https://oz.sputniknews.uz/20210702/ozbekistonning-eoiiga-qoshilishi-uning-barcha-azolari-uchun-foydali----ekspert-19511738.html
O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi uning barcha a’zolari uchun foydali - ekspert
O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi uning barcha a’zolari uchun foydali - ekspert
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishining xavfli va foydali tomonlari haqida Yevroosiyo taraqqiyot banki eksperti bilan eksklyuziv intervyu. 02.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-02T12:31+0500
2021-07-02T12:31+0500
2021-07-02T12:31+0500
kolumnistlar
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/01/19505575_0:86:3072:1814_1920x0_80_0_0_6ce5b1d23720185c7e3123b49dccb3fa.jpg
YeOIIga qo‘shilgan taqdirda O‘zbekiston qanday moliyaviy yutuqlarga erishishi mumkin? Integratsiya yumshoq bo‘lishi uchun O‘zbekistonga nima kerak? Ittifoqda a’zolik Respublikada energetikani qanday rivojlantiradi? Bu haqida YeOTBning integratsion izlanishlar markazi rahbari Taras Sukarev aytib berdi.Hech qaysi soha zarar ko‘rmaydi Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasida O‘zbekiston hal qiluvchi davlatga aylanib bormoqda. Moskvada 1-iyul kuni taqdim etilgan “O‘zbekiston va YeOII” nomli hisobotda YeOTB tahlilchilari ana shunday xulosaga kelishdi. Har qanday xalqaro tashkilotning o‘z tarafdorlari va unga qarshi bo‘lganlar bor. YeOII ham bundan istisno emas: O‘zbekistonning YeOIIga kirishi haqida gap ketganda, ayrim ekspertlar O‘zbekiston sanoatining bir qator sohalari jiddiy zarar ko‘rishi mumkinligini ta’kidlashadi. Bu borada ayniqsa avtosanoat - alohida ta’kidlab o‘tiladi. Yevroosiyo Taraqqiyot Banki (YeOTB) iqtisodchilari bunday fikrga qo‘shilmaydilar. YeOIIga qo‘shilish O‘zbekiston avtosanoati uchun faqat yanada kengroq istiqbollar ochadi, deydi mutaxassis. Misol tariqasida Belarus-Xitoy qo‘shma korxonasini keltiradi. “Belarusda Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari bo‘lishiga qaramasdan, Geely yengil avtomobillari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonaning bozorda o‘z ulushi bor. Korxona hatto Rossiyaga eksport qilmoqda”, - deydi Sukarev. O‘zbekistonda iqtisodning integratsiyaga tayyor bo‘lmagan sohalari yo‘q, deydi mutaxassis. Lekin sanitar va texnik reglamentlarni YeOIIga muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi. Institutsional elementlarni umumlashtirish O‘zbekiston va Ittifoq a’zo-davlatlarining savdo-iqtisodiy munosabatlariga turtki beradi. “Barcha moliyaviy va sanoat to‘siqlari texnik reglamentlarga borib taqalmoqda, - deydi YeOTB vakili. – O‘zbekiston korxonalari hozir ham muvaffaqiyatli ishlamoqda, lekin YeOII bilan muvofiqlashtirilganidan so‘ng ular yanada ko‘proq mijozlarga ega bo‘ladi, biznesni kengaytirish uchun yangi yo‘nalishlar topadi”. Suv ta’minoti muammosini qanday hal qilish mumkin?YeOIIga qo‘shilganidan so‘ng O‘zbekiston infratuzilmaviy investitsiyalar olishi mumkin. YeOTB baholashiga ko‘ra, ularning miqdori yiliga $1,5 mlrdga yetishi mumkin.Infratuzilmaviy loyihalarda asosiy e’tiborni energetika sohasiga qaratish kerak. Gap shundaki O‘zbekistonning magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarining 66 % va 62 % foydalanishga topshirilganiga 30-yildan ko‘p bo‘lgan. Energetika tarmoqlarining eskirganligi ulkan yo‘qotishlarga olib kelmoqda –yiliga taxminan $1,5 mlrd.Respublikadagi suv majmuasi ham jiddiy eskirgan. Uning asosiy hajmi - 92% iqtisodning hal qiluvchi sohasi - qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Natijada O‘zbekiston suv resurslarining 30%gacha bekorga sarflanmoqda. Bu esa suv taqchilligini yanada kuchaytiradi. “Bu Markaziy Osiyo uchun juda muhim masala, - deydi Sukarev. – Uni MO davlatlari birgalikda hal qilishlari mumkin. YeOII esa buning uchun qulay maydoncha bo‘lishi mumkin. Yiliga qo‘shimcha 2 milliard dollar O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishidan yana bir yutug‘i – mehnat migrantlariga taaluqli. Sukarev xulosasiga ko‘ra, Ittifoqning yagona mehnat bozoridan foydalanish O‘zbekistonga qo‘shimcha $2 mlrd. daromad olib kelishi mumkin. Hozir o‘zbekistonlik mehnat migrantlar Rossiyadan yiliga $4,4 mlrd. mablag‘ o‘tkazishmoqda. O‘zbekiston Ittifoqqa qo‘shilgan taqdirda, uning YeOIIga a’zo davlatlariga eksporti miqdori oshadi. Sukarev xulosasiga ko‘ra, bugun O‘zbekistonning asosiy sarmoyaviy hamkorlari bu – Rossiya va Qozog‘iston. Respublikada Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan 2 mingdan ortiq va Qozog‘iston kapitali yordamida tashkil qilingan 900dan ortiq korxonalar bor. “O‘zbekistonning YeOIIga eksporti 2020-yilda $ 781,6 mln.ni tashkil qildi. Integratsiyadan so‘ng ushbu ko‘rsatgich $ 1,2 mlrd.ga yetishi mumkin. Undan tashqari, Ittifoq davlatlari bilan ishlash O‘zbekistonni transevroosiyoviy transport koridorlariga faol qo‘shilishiga olib kelishi mumkin”, - deydi ekspert. Pandemiyadan so‘nggi tiklanish Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi O‘zbekistonga koviddan so‘nggi krizisni tezroq yengib o‘tishga yordam berishi mumkin, chunki u katta bozor, deb hisoblaydi ekspert. “YeOII investitsiyalari O‘zbekiston iqtisodiga juda kerak bo‘lgan “toza havo” bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston YaIMi pandemiyaga qadar bo‘lgan 6,6% ko‘rsatgichgacha qaytishi mumkin, axir YeOII bu hajmi $2 trln, aholisi 200 mln bo‘lgan bozor”, - deydi Sukarev. Pandemiya oqibatlaridan tezroq tiklanish, O‘zbekiston va Ittifoq a’zolari bilan hamkorlikni tezroq tiklashga olib keladi. Bundan nafaqat O‘zbekiston yutib chiqadi, balkim boshqa a’zo davlatlar ham. “Respublikaning YeOIIga kirishi Ittifoq doirasida biznes rivojlanishi, O‘zbekistonning foydalanilmagan eksport potensiali - $1,6 mlrd.ni realizatsiya qilish imkonini beradi” - deydi Sukarev.YeOTB xulosasiga ko‘ra, o‘zaro savdo juda tez o‘sishi mumkin bo‘lgan mahsulot guruhlari, - bu mashinasozlik, qora metallurgiya, bug‘doy, mineral va yog‘och mahsulotlari segmentlaridir. Mutaxassisi fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOIIga kirishi xorijiy davlatlar uchun ham yanada jozibador bo‘lishi mumkin. “O‘zbekistonning yirik integratsion uyushmada a’zoligi hamda uchinchi mamlakatlar bilan savdo shartnomalari tuzishga olib kelishi mumkin. Yirik tashkilotlar kichik iqtisoddan ko‘ra jozibadorroq”, - deb xulosa qildi Taras Sukarev.
https://oz.sputniknews.uz/20210602/ozbekiston-va-eoii-modagi-chegaralar-migrantlar-va-mdh-taqdiri---andrey-grozin-19057458.html
https://oz.sputniknews.uz/20210413/ozbekiston-va-eoii-kooperatsion-hamkorlik-uchun-yangi-imkoniyatlar-18300667.html
https://oz.sputniknews.uz/20210406/eoii-2025-yilgacha-strategiya-18188461.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/01/19505575_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_1b8568a813d19fbcaebb8060314c723d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
kolumnistlar
O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi uning barcha a’zolari uchun foydali - ekspert
O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishining xavfli va foydali tomonlari haqida Yevroosiyo taraqqiyot banki eksperti bilan eksklyuziv intervyu.
YeOIIga qo‘shilgan taqdirda O‘zbekiston qanday moliyaviy yutuqlarga erishishi mumkin? Integratsiya yumshoq bo‘lishi uchun O‘zbekistonga nima kerak? Ittifoqda a’zolik Respublikada energetikani qanday rivojlantiradi? Bu haqida YeOTBning integratsion izlanishlar markazi rahbari Taras Sukarev aytib berdi.
Hech qaysi soha zarar ko‘rmaydi
Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasida O‘zbekiston hal qiluvchi davlatga aylanib bormoqda. Moskvada 1-iyul kuni taqdim etilgan “O‘zbekiston va YeOII” nomli hisobotda YeOTB tahlilchilari ana shunday xulosaga kelishdi.
Har qanday xalqaro tashkilotning o‘z tarafdorlari va unga qarshi bo‘lganlar bor. YeOII ham bundan istisno emas: O‘zbekistonning YeOIIga kirishi haqida gap ketganda, ayrim ekspertlar O‘zbekiston sanoatining bir qator sohalari jiddiy zarar ko‘rishi mumkinligini ta’kidlashadi. Bu borada ayniqsa avtosanoat - alohida ta’kidlab o‘tiladi.
Yevroosiyo Taraqqiyot Banki (YeOTB) iqtisodchilari bunday fikrga qo‘shilmaydilar.
“Aksincha, integratsion jarayonlar avtomobil sanoastining faol rivojlanishiga olib keladi, - deydi Taras Sukarev. – O‘zbekistonda avtosanoat bir necha yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U faqatgina bir zavod bo‘lmay, ichga 30ta korxonani qamrab olgan butun boshli xoldingni tashkil qiladi. Ularning barchasi o‘z hududida bozoring bir bo‘lagini egallagan. Ularning o‘z mijozlari, o‘z biznes qarashlari bor. Shu sababli ham integratsiya avtosanoatning samaradorligiga ta’sir qilmaydi”.
YeOIIga qo‘shilish O‘zbekiston avtosanoati uchun faqat yanada kengroq istiqbollar ochadi, deydi mutaxassis. Misol tariqasida Belarus-Xitoy qo‘shma korxonasini keltiradi.
“Belarusda Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari bo‘lishiga qaramasdan, Geely yengil avtomobillari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonaning bozorda o‘z ulushi bor. Korxona hatto Rossiyaga eksport qilmoqda”, - deydi Sukarev.
O‘zbekistonda iqtisodning integratsiyaga tayyor bo‘lmagan sohalari yo‘q, deydi mutaxassis. Lekin sanitar va texnik reglamentlarni YeOIIga muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi. Institutsional elementlarni umumlashtirish O‘zbekiston va Ittifoq a’zo-davlatlarining savdo-iqtisodiy munosabatlariga turtki beradi.
“Barcha moliyaviy va sanoat to‘siqlari texnik reglamentlarga borib taqalmoqda, - deydi YeOTB vakili. – O‘zbekiston korxonalari hozir ham muvaffaqiyatli ishlamoqda, lekin YeOII bilan muvofiqlashtirilganidan so‘ng ular yanada ko‘proq mijozlarga ega bo‘ladi, biznesni kengaytirish uchun yangi yo‘nalishlar topadi”.
Suv ta’minoti muammosini qanday hal qilish mumkin?
YeOIIga qo‘shilganidan so‘ng O‘zbekiston infratuzilmaviy investitsiyalar olishi mumkin. YeOTB baholashiga ko‘ra, ularning miqdori yiliga $1,5 mlrdga yetishi mumkin.
“Bu YaIMga qo‘shimcha 0,3 – 0,4% degani. Respublika daromadiga jiddiy qo‘shimcha bo‘ladi”, - deydi ekspert.
Infratuzilmaviy loyihalarda asosiy e’tiborni energetika sohasiga qaratish kerak. Gap shundaki O‘zbekistonning magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarining 66 % va 62 % foydalanishga topshirilganiga 30-yildan ko‘p bo‘lgan. Energetika tarmoqlarining eskirganligi ulkan yo‘qotishlarga olib kelmoqda –yiliga taxminan $1,5 mlrd.
Respublikadagi suv majmuasi ham jiddiy eskirgan. Uning asosiy hajmi - 92% iqtisodning hal qiluvchi sohasi - qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Natijada O‘zbekiston suv resurslarining 30%gacha bekorga sarflanmoqda. Bu esa suv taqchilligini yanada kuchaytiradi.
“Bu Markaziy Osiyo uchun juda muhim masala, - deydi Sukarev. – Uni MO davlatlari birgalikda hal qilishlari mumkin. YeOII esa buning uchun qulay maydoncha bo‘lishi mumkin.
Yiliga qo‘shimcha 2 milliard dollar
O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishidan yana bir yutug‘i – mehnat migrantlariga taaluqli. Sukarev xulosasiga ko‘ra, Ittifoqning yagona mehnat bozoridan foydalanish O‘zbekistonga qo‘shimcha $2 mlrd. daromad olib kelishi mumkin. Hozir o‘zbekistonlik mehnat migrantlar Rossiyadan yiliga $4,4 mlrd. mablag‘ o‘tkazishmoqda.
“Pul o‘tkazmalari miqdori o‘sishi – bu YaIMga yiliga 0,3 – 0,4 % qo‘shimcha, - deydi ekspert. – Undan tashqari YeOII mehnat migrantlari uchun soddalashtirilgan migratsiya qonunlari, ijtimoiy kafolatlar, O‘zbekiston diplomlarini tan olish va Ittifoq bo‘ylab erkin harakatlanish imkonini beradi”.
O‘zbekiston Ittifoqqa qo‘shilgan taqdirda, uning YeOIIga a’zo davlatlariga eksporti miqdori oshadi. Sukarev xulosasiga ko‘ra, bugun O‘zbekistonning asosiy sarmoyaviy hamkorlari bu – Rossiya va Qozog‘iston. Respublikada Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan 2 mingdan ortiq va Qozog‘iston kapitali yordamida tashkil qilingan 900dan ortiq korxonalar bor.
“O‘zbekistonning YeOIIga eksporti 2020-yilda $ 781,6 mln.ni tashkil qildi. Integratsiyadan so‘ng ushbu ko‘rsatgich $ 1,2 mlrd.ga yetishi mumkin. Undan tashqari, Ittifoq davlatlari bilan ishlash O‘zbekistonni transevroosiyoviy transport koridorlariga faol qo‘shilishiga olib kelishi mumkin”, - deydi ekspert.
Pandemiyadan so‘nggi tiklanish
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi O‘zbekistonga koviddan so‘nggi krizisni tezroq yengib o‘tishga yordam berishi mumkin, chunki u katta bozor, deb hisoblaydi ekspert.
“YeOII investitsiyalari O‘zbekiston iqtisodiga juda kerak bo‘lgan “toza havo” bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston YaIMi pandemiyaga qadar bo‘lgan 6,6% ko‘rsatgichgacha qaytishi mumkin, axir YeOII bu hajmi $2 trln, aholisi 200 mln bo‘lgan bozor”, - deydi Sukarev.
Pandemiya oqibatlaridan tezroq tiklanish, O‘zbekiston va Ittifoq a’zolari bilan hamkorlikni tezroq tiklashga olib keladi. Bundan nafaqat O‘zbekiston yutib chiqadi, balkim boshqa a’zo davlatlar ham.
“Respublikaning YeOIIga kirishi Ittifoq doirasida biznes rivojlanishi, O‘zbekistonning foydalanilmagan eksport potensiali - $1,6 mlrd.ni realizatsiya qilish imkonini beradi” - deydi Sukarev.
YeOTB xulosasiga ko‘ra, o‘zaro savdo juda tez o‘sishi mumkin bo‘lgan mahsulot guruhlari, - bu mashinasozlik, qora metallurgiya, bug‘doy, mineral va yog‘och mahsulotlari segmentlaridir.
Mutaxassisi fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOIIga kirishi xorijiy davlatlar uchun ham yanada jozibador bo‘lishi mumkin.
“O‘zbekistonning yirik integratsion uyushmada a’zoligi hamda uchinchi mamlakatlar bilan savdo shartnomalari tuzishga olib kelishi mumkin. Yirik tashkilotlar kichik iqtisoddan ko‘ra jozibadorroq”, - deb xulosa qildi Taras Sukarev.