Putin va Bayden sammiti - onlayn-reportaj

© Sputnik / Mixail Metsel / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashish uchun Jenevaga kelmoqda. Muzokaralar La Granj villasida bo‘lib o‘tadi
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bugun, 16-iyun kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi.

Ayni vaqtda Putin prezidentlar uchrashuvi joyi etib tanlangan Jeneva ko‘li yoqasidagi XVIII asr qasri bo‘lmish La-Granj villasiga yetib kelgan.

Sal avval Kreml muzokaralar uch qismdan iborat bo‘lishi haqida ma’lumot bergan edi: tor doiradagi va choy-qahvaga tanaffus bilan ikkita keng tarkibdagi uchrashuvlar.
Ilgariroq, tayyorgarlik jarayonidan boxabar manba RIA Novostiga uchrashuv 4 soatu 45 daqiqaga mo‘ljallangani haqida aytgan edi.
Rossiya yetakchisi matbuot-kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh prezidentlari muzokaralar yakuniga ko‘ra qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi yoki biror hujjat imzolanishi - davlat rahbarlarining qaroriga bog‘liq bo‘ladi, deya aytgan edi.
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
”Putin AQSh prezidenti bo‘lsin!”: G‘arb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda
Jenevada bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSh sammiti tarixiy degan nomni ololmaydi, ushbu muzokaralardan ulkan natijalarni kutish kerak emas, ammo Vladimir Putin va Jo Bayden uchrashuvining bo‘lib o‘tayotgani va prezidentlar muammolar haqida ochiq gapira boshlashlari o‘z-o‘zidan yutuqdir, dedi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Putin Bayden bilan uchrashuv oldidan Shveysariya prezidenti bilan suhbatlashdi

Putin Bayden bilan muzokara o‘tkaziladigan villaga yetib kelgach, Shveysariya prezidenti Gi Parmelin bilan qo‘l berish ko‘rishib, u bilan muloqot qilgan.

Jenevadagi La Granj villasida o‘tadigan muzokaralar

Rossiya va AQSh yetakchilarining birinchi sammiti Moskva vaqti bilan 14.00da boshlanadi va uch qismdan iborat bo‘ladi. Uchrashuvning birinchi qismi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken hamda tarjimonlar ishtirokini nazarda tutadi.
Poslednie prigotovleniya ko vstreche Putina i Baydena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Putin va Bayden uchrashuvi: tarixiy villaning ko‘rinishi - video
Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Lavrovdan tashqari, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, davlat rahbari matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov, Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov va TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov o‘rin olgan. Shuningdek, prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak va prezidentning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyevlar taklif etilgan.
Qo‘shma matbuot-anjumani rejalashtirilmagan, muzokaralardan so‘ng har bir prezident jurnalistlar oldida alohida chiqish qiladi.

Putin va Bayden qo‘l berib ko‘rishdi

Rossiya va AQSh prezidentlari 16-iyun kuni o‘tkaziladigan sammit oldidan qo‘l berib ko‘rishdilar.
Muzokaralar bo‘lib o‘tadigan La Granj villasiga birinchi bo‘lib Putin kelgan. Bayden taxminan 12 daqiqadan so‘ng unga hamrohlik qilgan. Shveysariya prezidenti Gi Parmelen bilan suratga tushgach, ular bir biri bilan qo‘l berib ko‘rishib, muzokaralar zaliga kirib ketishgan. Birinchi bo‘lib AQSh prezidenti qo‘l uzatgan.
Bu Putin va Baydenning ilk uchrashuvidir.
Moskva vaqti bilan 15.51. "Vladimir Putin va Jo Baydenning tor doiradagi muzokaralari bir soatdan ortiq vaqt davom etmoqda", deb xabar qildi RIA Novostiga Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Bu orala Xillari klinton Putin va Bayden uchrashuviga izoh berdi

AQShning sobiq davlat kotibi va prezidentlik lavozimiga sobiq nomzod Xillari Klinton Jenevadagi sammitga baho berdi: AQSh prezidenti Jo Bayden RF prezidenti Vladimir Putinni kelgusidagi hamkorlik borasida ochiq muloqotga chaqirmoqda, dedi u MSNBCga bergan intervyusida.
"Bu safar hammasi qanday o‘ylangan bo‘lsa: tezkorlikda ko‘rishish, birgalikda suratga tushmaslik, tezlikda ichkariga kirib ketishlari, hech qanday matbuot-anjumanining o‘tkazilmagani, - bularning barchasi biz kutayotgan narsalardan darak beradigan kuchli diplomatik signaldir. Biz ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kutapmiz", - dedi Xillari Klinton.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Putin va Bayden uchrashuvi - eng yorqin suratlar
Klinton Rossiya prezidenti Vladimir Putin katta yigirmatalik sammiti doirasida AQSh prezidenti Barak Obama bilan Meksikada o‘tkazilgan uchrashuvga 45 daqiqa kechikib kelgani holatini eslatib o‘tdi. "Bu vaziyatni qo‘lga olish uchun atayin qilingan edi", - deb hisoblaydi Klinton va bu safar Putinda bunday imkoniyat bo‘lmaganini qo‘shimcha qiladi.
Klintonning so‘zlariga ko‘ra, Bayden ushbu uchrashuvga: "Vladimir, kel, kelgusida qanday harakat qilishimiz xususida gaplashib olaylik. Ayonki, biz sanksiyalarni senga qarshi kiritgandik va agar bu holat seni to‘xtatmayotgan bo‘lsa <…>, oqibatlari bundanda jiddiyroq bo‘lishi mumkin", - deya tahlil qiladi vaziyatni Klinton.
Ayni vaqtda Jenevada Rossiya va AQSh tomonining ikki tomonlama kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi yakun topdi, deb xabar bermoqda Bloomberg amerika administratsiyasi xodimiga tayangan holda.
CNN telekanali xabariga ko‘ra, Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi muzokaralar 3,5 soat davom etgan.
Amerika prezidenti jurnalistlar puli xabarida aytilishicha, kengaytirilgan muzokaralar oldinroq rejalashtirilgani kabi ikki emas, bitta sessiyadan iborat bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0