https://oz.sputniknews.uz/20210408/ukraina-nato-18235028.html
Kim “Ukraina NATOga qabul qilinadi” degan gaplar bilan Rossiyani provokatsiya qilmoqda
Kim “Ukraina NATOga qabul qilinadi” degan gaplar bilan Rossiyani provokatsiya qilmoqda
Donbassda urush, yaʼni "Rossiya hujumi"ni kutish borasidagi keskinlikni kuchaytirish - Kiyevning asosiy provokatsiyasi emas. 08.04.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-04-08T21:08+0500
2021-04-08T21:08+0500
2021-04-09T02:08+0500
kolumnistlar
aqsh
yevropa ittifoqi
ukraina
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/63/52/635249_0:143:3135:1906_1920x0_80_0_0_e444e835bb47044117dc0120e9d85406.jpg
Vladimir Zelenskiy seshanba kuni aytgan bayonoti bundan ham xavfliroq:"Biz armiya va mudofaa sektorini isloh qilishga intilmoqdamiz, ammo yagona islohotlar bilan Rossiyani toʻxtatib boʻlmaydi. NATO - bu Donbassda urushni toʻxtatishning yagona yoʻli. NATOga aʼzo boʻlishga qaratilgan harakatlarning rejasi Rossiya uchun haqiqiy signal boʻladi".Buni Ukraina prezidenti NATO bosh kotibi Stoltenbergga aytdi – shuningdek, Zelenskiy shu kunning oʻzida Buyuk Britaniya va Kanada bosh vazirlari bilan suhbatda yana takrorladi.Zelenskiy bu rejada Ukrainaning NATOga integratsiyasining aniq qadamlari va qoʻshilish muddatini - bunda qisqa muddat belgilanishini istaydi. Yaqinda uning bosh vaziri Ukrainaning alyansga (va YEIga) besh-olti yil ichida qoʻshilishi mumkin, deb aytgandi.Zelenskiy bayonotiga NATO davlatlari reaktsiyasini bashorat qilish mumkin - Vashingtonda bu masalani NATOning barcha davlatlari hal qilishi kerak, degan umumiy soʻzlarni aytishmoqda (yaʼni - yoʻq), Berlinda esa "Ukraina oʻz siyosiy talablarni erkin tanlash huquqiga ega, ammo hozirda aʼzolik sari boshqa qadamlar koʻzda tutilmagan" degan fikrda.Nahotki Zelenskiy Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qabul qilinishiga ishonadi? Ha - va bu Ukrainaning mavjud boʻlishiga hukm.Chunki Ukraina NATO aʼzosi boʻla olmaydi. Ha, SSSR parchalangan soʻng tarixiy Rossiya hududining bir qismida tashkil etilgan Ukraina davlati shunchaki Ikkinchi Jahon urushidan keyin anglo-saksonlar tomonidan SSSRga qarshi turish uchun yaratilgan Shimoliy Atlantika alyansning bir qismi boʻlishi mumkin emas. Ukraina elitalari buni xohlashi mumkin, baʼzi odamlar (hatto uning katta qismi) hozir bu qadamni qoʻllab-quvvatlashi mumkin, ammo bu mumkin emas va bunday boʻlmaydi. Nima uchun? Chunki NATO Rossiyani tiyib turishga qaratilgan (u qanday shaklda boʻlishidan qatʼi nazar), Ukraina – bu tarixiy Rossiyaning bir qismi.Axir, ular Ukrainani Rossiyaga qarshi davlat sifatida qayta oʻzgartirishga harakat qilishmoqda - nega u mamlakatimizga qarshi raqiblar tomonida boʻlmasligi kerak?Chunki Ukraina aslida subʼyektiv emas - bu Rossiya va Gʻarb oʻrtasida kurash olib borilayotgan obʼyekt. Gʻarb Rossiyadan uning hududining eng muhim qismini olib qoʻyish, geosiyosiy chegaralarni eng katta taqsimotini uyushtirish va Rossiyani sharq tomon siqib chiqarishga harakat qilmoqda.Rossiya uchun Ukrainaning oriyentir olishi muhokama qilinmaygan savollardan biri: biz shunchaki davlatchiligimiz manbai va asosini tashkil etadigan narsani yoʻq boʻlib ketishiga yoʻl qoʻya olmaymiz. Ikki davlatga vaqtincha boʻlinishiga (tariximizda oldin allaqachon boʻlgan) chidasa boʻladi, biroq Atlantizatsiya, yaʼni Ukrainaning xorijiy geosiyosiy makonga qoʻshilishi va nafaqat Yevropa (yaʼni baʼzan dushmanlik, baʼzan shunchaki Rossiyaga qarshi), balki Atlantika (mohiyatiga koʻra dushmanlik) Rossiya uchun mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Rus tsivilizatsiyasi uchun - hatto hozirgi Ukrainada ham, ukrain xalqi shaklida, shubhasiz, kichik ruslar (malorosslar) hisoblanadi.Shuning uchun Ukrainaning geosiyosiy qarashli boʻlish masalasi Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlar sohasiga tegishli - va agar mamlakatimiz uchun bu muhokama qilinmaydigan masala boʻlsa, unda Gʻarbning pozitsiyasi u qadar muhim emas. Hatto soʻzda emas, balki amalda.Gʻarb Ukraina uchun Rossiya bilan real kurashishga tayyormi? Yoʻq, chunki uning uchun xavf ostida boʻlgan narsa Rossiya kabi muhim boʻladigan narsa mavjud emas. Bu Gʻarbning ikkala qismiga ham tegishli - ham anglo-saksonlar, ham yevropaliklar (yaʼni nemislar), albatta, nafaqat Ukraina va Rossiyaning vaqtincha boʻlinishini doimiyga oʻtkazish, shuningdek, Ukrainani oʻz safiga qabul qilish, uni oʻzlarining tarixiy makoniga aylantirish, geosiyosiy loyiha doirasiga kiritishni istashmaydi. Ammo buning uchun Gʻarb nafaqat Rossiyaning qarshiligini sindirishi kerak (aytgancha, buning ilojisi yoʻq - bu alohida masala) - u uzoqqa choʻziladigan tarixiy tanlovni amalga oshirishi zarur.Gʻarb Rossiya bilan raqiblik munosabatlariga strategik ravishda umid qilishi kerak boʻladi, yaʼni Ukrainani egallab olish bilan u Rossiyani ochiqcha dushman davlatga aylantiradi. Hozirda axborot urushlarida tasvirlangan xayoliy dushman emas, balki haqiqiy dushman. Chunki ruslar "Rossiya shaharlari onasi"ni yoʻqotish bilan hech qachon murosaga kelmaydi - demak, Gʻarb va umuman Yevropaning keyingi hayoti va geosiyosiy rejalashtirishning butun strategiyasi bu oddiy haqiqatga boʻysunishi kerak. "Ruslar doim oʻz pullarini olish uchun kelishadi. Va ular kelganda, sizni oqlash uchun imzolagan ikkiyuzlama kelishuvlarga umid qilmanglar", - Otto fon Bismark hech qachon aytmagandi ("Rossiyaning qudratiga faqat undan Ukrainani ajratib olish bilangina zarar yetkazilishi mumkin"), ammo kantsler juda aniq yozgandi:"Urushning eng muvaffaqiyatli natijasi ham hech qachon Rossiyaning parchalanishiga olib kelmaydi, uni millionlab rus yunon dindorlari qoʻllab-quvvatlaydi. Bu ikkinchisi, hatto xalqaro shartnomalar natijasida ajratilsa ham, bir-biridan ajratilgan simob tomchilari singari tezda birlashadi. Rus millati davlatining bu buzilmas holati oʻz iqlimi, oʻz makoni va boriga qanoat qilish bilan, shuningdek oʻz chegaralarini doim himoya qilish zarurligini anglash orqali qudratli. Bu Davlat hatto toʻliq magʻlubiyatga uchraganidan keyin ham, bizning avlodimiz, revansh olishga intilayotgan raqib boʻlib qoladi"Gʻarbda kim rus revanshi bilan oʻynamoqchi? Gʻarbda kim Ukrainani real oʻgʻirlab, atlantizatsiya qilinishi mumkinligiga ishonadi? Juda goʻl va tarixdan umuman bexabar boʻlganlar - yoki Yevropa uchun qaygʻurmaydiganlar, ataylab ruslar va yevropaliklar orasiga nifoq solishni xohlaganlar. Atlantika elitasida shundaylar bormi? Albatta, ammo hozirgi elitaning asosiy qismi (shu jumladan, strategik fikrlovchi tahlilchilar) hatto Ukrainani atlantizatsiya qilish gʻoyasi qaltis ish ekanligini tushunishadi. Har qanday holatda - Yevropa uchun xavfli. Yevroittifoq yoki alohida mustaqil davlatlar formatida.Umuman olganda, yagona Yevropaning muvaffaqiyatli - hozirgacha qurilishi, shubhasiz, baʼzi Yevropa elitalarining reallikni anglash tuygʻusiga taʼsir koʻrsatdi. Ulardan baʼzilari sodiq atlantistchilar boʻlib, hamma narsa faqat yagona Gʻarbning irodasi va kuchiga bogʻliq deb ishonish, tarixiy saboqlarni unutish va qoʻshni tsivilizatsiyalarga eʼtibor bermaslik mumkin. Atlantika (anglo-sakson) globallashuv loyihasining inqirozini aniqlagan holda ham, Yevropa elitalarining yana bir qismi Yevropa integratsiyasi ustidan nazoratni saqlab qolish qobiliyatiga - uni anglosakslardan ajratib, oʻzini oʻzi taʼminlaydigan Yevropa qalʼasini barpo etishga ishonishadi.Ammo hatto bunday mustaqil, yagona Yevropa ham, asosiy qoʻshnisi, Rossiya bilan munosabatlarning yoʻqligi, ayniqsa u bilan dushmanlik munosabatlariga dosh berolmaydi. Yagona Yevropani yoʻqotish uchun Ukrainani ortidan quvib ketilmoqdami? Yevropaliklar hali koʻr-koʻrona ochkoʻzlik darajasiga yetishishmadi.Ularga nima qoladi? Rossiya qandaydir tarzda oʻzi zaiflashadi, umidsizlikka tushib qoladi degan umid - keyin u aniq Ukrainaga vaqt topolmaydi. Aynan oʻsha paytda Ukraina haqiqatan ham harbiy-siyosiy soyabon ostiga olinishi mumkin.Ammo bu umid yildan yilga susayib bormoqda va Yevropaning ham, Rossiyaning ham rivojlanish tendentsiyalari esa - hattoki global vaziyat - bunday hisob-kitoblarni tobora koʻproq xayoliy koʻrinadi.Shuning uchun, yevropaliklarda albatta, Ukrainani NATO tarkibiga qoʻshish aniq rejasi yoʻq - xuddi shu mavzudagi gaplar bilan Rossiyani gʻazablantirish niyati yoʻq. Ammo shunga qaramay, Yevropada ruslarni Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qabul qilinishi haqidagi mulohazalar bilan masxara qilishga tayyor boʻlganlarni yevropaliklarning oʻzlari real va oʻta xavfli provokatorlar sifatida qabul qilishlari kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20210406/hammasi-donbass-tufayli---aqsh-evropada-nimalar-uyushtirmoqda-18184916.html
https://oz.sputniknews.uz/20210405/rossiyaning-yangi-strategik-raketa-tashuvchisi-18165308.html
https://oz.sputniknews.uz/20210402/amerika-dunyoni-nima-uchun-issiq-sovuq-qilmoqda-18118221.html
https://oz.sputniknews.uz/20210331/rossiya-garb-donbass-18065750.html
https://oz.sputniknews.uz/20210331/nima-uchun-rossiya-va-ozbekiston-harbiy-hamkorlikni-kuchaytirmoqda-18056030.html
https://oz.sputniknews.uz/20210330/rek-aqsh-rossiya-18034394.html
https://oz.sputniknews.uz/20210326/tsirkon-raketasi-rossiya-qirgoqlaridan-garb-kemalarini-haydab-yubordi-17982925.html
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Pyotr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Pyotr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/63/52/635249_201:0:2932:2048_1920x0_80_0_0_72dc736cadeaa7182f67b4e8e34a419f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Pyotr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
aqsh, yevropa ittifoqi, ukraina
aqsh, yevropa ittifoqi, ukraina
Kim “Ukraina NATOga qabul qilinadi” degan gaplar bilan Rossiyani provokatsiya qilmoqda
21:08 08.04.2021 (yangilandi: 02:08 09.04.2021) Donbassda urush, yaʼni "Rossiya hujumi"ni kutish borasidagi keskinlikni kuchaytirish - Kiyevning asosiy provokatsiyasi emas.
Vladimir Zelenskiy seshanba kuni aytgan bayonoti bundan ham xavfliroq:
"Biz armiya va mudofaa sektorini isloh qilishga intilmoqdamiz, ammo yagona islohotlar bilan Rossiyani toʻxtatib boʻlmaydi. NATO - bu Donbassda urushni toʻxtatishning yagona yoʻli. NATOga aʼzo boʻlishga qaratilgan harakatlarning rejasi Rossiya uchun haqiqiy signal boʻladi".
Buni Ukraina prezidenti NATO bosh kotibi Stoltenbergga aytdi – shuningdek, Zelenskiy shu kunning oʻzida Buyuk Britaniya va Kanada bosh vazirlari bilan suhbatda yana takrorladi.
Zelenskiy bu rejada Ukrainaning NATOga integratsiyasining aniq qadamlari va qoʻshilish muddatini - bunda qisqa muddat belgilanishini istaydi. Yaqinda uning bosh vaziri Ukrainaning alyansga (va YEIga) besh-olti yil ichida qoʻshilishi mumkin, deb aytgandi.
Zelenskiy bayonotiga NATO davlatlari reaktsiyasini bashorat qilish mumkin - Vashingtonda bu masalani NATOning barcha davlatlari hal qilishi kerak, degan umumiy soʻzlarni aytishmoqda (yaʼni - yoʻq), Berlinda esa "Ukraina oʻz siyosiy talablarni erkin tanlash huquqiga ega, ammo hozirda aʼzolik sari boshqa qadamlar koʻzda tutilmagan" degan fikrda.
Nahotki Zelenskiy Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qabul qilinishiga ishonadi? Ha - va bu Ukrainaning mavjud boʻlishiga hukm.
Chunki Ukraina NATO aʼzosi boʻla olmaydi. Ha, SSSR parchalangan soʻng tarixiy Rossiya hududining bir qismida tashkil etilgan Ukraina davlati shunchaki Ikkinchi Jahon urushidan keyin anglo-saksonlar tomonidan SSSRga qarshi turish uchun yaratilgan Shimoliy Atlantika alyansning bir qismi boʻlishi mumkin emas. Ukraina elitalari buni xohlashi mumkin, baʼzi odamlar (hatto uning katta qismi) hozir bu qadamni qoʻllab-quvvatlashi mumkin, ammo bu mumkin emas va bunday boʻlmaydi. Nima uchun? Chunki NATO Rossiyani tiyib turishga qaratilgan (u qanday shaklda boʻlishidan qatʼi nazar), Ukraina – bu tarixiy Rossiyaning bir qismi.
Axir, ular Ukrainani Rossiyaga qarshi davlat sifatida qayta oʻzgartirishga harakat qilishmoqda - nega u mamlakatimizga qarshi raqiblar tomonida boʻlmasligi kerak?
Chunki Ukraina aslida subʼyektiv emas - bu Rossiya va Gʻarb oʻrtasida kurash olib borilayotgan obʼyekt. Gʻarb Rossiyadan uning hududining eng muhim qismini olib qoʻyish, geosiyosiy chegaralarni eng katta taqsimotini uyushtirish va Rossiyani sharq tomon siqib chiqarishga harakat qilmoqda.
Rossiya uchun Ukrainaning oriyentir olishi muhokama qilinmaygan savollardan biri: biz shunchaki davlatchiligimiz manbai va asosini tashkil etadigan narsani yoʻq boʻlib ketishiga yoʻl qoʻya olmaymiz.
Ikki davlatga vaqtincha boʻlinishiga (tariximizda oldin allaqachon boʻlgan) chidasa boʻladi, biroq Atlantizatsiya, yaʼni Ukrainaning xorijiy geosiyosiy makonga qoʻshilishi va nafaqat Yevropa (yaʼni baʼzan dushmanlik, baʼzan shunchaki Rossiyaga qarshi), balki Atlantika (mohiyatiga koʻra dushmanlik) Rossiya uchun mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas.
Rus tsivilizatsiyasi uchun - hatto hozirgi Ukrainada ham, ukrain xalqi shaklida, shubhasiz, kichik ruslar (malorosslar) hisoblanadi.
Shuning uchun Ukrainaning geosiyosiy qarashli boʻlish masalasi Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlar sohasiga tegishli - va agar mamlakatimiz uchun bu muhokama qilinmaydigan masala boʻlsa, unda Gʻarbning pozitsiyasi u qadar muhim emas. Hatto soʻzda emas, balki amalda.
Gʻarb Ukraina uchun Rossiya bilan real kurashishga tayyormi? Yoʻq, chunki uning uchun xavf ostida boʻlgan narsa Rossiya kabi muhim boʻladigan narsa mavjud emas. Bu Gʻarbning ikkala qismiga ham tegishli - ham anglo-saksonlar, ham yevropaliklar (yaʼni nemislar), albatta, nafaqat Ukraina va Rossiyaning vaqtincha boʻlinishini doimiyga oʻtkazish, shuningdek, Ukrainani oʻz safiga qabul qilish, uni oʻzlarining tarixiy makoniga aylantirish, geosiyosiy loyiha doirasiga kiritishni istashmaydi.
Ammo buning uchun Gʻarb nafaqat Rossiyaning qarshiligini sindirishi kerak (aytgancha, buning ilojisi yoʻq - bu alohida masala) - u uzoqqa choʻziladigan tarixiy tanlovni amalga oshirishi zarur.
Gʻarb Rossiya bilan raqiblik munosabatlariga strategik ravishda umid qilishi kerak boʻladi, yaʼni Ukrainani egallab olish bilan u Rossiyani ochiqcha dushman davlatga aylantiradi.
Hozirda axborot urushlarida tasvirlangan xayoliy dushman emas, balki haqiqiy dushman. Chunki ruslar "Rossiya shaharlari onasi"ni yoʻqotish bilan hech qachon murosaga kelmaydi - demak, Gʻarb va umuman Yevropaning keyingi hayoti va geosiyosiy rejalashtirishning butun strategiyasi bu oddiy haqiqatga boʻysunishi kerak. "Ruslar doim oʻz pullarini olish uchun kelishadi. Va ular kelganda, sizni oqlash uchun imzolagan ikkiyuzlama kelishuvlarga umid qilmanglar", - Otto fon Bismark hech qachon aytmagandi ("Rossiyaning qudratiga faqat undan Ukrainani ajratib olish bilangina zarar yetkazilishi mumkin"), ammo kantsler juda aniq yozgandi:
"Urushning eng muvaffaqiyatli natijasi ham hech qachon Rossiyaning parchalanishiga olib kelmaydi, uni millionlab rus yunon dindorlari qoʻllab-quvvatlaydi. Bu ikkinchisi, hatto xalqaro shartnomalar natijasida ajratilsa ham, bir-biridan ajratilgan simob tomchilari singari tezda birlashadi. Rus millati davlatining bu buzilmas holati oʻz iqlimi, oʻz makoni va boriga qanoat qilish bilan, shuningdek oʻz chegaralarini doim himoya qilish zarurligini anglash orqali qudratli. Bu Davlat hatto toʻliq magʻlubiyatga uchraganidan keyin ham, bizning avlodimiz, revansh olishga intilayotgan raqib boʻlib qoladi"
Gʻarbda kim rus revanshi bilan oʻynamoqchi? Gʻarbda kim Ukrainani real oʻgʻirlab, atlantizatsiya qilinishi mumkinligiga ishonadi? Juda goʻl va tarixdan umuman bexabar boʻlganlar - yoki Yevropa uchun qaygʻurmaydiganlar, ataylab ruslar va yevropaliklar orasiga nifoq solishni xohlaganlar. Atlantika elitasida shundaylar bormi? Albatta, ammo hozirgi elitaning asosiy qismi (shu jumladan, strategik fikrlovchi tahlilchilar) hatto Ukrainani atlantizatsiya qilish gʻoyasi qaltis ish ekanligini tushunishadi. Har qanday holatda - Yevropa uchun xavfli. Yevroittifoq yoki alohida mustaqil davlatlar formatida.
Umuman olganda, yagona Yevropaning muvaffaqiyatli - hozirgacha qurilishi, shubhasiz, baʼzi Yevropa elitalarining reallikni anglash tuygʻusiga taʼsir koʻrsatdi. Ulardan baʼzilari sodiq atlantistchilar boʻlib, hamma narsa faqat yagona Gʻarbning irodasi va kuchiga bogʻliq deb ishonish, tarixiy saboqlarni unutish va qoʻshni tsivilizatsiyalarga eʼtibor bermaslik mumkin.
Atlantika (anglo-sakson) globallashuv loyihasining inqirozini aniqlagan holda ham, Yevropa elitalarining yana bir qismi Yevropa integratsiyasi ustidan nazoratni saqlab qolish qobiliyatiga - uni anglosakslardan ajratib, oʻzini oʻzi taʼminlaydigan Yevropa qalʼasini barpo etishga ishonishadi.
Ammo hatto bunday mustaqil, yagona Yevropa ham, asosiy qoʻshnisi, Rossiya bilan munosabatlarning yoʻqligi, ayniqsa u bilan dushmanlik munosabatlariga dosh berolmaydi. Yagona Yevropani yoʻqotish uchun Ukrainani ortidan quvib ketilmoqdami? Yevropaliklar hali koʻr-koʻrona ochkoʻzlik darajasiga yetishishmadi.
Ularga nima qoladi? Rossiya qandaydir tarzda oʻzi zaiflashadi, umidsizlikka tushib qoladi degan umid - keyin u aniq Ukrainaga vaqt topolmaydi. Aynan oʻsha paytda Ukraina haqiqatan ham harbiy-siyosiy soyabon ostiga olinishi mumkin.
Ammo bu umid yildan yilga susayib bormoqda va Yevropaning ham, Rossiyaning ham rivojlanish tendentsiyalari esa - hattoki global vaziyat - bunday hisob-kitoblarni tobora koʻproq xayoliy koʻrinadi.
Shuning uchun, yevropaliklarda albatta, Ukrainani NATO tarkibiga qoʻshish aniq rejasi yoʻq - xuddi shu mavzudagi gaplar bilan Rossiyani gʻazablantirish niyati yoʻq. Ammo shunga qaramay, Yevropada ruslarni Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga qabul qilinishi haqidagi mulohazalar bilan masxara qilishga tayyor boʻlganlarni yevropaliklarning oʻzlari real va oʻta xavfli provokatorlar sifatida qabul qilishlari kerak.