Rossiya G‘arb qanchalik Donbassni yondirishga tayyor ekanligini aniqlamoqda

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishMestnie jiteli na odnoy iz ulis v poselke Veseloe Doneskoy oblasti
Mestnie jiteli na odnoy iz ulis v poselke Veseloe Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
Kecha kechqurun Rossiya, Germaniya va Fransiya rahbarlari Donbassdagi vaziyatni muhokama qilishdi.
"Ukrainasiz Ukraina haqida" - Kiyev bir kun avval bo‘lajak videokonferensiya haqidagi ma’lumotga shunday munosabat bildirdi.
Ukraina hukumati o‘z obro‘sini saqlab qolish uchun (aniqrog‘i, uning qoldiqlari) ularni ahmoqona qilib ko‘rsatadigan ochiq bayonotlar qilishning hojati yo‘qligini hali anglamagan. Shubhasiz, buyuk derjavalar mamlakat taqdirini ular ishtirokisiz hal qilishlari haqida hech narsa qila olmaydilar. Norozilik bildirish bilan ular o‘z pozitsiyalarini kamsitilishini kuchaytiradi.
Bundan tashqari, ular o‘z obro‘sini saqlab qolish imkoniyatiga ega edilar, chunki dastlab Moskva bo‘lajak suhbat ishtirokchilarining tarkibini e’lon qilganda, Putin, Merkel va Makron nafaqat Donbass haqida muzokara o‘tkazishi, balki "muhokama qilish uchun boshqa ko‘plab masalalar mavjudligi" ko‘zlangandi.
Flag Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitiga taklif qildi
Biroq, Kiyev bayonotidan so‘ng, Kreml "Normandiya formati" bilan ishlar yomon bo‘lganini aytib, ancha aniqroq bo‘lib qoldi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi "Prezident Zelenskiy davrida Minsk chora-tadbirlari, Parijda erishilgan keyingi kelishuvlar ham umuman bir zarracha ham oldinga siljilmadi”, deya aniqlik kiritdi. Umuman olganda, diplomatik doirada bu niyatning butkul bema’niligi sababli Moskvada Ukraina rahbariyati bilan gaplashish istagi yo‘qligi haqidagi fikrni dangalroq ifoda etish qiyin.
Bundan tashqari, chegara chizig‘idagi keskinlashayotgan vaziyat va u yerga Ukraina harbiy bo‘linmalari olib keliniayotgani sababli quruq safsatabozlikka xojat yo‘q.
Minsk shartnomalari imzolanganidan beri o‘tgan olti yil davomida Donbassda bir necha bor "qaynoq" nizolar takrorlangan. Biroq, har safar ular keng miqyosli urushga aylanmasdan, alohida voqealar bilan cheklanilgan. Bu o‘tgan yilning yozida jiddiy eskalatsiya sodir bo‘ldi, u sulh bitimi bilan yakunlangandi.
Bunday holatning asosiy sababi doim G‘arbda urushni qayta boshlashga qiziqishning yo‘qligi edi, garchi vahimachilar har bir avj olishda voqea rivojining eng qayg‘uli va qonli bo‘lishini bashorat qilar edilar.
Mejdunarodnie rossiysko-indiyskie ucheniya Indra - 2017 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Eslatib o‘tish kerakki, Yevropa G‘arb sifatida Minsk kelishuvlariga deyarli majburan borgan. Kiyev frontda og‘ir mag‘lubiyatga uchragandi - uni qutqarish kerak edi. Mojaroga Rossiyani ochiqchasiga harbiy aralashishga majbur qilish ilojisi bo‘lmadi va 2015-yil boshida Ukraina atrofida va uning ichida vaziyat Yevromaydan me’morlari va umuman Rossiyaga qarshi loyihasida ko‘zda tutilganidek bo‘lmagani ayon bo‘ldi.
Natijada Donbassdagi jangovar harakatlar to‘xtatildi, keyingi voqealar esa faqat mavjud vaziyatni kuchaytirdi. Yevropa nihoyat Rossiyani o‘ylab topilgan ssenariy bo‘yicha buzib bo‘lmasligiga amin bo‘ldi va asta-sekin o‘zaro hamkorlikni tiklay boshladi - Ukrainaning harbiy avanturalarini qo‘llab-quvvatlash istak yo‘q edi. AQShda prezident almashdi, Tramp uchun Xitoy tashqi siyosiy bosimning asosiy nishoniga aylandi.
Bunga qo‘shimcha tarzda G‘arb Ukrainaning o‘zidan hafsalasi pir bo‘ldi, unga qo‘yilgan barcha orzularni aldab, ro‘yobga chiqarilmadi. Donbass masalasi, aslida, Yevropa va AQSh bilan munosabatlaridagi so‘nggi kuzir bo‘lib qoldi. U yerda muntazam ravishda harbiy nizolar qo‘zg‘atildi, Kiyev shu yillar davomida istagan yordamni olish umidida bu usul bilan e’tiborni tortdi. Ammo bu muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi - okeanning ikkala tomonida qiziqish yo‘qligi tufayli.
Obmen voyennoplennimi mejdu DNR, LNR i Ukrainoy v Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2019
Donbassda DXR va Kiyev o‘rtasida asirlarni almashish yakunlandi
Biroq yaqinda aynan shu jihatda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, bu voqealar rivojini ancha xavotir bilan kuzatishga majbur qilmoqda.
AQShda nafaqat shunchaki demokratlar, balki 2010-yillar o‘rtalarida Donbassda urush boshlanishi ortida turgan Amerika isteblishmentining vakillari hokimiyatga qaytishdi. Bundan tashqari, ularning ilk tashqi siyosiy harakatlari shunday buzg‘unchilik darajasini namoyish etdiki, ular yangi nizolarni qo‘zg‘atishda so‘zlardan amaliy ishlarga o‘tishini inkor etib bo‘lmaydi.
Okeanning bu tomonida ham vaziyat unchalik qiyin emas. YeI rusofobiya darajasini ko‘tarib, Rossiya bilan munosabatlarini so‘nggi o‘n yilliklardagi eng past darajaga tushirdi. U buni o‘zi va ixtiyoriy ravishda - Jo Bayden Oq uyga kelishdan ancha oldin amalga oshirdi. Shunday qilib, bu safar yevropaliklarning harakatlarini hech ham Vassal-ittifoqchilik munosabatlari doirasida Vashington ortidan ergashishga majbur qilish zarurati bilan bog‘lab bo‘lmaydi.
Yevropaning xatti-harakatlari ortida turgan sabablar va uning oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida bahslashish mumkin, ammo eng muhimi, bu yo‘lni qanchalik bosib o‘tishga tayyorligi. Ayni paytda ularning dolzarb savollaridan biri - bu Rossiyaga qarshi vektori yevropaliklarni Kiyevni harbiy va harbiylashgan sohalarda faol qo‘llab-quvvatlashiga olib keladimi.
Aynan shu holat Vladimir Putinning Germaniya va Fransiya rahbarlari bilan suhbatini dolzarb qiladi. Gap nafaqat pozitsiyani o‘zaro aniqlashtirish, balki Rossiya prezidenti ixtiyorida bo‘lgan dalillar arsenalini g‘arbiy yevropalik hamkasblariga - Donbassda urushni qayta boshlash - nafaqat Ukraina, balki Yevropa uchun ham juda katta zarar keltirishini yetkazish.
Oldingi katta tajriba shuni ko‘rsatdiki, Kiyev bilan bunday mavzularda suhbatlashish befoyda.
Yangiliklar lentasi
0