Faqat o‘zbekistonlik migrantlarning pul o‘tkazmalari ko‘paydi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti
Denejnie kupuri i moneti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Banki ma’lumotiga ko‘ra, MDH davlatlaridan kelgan migrantlarining pul jo‘natmalari miqdori kamaydi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. MDH davlatlaridan kelgan migrantlarining o‘z vatanlariga pul jo‘natmalari miqdori kamaydi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Banki ma’lumotlariga asosan xabar qildi.
Moliya idorasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil birinchi choragida o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga kamaydi va 1,85 milliard dollarni tashkil etdi.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Patent: “Saxarovo” migratsiya markazi migrantlarga eslatma bilan chiqdi
Barcha davlatlar orasida faqat O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori oshdi. Yil davomida migrantlar respublikaga 12,4 foiz ko‘proq yoki 680,4 million dollar jo‘natdilar.
Turkmaniston esa boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda eng kuchli pasayishni ko‘rsatdi: o‘tgan yil I-choragida respublikaga 0,8 million dollar jo‘natilgan bo‘lsa, bu yilda esa atigi 0,1 million dollar yuborildi.
Moldovaga o‘tkazmalar 2 baravarga (44,8 mln dollar), Tojikistonga - 37,3 foizga (224,9 mln dollar), Ukrainaga - 32,6 foizga (153,1 mln dollar), Ozarbayjonga - 29 foizga (127,7 mln dollar), Qozog‘istonga - 28,2 foizga (20,6 mln dollar), Qirg‘izistonga - 10 foizga (378,8 mln dollar) kamaydi.
Yangiliklar lentasi
0