelganlaridan so‘ng 6 oy o‘tgach, soliq to‘lovchilar toifasiga o‘tkaziladilar, ya’ni masalan, Rossiyada ular jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan 13 foiz o‘rniga 30 foiz miqdorida soliq to‘laydilar. Bunga qo‘shimcha ravishda oylik majburiy sarf-xarajatlar ham bor. Agar biz YeOIIga a’zo mamlakatlar qatorida bo‘lsak, shu kabi masalalar yechim topadimi?- O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olishi asnosida albatta, kelajakda ittifoqqa a’zo bo‘lish yoki bo‘lmaslik masalasi ham o‘rtaga tashlandi. Prezidentimiz bu masalani parlament o‘rganib chiqsin va bizga xulosalarini taqdim etsin, degan taklifni aytdilar. Biz bunga aniq belgilangan yo‘l xaritasi asosida kirishdik va yakunda ushbu ittifoq doirasida belgilangan qonun-qoidalar, raqobat muhiti, bozor talablarini bosqichma-bosqich o‘rganib, unga tayyorgarlik ko‘rib borish kerakligi va shuning uchun hozircha kuzatuvchi maqomida davom etishimiz lozim ekanligini xulosa qilib berdik. Albatta, bu degan so‘z taraqqiyot to‘xtab qoldi, degani emas. Qadam-baqadam izlanishlar, mutaxassislar tomonidan kuzatuvlar asosida vaziyat yetilib boradi, deb o‘ylayman. Ammo shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, Xalqaro hamkorlik bo‘lmagan davlatda rivojlanish bo‘lmaydi. Biz kuzatuvchi maqomida davom etar ekanmiz, ushbu ittifoqqa a’zolik bizga nima berishi mumkin ekanligini tahlil etib boramiz. Bu ittifoqqa a’zo bo‘lish u yerda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga bir qator imtiyoz va imkoniyatlar beradi.Birinchi galda ish beruvchilar tomonidan milliy mehnat bozorini himoyalashga qaratilgan kvota tizimi a’zo davlat fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.Ikkinchidan, ittifoq hudidida vaqtinchalik mehnat migratsiyasini amalga oshirish uchun ruxsatnoma ham talab qilinmaydi.Uchinchidan, mehnat migranti va uning oila a’zolari a’zo davlat hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun ichida vakolatli organlarga ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilgan.To‘rtinchidan, mehnat migranti mamalakatga kirib kelgan kundan boshlab 90 kun o‘tgandan so‘ng mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, yangi mehnat shartnomasini boshqa bir ish beruvchi bilan tuzish huquqiga ega. A’zo bo‘lmagan davlat fuqarolariga esa bunday huquq berilmaydi.Beshinchidan, mehnat migranti va oila a’zolarining vaqtincha bo‘lish muhlati mehnat migrantining ish beruvchi bilan tuzgan shartnomasi muddati – 1-yilmi, 5-yilmi, shu muddat bilan belgilanadi.Oltinchidan, mehnat qonunchiligiga muvofiq, migrantning farzandlari bog‘chada tarbiya olish, maktablarda o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.- O‘zbekiston boshqa mamlakatlarni arzon ishchi kuchi bilan ta’minlovchi davlat emas. O‘zbekiston yoshlarining katta qismi oliy ma’lumotga ega. Agar respublika YeOIIga a’zo bo‘lib kirsa, ana shunday yoshlarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlash huquqi yaratiladimi?Pedagogika, farmatsevtika, tibbiyotdan tashqari boshqa sohalardagi diplomlar nastrifikatsiya qilinmasdan tan olinishi belgilangan. Ishchilarning mehnat staji ish bilan ta’minlagan davlat qonunlariga muvofiq tarzda hisobga olib boriladi. Kasaba uyushmalari masalasiga keladigan bo‘lsak, ish bilan ta’minlangan migrant o‘sha davlat fuqarolari bilan teng huquqlar asosida a’zo bo‘lishi mumkin. Yana bir narsani aytish mumkin: YeOIIga a’zo davlatlarda ishchilarning oila a’zolariga o‘z fuqarolari singari, tibbiy sug‘urta polisidan qat’i nazar, bepul shoshilinch tibbiy yordam olish huquqi beriladi. Boshqa hollarda tibbiy sug‘urta polisi ish beruvchi tomonidan yoki mustaqil ravishda xodim tomonidan rasmiylashtirilishi kerak. O‘zimiz xizmat safarlariga borganimizda, 10 kun muddat uchun ham bemalol xavotirsiz yurish uchun albatta tibbiy sug‘urta polisini rasmiylashtirib, keyin safarga otlanamiz. A’zo davlat fuqarolari bunday ovoragarchiliklar, ortiqcha xarajatlardan holi bo‘ladi.- Yana bir masala borki, mehnatga haq to‘lash bilan birga, bu haq asosida nafaqa tayinlash. Bu masala qay tartibda hal etiladi?- A’zo davlatlar o‘rtasida alohida xalqaro shartnomalar mavjud, pensiya ta’minoti ana shu shartnomalarga muvofiq tartibga solinadi.- Demak, ittifoqqa a’zo bo‘lishning o‘zi bilangina bu masalalarning hammasi birdaniga hal etilmaydi, shundaymi?- Xalqaro Migratsiya tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra butun dunyoda 271 mln migrant mavjud. Ularning 3 dan 2 qismi mehnat migrantlari hisoblanadi. 1990-yilda qabul qilingan “Barcha mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini himoya qilish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya, xalqaro Mehnat tashkilotining xususiy bandlik agentliklari to‘grisidagi 181-konvensiyasi kabi muhim hujjatlar bor. Ular bizda hali ratifikatsiya qilingani yo‘q... Chunki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lib kirish shartlaridan biri ham mana shu xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilishdir. Buni hamma davlat ham qilgani yo‘q. Chunki ushbu xalqaro konvensiyaning talablari yuqori. Albatta, bu birdan amalga oshmaydi. Bunga qadam-baqadam boriladi.Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, hamkorlik yo‘nalishlari kengayib bormoqda.Albatta, misol sifatida aytib o‘tmoqchiman: Moskva shahrida ko‘p tarmoqli migratsiya markazi bor. Yaqinda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat!” monomarkazimizda uning filiali ochildi. Endi Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarimiz mana shu markazda birlamchi hujjatlarni tayyorlab, tezlashtirilgan muddatlarda patent olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Bugungi shiddatli globallashuv sharoitida jahon mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ham jadallashmoqda. Albatta O‘zbekistonning ham bu munosabatlarda faolligi yanada oshib bormoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210715/faqat-ozbekistonlik-migrantlarning-pul-otkazmalari-kopaydi-19699354.html
https://oz.sputniknews.uz/20210714/rossiyada-migrantlarni-ishga-yollovchi-ish-beruvchilarqattiq-nazoratga-olinadi-19677795.html
https://oz.sputniknews.uz/20210713/patent-saxarovo-migratsiya-markazi-yangi-bayonot-bilan-chiqdi-19664460.html
https://oz.sputniknews.uz/20210413/ozbekiston-va-eoii-kooperatsion-hamkorlik-uchun-yangi-imkoniyatlar-18300667.html
https://oz.sputniknews.uz/20210716/rossiya-ozbekistonning-eoiiga-kuzatuvchi-sifatida-qoshilganidan-mamnun-lavrov-19713346.html
https://oz.sputniknews.uz/20210702/ozbekistonning-eoiiga-qoshilishi-uning-barcha-azolari-uchun-foydali----ekspert-19511738.html
https://oz.sputniknews.uz/20210521/mirziyoev-eoiiga-azo-davlatlar-ortasida-doimiy-aviaqatnovlarni-tiklashni-taklif-qildi-18847399.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/14/15823423_0:0:1271:953_1920x0_80_0_0_0bc1c6d0e013e011a0e52a8ec7bec9d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, o‘zbekiston, migrantlar
migratsiya, o‘zbekiston, migrantlar
YeOIIga a’zolik mehnat migrantlarining muammolarini hal etadimi?
20:47 19.07.2021 (yangilandi: 20:53 19.07.2021) YeOIIga a’zolik mehnat migrantlari muammolarini to‘laqonli hal etish imkonimi?
YeOIIga a’zolik mehnat migrantlariga qanday imtiyoz va imkoniyatlar berishi haqida Sputnik muxbiri Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavluda Xo‘jayeva bilan suhbatlashdi.
- Respublikadan xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketgan fuqarolarning asosiy qismi YeOII hududi hissasiga to‘g‘ri kelar ekan. Boshqacha aytganda, YeOIIdagi mehnat resurslariga bo‘lgan talabning ma’lum qismini O‘zbekiston qondirmoqda. O‘zbekistonliklarning haq-huquqlari qanchalik ta’minlanayapti?
- Bu konstitutsiyaviy norma – har kim erkin mehnat qilish, erkin kasb tanlash, xohlagan mamalakatida, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Buni hech kim cheklamaydi. O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bir necha qonun va qonunostihujjatlari bilan tartibga solingan. Bundantashqari biz yaqinda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildik. Unda aynan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tartibga soladigan normalar aks etdi. Bundan tashqari Bandlik va mehnat munsabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyat olib boradi. Mana shu agentlikda mintaqaviy filiallar ham o‘z ishini boshladi. Bu yerda chet davlatga borib ishlash istagini bildirgan fuqaroning dastlabki tayyorgarligi o‘rganiladi, o‘zga davlatning tili va qonunchiligi o‘rgatiladi, kasb-hunarga o‘qitilib sertifikatlar beriladi. Shundan keyingina ularni mehnat faoliyatiga yo‘naltirish mumkin.
- Chet davlatlarga ish izlab ketayotgan mehnat migrantlari uchun qulayliklar va yetarli sharoitlar yaratib berish, ularni mutaxassislik bo‘yicha tayyorlash va sertifikatlar berish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ma’lum. Bu say’-harakatlar YeOII hududida qanchalik samara berayapti?
- 2020-yil 8-sentabrda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Rossiya xalqlar do‘stligi instituti hamda “World skills Russia” tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan. Ana shu hujjat doirasida O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi ham mavjud. Rossiyaning 7 ta hududidagi kollejlarda mamlakatimiz fuqarolarini kasb-hunarga o‘rgatish va rus tilini o‘qitish amaliyoti joriy etilgan. Bugunga qadar ushbu muassasalarda 534 nafar fuqaro o‘qitilganligi to‘g‘risida ma’lumotlarimiz bor. O‘quv jarayonlarini muvaffaqqiyatli tugallagan fuqarolarga men yuqorida aytgan uchta tashkilotning sertifikatlari topshiriladi. Bu sertifikat bilan ular bemalol ishga joylashishlari mumkin bo‘ladi.
- Ma’lumotlarga ko‘ra, YeOII davlatlarida 2,3 mln. nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilmoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich Rossiyada 2 millionga yaqin, Qozog‘istonda — 300 ming, Qirg‘izistonda — 25 ming nafarni tashkil etadi. Siz aytayotgan raqamlar bu ko‘rsatkichlarga nisbatan juda kam emasmi?
- YeOII hududida ishlayotgan fuqarolarimizning 11 mingga yaqini qonuniy yo‘l bilan, rasmiy munosabatlarni amalga oshirgan holda ishlashga ketgan bo‘lsalar, qolgan fuqarolar rasmiy hujjatlarsiz, ish beruvchi bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan ishlab yurganliklarining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu albatta, turli ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelganda, bizga migrantning haq-huquqlarini himoya qilish imkonini bermaydi.
- Rossiyada mehnat qilayotgan fuqarolarning 30 foizdan ortig‘i ishlash va yashash uchun rasmiy ruxsatnoma (patent) olmagan. Buning asosiy sabablaridan biri patent olish xarajatlari va tartib-tamoyillarning murakkabligidir. Bundan tashqari o‘zbekistonlik migrantlar YeOII davlatlaridan biriga kelganlaridan so‘ng 6 oy o‘tgach, soliq to‘lovchilar toifasiga o‘tkaziladilar, ya’ni masalan, Rossiyada ular jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan 13 foiz o‘rniga 30 foiz miqdorida soliq to‘laydilar. Bunga qo‘shimcha ravishda oylik majburiy sarf-xarajatlar ham bor. Agar biz YeOIIga a’zo mamlakatlar qatorida bo‘lsak, shu kabi masalalar yechim topadimi?
- O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olishi asnosida albatta, kelajakda ittifoqqa a’zo bo‘lish yoki bo‘lmaslik masalasi ham o‘rtaga tashlandi. Prezidentimiz bu masalani parlament o‘rganib chiqsin va bizga xulosalarini taqdim etsin, degan taklifni aytdilar. Biz bunga aniq belgilangan yo‘l xaritasi asosida kirishdik va yakunda ushbu ittifoq doirasida belgilangan qonun-qoidalar, raqobat muhiti, bozor talablarini bosqichma-bosqich o‘rganib, unga tayyorgarlik ko‘rib borish kerakligi va shuning uchun hozircha kuzatuvchi maqomida davom etishimiz lozim ekanligini xulosa qilib berdik. Albatta, bu degan so‘z taraqqiyot to‘xtab qoldi, degani emas. Qadam-baqadam izlanishlar, mutaxassislar tomonidan kuzatuvlar asosida vaziyat yetilib boradi, deb o‘ylayman. Ammo shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, Xalqaro hamkorlik bo‘lmagan davlatda rivojlanish bo‘lmaydi. Biz kuzatuvchi maqomida davom etar ekanmiz, ushbu ittifoqqa a’zolik bizga nima berishi mumkin ekanligini tahlil etib boramiz. Bu ittifoqqa a’zo bo‘lish u yerda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga bir qator imtiyoz va imkoniyatlar beradi.
Birinchi galda ish beruvchilar tomonidan milliy mehnat bozorini himoyalashga qaratilgan kvota tizimi a’zo davlat fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ikkinchidan, ittifoq hudidida vaqtinchalik mehnat migratsiyasini amalga oshirish uchun ruxsatnoma ham talab qilinmaydi.
Uchinchidan, mehnat migranti va uning oila a’zolari a’zo davlat hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun ichida vakolatli organlarga ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilgan.
To‘rtinchidan, mehnat migranti mamalakatga kirib kelgan kundan boshlab 90 kun o‘tgandan so‘ng mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, yangi mehnat shartnomasini boshqa bir ish beruvchi bilan tuzish huquqiga ega. A’zo bo‘lmagan davlat fuqarolariga esa bunday huquq berilmaydi.
Beshinchidan, mehnat migranti va oila a’zolarining vaqtincha bo‘lish muhlati mehnat migrantining ish beruvchi bilan tuzgan shartnomasi muddati – 1-yilmi, 5-yilmi, shu muddat bilan belgilanadi.
Oltinchidan, mehnat qonunchiligiga muvofiq, migrantning farzandlari bog‘chada tarbiya olish, maktablarda o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
- O‘zbekiston boshqa mamlakatlarni arzon ishchi kuchi bilan ta’minlovchi davlat emas. O‘zbekiston yoshlarining katta qismi oliy ma’lumotga ega. Agar respublika YeOIIga a’zo bo‘lib kirsa, ana shunday yoshlarga o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlash huquqi yaratiladimi?
Pedagogika, farmatsevtika, tibbiyotdan tashqari boshqa sohalardagi diplomlar nastrifikatsiya qilinmasdan tan olinishi belgilangan. Ishchilarning mehnat staji ish bilan ta’minlagan davlat qonunlariga muvofiq tarzda hisobga olib boriladi. Kasaba uyushmalari masalasiga keladigan bo‘lsak, ish bilan ta’minlangan migrant o‘sha davlat fuqarolari bilan teng huquqlar asosida a’zo bo‘lishi mumkin. Yana bir narsani aytish mumkin: YeOIIga a’zo davlatlarda ishchilarning oila a’zolariga o‘z fuqarolari singari, tibbiy sug‘urta polisidan qat’i nazar, bepul shoshilinch tibbiy yordam olish huquqi beriladi. Boshqa hollarda tibbiy sug‘urta polisi ish beruvchi tomonidan yoki mustaqil ravishda xodim tomonidan rasmiylashtirilishi kerak. O‘zimiz xizmat safarlariga borganimizda, 10 kun muddat uchun ham bemalol xavotirsiz yurish uchun albatta tibbiy sug‘urta polisini rasmiylashtirib, keyin safarga otlanamiz. A’zo davlat fuqarolari bunday ovoragarchiliklar, ortiqcha xarajatlardan holi bo‘ladi.
- Yana bir masala borki, mehnatga haq to‘lash bilan birga, bu haq asosida nafaqa tayinlash. Bu masala qay tartibda hal etiladi?
- A’zo davlatlar o‘rtasida alohida xalqaro shartnomalar mavjud, pensiya ta’minoti ana shu shartnomalarga muvofiq tartibga solinadi.
- Demak, ittifoqqa a’zo bo‘lishning o‘zi bilangina bu masalalarning hammasi birdaniga hal etilmaydi, shundaymi?
- Xalqaro Migratsiya tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra butun dunyoda 271 mln migrant mavjud. Ularning 3 dan 2 qismi mehnat migrantlari hisoblanadi. 1990-yilda qabul qilingan “Barcha mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini himoya qilish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya, xalqaro Mehnat tashkilotining xususiy bandlik agentliklari to‘grisidagi 181-konvensiyasi kabi muhim hujjatlar bor. Ular bizda hali ratifikatsiya qilingani yo‘q... Chunki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lib kirish shartlaridan biri ham mana shu xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilishdir. Buni hamma davlat ham qilgani yo‘q. Chunki ushbu xalqaro konvensiyaning talablari yuqori. Albatta, bu birdan amalga oshmaydi. Bunga qadam-baqadam boriladi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, hamkorlik yo‘nalishlari kengayib bormoqda.
Albatta, misol sifatida aytib o‘tmoqchiman: Moskva shahrida ko‘p tarmoqli migratsiya markazi bor. Yaqinda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat!” monomarkazimizda uning filiali ochildi. Endi Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarimiz mana shu markazda birlamchi hujjatlarni tayyorlab, tezlashtirilgan muddatlarda patent olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bugungi shiddatli globallashuv sharoitida jahon mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ham jadallashmoqda. Albatta O‘zbekistonning ham bu munosabatlarda faolligi yanada oshib bormoqda.