O‘zbekistonda AQSh biolaboratoriyalari bo‘lmagan va bo‘lmaydi - Madaminov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMarufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz
Marufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
"Biz rasman e’lon qilamizki, O‘zbekistonda Amerika biologik laboratoriyasi bo‘lmagan, mavjud emas va bo‘lmaydi", - dedi Madaminov.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonda AQSh biologik laboratoriyalari bo‘lmagan, mavjud emas va bo‘lmaydi, dedi O‘zbekiston SSV huzuridagi Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi vabo laboratoriyasi mudiri, harbiy epidemiolog Ma’rufjon Madaminov.
Avvalroq, OAVlar AQSh dunyo bo‘ylab, shu jumladan MDH davlatlarida bir necha yuzlab biologik harbiy laboratoriyalar tashkil qilgani haqida bir necha bor xabar berilgandi.
"Biz rasman e’lon qilamizki, O‘zbekistonda Amerika biologik laboratoriyasi bo‘lmagan, mavjud emas va bo‘lmaydi", - dedi Madaminov.
Deputat Gosdumi RF, vrach-epidemiolog Gennadiy Onishenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
MDH davlatlardagi AQSh biolaboratoriyalari xavfli – Onishenko
Suveren O‘zbekiston turli davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish huquqiga ega, ammo boshqa davlatlarning biologik xavfsizligiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb ta’kidladi harbiy epidemiolog.
Madaminovning so‘zlariga ko‘ra, respublikada AQSh bilan hamkorlik doirasida rekonstruksiya qilingan yoki qurilgan va zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalar mavjud, ammo bular 2-darajali xavfsizlik laboratoriyalari - ya’ni biologik/bakteriologik qurollarning potensialni tarkibiy qismlarini yaratish uchun yaroqsiz.
"Ular Rospotrebnadzor muassasalarining laboratoriyalari singari sanitariya-epidemiologiya xizmatining milliy laboratoriyalari. Ularda harbiy tadqiqotlar olib borilmagan va hozir olib borilmayapti <...>", - dedi Madaminov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, laboratoriyalarda biologik qurol komponentlarini yaratish, namunalardan ajratilgan mikroorganizmlarni o‘zgartirish, bakteriyalar va viruslar zaxiralarini ko‘paytirish va to‘plash uchun zarur bo‘lgan laboratoriya uskunalari (sekventator, biogeneratorlar va boshqalar) mavjud emas.
Harbiy epidemiolog amerikalik mikrobiologlar hech qachon O‘zbekistondagi laboratoriyalarda ishlamaganligini aytdi.
"Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatining laboratoriyalari faqat milliy kadrlar bilan to‘ldirilgan", - deydi Madaminov.
Flagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2020
ODKB davlatlari biologik xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni ko‘rib chiqadilar
O‘zbekiston biologik qurolni taqiqlash va tarqatmaslik sohasidagi qator xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni qat’iy bajarmoqda, deya xulosa qildi harbiy epidemiolog.
Rossiya AQShning harbiy va biologik faoliyati yuzasidan bir necha bor xavotir bildirgandi.
Aprel oyida RF Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev "Kommersant" gazetasiga bergan intervusida "AQSh nazorati ostidagi tobora ko‘payib borayotgan biologik laboratoriyalarga e’tibor berish taklif qilaman. Ular g‘alati tasodif bilan asosan Rossiya va Xitoy chegaralari yaqinida paydo bo‘lmoqda", - degan edi.
Bir necha kun oldin Rospotrebnadzor sobiq rahbari, Davlat Dumasi deputati, epidemiolog-shifokor Gennadiy Onishenko bu masalada o‘z fikrlarini aytgandi. “Zamonaviy hayotda biologik qurollar "gibrid" urushning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda", - deb aytgandi ekspert Sputnik bilan suhbatda.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0