Su-57ning yangi istiqbollari: sun’iy ong, mukammal dvigatellar va importorlar navbati

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishForum "Armiya-2020". Demonstratsionnie poleti
Forum Armiya-2020. Demonstratsionnie poleti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Su-57 qiruvchisi qurol bozorida amerika samolyotlarini siqib chiqaradi
Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi allaqachon chet ellik raqiblardan o‘zib ketgan va mukammallashtirilishda davom etmoqda – u yanada tezkor, aqlli va qudratli bo‘lmoqda
Ko‘pfunksiyali Su-57 Rossiya havo-kosmik kuchlari qurollari safiga sal vaqt oldin – 2020-yilning dekabrida qabul qilingan edi. Birinchi seriyali beshinchi avlod qiruvchisi 2021-yilning boshida Janubiy harbiy okrugga topshirildi.
Uning modernizatsiyasi boshlanmoqda, bu o‘zgarishlar davomida mashina ikkinchi bosqich mukammal dvigatellarga, sun’iy ongga va boshqariluvchi "Ovchi" og‘ir dronlarini bo‘g‘inini avtomatik boshqarish imkoniyatiga, gipertovushli raketalar va yo‘naltirilgan energiya inqilobiy quroli – EMI-pushkaga ega bo‘ladi.
Istrebitel-bombardirovshik patogo pokoleniya F-35 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2021
Pentagon F-35A samolyoti va MQ-9 uchuvchisiz apparatidan nega voz kechmoqda
Beshinchi avlod qiruvchisi bo‘lmish Su-57 barcha turdagi havo, yer ust iva suv usti nishonlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan, tovush tezligidan ham o‘tadigan kreyser parvoz tezligiga, ichki fuzelyaj qurol, radioyutuvchi qoplama, va eng so‘nggi rusumdagi bort qurilmasi majmuasiga ega.
Yuqori manyovrlilik va jangovar xarakteristikalar bilan farqlanadi.
Rossiya harbiy kosmik kuchlari 2024-yil oxiriga qadar 22 ta Su-57 qiruvchisini qabul qilib oladi va 2028-yilga kelib ularning soni 76 donaga yetkaziladi.
Shundan so‘ng Su-57E (eksport versiyasi) chet ellik ittifoqdoshlar va Rossiya sheriklariga yetkazib berilishi mumkin.
G‘arblik ekspertlar Rossiyaning Su-57 qiruvchisiga virtual navbatda o‘nlab mamlakatlarni, shu jumladan, Qozog‘istonni ham sanab o‘tganlar. Amerikaning F-35 "ko‘rinmasi" loyihasi yuz tutayotgan surunkali omadsizliklar fonida va AQSh HHKning yaqindagina 2022-yilda bu mashinalarni olishdan voz kechganligi bayonoti fonida Rossiyaning real beshinchi avlod Su-57 qiruvchisini jahon qurol bozorida katta kelajak kutmoqda.
Mnogofunksionalniy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa Aviadarts na aviatsionnom poligone Dubrovichi pod Razanyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2020
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi dunyoni egallamoqda. Uning asosiy xususiyati nimada?
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, harbiy texnologiyalar o‘rtasidagi doimiy poyga sharoitida yangilangan Su-57ning parametrlari va xarakteristikalari NATO mamlakatlar uchun mutlaqo yetib bo‘lmas bo‘ladi.

Jangovar samaradorlilik va ishlab chiqarish o‘sishi

O‘n yilliklarga mo‘ljallangan yirik qiruvchilik dasturini samolyotni uzluksiz mukammallashtirish va uning ishlab chiqarish metodlari ajratib turadi. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov yaqinda 2021-yilda tasdiqlangan grafikka muvofiq, Su-57ni qurish templari oshishini ma’lum qildi. Kutilishicha, samolyotlarda yangi (qiruvchilar dunyosida eng kuchli) "Saturn 30" dvigatellari o‘rnatiladi va bu dvigatellar bilan ular qo‘shinlar safiga 2022-yilda kelib qo‘shiladi.
Birinchi bosqich dvigatellari (AL-41F1) faqat beshtagacha mashinaga o‘rnatiladi. Su-57 qiruvchilari ishlab chiqarilishining yana bir tezlashishi 2024-yilda bo‘lib o‘tadi.
Qurol-yarog‘ va avionika yangi tizimlari bilan bir qatorda fundamental o‘zgarishlar Su-57 planeri konstruksiyasida ham kuzatilmoqda.
Vozdushniy parad Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2020
Rossiya quroli: Su-57 qiruvchisi va “ovchi” og‘ir zarba droni
Seriyali mashina ishlab chiqarishning zamonaviy usullari ko‘rinmaslikni yaxshilab olgan.
Denis Manturov bir vaqtning o‘zida jangovar dronlar tizimi haqida ham tilga olgan edi. Bu tizimlar jahon darajasiga mos bo‘lib, rivojlanishda davom etmoqda.
Og‘ir dronlar bo‘g‘inida Su-57 jangovar boshqaruvning havo markaziga aylanadi. Rossiya aviaqurilish sohasidagi manba 1-iyun kuni: "Hozirda Su-57 kabinasidan bir nechta zarba dronlarini boshqarish imkoniyatlari o‘rganilmoqda… Qiruvchi o‘zi bilan ikkitadan to‘rttagacha "Ovchilarni" ergashtirib boradi", deya xabar bergan edi.
Su-57 va "Ovchi" dronining sun’iy ongini (SO) jangovar qo‘llanilishgacha bo‘lgan davrgacha xolis tahlil qilish mumkin emas, ammo shunday bo‘lsada, bilvosita xususiyatlari, e’lon qilingan materiallar va "sizdirmalarga" qarab, rossiyalik mutaxassislar qanchalik oldinlab ketganini tushunish mumkin.
Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2021
Rus “ovchisi” - AQSh va Turkiya dronlari bilan solishtirilganda
Su-57 sun’iy ongi jangovar boshqaruv tizimiga integrallashtirilgan va hatto boshqariluvchi qiruvchi oldindan tayerlangan dastur bo‘yicha 90 % vazifalarni inson ishtirokisiz bajarishi mumkin.
Agar uchuvchi jangda jarohat olsa yoki o‘ldirilsa, Su-57ning elektron "ongi" nishonlarni muvaffaqiyatli yo‘q qilish imkonini taqdim etadi va avtomatik rejimda bazaga qaytadi.
Sun’iy ongga ega uchuvchisiz "Ovchi" mana bir necha oydirki poligonda raketa qurollari yordamida nishonlarni avtonom tarzda tutish va yo‘q qilish algoritmini o‘zlashtirmoqda va kelajakda bu ishlarni Su-57 qiruvchisi bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Birgalikdagi qo‘llanilishda 20-tonnalik "Ovchilar" stels-dronlari uni olib boruvchi boshqariluvchi Su-57 muvofiqlashgan holda havo va yerdagi nishonlarni yo‘q qilib, to‘liq tarkibdagi masalalarga yechim topadi.
"Ovchilar"ning seriyali yetkazib berish ishlari 2024-yildan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Repetitsiya Parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Beshinchi avlod qiruvchisi Su-57 rivojlangan himoya tizimiga ega – radarlar va lazerlar, radioelektron kurash vositalari, shuningdek, davomiyligi 195 km bo‘lgan eng yangi "havo – havo" K-77 va R-37M (davomiyligi 400 km) raketalariga.
Su-57 ning ustuvorligi va quroli xavf(nishon)ni amerikaning F-22 va F-35 qiruvchilariga qaraganda kattaroq masofadan turib aniqlash va yo‘q qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Shunday bo‘lsada, "Suxoy"ning eng muhim quroli – yerdagi, suv ustidagi va suv ostidagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan gipertovushli raketalardir. Poligon sinovlari muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Jahon bozorini zabt etish

Su-57 havoda ustuvorlikni zabt etish uchun yaratilgan va texnologik jihatdan amerikaning beshinchi avlod qiruvchisi F-22 Raptor unga yeta olmaydi, bu yerda "omadsiz" F-35 haqida gapirmasa ham bo‘ladi (boz ustiga ikkalasi ham tor mutaxassislikka ega). Su-57 jangda qiruvchi, shturm qiluvchi yoki og‘ir dronlar uchun havodagi qo‘mondonlik punkti sifatida xizmat qilishi mumkin.
"Suxoy"ning eng asosiy afzalligi – o‘ta yuqori manevrlilik va dushman radarlari uchun kam ko‘rinishidir, u tovush tezligidan yuqori tezlikda uzoq vaqt ucha oladi, bortidagi arsenali ham salmoqli – turli oilalarga mansub, ju jumladan, kemalarga qarshi uchish masofasi 250 kmgacha bo‘lgan kichik, o‘rta va katta tezlikda uchadigan raketalar.
Vozdushniy parad Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2020
Rossiya qaysi davlatga birinchi bo‘lib yangi Su-57 qiruvchilari sotadi
Qiruvchi pomexlarga qarshi o‘ta yuqori darajadagi apparaturalar va ko‘p kanalli qurol tizimlari bilan jihozlangan, soatiga 2600 kmgacha tezlikni oshirishga qodir. Tovush tezligigacha amaliy harakatlanish tezligi - 5500 km. Qisqa muddatli uchish va qo‘nish uchun samolyotga allaqanday maxsus aerodromlar talab qilinmaydi.
Su-57 dunyodagi eng mukammal va qudratli qiruvchilardan biri sifatida tan olingan. Noyob xususiyatlari qiruvchiga xalqaro qurol bozorida muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi, va Su-57 xorijlik buyurtmachilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
"Rosoboroneksport" bosh direktori Aleksandr Mixeyev 1-iyun kuni Rossiyaning yangi qiruvchisini xarid qilish borasida 4-5 mamlakat o‘ylab turganini ma’lum qildi. Amerikaning Military Watch nashri yanada ko‘proq mamlakatlarni sanab o‘tgan.
Barrajiruyushiy dron-kamikadze ZALA Lanset na stende konserna Kalashnikov v ramkax otkritiya mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2020
Rossiyada yangi kamikadze-dronlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda
Jazoir regiondagi qo‘shnilarining harbiy-havo kuchlari kuchayishi fonida Rossiyada birinchi bo‘lib 14 ta Su-57E qiruvchi samolyotiga buyurtma joylashtirgan. Shartnoma narxi 2 milliard dollarni tashkil etadi. Su-57 samolyotining eng yirik potensial buyurtmachisi bu Hindiston bo‘lib, u tayyor mashinalarni sotib olishga va o‘z hududida litsenziyalangan ishlab chiqarish loyihasini rivojlantirish niyatida. Hindiston va Jazoirdan tashqari Su-57 qiruvchisiga Xitoy, Manma, Vyetnam, Malayziya, Eron va Turkiya katta qiziqish bildirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Qozog‘iston, Efiopiya va Misr ham virtual navbatda turishibdi.
Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi o‘ziga xos taktik va texnik xususiyatlari, oltinchi avlod texnologiyalari integratsiyasi, optimistik ishlab chiqarish istiqbollari va yuqori eksport salohiyati bilan hali bizni ko‘plab marotaba hayratga soladi. To‘rtinchi avlod qiruvchilari asta-sekin eskirib borayotgani bois chet ellik buyurtmachilar soni muntazam o‘sib borishi kutilmoqda, boz ustiga Su-57 samolyoti bugungi kunda va yaqin istiqbolda jahon bozorida munosib raqobatchiga ega ham emas. Faqat 2018-yildan beri Rossiyada ishlab chiqarilayotgan istiqbolli MiG-41 qiruvchi-tutqichini hisobga olmaganda.
Yangiliklar lentasi
0