Abdulla Abdulla: toliblar muzokaralarga xohlamay bormoqda, ammo janglarda faol

© Sputnik / Amir IsayevPredsedatel Visshego soveta natsionalnogo primireniya Afganistana Abdulla Abdulla
Predsedatel Visshego soveta natsionalnogo primireniya Afganistana Abdulla Abdulla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Obuna bo‘lish
"Tolibon"* bilan tinchlik muzokaralarida Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari mamlakatdagi vaziyatga oid umidsiz xulosalarni berdi
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Afg‘oniston Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy Kengashining raisi Abdulla Abdulla "Tolibon"* bilan tinchlik muzokaralari qanday holatda ekanligi haqida gapirdi.

Prezident saroyida bo‘lib o‘tgan Hukmron partiya yig‘ilishida Abdulla Abdulla Afg‘onistonning xavfsizligi va birligi tahdid ostida qolayotganini aytdi.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iyulda Toshkentga keladi
"Mamlakatdan chet el qo‘shinlari chiqarilishi bilan urush yanada avj oldi. Afsuski, toliblar chet el qo‘shinlarining chiqarilishi ayrim viloyatlarda vakuumni yuzaga keltirganidan foydalanib qoldilar", - dedi siyosatchi.
U shuningdek, garchi ikkala tomon ham Doxada muloqotda bo‘lib turgan bo‘lsa-da, tinchlik muzokaralarida so‘nggi vaqtlarda qandaydir oldinga siljish bo‘lmayotganini qo‘shimcha qildi.
"Toliblar muzokaralarda juda sekin qadamlarni amalga oshirishmoqda, ammo jang maydonidagi harakatlarini faollashtirishgan. "Tolibon"ning tinchlik borasida xohish va istagi yo‘q, degan xavf ham yo‘q emas. Bu xatar kundan-kunga ortib bormoqda", - deb bayonot qildi doktor Abdulla.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
"Tolibon" Ahmad Shox Mas’ud uyini egallab oldi
Afg‘oniston milliy yarashuv Oliy kengashi rahbari AQSh va NATOning mamlakatdan qo‘shinlarni chiqarishi urush yanada ziddiylashishiga olib kelganini tan olishga majbur bo‘ldi.
"Biz chin ko‘ngildan tinchlikni xohlaymiz, ammo biz hozir shunday bir vaziyatdamizki, biz tinchlik haqida gapirayotgan bir mahalda, toliblar bu orada Afg‘oniston poytaxtiga yaqinlashib kelmoqda", - dedi u.
Abdulla Abdulla ziddiyatning keskin tus olishidan mintaqadagi birorta davlat manfaatdor emasligi, qo‘shni davlatlar esa mustahkam tinchlik o‘rnatilishida Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirdi.
* Rossiyada va boshqa qator mamlakatlarda ta’qiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0