Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi: qanday masalalar muhokama qilinadi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Ertaga u o‘zbekistonlik hamkasbi Bahodir Qurbonov bilan muzokara o‘tkazadi. Uchrashuv Buxoroda bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Sergey Shoygu Tojikistonga tashrif buyurdi. U yerda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon qabulida bo‘ldi. Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va KXShT mudofaa vazirlari kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Sergey Shoygu KXShT davlatlari mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishida qatnashdi va Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Yangiliklar lentasi
0