Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishKorabli Kaspiyskoy flotilii
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
Qora dengizga Kaspiy flotiliyasi raketa, artilleriya va desant kemalarining o‘ta noyob tarzda o‘tkazilishi – Rossiyaning janubi-g‘arbiy strategik yo‘nalishda istalgan tahdidni tezkorlik bilan qaytarishga tayyorligini namoyish etadi.
Agarda Qora dengizni shaxmat taxtasiga qiyoslaydigan bo‘lsak, u holda "sipoh"lar soni Rossiyada ko‘proq bo‘lib, qolaversa ular G‘arb tomonidan taklif etilgan harbiy-strategik o‘yinda sezilarli darajada samaradordir.
Kaspiy flotiliyasining 15ta kemadan iborat guruhi 17-aprel kuni ertalab Qrim ko‘prigi ostidan Kerch qo‘ltig‘idan o‘tib, Qora dengizning belgilangan hududi tomon yo‘l oldi. Otrad flotlararo o‘tishni amalga oshirdi, Volga-Don kanalida 13ta shlyuzni yengib, Qora dengiz flotining tezkor bo‘ysunuviga o‘tdi.
Gruzovoy sostav na Krimskom mostu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2020
Qrim ko‘prigi yana AQSh tomog‘idagi suyakka aylandi
Xuddi shu kunning o‘zida Bosfor bo‘g‘ozidan Qora dengizga Shimoliy flotning ikkita yirik desant kemalari - "Aleksandr Otrakovskiy" va "Kondopoga", sal keyin – Boltiq flotining xuddi shunday - "Kaliningrad" va "Korolov" kemalari kirib keldi. Qora dengiz floti tarkibidagi yettita katta desant kemalarini hisobga olgan holda Rossiyaning yirik desant kemalari guruhi Qora dengizda 11taga yetdi va ular o‘z bortiga uch mingga yaqin dengiz pexotalarini qurollari va bronetexnikasi (100dan ziyod tanklar) bilan olishi mumkin. Shu bilan birga desant katerlarini ham hisobdan chiqarish kerakmas.
Kaspiy flotiliyasi, Boltiq va Shimoliy flotlar kuchlari Qora dengiz floti bilan hamkorlikda javobgarlik zonasida murakkab sharoitni hisobga olgan holda tashkillashtirilgan keng ko‘lamli manyovrlarda ishtirok etmoqdalar. Ular qanotli "Kalibr" raketalari yordamida "liviya ssenariysi"ni hayotga tatbiq etish, yoki 2000 km radiusda "sahroda to‘fon" hosil qilishga qodir, ya’ni tajovuzkorni Yevropaning istalgan davlatida yo‘q qilishi mumkin.
Rossiyskie istrebiteli Su-27 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Yana Qora dengizda: Rossiya qiruvchilari Fransiya harbiy samolyotlarini to‘xtatib qoldi
Shuningdek, Qora dengiz floti va Kaspiy flotiliyasining dengiz pexotalari va qirg‘oq qo‘shinlari bo‘linmalari jalb qilingan.
Rossiyaning janubi-g‘arbiy chegaralariga shuningdek, ikkita umumqo‘shin armiyalar va HDQning uchta diviziyasi, Janubiy harbiy okrug zarba aviatsiyasi o‘tkazilgan.
Quruqlik, dengiz va havodagi qo‘shin va kuchlari qrim guruhining dengiz va havo kuchlari ehtimoliy dushmanning dengiz va havo desantlari tomonidan "qaynoq kutib olinishini" mashq qilishmoqda.

G‘arb bosimiga javob

Sharqiy Yevropada AQSh armiyasining 26 mamlakatdan 30 ming askar ishtirokidagi Defender Europe 21 mashqlari bo‘lib o‘tmoqda, Qora dengiz regionida faol fazasi may oyiga rejalashtirilgan. Bu vaqtga kelib Britaniya harbiy kemalari – esmines va kemalarga qarshi fregatlar yetib keladi – ular Amerikaning kemaga qarshi "Garpun" raketalari, shuningdek, 80 km ga qadar masofada aerodinamik nishonlarni urib tushira oladigan Sea Wolf zenit-raketa majmualari bilan qurollangan. Ma’lumki, Britaniya HDK kemalari Qora dengiz akvatoriyasida O‘rta dengizdagi "qirolicha Yelizaveta" aviatashuvchisi bortida F-35 ko‘p nishonli qiruvchi-bombardimonchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Donbassdagi jiddiy ziddiylashuvlar fonida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev avvalroq AQSh va uning ittifoqchilari Ukrainani Qrimga qarshi fitnalarga undashini aytgan edi.
RF Qurolli kuchlari "Yevropaning ehtimoliy himoyachilariga" preventiv ravishda Qrim qirg‘oqlari va Kerch bo‘g‘oziga bo‘lgan yo‘llarni yopishmoqda.
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
“Sirkon” raketasi Rossiya qirg‘oqlaridan g‘arb kemalarini haydab yubordi
Rejali harbiy manevrlar bilan bog‘liq ravishda Rossiya 2021-yilning 21-aprelidan 31-oktabriga qadar Qora dengizning ayrim tumanlarini chet el Harbiy dengiz kuchlari uchun yopmoqda. Gap uchta kema yuradigan uchastkalar haqida bormoqda: Qrimning janubiy qirg‘oqlarida (Sevastopoldan Gurzufgacha), Kerch yarim oroli qirg‘oqlari va Qrimning g‘arbiy chegaralaridagi dengizning kichik uchastkasida.
Aytish joizki, barcha cheklovlar RF hududiy suvlari ichida amal qiladi, ular xalqaro qoidalarga jiddiy mos keladi va Kerch bo‘g‘ozidagi fuqarolik yuk yetkazib berishlarga mutlaqo monelik qilmaydi.
Ukraina Harbiy kuchlari va NATOning "inqiroz mintaqasida" desant tushirishni mashq qilish mashg‘ulotlariga Rossiya Qrim qirg‘oqlarida o‘ta qudratli va o‘ta aniq nishonga oladigan qanotli raketalarga ega kema zarba guruhini tashkil etish, Qora dengiz "havo armadasi" va Janubiy harbiy okrugni shakllantirish bilan javob qaytarmoqda va uskunalar o‘rnatilmagan qirg‘oqqa o‘z desantlarini tashlash imkoniyatlarini juda ishonarli namoyon etmoqda.
Nirayushiy patrulniy korabl Straj - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Sho‘ng‘uvchi BOSS: Rossiya yangi suvosti kemasini eksport qiladi
Avvalroq, Qora dengiz akvatoriyasi ustida Janubiy harbiy okrug aviatsiyasi va Qora dengiz flotining dengiz aviatsiyasini keng ko‘lamli qo‘shma mashg‘ulotlari boshlangan edi - Su-24M va Su-34 frontal bombardimonchilari, Su- 27SM va Su-30SM ko‘p nishonli qiruvchilari juda past balandlikda raketalarni uchirish va dengiz nishonlari bo‘ylab bombardimon qilish shuningdek, Qora dengiz flotining kemalarini himoyalash va ularni kuzatib borish kabi vazifalarni hal qilmoqdalar.
Rossiya Qurolli Kuchlarining qat’iy hukmronligi sharoitida "Yevropa himoyachilari" Qora dengizdagi manevr kuchlari va vositalarida o‘ta cheklangan. Defender Europe 21 rejalarini, ehtimol, o‘zgartirish kerak bo‘ladi, ammo bu bilan NATOdagi "katta sheriklar" ning obro‘yiga putur yetadi. Pentagonning "kemada yurish erkinligi" qulagani haqidagi qo‘rqinchli bayonotlari ham shundan. Mintaqaviy vaziyat oktabrda normal holatga keladigan ko‘rinadi.
Yangiliklar lentasi
0