https://oz.sputniknews.uz/20210518/aqsh-biolaboratoriyalari-xavfli-covid-viruslar-nimaga-qodirligini-korsatdi-onischenko-18783640.html
MDH davlatlardagi AQSh biolaboratoriyalari xavfli – Onishenko
MDH davlatlardagi AQSh biolaboratoriyalari xavfli – Onishenko
Sputnik O‘zbekiston
MDH mamlakatlaridagi biologik laboratoriyalar qanday xavf tug‘diradi, ular bilan koronavirus epidemiyasi qanday bog‘liq bo‘lishi mumkin? Bu savollarga epidemiolog... 18.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-18T14:54+0500
2021-05-18T14:54+0500
2023-04-05T18:33+0500
analitika
aqsh
xitoy
covid-19 umumjahon pandemiyasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/11/18770154_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_da8ff4acd2c3643b786c9812b55c343b.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik, Nikita Chikunov. Bir qator MDH davlatlarida va Gruziyada joylashgan Pentagon nazorati ostida bo‘lgan ilmiy laboratoriyalar Moskvada jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Rossiya ushbu markazlarda xavfli infeksiyalarni o‘rganish niqobi ostida biologik qurollar ishlab chiqarilishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Rospotrebnadzor sobiq rahbari, Davlat Dumasi deputati, epidemiolog-shifokor Gennadiy Onishenko Sputnik bilan suhbatda bunday muassasalar qanday ishlashi haqida so‘zlab berdi.Nazorat qilinmaydigan qurollarBugungi kunda biologik qurollar - ommaviy qirg‘in qurollarining eng kam nazorat qilinadigan turi bo‘lib qolmoqda. 1972-yilda qabul qilingan Biologik va zaharli qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya bilan rasmiy nazorat ta’minlanadi, deydi Gennadiy Onishenko. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1990-yillarda ushbu hujjatni imzolagan mamlakatlar Konsepsiya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmini ishlab chiqdilar. Ammo, uni ratifikatsiyasi Amerika tomonining sa’y-harakatlari bilan to‘sib qo‘yildi.Qattiq nazoratning yo‘qligi SSSR sobiq respublikalari hududida Amerika biologik laboratoriyalarining paydo bo‘lishiga olib keldi, ularning faoliyati AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday obyektlar hozir Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, O‘zbekiston va Ukrainada faoliyat ko‘rsatmoqda.Gennadiy Onishenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ayniqsa Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinida joylashgan Markaziy referens-laboratoriya jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bu muassasa eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, Pentagonning Markaziy Osiyodagi ilmiy tarmog‘iga kiradi."Laboratoriya - juda kuchli, eng yuqori himoya darajasiga ega. U yerda harbiy biologik retsepturlar ishlab chiqilmoqda. Bu joy Qozog‘iston fuqarolarining sog‘lig‘iga umuman hech qanday aloqasi yo‘q. AQShda Qozog‘iston hududida faol biologik dasturni olib borishini deyarli yashirmaydi", - deb ta’kidlaydi Rospotrebnadzor sobiq rahbari.Halokatli infeksiyalarZamonaviy hayotda biologik qurollar "gibrid" urushning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda, deb hisoblaydi Onishenko. Koronavirus pandemiyasi – infeksiya qanday zarar yetkazishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatdi."Viruslar ommaviy psixozni yaratish, siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, iqtisodiyotni qulashida samarali vosita ekanligiga ishonch hosil qildik. Koronavirus har qanday urushga qaraganda jahon iqtisodiyotiga ko‘proq zarar yetkazdi" - deydi ekspert.Shu bilan birga, hozirgi vaqtda biologik laboratoriyalar ishini to‘liq nazorat qilib bo‘lmasligi uchun virusning sun’iy kelib chiqishini isbotlashning iloji yo‘q. Tekshiruvchilarga faqat "ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalar" ko‘rsatiladi, deya xulosa qiladi mutaxassis."Ba’zida gruziyalik mutaxassislar maxsus kostumlarga kiyintirilib, bu laboratoriyalarda yurishadi. Ammo ularni eng maxfiy joylarga kiritishmaydi. U yerda qanday izlanishlar olib borilayotganini hech kim bilmaydi, chunki bu harbiy tadqiqotlar”, - deydi ekspert.Moskva bezovtaligiO‘tgan yilning aprel oyida Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Amerika biologik laboratoriyalariga qarshi keskin bayonot bilan chiqqandi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu obyektlarda harbiy maqsadlarda xavfli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan bo‘lishi mumkin. Zaxarova Gruziyadagi Richard Lugar nomidagi markazni misol tariqasida keltirdi."Bunday laboratoriyalarda amerikaliklar xavfli kasalliklarning turli xil qo‘zg‘atuvchilarini, shu jumladan harbiy maqsadlarda yaratish va o‘zgartirish bo‘yicha ish olib borayotganini inkor etib bo‘lmaydi", - degan edi Rossiya TIV vakili.Keyinchalik, 2021-yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev "Kommersant" gazetasiga bergan intervusida xuddi shunday fikrni bildirdi."Men AQSh nazorati ostidagi tobora ko‘payib borayotgan biologik laboratoriyalarga e’tibor berish taklif qilaman. Ular g‘alati tasodif bilan asosan Rossiya va Xitoy chegaralari yaqinida paydo bo‘lmoqda", - dedi u.RF Xavfsizlik Kengashi kotibi “tinchlikparvar sanepidem stansiyalar"ga tutash hududlarda hududga xos bo‘lmagan kasalliklar avj olganiga e’tibor qaratdi.Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
https://oz.sputniknews.uz/20200420/Hech-qanday-dalil-y-Xitoy-COVID-19-laboratoriyada-yaratgani-haqida-taxminlarni-rad-qildi-13962523.html
https://oz.sputniknews.uz/20200527/AQSh-Ukrainada-ta-khavfli-infektsiyalar-salanadigan-8-ta-laboratoriya-urdi-14225362.html
https://oz.sputniknews.uz/20190826/ASh-kompaniyasi-Navoiyda-ulkan-laboratoriya-uradi-12304239.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/11/18770154_176:0:2907:2048_1920x0_80_0_0_c44e8c808b581fd69a25f316789ed9c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, aqsh, xitoy, covid-19 umumjahon pandemiyasi, rossiya
analitika, aqsh, xitoy, covid-19 umumjahon pandemiyasi, rossiya
MDH davlatlardagi AQSh biolaboratoriyalari xavfli – Onishenko
14:54 18.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) MDH mamlakatlaridagi biologik laboratoriyalar qanday xavf tug‘diradi, ular bilan koronavirus epidemiyasi qanday bog‘liq bo‘lishi mumkin? Bu savollarga epidemiolog, RF Davlat Dumasi deputati Gennadiy Onishenko javob berdi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik, Nikita Chikunov. Bir qator MDH davlatlarida va Gruziyada joylashgan Pentagon nazorati ostida bo‘lgan ilmiy laboratoriyalar Moskvada jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Rossiya ushbu markazlarda xavfli infeksiyalarni o‘rganish niqobi ostida biologik qurollar ishlab chiqarilishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Rospotrebnadzor sobiq rahbari, Davlat Dumasi deputati, epidemiolog-shifokor Gennadiy Onishenko
Sputnik bilan suhbatda bunday muassasalar qanday ishlashi haqida so‘zlab berdi.
Nazorat qilinmaydigan qurollar
Bugungi kunda biologik qurollar - ommaviy qirg‘in qurollarining eng kam nazorat qilinadigan turi bo‘lib qolmoqda. 1972-yilda qabul qilingan Biologik va zaharli qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya bilan rasmiy nazorat ta’minlanadi, deydi Gennadiy Onishenko. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1990-yillarda ushbu hujjatni imzolagan mamlakatlar Konsepsiya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmini ishlab chiqdilar. Ammo, uni ratifikatsiyasi Amerika tomonining sa’y-harakatlari bilan to‘sib qo‘yildi.
Qattiq nazoratning yo‘qligi SSSR sobiq respublikalari hududida Amerika biologik laboratoriyalarining paydo bo‘lishiga olib keldi, ularning faoliyati AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday obyektlar hozir Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, O‘zbekiston va Ukrainada faoliyat ko‘rsatmoqda.
"Bu laboratoriyalarda yuqori malakali harbiy mikrobiologlar ishlaydi. Albatta, ular Gruziya yoki Ozarbayjon bolalarini himoya qilish uchun nimadir ishlab chiqarmaydi. Ular tabiiy virusli o‘choqlarni o‘rganish va shtammlarni olib chiqish bilan shug‘ullanadi. Ularning vazifasi oddiy - osonlikcha mahalliy sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan zaharli (o‘ta yuqumli - Sputnik) shtammlarni yaratish".
Gennadiy Onishenko
Rospotrebnadzor sobiq rahbari, Davlat Dumasi deputati, epidemiolog-shifokor
Gennadiy Onishenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ayniqsa Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinida joylashgan Markaziy referens-laboratoriya jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bu muassasa eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, Pentagonning Markaziy Osiyodagi ilmiy tarmog‘iga kiradi.
"Laboratoriya - juda kuchli, eng yuqori himoya darajasiga ega. U yerda harbiy biologik retsepturlar ishlab chiqilmoqda. Bu joy Qozog‘iston fuqarolarining sog‘lig‘iga umuman hech qanday aloqasi yo‘q. AQShda Qozog‘iston hududida faol biologik dasturni olib borishini deyarli yashirmaydi", - deb ta’kidlaydi Rospotrebnadzor sobiq rahbari.
Zamonaviy hayotda biologik qurollar "gibrid" urushning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda, deb hisoblaydi Onishenko. Koronavirus pandemiyasi – infeksiya qanday zarar yetkazishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatdi.
"Viruslar ommaviy psixozni yaratish, siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, iqtisodiyotni qulashida samarali vosita ekanligiga ishonch hosil qildik. Koronavirus har qanday urushga qaraganda jahon iqtisodiyotiga ko‘proq zarar yetkazdi" - deydi ekspert.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda biologik laboratoriyalar ishini to‘liq nazorat qilib bo‘lmasligi uchun virusning sun’iy kelib chiqishini isbotlashning iloji yo‘q. Tekshiruvchilarga faqat "ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalar" ko‘rsatiladi, deya xulosa qiladi mutaxassis.
"Ba’zida gruziyalik mutaxassislar maxsus kostumlarga kiyintirilib, bu laboratoriyalarda yurishadi. Ammo ularni eng maxfiy joylarga kiritishmaydi. U yerda qanday izlanishlar olib borilayotganini hech kim bilmaydi, chunki bu harbiy tadqiqotlar”, - deydi ekspert.
O‘tgan yilning aprel oyida Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Amerika biologik laboratoriyalariga qarshi keskin bayonot bilan chiqqandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu obyektlarda harbiy maqsadlarda xavfli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan bo‘lishi mumkin. Zaxarova Gruziyadagi Richard Lugar nomidagi markazni misol tariqasida keltirdi.
"Bunday laboratoriyalarda amerikaliklar xavfli kasalliklarning turli xil qo‘zg‘atuvchilarini, shu jumladan harbiy maqsadlarda yaratish va o‘zgartirish bo‘yicha ish olib borayotganini inkor etib bo‘lmaydi", - degan edi Rossiya TIV vakili.
Keyinchalik, 2021-yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev "Kommersant" gazetasiga bergan intervusida xuddi shunday fikrni bildirdi.
"Men AQSh nazorati ostidagi tobora ko‘payib borayotgan biologik laboratoriyalarga e’tibor berish taklif qilaman. Ular g‘alati tasodif bilan asosan Rossiya va Xitoy chegaralari yaqinida paydo bo‘lmoqda", - dedi u.
RF Xavfsizlik Kengashi kotibi “tinchlikparvar sanepidem stansiyalar"ga tutash hududlarda hududga xos bo‘lmagan kasalliklar avj olganiga e’tibor qaratdi.