Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi

© AP Photo / Andy WongJenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga
Jenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2021
Obuna bo‘lish
Jeneva uchrashuvidan so‘ng AQSh tashqi siyosatining jiddiy o‘zgarishi kutilmoqda, quyida ushbu haqida batafsil gaplashamiz.
“Odatda bunday ishlar urushdan oldin qilinadi”, degan edi teledebatlardan birida Tashqi razvedka xizmati sobiq polkovnigi, hozir esa MGIMOning tinch professori Andrey Bezrukov.
Gap AQSh ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan jiddiy tadbir haqida ketmoqda. Ushbu yilning fevral oyida AQSh Rossiyaning turli mahsulotlar bilan ta’minlanishida “zaif nuqtalarini o‘rganish” bo‘yicha maxsus tadqiqot buyurtma bergan edi. Tadqiqot aynan prezidentlar Putin va Baydenning Jenevada kutilayotgan uchrashuvi oldidan yakunlandi.
Yuqorida qayd etilgan tadqiqot, albatta AQShning o‘ziga nisbatan ham o‘tkazilgan va ularning turli mahsulotlardan zaiflik nuqtalari allaqachon ma’lum. AQSh kamida uch sohada – dori-darmon, yarim-o‘tkazuvchilar va noyob metallar borasida jahon arenasida o‘ziga teng raqib – Xitoyga muhtojligi aniqlangan.
Ikkinchi tadbir – AQSh Senati innovatsiyalar va raqobat to‘g‘risida qonun ishlab chiqdi va uni yaqinda qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu yerda gap yana Xitoy bilan raqobat to‘risida ketmoqda. Ushbu qonunga ko‘ra, Amerika iqtisodining Xitoy oldida raqobatbardoshligini oshirish uchun 250 milliard dollar ajratish rejalashtirilgan. Gap Amerika ishlab chiqariuvchilarini tezlashtirilgan innovatsiyalar va subsidiyalar bilan ta’minlash haqida ketmoqda.
Predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Si Szinpin Xitoy va AQSh qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi
Qizig‘i shundaki, AQSh ko‘p yillar davomida Xitoy hukumatini o‘z ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatayotgan yordamini qoralab kelgan edi. Pekinning “Xitoyda ishlab chiqarilgan 2025” dasturi – eng noto‘g‘ri raqobat misoli deb atalgan edi. Ya’ni Xitoyni noto‘g‘ri va nohaq raqobat qilishda ayblashgan edi. Faqatgina xususiy korxonalar raqobati – bu to‘g‘ri, g‘olibni bozor aniqlash kerak, deyishardi ular. Lekin Xitoyning yo‘li g‘alabaga olib kelishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng esa, AQShning o‘zi bamaylixotir aynan shu ishni qilishni boshladi.
Endi bo‘lsa bo‘layotgan voqealar ko‘lami haqida. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, demokratlar respublikachilarning Amerikani qayta industrializatsiya qilish to‘g‘risidagi g‘oyasini davom ettirishga qaror qilishgan. Gap o‘nlab yillarga mo‘ljallangan dasturlar haqida ketmoqda. AQSh ushbu yo‘lda yo g‘olib bo‘ladi yo qurbon bo‘ladi.
Butunlay qurbon bo‘lish haqidagi gaplar biroz bo‘rttirilgan bo‘lishi mumkin, albatta, lekin Britaniyaning The Guardian nashriga ko‘ra, o‘n yillik oxiriga kelib Xitoy iqtisod hajmi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketadi va bir vaqtning o‘zida Jahonda texnologik yetakchilikka erishadi. Bu esa Pentagonni tunlari uxlashga qo‘ymayapti. Yetakchilikni yo‘qotish g‘oyasining o‘zi AQSh uchun dahshatning o‘zi.
Bu yerda albatta asosiy so‘z “texnologiyalar”. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmi albatta muhim, lekin bir ikki kuchli raqib orasida birining texnologik ustunligi va uning dunyoda “texnologik yetkchi”ga aylanishi – bu yanada dahshatli (AQSh uchun).
Jo Baydenning Yevropagu ushbu tashrifi aynan ana shunday kayfiyatlar bilan tayyorlanmoqda. Britaniya nashrida aytilishiga ko‘ra, Bayden G‘arb yetakchilari bilan Buyuk Britaniyaning Kornuoll shahrida G7 sammiti doiirasida uchrashadi. U yerda gap avvalombor Xitoy haqida ketadi. Keyin NATO va Yevrotuzilmalar masalalari muhokama qilinadi. Bayden yevropaliklarni Xitoy bilan ikkinchi sovuq urushga jalb qilishni istaydi.
Peregovori s uchastiyem gossekretarya SShA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po nasbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavi kanselyarii komissii SK KPK po inostrannim delam Yan Szechi i ministra inostrannix del Kitaya Vana I v Ankoridje, SShA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
AQSh yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Yevropaliklar esa boya g‘oyaga nisbatan skeptik munosabatda. Yangi sovuq urushning ko‘rinishlaridan biri mana bunday: yuqorida qayd etilgan izlanishlar natijasida Amerikada savdo vakili boshchiligida “zarbdor guruh” tuziladi. Ushbu guruh Xitoyning qaysi mahsuloti AQShda o‘g‘irlangan texnologiyalar asosida yaratilganini aniqlaydi. Keyin esa ushbu tovarlarni nafaqat Amerikaga olib kirish ta’qiqlanadi, balkim ular haqida barcha ittifoqchilarga xabar beriladi. Ittifoqchilar esa Amerikaning so‘ziga ishonib ana shu tovarlardan voz kechishi kerak.
Yevropaliklarning barchasi ushbu g‘oyaga rozi bo‘ladimi, bu murakkab masala. Yevropaliklarga Xitoyning ayrim mahsulotlari yoqmasligi mumkin, lekin Amerikaga Xitoyning o‘zi yoqmaydi. U nima qilsa yoki qilmasa – baribir aybdor bo‘ladi.
Oqibatda - Jeneva sammiti Bayden tashrifida ikkinchi darajali uchrashuvga aylanib qoladi. Moskva bilan munosabatlar – ikkinchi darajali. Amerika prezidenti birinchi navbatda Rossiyani oldindagi kamida 10-yillikda sodir bo‘ladigan AQSh-Xitoy urushi mavzusida “paypaslab” ko‘radi.
Bunda albatta, Moskva darhol Xitoyga qarshi tomonni egallashni hech kim kutmayapti. Lekin turli gipotetik vaziyatlarda Rossiya o‘zini qanday tutishi mumkinligini bilib olish – Amerika uchun foydali bo‘lardi. Balkim Rossiya, o‘ziga geosiyosiy suiqasd qilib, muqarrar sovuq urushda biror neytral pozitsiya egllashni istar.
Lekin, eng ososni ikkita kuchli davlat bor, biri – yuqizayotgan, ikkinchisi unga qarshilik ko‘rsatishni istaydigan. Ikkalasi ham iqtisodiy gigant va texnologik lider, shu sababli ham potensial hamkorlar.
Ulardan biri so‘nggi yillarda Rossiyaga nisbatan shunchalik ko‘p yomonlik qildi – sanog‘i yo‘q. Ikkinchisi bo‘lsa- hech qanday yomonlik qilmadi, demadi, aksincha imkon qadar hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Bunday vaziyatda Moskvadan qadam kutish mumkin?
Yangiliklar lentasi
0