https://oz.sputniknews.uz/20210531/insoniyat-covid-26-va-covid-32-duch-kelishi-mumkin-aqsh-olimi-18996733.html
Insoniyat COVID-26 va COVID-32 duch kelishi mumkin - AQSh olimi
Insoniyat COVID-26 va COVID-32 duch kelishi mumkin - AQSh olimi
Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik olim Piter Xotez COVID-26 va COVID-32 xavfi haqida ogohlantirdi. 31.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-31T12:18+0500
2021-05-31T12:18+0500
2021-05-31T12:25+0500
dunyoda
aqsh
xitoy
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1380/97/13809784_0:287:2623:1762_1920x0_80_0_0_3e85a9aeae962f8a24152198bd12cd91.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. COVID-19ning kelib chiqishini puxta o‘rganib chiqish kerak, aks holda insoniyat COVID-26 va COVID-32 xavfiga duch kelishi mumkin, dedi amerikalik olim va AQShda koronavirus va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislardan biri Piter Xotez. RIA Novosti.Xotez yangi koronavirusning "avj olishi"ni tekshirish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun virusologlar, epidemiologlar va boshqa mutaxassislarni epidemiya boshlangan Xitoyning Uxan shahriga yuborish kerak. U yerda ular ma’lumot va kerakli namunalarni to‘plashlari kerak, deb qo‘shimcha qildi olim.Ekspertning fikriga ko‘ra, bu masalada Xitoy bilan hamkorlik qilmasdan koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumot olish qiyin bo‘ladi."O‘ylaymanki, Xitoyda yetakchi epidemiolog va virusologlar guruhi hayvonlar, odamlar, namunalar va laboratoriyalarga to‘siqsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun biz Xitoyga kuchli bosim o‘tkazishimiz kerak, shu jumladan sanksiyalar bilan", - deb qo‘shimcha qildi Xotez.Avvalroq, Oq uy bayonot tarqatdi, unga ko‘ra koronavirusning ilmiy laboratoriyadagi favqulodda holat tufayli tarqalishi versiyasi hali ham inkor etilmayapti. Xabarda AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat razvedka xizmati virus kelib chiqishining 2ta versiyasi keltiriladi: virusning hayvon va laboratoriyadan odamlarga yuqishi; 90 kun ichida razvedka ikki barobar kuch sarflagan holda ma’lumotlarni to‘plab, tahlil qilishni davom ettirishi, natijasi bo‘yicha keyin prezidentga axborot berishi kerak.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1380/97/13809784_0:41:2623:2008_1920x0_80_0_0_da9f960a7ae6912dd460daa0da29f184.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, xitoy, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, aqsh, xitoy, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Insoniyat COVID-26 va COVID-32 duch kelishi mumkin - AQSh olimi
12:18 31.05.2021 (yangilandi: 12:25 31.05.2021) Amerikalik olim Piter Xotez COVID-26 va COVID-32 xavfi haqida ogohlantirdi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. COVID-19ning kelib chiqishini puxta o‘rganib chiqish kerak, aks holda insoniyat COVID-26 va COVID-32 xavfiga duch kelishi mumkin, dedi amerikalik olim va AQShda koronavirus va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislardan biri Piter Xotez.
RIA Novosti.
"Bu XXI asrdagi uchinchi yirik koronavirus epidemiyasi yoki pandemiya (SARS va MERSdan keyin) ... Hozirgisi - hisob bo‘yicha uchinchisi. Tabiat ona bizga nima bo‘lishini aytmoqda: agar biz COVID-19 kelib chiqishini to‘liq tushunmasak COVID-26 va COVID-32 bo‘ladi", - dedi ekspert
NBC News efirida.
Xotez yangi koronavirusning "avj olishi"ni tekshirish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun virusologlar, epidemiologlar va boshqa mutaxassislarni epidemiya boshlangan Xitoyning Uxan shahriga yuborish kerak. U yerda ular ma’lumot va kerakli namunalarni to‘plashlari kerak, deb qo‘shimcha qildi olim.
Ekspertning fikriga ko‘ra, bu masalada Xitoy bilan hamkorlik qilmasdan koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumot olish qiyin bo‘ladi.
"O‘ylaymanki, Xitoyda yetakchi epidemiolog va virusologlar guruhi hayvonlar, odamlar, namunalar va laboratoriyalarga to‘siqsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun biz Xitoyga kuchli bosim o‘tkazishimiz kerak, shu jumladan sanksiyalar bilan", - deb qo‘shimcha qildi Xotez.
Avvalroq, Oq uy bayonot tarqatdi, unga ko‘ra koronavirusning ilmiy laboratoriyadagi favqulodda holat tufayli tarqalishi versiyasi hali ham inkor etilmayapti. Xabarda AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat razvedka xizmati virus kelib chiqishining 2ta versiyasi keltiriladi: virusning hayvon va laboratoriyadan odamlarga yuqishi; 90 kun ichida razvedka ikki barobar kuch sarflagan holda ma’lumotlarni to‘plab, tahlil qilishni davom ettirishi, natijasi bo‘yicha keyin prezidentga axborot berishi kerak.