https://oz.sputniknews.uz/20210529/pentagon-f-35a-va-reaper-uchuvchisiz-apparatlaridan-nega-voz-kechmoqda--18971515.html
Pentagon F-35A samolyoti va MQ-9 uchuvchisiz apparatidan nega voz kechmoqda
Pentagon F-35A samolyoti va MQ-9 uchuvchisiz apparatidan nega voz kechmoqda
Sputnik O‘zbekiston
AQShning ushbu eng yangi o‘ta qimmat samolyoti va uchar apparatlari intensiv jang maydonida, texnik rivojlangan raqib bilan kurashda - foydasiz deb tan olindi. 29.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-29T02:36+0500
2021-05-29T02:36+0500
2021-05-29T02:40+0500
kolumnistlar
aqsh
f-35
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0d/15773486_38:0:1000:541_1920x0_80_0_0_4330cf8b4fd6164839239032ebee384f.jpg
Rossiya va Xitoyning yuqori texnologiyalari qurollarini tahlil qilganidan so‘ng Pentagon o‘zining “eng yangi” ko‘p maqsadli F-35A qiruvchi samolyotlarini hamda razvedka-jangovar MQ-9 Reaper – uchuvchisiz apparatlarini utilizatsiya qilishga qaror qildi. Chunki intensiv janglarda ular keraksiz ekani ma’lum bo‘ldi. Beshinchi avlod qiruvchi samolyoti - F-35ning taqdiri borasida AQShda hali ham diskussiya to‘xtagani yo‘q. Bir necha kun oldin AQSh Havo-harbiy kuchlari (HHK) ushbu loyiha muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqqanini tan olishgan va “F-35 ommaviy ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan har qanday ma’noda qimmat prototipligicha qoldi” degan xulosaga kelishgan edi. Ko‘rinmas qiruvchi samolyot F-35Aning dastlabki modifikatsiyasi texnik rivojlangan raqib bilan kurashda foydasiz deb tan olingan va yaqin kelajakda armiya safidan chiqarilib metallomga yuborilishi mumkin deb tan olingan edi. Razvedkachi-jangovar dron Reaper MQ-9 esa – nafaqat Rossiya balkim Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya havo mudofaa tizimidan o‘ta olmagani uchun AQSh HHK qora ro‘yxatiga tushgan. Reaper uchuvchisiz apparatining yaqin jangga qodir emasligi tan olinganidan so‘ng Pentagon HHK tarkibida ularning sonini oshirishdan voz kechdi. Bugungi kunda ularning soni 300ga yaqin. Kaliforniya shtatidaga General Atomics korxonasining ushbu apparatlarni ishlab chiqaruvchi liniyasini yopishni so‘ramoqda. Shtab boshliqlarning birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli bayonotiga ko‘ra, raqib himoya chizig‘ini kesib o‘tishi mumkin bo‘lgan jagovar platformalarga investitsiya kiritishni taklif qildi. Eslatib o‘tamiz, bugungi AQSh armiyasining havo floti – dunyod eng eski flotlardan biri. AQSh HHK tarkibidagi samolyotning o‘rtacha yoshi – 28-yildan ortiq. Bu ham hali hammasi emas. Amerikaning beshinchi avlod F-22 qiruvchilarini 2030-yilda ro‘yxatdan chiqarish boshlanadi.Havo harbiy kuchlar rahbariyati bir necha yildan buyon eskirgan tizimlardan voz kechishni talab qilmoqda va 2022-yil budjetini tasdiqlash vaqtida ular Kongressga 2026-yilga qadar eskirgan 421 dona qiruvchilarni utilizatsiya qilish haqida so‘rovnoma bilan chiqmoqchi. Ularning o‘rniga 304 dona yangi Next-Generation Air Dominance (NGAD) samolyotlari hamda 2030-yilga qadar ko‘p maqsadli MR-X samolyotlari xarid qilishni taklif qilmoqchiTahdidlardan ortda qolmaslik uchun AQSh HHK yiliga 6-7 milliard talab qilmoqda.Oq uy xabar qilishiga ko‘ra, navbatdagi mo liya yilida Petagon rejalashtirilgan 753 millard dollardan 717 milliardini oladi. Bu 2021-yilga nisbatan 10 millardga ko‘p. Harbiy xarajatlar oshayotgan bo‘lsada, texnologiyalar ortda qolmoqda. “Ko‘rinmaslar” utilizatsiyasi F-35 Lightning II samolyoti konstruktorlari eng boshidan uni effektli va qimmat, lekin yaxshi tekshirilmagan texnologiyalar asosida yasashgan edi. Ushbu samolyotlarning har biriga ulkan mablag‘ - 100 million dollar sarflangan bo‘lsada, bugungi kunda ular faqat muammo tug‘dirmoqda: - samolyot, 5 avlod uchun odatiy bo‘lgan, tovush tezligidan yuqori kreyser tezligida forsajsiz harakatlana olmaydi. Forsaj rejimida esa samolyot titilib keta boshlaydi;- F-35ning 870ta jiddiy kamchiliklari bor, ulardan 10tasi kritik ahamiyatga ega bo‘lib ular uchuvchi o‘limiga va samolyotni yo‘qotishga olib kelishi mumkin; - zamonaviy xavf va havo himoya tizimlariga samarali qarshi tura olmaydi; - avtomatik ravishda ehtiyot qismlar yetkazi berish tizimi yaxshi ishlamaydi va samolyot parkini jangovar shay holatda ushlab turish qiyin; (odatiy ALIS tizimi ishlamaydi)Hayratlanarlisi shundaki, uchish-qo‘nishi standart bo‘lgan F-35Aning eng sodda birinchi modifikatsiyalari jangovar qobiliyati eng past va eng qimmat. Ular uchun aslahalar ham eng qimmat. Eslatib o‘taman, F-35B – uchish yo‘lagi qisqartirilgan, F-35C – vertikal uchish qobiliyatiga ega bo‘lgan modifikatsiyalardir. Ayni damda F-35A – asosan uchuvchilarni o‘rgatish uchun foydalanilmoqda. Rossiya bo‘lsa eng yangi “Nebo-M” radio lokatsion stansiyalarini ishga tushirdi. Ular F-22 va-35 beshinchi avlod samolyotlarini 600 km uzoqlikda ko‘rish qobiliyatiga ega. S-400 “Triumf” zenit raketa tizimlari ham barcha ko‘rinmas obyektlarni ana shunday uzoqlikda ko‘rishi mumkin va raketlarani start nuqtasidan 400 km masofada yo‘q qilishi mumkin. Buguni kunda Rossiya S-400ni dunyoning turli nuqtalariga yetkazib bermoqda va jangovar sharoitlarda AQShning texnologik qoloqligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi shundoq ham tushunarli. Pentagon Lightning II qiruvchilari muammolarini hal qilishning turli variantlarini izlamoqda, jumladan 35A - birinchi modifikatsiyalarini ittifoqchilarga berish yoki qurolli kuchlar safidan chiqarib metallomga topshirish variantini ham. NATOning Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilari Sovet Ittifoqida ishlab chiqilgan MiG-29 (Bolgariya, Polsha), MiG-21 (Ruminiya) samolyotlaridan foydalanmoqda va bosqichma-bosqich ularni foydalanishda bo‘lgan F-16 samolyotlariga almashtirmoqda. Biorz oldin Polsha AQShdan 4,6 milliard dollarga 32 ta F-35A samolyotlarini sotib olish haqida shartnoma imzolagan edi. Lekin ushbu pulga foydalanishda bo‘lgan “ko‘rinmaslardan” ikki-uch baravar ko‘p sotib olsa bo‘ladi. Platformasi ideal emas AQSh HHK MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlarini sotib olishdan voz kechmoqda. Pentagon Markaziy qo‘mondonligining Yaqin Sharqdagi operatsiyalari kuratori, dengiz piyodalari generali Kennet Makenzi MQ-9 – yuqori darajada tayyordangan raqibga qarshi foydasiz deb atadi. HHK 2030-yillarga kelib MQ-9ni mutlai almashtirish niyatida. Uning o‘rniga keng jangovar imkoniyatlarga ega bo‘lgan jangovar dron keladi. Ularni ishlab chiqaruvchi General Atomics xulosasiga ko‘ra, MQ-9 keng imkoniyatlarga ega va undan voz kechishga hali erta deb hisoblaydi. Uning xulosaliga ko‘ra “Ushbu apparat eksperimentlar uchun ideal platforma” Razvedkachi jangovar dron MQ-9 Reaper AQSh armiyasiga 2007-yilda jangovar dron Predator o‘rniga qabul qilingan edi. 2009-yildan boshlab Al-Qoidaning Erondagi, Pokiston va Yamandagi obyektlariga zarba berib kelgan. Uchuvchisiz apparatning asosiy quroli AGM-114 Hellfire raketalari, GBU-38 va GBU-12 bombalaridir. Kelajakda ularni AIM-92 Stinger raketalari bilan jihozlash rejalashtirilgan. 2020-yilning yanvarida Bog‘dod yaqinida general Qosim Sulaymoni qanday snarad bilan o‘ldirilgani ma’lum emas, lekin o‘shanda aynan ana shu uchuvchisiz apparatdan foydalanilgan edi. Amerikaning MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlari 2021-yilning bahoridan boshlab Ruminiyada joylashtirilgan edi. Maqsad – razvedka va kuzatuv. Lekin MQ-9 Reaperning asosiy vazifasi – turli qo‘zg‘olonchilar va jihodchilar biln kurash. Chunki ularda hech qanday havo mudofaa tizimi yo‘q. Amerika uchuvchisiz apparati Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya kabi havo mudofaa tizimiga ega bo‘lgan raqibga qarshi kurashishga qodir emas. Military Watch xabariga ko‘ra, Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib tovush tezligidan tez ucha oladigan apparatlarni ishlab chiqa boshlagan. Rossiyanin sun’iy ongga ega bo‘lgan zarba beruvchi og‘ir uchuvchisz apparati – “Oxotnik” ham ishonch bilan jangovar shay bo‘lmoqda. Uni 2024-yildan boshlab qurolli kuchlarni yetkazib berish boshlanadi. G‘arbda “Ovchi”yirik masshtabli jangovar harakatlar, beshinchi avlod qiruvchilarini hamda raqibning yerdagi himoyalangan obyektlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallanganini darhol payqashdi. Payqash qiyin bo‘lgan, boqaruv vektoriga ega reaktiv dvigatelli uchuvchisiz apparat soatig 1000 kilometrgacha tezlasha oladi. Uning bortiga 6 tonnagacha jangovar yuklama ortilishi mumkin. Ovchi raqibning kuchli havo himoyasi ostida ishlashi mumkin. Pentagonda hozir bunga o‘xshash qurol yo‘q. AQShning X-47B VMS zarba beruvchi uchuvchisiz apparati loyihasi o‘n yilda “uchar tanker” darajasigacha degradatsiya qildi. AQSh havo harbiy kuchlari 2020-yil iyunida aerokosmik sohadannavbatdagi avlod zarba beruvchi uchuvchisiz apparati haqida so‘rashdi. Unda avtonomlik, sun’iy ong va mashina o‘rganish xususiyatlari bo‘lishi kerak. Reaperni almashtirish 2031-yildan keyin bo‘ladi. 70 dona modernizatsiya qilingan MQ-9 uchuvchisiz apparatlar esa – hech narsa hal qilmaydi. Amerikaliklar o‘zlari uchun noodatiy bo‘lgan mudofaa sohasida texnik protsessni “quvlab ketayotganlar” rolida bo‘lib qolishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20200724/F-35-modernizatsiyasi---tkilgan-obrning-natizhasi-14621797.html
https://oz.sputniknews.uz/20210326/sharmandali-oq-uzish-amerikaning-f-35-qiruvchisi-ozini-pushkadan-otib-qoydi-17970650.html
https://oz.sputniknews.uz/20190517/AQSh-uchuvchisiz-samolyoti-Donbassda-razvedka-olib-bordi-11526181.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0d/15773486_192:0:913:541_1920x0_80_0_0_819781fd9e3c3c2885d74c28347499de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, aqsh, f-35
Pentagon F-35A samolyoti va MQ-9 uchuvchisiz apparatidan nega voz kechmoqda
02:36 29.05.2021 (yangilandi: 02:40 29.05.2021) AQShning ushbu eng yangi o‘ta qimmat samolyoti va uchar apparatlari intensiv jang maydonida, texnik rivojlangan raqib bilan kurashda - foydasiz deb tan olindi.
Rossiya va Xitoyning yuqori texnologiyalari qurollarini tahlil qilganidan so‘ng Pentagon o‘zining “eng yangi” ko‘p maqsadli F-35A qiruvchi samolyotlarini hamda razvedka-jangovar MQ-9 Reaper – uchuvchisiz apparatlarini utilizatsiya qilishga qaror qildi. Chunki intensiv janglarda ular keraksiz ekani ma’lum bo‘ldi.
Beshinchi avlod qiruvchi samolyoti - F-35ning taqdiri borasida AQShda hali ham diskussiya to‘xtagani yo‘q. Bir necha kun oldin AQSh Havo-harbiy kuchlari (HHK) ushbu loyiha muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqqanini tan olishgan va “F-35 ommaviy ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan har qanday ma’noda qimmat prototipligicha qoldi” degan xulosaga kelishgan edi.
Ko‘rinmas qiruvchi samolyot F-35Aning dastlabki modifikatsiyasi texnik rivojlangan raqib bilan kurashda foydasiz deb tan olingan va yaqin kelajakda armiya safidan chiqarilib metallomga yuborilishi mumkin deb tan olingan edi.
Razvedkachi-jangovar dron Reaper MQ-9 esa – nafaqat Rossiya balkim Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya havo mudofaa tizimidan o‘ta olmagani uchun AQSh HHK qora ro‘yxatiga tushgan. Reaper uchuvchisiz apparatining yaqin jangga qodir emasligi tan olinganidan so‘ng Pentagon HHK tarkibida ularning sonini oshirishdan voz kechdi. Bugungi kunda ularning soni 300ga yaqin. Kaliforniya shtatidaga General Atomics korxonasining ushbu apparatlarni ishlab chiqaruvchi liniyasini yopishni so‘ramoqda.
Shtab boshliqlarning birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli bayonotiga ko‘ra, raqib himoya chizig‘ini kesib o‘tishi mumkin bo‘lgan jagovar platformalarga investitsiya kiritishni taklif qildi. Eslatib o‘tamiz, bugungi AQSh armiyasining havo floti – dunyod eng eski flotlardan biri. AQSh HHK tarkibidagi samolyotning o‘rtacha yoshi – 28-yildan ortiq. Bu ham hali hammasi emas. Amerikaning beshinchi avlod F-22 qiruvchilarini 2030-yilda ro‘yxatdan chiqarish boshlanadi.
Havo harbiy kuchlar rahbariyati bir necha yildan buyon eskirgan tizimlardan voz kechishni talab qilmoqda va 2022-yil budjetini tasdiqlash vaqtida ular Kongressga 2026-yilga qadar eskirgan 421 dona qiruvchilarni utilizatsiya qilish haqida so‘rovnoma bilan chiqmoqchi. Ularning o‘rniga 304 dona yangi Next-Generation Air Dominance (NGAD) samolyotlari hamda 2030-yilga qadar ko‘p maqsadli MR-X samolyotlari xarid qilishni taklif qilmoqchi
Tahdidlardan ortda qolmaslik uchun AQSh HHK yiliga 6-7 milliard talab qilmoqda.Oq uy xabar qilishiga ko‘ra, navbatdagi mo liya yilida Petagon rejalashtirilgan 753 millard dollardan 717 milliardini oladi. Bu 2021-yilga nisbatan 10 millardga ko‘p. Harbiy xarajatlar oshayotgan bo‘lsada, texnologiyalar ortda qolmoqda.
“Ko‘rinmaslar” utilizatsiyasi
F-35 Lightning II samolyoti konstruktorlari eng boshidan uni effektli va qimmat, lekin yaxshi tekshirilmagan texnologiyalar asosida yasashgan edi. Ushbu samolyotlarning har biriga ulkan mablag‘ - 100 million dollar sarflangan bo‘lsada, bugungi kunda ular faqat muammo tug‘dirmoqda:
- samolyot, 5 avlod uchun odatiy bo‘lgan, tovush tezligidan yuqori kreyser tezligida forsajsiz harakatlana olmaydi. Forsaj rejimida esa samolyot titilib keta boshlaydi;
- F-35ning 870ta jiddiy kamchiliklari bor, ulardan 10tasi kritik ahamiyatga ega bo‘lib ular uchuvchi o‘limiga va samolyotni yo‘qotishga olib kelishi mumkin;
- zamonaviy xavf va havo himoya tizimlariga samarali qarshi tura olmaydi;
- avtomatik ravishda ehtiyot qismlar yetkazi berish tizimi yaxshi ishlamaydi va samolyot parkini jangovar shay holatda ushlab turish qiyin; (odatiy ALIS tizimi ishlamaydi)
Hayratlanarlisi shundaki, uchish-qo‘nishi standart bo‘lgan F-35Aning eng sodda birinchi modifikatsiyalari jangovar qobiliyati eng past va eng qimmat. Ular uchun aslahalar ham eng qimmat. Eslatib o‘taman, F-35B – uchish yo‘lagi qisqartirilgan, F-35C – vertikal uchish qobiliyatiga ega bo‘lgan modifikatsiyalardir. Ayni damda F-35A – asosan uchuvchilarni o‘rgatish uchun foydalanilmoqda.
Rossiya bo‘lsa eng yangi “Nebo-M” radio lokatsion stansiyalarini ishga tushirdi. Ular F-22 va-35 beshinchi avlod samolyotlarini 600 km uzoqlikda ko‘rish qobiliyatiga ega. S-400 “Triumf” zenit raketa tizimlari ham barcha ko‘rinmas obyektlarni ana shunday uzoqlikda ko‘rishi mumkin va raketlarani start nuqtasidan 400 km masofada yo‘q qilishi mumkin. Buguni kunda Rossiya S-400ni dunyoning turli nuqtalariga yetkazib bermoqda va jangovar sharoitlarda AQShning texnologik qoloqligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi shundoq ham tushunarli.
Pentagon Lightning II qiruvchilari muammolarini hal qilishning turli variantlarini izlamoqda, jumladan 35A - birinchi modifikatsiyalarini ittifoqchilarga berish yoki qurolli kuchlar safidan chiqarib metallomga topshirish variantini ham. NATOning Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilari Sovet Ittifoqida ishlab chiqilgan MiG-29 (Bolgariya, Polsha), MiG-21 (Ruminiya) samolyotlaridan foydalanmoqda va bosqichma-bosqich ularni foydalanishda bo‘lgan F-16 samolyotlariga almashtirmoqda. Biorz oldin Polsha AQShdan 4,6 milliard dollarga 32 ta F-35A samolyotlarini sotib olish haqida shartnoma imzolagan edi. Lekin ushbu pulga foydalanishda bo‘lgan “ko‘rinmaslardan” ikki-uch baravar ko‘p sotib olsa bo‘ladi.
AQSh HHK MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlarini sotib olishdan voz kechmoqda. Pentagon Markaziy qo‘mondonligining Yaqin Sharqdagi operatsiyalari kuratori, dengiz piyodalari generali Kennet Makenzi MQ-9 – yuqori darajada tayyordangan raqibga qarshi foydasiz deb atadi. HHK 2030-yillarga kelib MQ-9ni mutlai almashtirish niyatida. Uning o‘rniga keng jangovar imkoniyatlarga ega bo‘lgan jangovar dron keladi. Ularni ishlab chiqaruvchi General Atomics xulosasiga ko‘ra, MQ-9 keng imkoniyatlarga ega va undan voz kechishga hali erta deb hisoblaydi. Uning xulosaliga ko‘ra “Ushbu apparat eksperimentlar uchun ideal platforma”
Razvedkachi jangovar dron MQ-9 Reaper AQSh armiyasiga 2007-yilda jangovar dron Predator o‘rniga qabul qilingan edi. 2009-yildan boshlab Al-Qoidaning Erondagi, Pokiston va Yamandagi obyektlariga zarba berib kelgan. Uchuvchisiz apparatning asosiy quroli AGM-114 Hellfire raketalari, GBU-38 va GBU-12 bombalaridir.
Kelajakda ularni AIM-92 Stinger raketalari bilan jihozlash rejalashtirilgan. 2020-yilning yanvarida Bog‘dod yaqinida general Qosim Sulaymoni qanday snarad bilan o‘ldirilgani ma’lum emas, lekin o‘shanda aynan ana shu uchuvchisiz apparatdan foydalanilgan edi.
Amerikaning MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlari 2021-yilning bahoridan boshlab Ruminiyada joylashtirilgan edi. Maqsad – razvedka va kuzatuv. Lekin MQ-9 Reaperning asosiy vazifasi – turli qo‘zg‘olonchilar va jihodchilar biln kurash. Chunki ularda hech qanday havo mudofaa tizimi yo‘q.
Amerika uchuvchisiz apparati Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya kabi havo mudofaa tizimiga ega bo‘lgan raqibga qarshi kurashishga qodir emas.
Military Watch xabariga ko‘ra, Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib tovush tezligidan tez ucha oladigan apparatlarni ishlab chiqa boshlagan. Rossiyanin sun’iy ongga ega bo‘lgan zarba beruvchi og‘ir uchuvchisz apparati – “Oxotnik” ham ishonch bilan jangovar shay bo‘lmoqda. Uni 2024-yildan boshlab qurolli kuchlarni yetkazib berish boshlanadi. G‘arbda “Ovchi”yirik masshtabli jangovar harakatlar, beshinchi avlod qiruvchilarini hamda raqibning yerdagi himoyalangan obyektlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallanganini darhol payqashdi. Payqash qiyin bo‘lgan, boqaruv vektoriga ega reaktiv dvigatelli uchuvchisiz apparat soatig 1000 kilometrgacha tezlasha oladi. Uning bortiga 6 tonnagacha jangovar yuklama ortilishi mumkin. Ovchi raqibning kuchli havo himoyasi ostida ishlashi mumkin. Pentagonda hozir bunga o‘xshash qurol yo‘q. AQShning X-47B VMS zarba beruvchi uchuvchisiz apparati loyihasi o‘n yilda “uchar tanker” darajasigacha degradatsiya qildi.
AQSh havo harbiy kuchlari 2020-yil iyunida aerokosmik sohadannavbatdagi avlod zarba beruvchi uchuvchisiz apparati haqida so‘rashdi. Unda avtonomlik, sun’iy ong va mashina o‘rganish xususiyatlari bo‘lishi kerak. Reaperni almashtirish 2031-yildan keyin bo‘ladi. 70 dona modernizatsiya qilingan MQ-9 uchuvchisiz apparatlar esa – hech narsa hal qilmaydi. Amerikaliklar o‘zlari uchun noodatiy bo‘lgan mudofaa sohasida texnik protsessni “quvlab ketayotganlar” rolida bo‘lib qolishdi.