Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Mirziyoyev YeOIIga a’zo-davlatlar o‘rtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo-davlatlar o‘rtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqining Oliy kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqdi.
YeOII bilan o‘zaro hamkorlik O‘zbekiston siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri, deb aytdi prezident o‘z nutqida.
O‘zbekiston va YeOIIdagi barcha sheriklar o‘rtasida savdo aloqalarini o‘rnatish uchun katta salohiyat mavjud.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s pervim prezidentom Respubliki Kazaxstan N. Nazarbayevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
O‘zbekiston va YeOII
Yaqin vaqt ichida butun dunyo oziq-ovqat defitsitini his qiladi – Nazarbayev
“Biz to‘siqlarni bartaraf etish va savdo-sotiqni tartibga solish bo‘yicha ta’rif choralarini yanada yaqinlashtirish borasida YeOIIning barcha a’zolari bilan faol hamkorlik qilishga tayyormiz”, - dedi prezident.
Mamlakatlar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasining rivojlanishi iqtisodiyot rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va uchinchi mamlakatlar bozorlarini birgalikda rivojlantirish imkonini beradi. Iqtisodiyotning real sektorida hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ta’sir o‘tkazish uchun katta salohiyat mavjud.
Transport-tranzit sohasi - iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish uchun katalizator hisoblanadi. Shu sababli tovarlarni chegaralar orqali tezkorlik o‘tish masalalarini hal qilinishi talab qiladi.
Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo-davlatlar o‘rtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi.
“Mamlakatlarimizda epidemiologik vaziyatning barqarorlashishi - aholining emlanishini hisobga olgan holda, biz muntazam avia va temir yo‘l, yo‘lovchilar qatnovlarini qayta tiklash vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, - dedi prezident.
O‘zbekiston soliq va bojxona ma’muriyatchiligi, sanoat kooperatsiyasi, mehnat migratsiyasi va turizm masalari bo‘yicha YeOII doirasida faoliyat yurituvchi raqamli platformalarini ulash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“O‘zbekiston uchun kuzatuvchi sifatida YeOII bilan o‘zaro munosabatlarning aniq natijalariga erishishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shu jumladan, tovarlar, kapital, mehnat resurslari va xizmatlar harakati tartib-taomillarini soddalashtirish masalalari bo‘yicha ham tizimli hamkorlikni izchil rivojlantirish zarur deb hisoblaymiz”, - deb qo‘shimcha qildi O‘zbekiston yetakchisi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0