Kamilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan muzokara o‘tkazdi

© Press-slujba MID UzbekistanaKamilov obsudil so spespredstavitelem SShA reshenie afganskogo konflikta
Kamilov obsudil so spespredstavitelem SShA reshenie afganskogo konflikta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili bilan muzokara o‘tkazdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar afg‘on mojarosini hal qilishning hozirgi holati istiqbollarini hamda mintaqada tez muddatlarda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashuvchi choralarni muhokama qildi.
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Kamilov Pentagon rahbari bilan Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi
Afg‘onlararo muzokaralarni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy savdoni rivojlantirish, investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, Afg‘onistonni mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalashuvini tezlashtirishga o‘zaro intilishning mavjudligi ta’kidlandi.
AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili joriy yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0