Putin Amerika telekanaliga katta intervyu berdi: asosiy iqtiboslar

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Amerikaning NBC telekanaliga katta intervyu berdi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan bo‘lajak sammitdan oldin Amerikaning NBC telekanaliga katta intervyu berdi.
Quyida asosiy fikrlarni keltiramiz.

NATO haqida

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, NATO bu sovuq urush qoldig‘i. NATO sovuq urush davrida dunyoga keldi, biroq nima sababdan u bugungi kunda yashamoqda, unchalik tushunarli emas.

“Infratuzilmalarni chegaramizga yaqinlashtirib, NATOni sharq tomon kengaytirishning nima keragi bor edi? Yana siz aytasizki, bu biz o‘zimizni agressiv tutapmiz. Nima munosabat bilan? Rossiya hatto Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin Qo‘shma Shtatlar yoki Yevropaning boshqa mamlakatlari uchun biror bir tahdid tug‘dirdimi? Biz ixtiyoriy ravishda barcha o‘z qo‘shinlarimizni Sharqiy Yevropadan olib chiqdik. Odamlarimiz azob chekdi, u yerda yashash uchun normal sharoitlarga ega bo‘lmasdan, jumladan, farzandlari uchun o‘n yillab harbiylar oilalari yashashdi. Biz ko‘p xarajatlar qildik. Bunga javoban nima oldik? Bu yerdagi infratuzilmalar, chegaralarimiz yaqinida. Yana siz aytasizki, biz kimgadir tahdid qilyapmiz? Ha, biz muntazam mashg‘ulot o‘tkazamiz, jumladan, Qurolli kuchlarimiz uchun kutilmagan mashg‘ulotlarni o‘tkazamiz. Nega bu NATO hamkorlarining qandaydir xavotiriga sabab bo‘lishi lozim? Men tushunmayman”.

Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

AQSh bilan munosabatlar

Putinning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda ikki mamlakat munosabatlari eng quyi nuqtaga yetgan. Shunga qaramay ikki tomonni qiziqtirgan ayrim masalalar yuzasidan aniq pozitsiyalarni belgilab olmoq zarur.
“So‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarimiz eng quyi nuqtaga yetdi, shunga qaramasdan soat millarini to‘g‘rilab olishni talab qiladigan masalalar, ikki tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham AQSh, ham Rossiya manfaatlari yo‘lida samaraliroq hal bo‘lishi uchun biror bir pozitsiyalarni aniqlash".
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

AQShning oldindan bilib bo‘lmaydigan harakatlari haqida

“Xalqaro munosabatlardagi eng asosiy muhimlik – bu barqarorlik va oldindan bilish. Biz, mening fikrimcha, o‘tgan yillarda amerikalik hamkorlarimiz tomonidan aynan shuni ko‘rmadik. Qanaqa barqarorlik va oldindan bilish, agar mamlakatni vayron qilishgan 2011-yildagi Liviyadagi voqealarni yodga olsak? Bu yerda qanaqa barqarorlik va oldin bilish bor? Har doim aytishardi, Afg‘onistondagi qo‘shinlar qoladi. Keyin birdaniga qo‘qqisdan Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqib ketilmoqda. Bu barqarorlik, oldindan bilishmi?”

Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

Dalilsiz ayblovlar

"Rossiya-Amerika munosabatlari hamma vaqt AQShning o‘zidagi keskin ichki siyosat kurashida qurbonlik qilindi. Biz buni ko‘rib turibmiz, bizni nimalarda ayblashganliklarini yaxshi bilamiz: saylovlarga aralashishda, kiberhujumlarda va hokazo. Boz ustiga biror marta ham biror bir dalillarni keltirishga fursat topishmadi, shunchaki dalilsiz ayblovlar. Nega hozirgacha bizni Black Lives Matter harakatini keltirib chiqarishda ayblashmaganliklaridan hayronman – yaxshi hujum chizig‘i bo‘lgan bo‘lardi".
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

Xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun

“Bu to‘g‘ridagi qonunlar, aralashmasliklar yoki aralashish urinishlari haqidagi gapirayotib, Rossiyaga nisbatan nimani nazarda tutayapman? Ko‘plab fuqarolik jamiatlari deb ataluvchi tuzilmalar... Nima sababdan “deb ataluvchi” deyapman? Ular chetdan moliyalashtiriladi, xatti-harakatlarning tegishli dasturlari tayyorlanadi, faollar chet elda tayyorgarlikdan o‘tadi. Buni rasmiy tuzilmalarimiz ko‘rganda, ichki ishlarimizga bunday aralashishlarning oldini olish maqsadida tegishli qaror va qonun qabul qilamiz. Ular sizlarnikiga qaraganda yengilroq”
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

Xitoy haqida

“So‘ngi yillarda, so‘nggi o‘n yillikda Xitoy bilan, davlatlarimiz tarixida biz erishmagan, strategik hamkorlik munosabatlari shakllandi. Katta darajadagi ishonch va hamkorlik, buning ustiga barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodiyotda, texnologiya, harbiy-texnik hamkorligi sohasida. Biz Xitoy biz uchun xavf tug‘diradi deb hisoblamaymiz. Bu do‘st mamlakat. U bizni dushman deb e’lon qilmadi-ku, Qo‘shma Shtatlar qilgandek”.
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

O‘z vazifasi haqida

Putin 2000-yilda Rossiyada bo‘lgan vaziyatni eslatdi. Rossiya u payt o‘z suvereniteti, hududiy yaxlitligini saqlab qolish yoqasida bo‘lgan. Kambag‘al fuqarolar soni juda ko‘p va fojialari bo‘lgan. YaIM darajasi tushib ketgan. Oltin-valyuta zaxirasi 12 milliard, qarz esa 120 milliard dollar bo‘lgan, agar dollar ekvivalentida aytilsa.

“Lekin hozir vaziyat boshqacha. Hozir muammolar bisyor, lekin vaziyat mutlaq boshqacha. Qachondir mening o‘rnimga albatta boshqa kishi keladi. Biz xalqaro terrorimzga qarshi kurashdik – xudoga shukur, uning ildizini bo‘g‘dik. Bu yana qayta tirilishi kerakmi? O‘ylaymanki, yo‘q. Siyosiy sahnada turli-tuman qarashlarga ega bo‘lgan turli kishilar paydo bo‘lishi mumkinligi boshqa gap. Bilasizmi, men o‘z taqdirimni mamlakat taqdiri bilan shunchalik bog‘laganmanki, men uchun hayotda Rossiyani mustahkamlashdan ko‘ra hech qanday boshqa, bundanda muhimroq vazifa yo‘q”.

Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Yangiliklar lentasi
0