Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston: AQSh 9 ming afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda

© AP Photo / Rahmat GulAfganskiy voyenniy
Afganskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Obuna bo‘lish
AQSh Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 9 mingga yaqin afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Afg‘onistondan chiqib ketayotgan AQSh qo‘shinlari Tojikiston va O‘zbekiston bilan xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
AQSh Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan amerikaliklarga yordam bergan 9 mingga yaqin afg‘onlarni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda, deb xabar berdi Bloomberg o‘z manbasiga asosan.
Bundan tashqari, Vashington Tojikiston va O‘zbekiston hududlaridan razvedka operatsiyalarini o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Ayni paytda davlatlar tegishli kelishuv loyihasi tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya ta’kidlamoqda Bloomberg.
Estalib o‘tamiz, Vashingtonda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
AQSh Davlat kotibi O‘zbekiston tomonidan uzoq vaqt davomida amalga oshirilayotgan, Afg‘onistonda ishonchli tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlar uchun Abdulaziz Kamilovga minnatdorlik bildirdi.
Entoni Blinken vstretilsya s Abdulazizom Kamilovim, 1-iyunya 2021  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Abdulaziz Kamilov AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi
Shuningdek O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishda hamkorlik qilishga qaratayotgan e’tiborini qo‘llab-quvvatladi va ushbu ishlar kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyoga faravonlik olib kelishiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv davomida Blinken bu yil AQSh va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yillligini nishonlashini hamda AQSh O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish istagida ekanini ma’lum qildi.
Shuningdek davlat kotibi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, jumladan inson huquqlari va demokratiya mustahkamlanishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Entoni Blinken O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarini yuqori baholadi va AQSh hamda O‘zbekistonning S5+1 formatidagi faol hamkorligini qayd etib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0