Afg‘onistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda - Shoygu

© Fotoxost-agentstvo sco-russia2020.ru / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda – Rossiya mudofaa vaziri
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda, shu munosabat bilan Rossiya va Tojikiston ushbu yo‘nalishdagi tahdidlarni birgalikda qaytarish ustida ish olib bormoqda, dedi seshanba kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu. RIA Novosti xabariga asosan.
"Qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning tanazzulga uchrashi fonida biz birgalikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni qaytarishni rejalashtirmoqdamiz, mashqlar davomida o‘zaro amaliy aloqalar masalalarini ishlab chiqmoqdamiz", - dedi Shoygu Dushanbedagi hamkasbi Sherali Mirzo bilan muzokaralarda.
O‘tgan hafta respublikada 201-Rossiya harbiy bazasi va Tojikiston Qurolli Kuchlari bilan birgalikda qo‘shma taktik mashqlar bo‘lib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkalasining umumiy vazifasi - Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, "shuni hisobga olgan holda biz Tojikiston tomonini qo‘llab-quvvatlamoqdamiz, mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka, 201-Rossiya harbiy bazasi faoliyatiga e’tibor kuchaytiramiz", - dedi Shoygu.
Yangiliklar lentasi
0