Donbassda DXR va Kiyev o‘rtasida asirlarni almashish yakunlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishObmen voyennoplennimi mejdu DNR, LNR i Ukrainoy v Doneskoy oblasti
Obmen voyennoplennimi mejdu DNR, LNR i Ukrainoy v Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asirlarni almashtirish jarayonini Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va YeXHT vakillari kuzatishgan. Bu ikki yil ichidagi birinchi asirlarni almashtirish.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donesk xalq respublikasi va Kiyev Donbassda asirlarni almashishni yakunlashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

DXR 60 nafar, Kiyev esa 52 nafar asirni qabul qilib olgan. Doneskka yana bir nechta respublika tarafdorlarini olib kelish kutilmoqda. Hozir DXR va Ukraina harbiylari avtobuslarda va shahar chekkasidagi Gorlovka nazorat-o‘tkazish punkti hududini tark etishga tayyor.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston
“Normand to‘rtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?

Biroz avval Lugans xalq respublikasida ham almashish o‘z nihoyasiga yetgandi. Kiyev respublikaga 63 nafar, Lugans esa 25 nafar kishini berdi. Shu bilan birga 9 kishi LXR hududiga qaytishdan bosh tortgan.

Asirlarni almashtirish jarayonini Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va YeXHT vakillari kuzatishgan.
Bu ikki yil ichidagi birinchi asirlarni almashtirish. Avvalroq DXR Kiyevga 55 kishini berish va 87 nafar o‘zining tarafdorlarini olishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0