Amerikaliklar Afg‘onistonni Rossiyaga "tashlab qo‘ydimi"?

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Obuna bo‘lish
Amerikaliklar Afg‘onistondagi o‘zlariga tegishli eng yirik baza - Bagramni tark etdi, — bu bilan g‘arb qo‘shinlarining mamlakatdan chiqarilishi o‘zining final bosqichiga kirdi.
Yakshanba, AQSh Mustaqilligi kuniga kelib u yerda bir mingdan sal ko‘proq amerika harbiy xizmatchilari qoladi. Harbiylar Qobul aeroporti va elchixona xavfsizligini ta’minlashadi.
Ammo toliblar bilan kelishuvga binoan amerikaliklar o‘zlarining jamiki harbiylarini chiqarib ketishi shart – qoidabuzarlik shartnoma buzilishiga olib keladi. Shunday qilib, amerikaliklar qolgan G‘arb harbiylari singari 11-sentabrga qadar ketishga majbur bo‘ladi.
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Hafta oxirigacha AQSh shoshilinch ravishda Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqadi
Faqatgina turklar qolishi (aniqrog‘i, qaytib kelishlari) mumkin: AQSh ulardan (toliblarda G‘arb "salibchilari" singari nafrat qo‘zg‘amaydigan musulmonlar sifatida) Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni, ya’ni fuqarolar urushi bilan qamrab olingan mamlakatda vaziyat shuni taqazo etgan taqdirda Qobul hukumatiga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun aeroportni nazoratda ushlashni so‘rashmoqda.
Axir hozirdanoq uning yaqin kelajagi ulkan savol ostida qolmoqda - hatto Amerika maxsus xizmatlari ham u shu yil oxirigacha qolishiga ishonishmayapti.
Vashington hozirdanoq O‘rta Osiyo mamlakatlarining qator hukumatlari bilan muzokaralar olib bormoqda, lekin amerika qo‘shinlarini joylashtirish haqida emas (bu uchun imkoniyat yo‘q – Shtatlarga hatto uning sobiq ittifoqchisi Pokiston ham rad javobini berdi), balki amerikaliklarga yordam bergan bir necha ming afg‘on fuqarolariga vaqtinchalik boshpana taqdim etish haqida. Ya’ni, AQSh Tojikistonda, Qozog‘istonda va O‘zbekistonda to‘qqiz mingga yaqin kollaboratsionistlarni qabul qilib olishlarini xohlamoqda. Ularni amerikaliklar o‘zlari ham Yangi dunyoga olib borishga shoshilmayapti.
Keyin ularga Amerika vizalari yoki yashash uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin - yoki berilmasligi ham. Markaziy Osiyo davlatlari, Amerika okkupatsiyasining ushbu sheriklarini qabul qilishlari ehtimolga yaqin - xuddi hozirda toliblar tomonidan egallab olingan chegara zonalaridan Tojikiston va O‘zbekistonga qochib ketayotgan afg‘on chegarachilarini qabul qilishayotgani singari. Ammo butun boshli Markaziy Osiyo, qolaversa Rossiya uchun ham muhim masala shundaki - Afg‘onistonda bundan buyog‘iga nimalar ro‘y beradi va vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatish mumkin?
Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Afg‘on qozoni qaynamoqda – Markaziy Osiyo yomon vaziyatga hozirlanmoqda
Afg‘onistonning kelajagi mavhum - va bu shunchaki aytilayotgan gap emas. 20-yillik Amerika okkupatsiyasi va qirq yildan ortiq davom etgan fuqarolik urushidan so‘ng faqat bitta narsa aniq: Qobulda hokimiyat tez orada o‘zgaradi. Afg‘onistonliklar o‘z davlatlarini o‘zlari boshqarishlari kerak - ammo unda shunchalar ko‘p ziddiyatlar va muammolar to‘planib qolganki, birdam va tinch Afg‘oniston uchun yangi formula retsepti hech kimda mavjud emas.
Ushbu tog‘li mamlakatning murakkab milliy va qabilaviy tuzilishi, shuningdek, chet el okkupatsiyasi oqibatlari – afg‘onlararo muloqot uchun yaxshi sharoit bo‘lolmaydi. Idealda Afg‘oniston federativ va neytral, koalitsiya hukumati tomonidan boshqariladigan bo‘lmog‘i lozim – ammo buning afg‘onlar singari, tashqi kuchlardan ham ulkan harakatlar va sabr talab etiladi. Ha, tashqi kuchlardan ham, sababi, o‘z-o‘zidan afg‘onlar o‘zaro kelishib olisholmaydi – erk neligini unutib qo‘yishgani yoki bir-biridan nafratlangani uchun emas, balki Afg‘oniston aksariyat qo‘shni davlatlar uchun, ular bu mamlakat kelajagini belgilashda ishtirok etishdan voz kecha olmaydigan darajada, o‘ta muhimligi tufayli.
Predsedatel Visshego soveta natsionalnogo primireniya Afganistana Abdulla Abdulla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Abdulla Abdulla: toliblar muzokaralarga xohlamay bormoqda, ammo janglarda faol
Bu mamlakatlar orasida kuchli mintaqaviy va jahon o‘yinchilari ham bor— Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron. Va, albatta, Rossiya — bu davlat uchun Afg‘oniston kelajagi prinsipial muhim ahamiyatga ega.
Rossiya Afg‘onistonda katta ta’sirga ega, qolaversa, u Markaziy Osiyo xavfsizligi uchun ham mas’ul. Ammo kelajakka ta’sir ko‘rsatish uchun ayni paytda nimalar ro‘y berayotganini to‘g‘ri tushunish kerak - va hatto bu ham hozirda qiyin masala.
Amerikaliklar Markaziy Osiyoni portlatish va Rossiyaga janubdan o‘t qo‘yish uchun Afg‘onistonni tark etishmoqda - mamlakatimizda bunday fikrlar unchalik ham kam emas. Xo‘p, yaxshi, ular shu sababdan ketmayapti, ammo buning oqibatlari Markaziy Osiyo uchun baribir halokatli bo‘ladi, deydi boshqalar. O‘zbekiston va Tojikiston afg‘on o‘zbeklari va tojiklari sayi-harakatlari bilan yona boshlaydi! Olovni afg‘on-tojik va afg‘on-o‘zbek chegarasidayoq to‘xtatish kerak! Yo‘q, ulgurmaymiz, hammasini boy berdik - biz allaqachon Qozog‘iston bilan chegarani mustahkamlashimiz kerak!
Vahimali "bashoratlar" yengiltaklikdan yaxshiroq emas. Amerikaliklar tomonidan ag‘darilgan, ammo mag‘lubiyatga uchramagan (chunki umuman olganda buning iloji yo‘q edi) toliblar haqiqatan ham tez orada Qobulda hokimiyatga aylanadi – bu koalitsiya hukumati tarkibida tinch yo‘l bilan, yoki (agar hozirgi Qobul hukumati hokimiyat bilan bo‘lishishni istamagan tavdirda) harbiy g‘alabadan keyin toliblar yagona hokimiyat o‘rnatishlari orqali ro‘y berishi mumkin.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iyulda Toshkentga keladi
Shu bilan birga, ular birdaniga butun Afg‘onistonni nazorat qila olmaydilar - ular mahalliy hokimiyat idoralari, viloyat va qabilalar (ayniqsa, tojiklar, o‘zbeklar va hazoralar, ya’ni milliy ozchiliklar yashaydigan zonalarda) bilan muzokaralar olib boradilar. Toliblarga (millati bo‘yicha pushtunlarga) shimolga hech qanday ekspansiya ham kerak emas, ular o‘z mamlakatida ro‘y berayotgan voqealar bilan shug‘ullanishni istaydi va bu haqda ko‘plab marotaba ommaga ma’lum qilganlar. "IShID"* yoki "Al-Qoida"ga qasamod qilgan alohida erkin mahalliy otradlar amaldagi hukumat singari toliblar uchun ham (alqissa, hokimiyatga aylangach) tahdid sifatida qabul qilinadi va yo‘q qilinishni boshlaydi.
Agar ular shimolga, O‘rta Osiyo respublikalariga o‘tishga harakat qilsalar, tojik va o‘zbek (turkman chegarasi ham bor) harbiylari zarbasiga uchraydi. Tabiiyki, Rossiya yordami bilan – RF mintaqadagi o‘z harbiy bazalarini kuchaytirish bilan bir qatorda o‘rta osiyolik ittifoqchilariga qurol yetkazib berishni ham kuchaytiradi.
Rossiyani Afg‘onistonga aldab tortib kirish bo‘yicha amerikaning "ayyorona rejasi" mana shunda axir! Avvaliga bizni Afg‘oniston chegaralaridagi janglarga aralashtirishadi, keyin biz o‘zimiz shuni sezmagan tarzda qo‘shinlarimizningsh yangi "cheklangan kontingentini" Afg‘onistonning o‘zida aniqlaymiz. Bunday ogohlantirishlar ham yangramoqda - ammo bunday ssenariyning minimal ehtimolligini taxmin qilish uchun Rossiya tashqi siyosatini umuman tushunmaslik kerak.
Kamilov obsudil so spespredstavitelem SShA reshenie afganskogo konflikta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
Kamilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan muzokara o‘tkazdi
Qolaversa, amerikaliklarning shunday hisob-kitoblari mavjudligiga ishonish kerak- anglosakslar, shubhasiz, Rossiya uchun "katta o‘rta Osiyo tuzog‘ini" bajonidil qo‘ygan bo‘lardilar. Ammo buning uchun ularda hozir shunchaki imkoniyat yo‘q.
Umuman olganda, xuddi o‘sha amerikaliklarni daho manipulyatorlar va nayrangchilar deb bilmaslik kerak. Axir, ularning Afg‘onistondan chiqib ketish holatlari ham umuman boshqa narsadan darak bermoqda: ularning mintaqadagi ta’siri o‘sish nari tursin, unga keskin putur yetdi.
Yo‘q, gap ular Qirg‘izistonda yoki O‘zbekistonda o‘rnashib ololmasligi haqida emas - bu mamlakatlar, amerikaliklarga ularning afg‘on kampaniyasi uchun bazalar taqdim etganlarida ham, Rossiyaning harbiy va geosiyosiy orbitasida qolishda davom etishgandi. Afg‘on urushi yillarida amerikaliklar yaqinda Rossiya-Xitoy ShHTsiga a’zo bo‘lgan Pokiston (yadroviy derjava va dunyodagi eng yirik musulmon mamlakatlaridan biri)ni yo‘qotishdi.
Bu, ham AQShning Markaziy Osiyodagi vaziyatni beqarorlashtirish bo‘yicha ayyor rejasining bir qismi bo‘lganmi? Hech narsaga erishmasdan, qo‘shni mamlakatda eng yaqin ittifoqchisini yo‘qotib, ketishmi?
Afganskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston: AQSh 9 ming afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda
Albatta, Markaziy Osiyo nostabillikdan xoli emas – sobiq ittifoq respublikalarida ko‘plab ichki muammolar, chegara muammolari va mojarolar mavjud. Ammo afg‘on muammolarining ushbu davlatlar xavfsizligiga ta’siriga yuqori baholash kerak emas – chunki ularning barchasi (hatto KXShT a’zolari bo‘lmaganlari ham) Rossiyaning harbiy-siyosiy soyaboni ostidadir.
Afg‘onistonning yangi kampaniyasida qatnashmayotgan narsa, ammo, shubhasiz, afg‘oniston olovining uchqunlari chegaralar bo‘ylab qattiq uchib keta boshlagan taqdirda, ittifoqchilarini himoya qilishga qodir.
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2019
“ID” Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun plasdarm tayyorlamoqda – Patrushev
Ammo buning hammasi oldindan belgilab qo‘yilishdan yiroq qolaversa, afg‘onlarning o‘zlarida ham Amerikadan keyingi reabilitatsiya davrini nisbatan kam qon to‘kilishi bilan o‘tish imkoniyati mavjud. Rossiya ularga yordam bera oladi emas, balki yordam berishga majbur - bu bizning umumiy xavfsizligimiz uchun kerak.
Aynan shu sababli juma kuni Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev afg‘onistonlik hamkasbi Hamdulla Mohibni Moskvada qabul qildi, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa " toliblar bilan haqiqiy tinchlik muzokaralarini tayyorlash jarayonini yanada cho‘zishga harakat qilayotgan Afg‘oniston hukmron tuzilmalari ayrim mansabdorlarining mas’uliyatsiz xatti-harakatlarini" keskin tanqid qildi va ular "bu harakatlar o‘z vatani uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi borasida o‘ylab ko‘rishlari kerak", deya ta’kidladi.
Garchi, afg‘on rahbariyatining bir qismi vaqtni ongli ravishda cho‘zayotgan bo‘lishi ham mumkin - amerikaliklar ortidan Afg‘onistondan qochib qolish umidida.
* — Rossiyada va qator boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terroristik tashkilotlar.
Yangiliklar lentasi
0