Ukraina prezidenti Putinga Donbassda uchrashish taklifi bilan chiqdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta Yevrosoyuza Sh. Mishelya v Kiyev
Vizit prezidenta Yevrosoyuza Sh. Mishelya v Kiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush yuz bersa, oxir-oqibat ikkala tomon ham yutqazadi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Donbassda uchrashishni taklif qildi. Zelenskiy bu haqda videomurojaatida ma’lum qildi.
Ukraina yetakchisi 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “normand to‘rtligi” siyosiy maslahatchilarining uchrashuvida vaziyatni maksimal darajada ko‘rish va tushunish uchun Donbassdagi tutashuv chizig‘ida uchrashuv o‘tkazish taklifi ilgari surilganini bildirgan.
“Men yana nimani tushunishim kerak? Menga hammasi kundek ravshan, u yerga har oyda boraman. Janob Putin, men yana borishga va sizni urush davom etayotgan Ukrainaning Donbass hududidagi istalgan nuqtada uchrashishga taklif qilishga tayyorman”, — dedi o‘z murojaatida Zelenskiy.
Otvod voorujeniy kalibrom menee 100 mm nachalsya v LNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Kim “Ukraina NATOga qabul qilinadi” degan gaplar bilan Rossiyani provokatsiya qilmoqda
Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush yuz bersa, oxir-oqibat ikkala tomon ham yutqazishini qo‘shimcha qilgan.

Donbassdagi mojaro

Donbassdagi fuqarolar urushi yetti yildirki davom etib kelmoqda. 13 ming nafarga yaqin kishi qurbon bo‘lgan. Minsk guruhi mojaroni hal qilishni muhokama qilib, uni hal etishga qaratilgan bir necha hujjat qabul qildi. Biroq otishmalar hamon davom etmoqda.
O‘tgan yilning iyul oyida sulh rejimi kuchga kirdi. Ammo fevral oyidan buyon janglar keskinlashdi, aprel oyida esa DXR Ukraina droni hujumidan bir go‘dak halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari respublikani Minsk guruhi tomonidan taqiqlangan qurol bilan o‘qqa tutmoqda.
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Moskva mojaroning keskinlashidan xavotir bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva u yerda istiqomat qilayotgan rusiyzabon fuqarolarga yordam, jumladan, insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etishini aytdi. Shuningdek, u Rossiya o‘z xohishiga ko‘ra qo‘shinlarini o‘z hududi doirasida joylashtira olishi va chegarasi yaqinida beqaror bo‘lgan mintaqa bo‘lgani uchun o‘z xavfsizligini ta’minlashi zarurligini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0