https://oz.sputniknews.uz/20210304/Ukraina-zbekistonni-rim-platformasi-sammitiga-taklif-ildi-16124458.html
Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitiga taklif qildi
Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitiga taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Chorshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emina Japarova... 04.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-04T12:51+0500
2021-03-04T12:51+0500
2021-04-01T15:50+0500
dunyoda
ukraina
o‘zbekiston
turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi
qrim
turkiya
fransiya
buyuk britaniya
germaniya
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0d/15778123_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_8ec4113e77b41afecd19fa3be2a81b1f.jpg
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Ukraina TIV sayti ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.Avvalroq, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Vazirlar Mahkamasiga "Qrim platformasi"ni tashkil etish va ishga tushirish, qrim-tatar tili, madaniyati va Qrim aholisining huquqlarini himoya qilishni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni ko‘rish to‘g‘risida topshiriq bergandi.Chorshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emina Japarova O‘zbekiston Respublikasining ushbu mamlakatdagi elchisi Alisher Kurmanov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Japarova Kiyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ukraina Mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda va "Qrim platformasi" inauguratsiya sammitidagi ishtirok etishini mamnuniyat bilan qayd etishini tasdiqladi.Bundan tashqari, Japarova Ukrainaning Turk dunyosini birlashtiruvchi tashkilot - Turkiy Kengashda kuzatuvchi-davlat maqomini olish niyati borligiga e’tibor qaratdi, shuningdek yaqin kelajakda mamlakat uchun Islom hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomini olish muhimligini ta’kidladi.2021 yilda “Qrim platformasi” sammitining o‘tkazilishini Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba e’lon qilgandi. Sammitda yarimorolni "qaytarish" bo‘yicha muzokaralar olib borish rejalashtirilgan. Ukraina tomoni Turkiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh hamda Rossiya vakillarini diskussiyaga qo‘shilishni taklif qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210223/Tarikhni-utarish-kerakmi-ymi-Ukraina-anday-ilib-XVI-asr-ronchalariga-l-siltadi-16060312.html
ukraina
o‘zbekiston
qrim
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0d/15778123_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_a6b1a7d4925b2d0fd582e5f55a6dc9c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, o‘zbekiston, turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, qrim, turkiya, fransiya, buyuk britaniya, germaniya, aqsh
dunyoda, ukraina, o‘zbekiston, turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, qrim, turkiya, fransiya, buyuk britaniya, germaniya, aqsh
Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitiga taklif qildi
12:51 04.03.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Chorshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emina Japarova O‘zbekiston Respublikasining ushbu mamlakatdagi elchisi Alisher Kurmanov bilan uchrashdi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Ukraina TIV sayti ma’lum qildi.
RIA Novosti xabariga asosan.
Avvalroq, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Vazirlar Mahkamasiga "Qrim platformasi"ni tashkil etish va ishga tushirish, qrim-tatar tili, madaniyati va Qrim aholisining huquqlarini himoya qilishni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni ko‘rish to‘g‘risida topshiriq bergandi.
Chorshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emina Japarova O‘zbekiston Respublikasining ushbu mamlakatdagi elchisi Alisher Kurmanov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Japarova Kiyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ukraina Mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda va "Qrim platformasi" inauguratsiya sammitidagi ishtirok etishini mamnuniyat bilan qayd etishini tasdiqladi.
Bundan tashqari, Japarova Ukrainaning Turk dunyosini birlashtiruvchi tashkilot - Turkiy Kengashda kuzatuvchi-davlat maqomini olish niyati borligiga e’tibor qaratdi, shuningdek yaqin kelajakda mamlakat uchun Islom hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomini olish muhimligini ta’kidladi.
2021 yilda “Qrim platformasi” sammitining o‘tkazilishini Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba e’lon qilgandi. Sammitda yarimorolni "qaytarish" bo‘yicha muzokaralar olib borish rejalashtirilgan. Ukraina tomoni Turkiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh hamda Rossiya vakillarini diskussiyaga qo‘shilishni taklif qildi.