https://oz.sputniknews.uz/20210616/putin-aqsh-prezidenti-bolsin-garb-rossiya-rahbarining-intervyusini-muhokama-qilmoqda-19268373.html
”Putin AQSh prezidenti bo‘lsin!”: G‘arb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda
”Putin AQSh prezidenti bo‘lsin!”: G‘arb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Amerika va yevropaliklar Putin intervyusini katta qiziqish bilan muhokama qilishmoqda va ularning aksariyati Rossiya prezidenti so‘zlarni ma’qullamoqda. 16.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-16T18:02+0500
2021-06-16T18:02+0500
2021-06-16T18:02+0500
kolumnistlar
vladimir putin
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0f/19238030_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_132cb9cdf272eb5e5f93882dface0c9d.jpg
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning NBCga bergan intervyusi ikki kundan buyon dunyoda millionlab kishilarning qizg‘in muhokasiga sabab bo‘lmoqda. Putin aytgan gaplari, uning iboralari internetni junbushga keltirdi, desak xato bo‘lmaydi. Vaholanki, Rossiya prezidenti dunyoning bugungi holatini o‘zgartirish uchun hech qanday yangi yoki revolyutsion g‘oyalar taklif qilgani yo‘q. Aslida so‘nggi vaqtda ommaga taqdim etilayotgan ana shunday “revolyutsion g‘oyalardan” dunyo biroz charchadi desak ham bo‘ladi. Axir bizga goh go‘shtdan voz kechishni, goh samolyotlarda uchmaslikni ba’zida negadir afroamerikaliklar oldida tiz cho‘kishni taklif qilishmoqda. Putin jurnalist Kir Simmonsga haqiqatni aytdi xolos. Bu hozirgi zamon uchun boshqalarga o‘xshamagan messej bo‘ldi. Anglosakson va butun dunyo bo‘ylab ularning ortidan ergashuvchi OAVlar – o‘z mushtariylarini yolg‘on, aldov, faktlarni yashirish va shunchaki feyk xabarlar bilan aldshmoqda-ki, Rossiya prezidenti tomonidan keltirilgan oddiy faktlar – misli kashfiyotdek qabul qilindi. Ular auditoriyada unutilmas taasurot qoldirdi. Biz bu yerda u yoki bu g‘arbiy mamlakatning rasmiy OAVlari haqida gapirayotganimiz yo‘q. Ular o‘zlarining kundalik zerikarli xabarlarini berishda hamda Rossiya va uning rahbarini barcha gunohlarda ayblashda davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday maqolalar minglab turli nuqtayi nazarlarni bildiruvchi izohlar qoldirilmoqda. Jeneva sammiti oldidan Bayden ham qator bayonotlar keltirdi. U yerda “inson huquqlari”, “demokratiya” va “qattiqqo‘l bo‘lamiz” kabi so‘zlar uchradi. Lekin uzoq vaqtlardan beri takrorlanib kelayotgan ushbu so‘zlar hech kimga ta’sir qilmaydigan bo‘lib qolgan. Ular bilan hech kimning ishi yo‘q, hech kim ularni muhokama qilmaydi. Putinning so‘zlari esa turli darajalardagi odamlarga darhol yetib bordi, majburlab singdirilayotgan shablonlar bir zumda chil parchin bo‘ldi. “Men, bizning barcha masxaraboz ma’muriyatimizdan ko‘ra, unga (Putinga) ko‘proq ishonaman”, - deb yozadi nevadalik Daily Mail mushtariysi. “Unda nega Rossiyaga ko‘chib ketmaysan” , deb unga e’tiroz bildiradi boshqasi. “Bu yerda Putin tarafdolari soni bunchalik ko‘p bo‘lmasa”, - deb yozadi yana bir o‘quvchi. “Agar u senga yoqmasa, u noto‘g‘ri gapirayapti degani emas”, - deydi yana biri. “Agar u bo‘lganda hozir Amerikada sodir bo‘layotgan tartibsizlikka yo‘l qo‘ymasdi”, - deb xulosa qiladi uchinchi o‘quvchi. Bundan yaqqol ko‘rinib turibdi-ki, Putinning so‘zlari “boshqaruv doiralari” uzra oshib o‘tib keng ommaga yetib borgan. Keng omma “Global isteblishment” insoniyatga “uqtirayotgan” yolg‘on to‘la rasmiyatchilik va Putinning oddiy haqiqati orasidagi katta tafovutni yaqqol sezdi. Albatta, ko‘pchillik uchun ushbu yagona intervyu “liberal OAV”lar tarqatayotgan dunyoning har bir qarichini qamrab olgan dezinformatsion matritsadan chiqib ketish uchun yetarli emas. CNN va Facebook kabi yirik auditoriyaga ega bo‘lgan media gigantlari o‘z o‘quvchilari oldida quyidagi tasvirni chizishmoqda: oziq-ovqat va yebnzin qimmatlashmoqda, qarzlar ko‘paymoqda. Kim bunda aybdor? – Albatta ruslar! Ushbu vahima xorijlik “internet jangchilari”ga oylab divandan tushmaslik va hech qanday foydali ish qilmaslik imkonini beradi. Haqiqiy aybdor aslida – seni hukumating. Agar ular buni tan olsa, divandan tushishi, ko‘chaga chiqishi va biror ish qilishi kerak bo‘ladi. Lekin bu juda murakkab. Kerak emas. Shuni uchun ular divanda o‘tirishda va o‘z qo‘rquvlari bilan “baham ko‘rishishda” davom etishadi. “Bu juda qo‘rqinchli intervyu”, - deydi deb izoh qoldirgan YouTubedagi NBC sujeti ostida bir foydalanuvchi. “Undan (Putindan) qo‘rqaman”, - deydi ikkinchisi. “Men ham qo‘rqaman”, - deb qo‘shimcha qiladi uchinchisi. Ha, albatta birovni yovuzga chiqarish – “o‘qimishli” yevropaliklar va ularning ruhiy me’rosxo‘rlari amerikaliklarga xos. O‘rta asrlarda ham ularning ota-bobolari hamma aybni biror o‘zlari o‘ylab topgan shayton yoki jodugarga to‘nkab, o‘z qo‘rquvlarini birgalikda “baham ko‘rishardi”. Hozirgi G‘arb ham ushbu “texnologiyalardan” ommani axmoq qilish uchun muvaffaqiyat bilan foydalanmoqda. Lekin auditoriyaning aksariyati Putin so‘zlarida “global isteblishment” bugun kirib qolgan boshi berk ko‘chadan chiqishning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rishdi. Putinning so‘zlari ayniqsa Tramp tarafdorlariga ma’qul keldi. Nafaqat amerikalik balkim butun dunyodagi Tramp muxlislari. Putinning “AQShning sobiq prezidenti janob Tramp – oddiy inson emas, qobiliyatli” degan iborasini dunyoning deyarli barcha OAVlarida bosildi va sog‘lom millatchilikni qo‘llab-quvvatlaydigan va boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishni istamaydigan ko‘pchillikka ma’qul keldi. Bu yerda gap shaxsan Tramp haqida ketmayapti. Oddiy amerikaliklar sobiq prezidentning izolyatsion siyosati AQShni mustahkamlashga va dunyoda tinchlik olib kelishiga ishonishar edi. Demokratlar butun dunyo bo‘ylab yoqayotgan axborot, iqtisodiy va madaniy urushlar nafaqat AQShni balkim butun dunyojagi buyuk davlatlarni tit-pit qilib yuborishi mumkin. “Putin millatchi. U umumjahon hukumatini siz va biz kabi yomon ko‘radi. Shunisi bilan ular bir-biriga o‘xshash – Putin va Tramp”, - deb vaziyatni oddiy so‘zlar bilan tushuntirib bergan amerikaning Breitbart sayti mushtariysi.Oq tanli “liberal” amerikaga qarshilar Rossiyani juda yomon ko‘rishadi, - deydi Daily Mailning amerikalik o‘quvchilaridan biri. — E’tibor bering, so‘nggi 5-6 yilda ular Rossiyani to‘xtovsiz hamma narsada ayblashmoqda. Ular saylovni ham yutqizishdi. Bunda ham Rossiyani ayblashdi. Bu eng uyatli va kulgili misol".Muhokamalar davomida Baydenning “qotil” degan asossiz so‘zlarini ham esga olishdi va uni shunchaki mazax qilishdi. “Siz Misheldan so‘rang, qotilning xotini qanaqa bo‘lishini”, deb yozadi Angliyaning Independent nashri o‘quvchisi. AQSh sobiq prezidentining har seshanba kuni uchuvchisiz apparatlardan turib tinch aholiga zarba berish haqidagi buyruqlariga shama qilib. “Bu nimasi?” – deb hayron bo‘ldi Realclearpolitics o‘quvchilaridan biri. - Men NBC Klintonlardan ularga aloqador bo‘lgan juda ko‘plab sirli qotilliklar haqida so‘roqqa tutganini hech eslay olmayman”. Kongressga 6-yanvar kuni uyushtirilgan hujumdan so‘ng 450 kishi hibsga olingani haqidagi ibora – dunyo OAVlari uchun haqiqiy xitga aylandi. 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklar o‘zlarining qamoqqa hukm qilinayotgani – bu “siyosiy qarashlari uchun jazolash” emasmi?Demokratiya cho‘qqisida siyosiy dissidentlar jazolanayotgani va o‘ldirilayotgani - ko‘p yillar davomida ilk bor amerikaliklarni va umuman olgandan butun dunyoni ham o‘ylantirib qo‘ydi. Eshli Bebbit fojiali taqdiri bunga misol bo‘lishi mumkin.Rossiya rahbarining so‘zlariga umumjahon hamjamiyatining o‘ta qiziqan, hayajonli reaksiyasi nimadan darak beradi? Javob oddiy - Rossiya bugun global yirik davlatlar qatoridan o‘rin oldi. Shu sababli ham uning yetakchisining so‘zlari hamma uchun qiziq, hammani tashvishlantiradi. Ayrimlar bizga iqtisodi rivojlanmagan, benzokolonka-davlat haqidagi yolg‘onlarni tiqishtirishmoqchi bo‘lishadi, lekin bular hatto muhokama iilishga ham arzimaydigan gaplar. Putin va Baydenning uchrashuvi zamonaviy siyosatning eng muhim voqeasiga aylandi. Bu haqida millionlab odamlar gapirmoqda, muhokama qilmoqda. “Putin va Si – bugungi kunda dunyoning eng kuchli rahbarlari”, - deydi Nyu-Yorkliy foydalanuvchi. — Bayden ikkinchi skripkani chalmoqda".Bayden faoliyati haqida ijtimoiy tarmoqlarda keltirilayotgan ko‘plab tanqidiy va haqoratli so‘zlar o‘rniga AQShning Sent-Luisidan bir komentatorning so‘zlarini keltiramiz: "Men Bayden va Xarris o‘rniga Putinni xoxlagan bo‘larmidim? – Ha, istalgan vaqtda!".
https://oz.sputniknews.uz/20210615/putin-amerika-telekanaliga-katta-intervyu-berdi-asosiy-iqtiboslar-19238512.html
https://oz.sputniknews.uz/20210616/putin-va-bayden-sammiti---onlayn-reportaj-19265032.html
https://oz.sputniknews.uz/20210319/bayden-kimning-qoirchogi--17856246.html
https://oz.sputniknews.uz/20210611/bayden-rossiyaning-suiqasdga-tayyorligini-aniqlamoqchi-19213153.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0f/19238030_289:0:3020:2048_1920x0_80_0_0_560001a4eba711d098591457affc7012.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
kolumnistlar, vladimir putin, jo bayden
kolumnistlar, vladimir putin, jo bayden
”Putin AQSh prezidenti bo‘lsin!”: G‘arb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda
Amerika va yevropaliklar Putin intervyusini katta qiziqish bilan muhokama qilishmoqda va ularning aksariyati Rossiya prezidenti so‘zlarni ma’qullamoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning NBCga bergan intervyusi ikki kundan buyon dunyoda millionlab kishilarning qizg‘in muhokasiga sabab bo‘lmoqda. Putin aytgan gaplari, uning iboralari internetni junbushga keltirdi, desak xato bo‘lmaydi.
Vaholanki, Rossiya prezidenti dunyoning bugungi holatini o‘zgartirish uchun hech qanday yangi yoki revolyutsion g‘oyalar taklif qilgani yo‘q. Aslida so‘nggi vaqtda ommaga taqdim etilayotgan ana shunday “revolyutsion g‘oyalardan” dunyo biroz charchadi desak ham bo‘ladi. Axir bizga goh go‘shtdan voz kechishni, goh samolyotlarda uchmaslikni ba’zida negadir afroamerikaliklar oldida tiz cho‘kishni taklif qilishmoqda. Putin jurnalist Kir Simmonsga haqiqatni aytdi xolos.
Bu hozirgi zamon uchun boshqalarga o‘xshamagan messej bo‘ldi. Anglosakson va butun dunyo bo‘ylab ularning ortidan ergashuvchi OAVlar – o‘z mushtariylarini yolg‘on, aldov, faktlarni yashirish va shunchaki feyk xabarlar bilan aldshmoqda-ki, Rossiya prezidenti tomonidan keltirilgan oddiy faktlar – misli kashfiyotdek qabul qilindi. Ular auditoriyada unutilmas taasurot qoldirdi.
Biz bu yerda u yoki bu g‘arbiy mamlakatning rasmiy OAVlari haqida gapirayotganimiz yo‘q. Ular o‘zlarining kundalik zerikarli xabarlarini berishda hamda Rossiya va uning rahbarini barcha gunohlarda ayblashda davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bunday maqolalar minglab turli nuqtayi nazarlarni bildiruvchi izohlar qoldirilmoqda.
Jeneva sammiti oldidan Bayden ham qator bayonotlar keltirdi. U yerda “inson huquqlari”, “demokratiya” va “qattiqqo‘l bo‘lamiz” kabi so‘zlar uchradi. Lekin uzoq vaqtlardan beri takrorlanib kelayotgan ushbu so‘zlar hech kimga ta’sir qilmaydigan bo‘lib qolgan. Ular bilan hech kimning ishi yo‘q, hech kim ularni muhokama qilmaydi. Putinning so‘zlari esa turli darajalardagi odamlarga darhol yetib bordi, majburlab singdirilayotgan shablonlar bir zumda chil parchin bo‘ldi.
“Men, bizning barcha masxaraboz ma’muriyatimizdan ko‘ra, unga (Putinga) ko‘proq ishonaman”, - deb yozadi nevadalik
Daily Mail mushtariysi. “Unda nega Rossiyaga ko‘chib ketmaysan” , deb unga e’tiroz bildiradi boshqasi. “Bu yerda Putin tarafdolari soni bunchalik ko‘p bo‘lmasa”, - deb yozadi yana bir o‘quvchi. “Agar u senga yoqmasa, u noto‘g‘ri gapirayapti degani emas”, - deydi yana biri. “Agar u bo‘lganda hozir Amerikada sodir bo‘layotgan tartibsizlikka yo‘l qo‘ymasdi”, - deb xulosa qiladi uchinchi o‘quvchi.
Bundan yaqqol ko‘rinib turibdi-ki, Putinning so‘zlari “boshqaruv doiralari” uzra oshib o‘tib keng ommaga yetib borgan. Keng omma “Global isteblishment” insoniyatga “uqtirayotgan” yolg‘on to‘la rasmiyatchilik va Putinning oddiy haqiqati orasidagi katta tafovutni yaqqol sezdi.
Albatta, ko‘pchillik uchun ushbu yagona intervyu “liberal OAV”lar tarqatayotgan dunyoning har bir qarichini qamrab olgan dezinformatsion matritsadan chiqib ketish uchun yetarli emas. CNN va Facebook kabi yirik auditoriyaga ega bo‘lgan media gigantlari o‘z o‘quvchilari oldida quyidagi tasvirni chizishmoqda: oziq-ovqat va yebnzin qimmatlashmoqda, qarzlar ko‘paymoqda. Kim bunda aybdor? – Albatta ruslar!
Ushbu vahima xorijlik “internet jangchilari”ga oylab divandan tushmaslik va hech qanday foydali ish qilmaslik imkonini beradi. Haqiqiy aybdor aslida – seni hukumating. Agar ular buni tan olsa, divandan tushishi, ko‘chaga chiqishi va biror ish qilishi kerak bo‘ladi. Lekin bu juda murakkab. Kerak emas.
Shuni uchun ular divanda o‘tirishda va o‘z qo‘rquvlari bilan “baham ko‘rishishda” davom etishadi.
“Bu juda qo‘rqinchli intervyu”, - deydi deb izoh qoldirgan
YouTubedagi NBC sujeti ostida bir foydalanuvchi. “Undan (Putindan) qo‘rqaman”, - deydi ikkinchisi. “Men ham qo‘rqaman”, - deb qo‘shimcha qiladi uchinchisi.
Ha, albatta birovni yovuzga chiqarish – “o‘qimishli” yevropaliklar va ularning ruhiy me’rosxo‘rlari amerikaliklarga xos. O‘rta asrlarda ham ularning ota-bobolari hamma aybni biror o‘zlari o‘ylab topgan shayton yoki jodugarga to‘nkab, o‘z qo‘rquvlarini birgalikda “baham ko‘rishardi”. Hozirgi G‘arb ham ushbu “texnologiyalardan” ommani axmoq qilish uchun muvaffaqiyat bilan foydalanmoqda.
Lekin auditoriyaning aksariyati Putin so‘zlarida “global isteblishment” bugun kirib qolgan boshi berk ko‘chadan chiqishning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rishdi. Putinning so‘zlari ayniqsa Tramp tarafdorlariga ma’qul keldi. Nafaqat amerikalik balkim butun dunyodagi Tramp muxlislari.
Putinning “AQShning sobiq prezidenti janob Tramp – oddiy inson emas, qobiliyatli” degan iborasini dunyoning deyarli barcha OAVlarida bosildi va sog‘lom millatchilikni qo‘llab-quvvatlaydigan va boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishni istamaydigan ko‘pchillikka ma’qul keldi.
Bu yerda gap shaxsan Tramp haqida ketmayapti. Oddiy amerikaliklar sobiq prezidentning izolyatsion siyosati AQShni mustahkamlashga va dunyoda tinchlik olib kelishiga ishonishar edi. Demokratlar butun dunyo bo‘ylab yoqayotgan axborot, iqtisodiy va madaniy urushlar nafaqat AQShni balkim butun dunyojagi buyuk davlatlarni tit-pit qilib yuborishi mumkin.
“Putin millatchi. U umumjahon hukumatini siz va biz kabi yomon ko‘radi. Shunisi bilan ular bir-biriga o‘xshash – Putin va Tramp”, - deb vaziyatni oddiy so‘zlar bilan tushuntirib bergan amerikaning
Breitbart sayti mushtariysi.
Oq tanli “liberal” amerikaga qarshilar Rossiyani juda yomon ko‘rishadi, - deydi Daily Mailning amerikalik o‘quvchilaridan biri. — E’tibor bering, so‘nggi 5-6 yilda ular Rossiyani to‘xtovsiz hamma narsada ayblashmoqda. Ular saylovni ham yutqizishdi. Bunda ham Rossiyani ayblashdi. Bu eng uyatli va kulgili misol".
Muhokamalar davomida Baydenning “qotil” degan asossiz so‘zlarini ham esga olishdi va uni shunchaki mazax qilishdi. “Siz Misheldan so‘rang, qotilning xotini qanaqa bo‘lishini”, deb yozadi Angliyaning
Independent nashri o‘quvchisi. AQSh sobiq prezidentining har seshanba kuni uchuvchisiz apparatlardan turib tinch aholiga zarba berish haqidagi buyruqlariga shama qilib.
“Bu nimasi?” – deb hayron bo‘ldi
Realclearpolitics o‘quvchilaridan biri. - Men NBC Klintonlardan ularga aloqador bo‘lgan juda ko‘plab sirli qotilliklar haqida so‘roqqa tutganini hech eslay olmayman”.
Kongressga 6-yanvar kuni uyushtirilgan hujumdan so‘ng 450 kishi hibsga olingani haqidagi ibora – dunyo OAVlari uchun haqiqiy xitga aylandi. 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklar o‘zlarining qamoqqa hukm qilinayotgani – bu “siyosiy qarashlari uchun jazolash” emasmi?
Demokratiya cho‘qqisida siyosiy dissidentlar jazolanayotgani va o‘ldirilayotgani - ko‘p yillar davomida ilk bor amerikaliklarni va umuman olgandan butun dunyoni ham o‘ylantirib qo‘ydi. Eshli Bebbit fojiali taqdiri bunga misol bo‘lishi mumkin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga umumjahon hamjamiyatining o‘ta qiziqan, hayajonli reaksiyasi nimadan darak beradi? Javob oddiy - Rossiya bugun global yirik davlatlar qatoridan o‘rin oldi. Shu sababli ham uning yetakchisining so‘zlari hamma uchun qiziq, hammani tashvishlantiradi.
Ayrimlar bizga iqtisodi rivojlanmagan, benzokolonka-davlat haqidagi yolg‘onlarni tiqishtirishmoqchi bo‘lishadi, lekin bular hatto muhokama iilishga ham arzimaydigan gaplar. Putin va Baydenning uchrashuvi zamonaviy siyosatning eng muhim voqeasiga aylandi. Bu haqida millionlab odamlar gapirmoqda, muhokama qilmoqda. “Putin va Si – bugungi kunda dunyoning eng kuchli rahbarlari”, - deydi
Nyu-Yorkliy foydalanuvchi. — Bayden ikkinchi skripkani chalmoqda".
Bayden faoliyati haqida ijtimoiy tarmoqlarda keltirilayotgan ko‘plab tanqidiy va haqoratli so‘zlar o‘rniga AQShning Sent-Luisidan bir komentatorning so‘zlarini keltiramiz: "Men Bayden va Xarris o‘rniga Putinni xoxlagan bo‘larmidim? – Ha, istalgan vaqtda!".