Markaziy Osiyoda “tolibonga qarshi front” tashkil qilish - Shoygu missiyasi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu na poligone "Donguz", gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya "Sentr-2019".
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu na poligone Donguz, gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya Sentr-2019. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari orasida 2021 – 2025-yilga mo‘ljallangan Strategik hamkorlik dasturi imzolandi.
Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik harbiy-siyosiy tashabbuslari AQShning ana shunday harakatlaridan ustun kelmoqda. Bunga Rossiya va O‘zbekiston orasida ishgan tushgan yangi strategik hamkorligi tashabbusi hamda Tojikiston bilan birlashtirilgan havo mudofaa kuchlari tizimi yaratilishi misol bo‘lishi mumkin.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 27-aprel kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif doirasida O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan halqaro va hududiy xavfsizlik muammolari yuzasidan hamda ikki tomonlama hamkorlikning dalzarb masalalari borasida muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Yangi hamkorlik dasturi

28 aprel kuni Ikki davlat mudofaa vazirliklari orasida 2021 – 2025-yilga mo‘ljallangan Strategik hamkorlik dasturi imzolandi. Ushbu hujjat O‘zbekiston va Rossiya orasida harbiy – texnik hamkorlikni rivojlantirish, munosabatlar ruhini mustahkamlashga qaratilgan.
Undan tashqari ikki davlat orasida harbiy xavfsizlikni ta’minlashda, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda hamda O‘zbekiston armiyasining jangovar potensialini mustahkamlashda va harbiy kadrlar tayyorlashda ikki tomonlama tadbirlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Afg‘onistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda - Shoygu
Shunday qilib, Rossiya AQShning strategik tashabbuslarini qo‘lga kiritdi desa bo‘ladi. Biroz oldin AQSh Afg‘onstondan qo‘shinlarni olib chiqqanidan so‘ng, O‘zbekistonni “zahira aerodrom” sifatida foydalanishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin “janubiy xavf” oldida Toshkent yanada ishonchliroq hamkor faydasiga qaror qabul qilgan. “Xonobod voqeasi” hamda afg‘on hukumatini xavf ostida qoldirish AQShning obro‘yini oshirmaydi.
Biroz oldin Rossiya mudofaa vaziri Tojikistonga tashrif buyurib KXShT mudofaa vazirlari majlisida ishtirok etgan edi. Majlisda Sergey Shoygu Rossiya va Tojikiston havo mudofaasi tizimlarini birlashtirish haqida e’lon qildi. Ushbu chora hududda davlat chegaralarini qo‘riqlash darajasini sezilarli mustahkamlaydi. So‘nggi vaqtlarda xalqro terrorchi guruhlar qo‘lbola yasalgan jangovar uchuvchisiz apparatlardan tez-tez foydalanmoqda.
O‘zbekiston va Tojikistonga 2 kunlik tashrifi doirasida Sergey Shoygu kollektiv xavfsizlik chegaralarini sezilarli mustahkamlashga va Markaziy Osiyoda vaziyat keskinlashgan taqdirda “tolibonga qarshi umumiy front” tashkil etishni taklif qildi.

O‘zbekiston tanlovi

2021 – 2025-yillarga mo‘ljallangan Rossiya va O‘zbekiston strategik hamkorligining yangi dasturi ikki tomon zimmasiga ko‘p vazifalarni yuklaydi. Toshkent va Moskva orasida ushbu borada hamkorlik ancha oldin rivojlana boshlagan edi. Ikki davlat harbiylari yil davomida 70dan ortiq qo‘shma tadbirlarda ishtirok etishadi. O‘zbekistonning KXShTga qaytishi haqida hozircha gap ketayotgani yo‘q, lekin haqiqat shunday-ki, Toshkent tashkilotga a’zo bo‘lmasa-da, KXShTning “xavfsizlik soyaboni” ostida qolmoqda.
O‘zbekiston harbiy-siyosiy ittifoqlarga kirmaslikni ma’qul ko‘radi. Respublika qonunchiligida milliy armiyaning xorijiy mojarolarda ishtirok etishi, O‘zbekiston hududida xorijiy harbiy bazalar joylashtirilishini ta’qiqlaydi. Lekin O‘zbekiston harbiylari doimiy asosida Rossiya harbiylari bilan aksilterror o‘quv-mashqlarida ishtirok etib kelmoqda. Rossiya va O‘zbekiston hamkorlik dasturida bir qator qo‘shma manyovrlar sonini oshirish belgilangan.
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi: qanday masalalar muhokama qilinadi
Ikkinchidan, Rossiya – O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorligi doirasida 12ta shartnomalar amalga oshirilmoqda. Ular asosida Rossiyadan O‘zbekistonga Su-30SM yangi qiruvchi samolyotlari, zarba beruvchi Mi-35M vertolotlari, radiolokatsion majmualar yetkazib berilmoqda.
Yana bir shartnoma asosida O‘zbekistonga K53949 "Tayfun" - jangovar mashinalar yetkazib berilmoqda. 2016-yildan buyon Toshkent Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy texnika mahsulotlarini ichki narxlarda sotib olmoqda. O‘zbekiston KXShTga a’zo bo‘lmagan davlatlar orasida ana shunday imtiyozga ega bo‘lgan yagona davlatdir.
Shuningdek, O‘zbekistonda Rossiyaning 4x4 va 6x6 formulali "Ural" yuk avtomoillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Rossiyadan qurol-aslaha sotib olishga va birlalikda o‘quv mashqlari o‘tkazishdan manfaatdor. 2018-yilda O‘zbekiston mudofaav vaziri Abdusalom Azizov va Sergey Shoygu havo hududidan birgalikda foydalanish haqida shartnoma imzolashgan edi.
O‘zbekiston va Rossiya orasida harbiy texnik hamkorlikning rivojlanishi – toobora oshib orayotgan umumiy xavflarga nisbotan o‘rinli javob chorasidir.

Tojikiston osmoni

Rossiyaning Tojikistonga ko‘rsatayotgan harbiy va harbiy-texnik yordami strategik,beg‘araz va doimiy xarakterga egadir. Bu Moskvaning rasmiy nuqtayi nazari bo‘lib, so‘nggi yillarda o‘tkazilayotgan qo‘shma o‘quv-mashqlar hamda qurol yetkazib berish bilan baholanadi. Yangi shartnoma asosida Tojkistonga S-300 zenit raketa tizimlari yetkazib yeriladi hamda havodagi vaziyat borasida axborot almashish yo‘lga qo‘yiladi. 2019-yilning oktabr oyida Tojikistonda joylashgan Rossiya 201-harbiy bazasiga S-300PS – ZRT ning bir divizioni olib kelingan edi. Bu minimal miqdordagi tizim bo‘lib unda 30ga yaqin mashina bor, jumladan qo‘mondonlik punkti, radarlar va raketa uchirish ustanovkalari.
Dastlab, zenit-raketa majmualari 201-harbiy baza yaqinida ishga tushirildi, lekin 2021-yilda, mutaxassislar o‘qitilganidan so‘ng, S-300 majmuasi Tojikiston harbiylariga topshirilishi kerak edi.
Bugungi kunda Tojikiston havo mudofaa tizimi tarkibida Dushanbedagi bir zenit raketa polki, navbatchi radarlarga ega bo‘lgan alohida radiotexnik batalon bor. Lekin bugungi kunda ularni ham yangilash vaqti kelgan. Boshqa tomondan Rossiyada ham S-300 tizimlari yangilangan S-400 tizimlari bilan almashtirilishi natijasida hali zamonaviy bo‘lgan o‘nlab S-300 tizimlari muomaladan chiqarilmoqda.
Birlashtirilgan Rossiya va Tojikiston havo mudofaa tizimi Markaziy Osiyo hududida sinergiya effektiga erishish imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va O‘zbekiston 1995-yildan buyon MDH havo mudofaa tizimiga kritilgan. Bugungi kunda ushbu tizimda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
“Tolibon”* Afg‘oniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
Tizimning asosiy vazifasi – MDH havo chegaralarini qo‘riqlash, havo-kosmik vaziyat haqida o‘zaro axborot almashishni nazarda tutadi. Uning tarkibiga 20 ga yaqin aviatsiya bo‘limlari, 50dan ortiq zenit raketa va radiolokatsion qo‘shin tizimlari hamda 10ta hava mudofaa kuchlari va radioelektron kurash bo‘linmalari kiradi. Birlashgan tizim doirasida Rossiya Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Kavkaz hudularida birlashgan havo himoya tizimlari yaratilmoqda.
2020 yilning sentabr oyida bo‘li bo‘tgan MDH birlashgan havo mudofaa tizimlari o‘quv mashqlarida barcha 7 mamlakat harbiylari ishtirok etishgan edi. Shuningdek 60ta qiruvchi samolyot hamda bombardimonchi, hujumchi va uzoq aviatsiya va strategik raketa tashuvchi samolyotlar ishtirok etgan edi. MDH birlashgan kuchlari navbatchi bo‘linmalari havo mudofaa tizimlarini chegarabuzarlarga nisbatan qo‘llash mexanizmlari tekshiruvdan o‘tgan.
Albatta bunday choralar ko‘rishni tashqi vaziyat talab etmoqda. AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqishi munosabati bilan, terrorchi guruhlarning shimolga va Markaziy Osiyo mamlakatlari tomoniga yoyilish havfi ortadi. So‘nggi 5-yilda Rossiya Tojikistonga umumiy qiymati 120 million dollardan ortiq mahsulot yetkazib berdi, sabab – qo‘shni Afg‘onistondagi xavfli vaziyat.
Yangiliklar lentasi
0