Ikki quyonni quvib: AQSh o‘z omborlarini Rossiya nefti bilan to‘ldirib olmoqda

© Sputnik / StringerTanker Mexanik Chebotarev
Tanker Mexanik Chebotarev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
AQSh nega boshqalarga Rossiya bilan ishlashnni ta’qiqlab, o‘zi esa omborlarini Rossiya neftiga to‘ldirib olmoqda?
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Moskva bilan munosabatlar yomonlashib, “Shimoliy oqim-2” tufayli Yevropaga bosim kuchayib borayotgan bir vaqtda, Amerika Rossiyadan sotib olinayotgan neft hajmini keskin oshirdi.
Xo‘sh, AQSh nega boshqalarni Rossiya bilan ishlashdan cheklab, lukin o‘zi omborlarini Rossiya neftiga to‘ldirib olmoqda?

Import oshirildi

O‘tgan yilda AQShga Rossiyadan neft importi 3,5 foizga oshib, so‘nggi 9-yilda kuzatilgan ko‘rsatchiqlarning maksimal nuqtasiga yetdi, deb xabar qildi AQSh energetika vazirligi. Ayni damda esa Rossiya AQShga neft yetkazib beruvchi ikkinchi davlatga aylandi. Saudiya Arabistoni esa bozorda muvozanatni saqlash uchun eksport hajmini keskin kamaytirgan.
2020 yilda AQSh Rossiyadan sutkasiga o‘rtacha 538 birrel neft oldi. Saudiya Arabistonidan esa – 522 ming barrel. Neftni asosan Valero (55 mln barrel) va Exxon (50 mln barrel) kabi eng yirik xaridorlar sotib olgan.

Boshqa oladigan joy yo‘q

Rossiya va Amerika neftni qayta ishlash zavodlari Donald Tramp tufayli Venesuela neftidan mahrum bo‘lganidan so‘ng 2019-yildan boshlab Petroleos de Venezuela S. A. Kompaniyasi tomonidan yetkazib berilayotgan neft mahsulotlari zanjiri uzilib qolgan edi.
Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2020
Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?
Ayniqsa Meksika bo‘g‘ozida joylashgan neftni qayta ishlash zavodlari eng og‘ir ahvolga tushib qolishdi. Ular orasida Citgo Petroleum, Valero Energy va Chevron zavodlari bor.
Amerika Rossiyadan neft xom-ashyosini emas benzin ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan mazut sotib oladi.
“Venesuela neftidan mahrum bo‘lib, OPEK tomonidan xom-ashyo narxini qimmatlashtirishga duch kelgan AQSh, Rossiya mazutining asosiy xaridoriga aylandi”, - deydi Adi Imsirovich, Oksford energetika izlanshlari instituti ilmiy xodimi.
OPEK tomonidan neft qazib olish hajmini qisqartirish - vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Statistik ma’lmuotlarga ko‘ra, hozir Sudiya Arabistoni AQShga 1985-yildan buyon eng kam miqdorda neft yetkazib bermoqda. Bunday vaziyatda Rossiya mazuti Amerika neft zavodlarini ish bilan ta’minlab turibdi.

Clanes nefti mojarosi

Slanes nefti sohasi pandemiya oqibatidan ham jiddiy zarar ko‘rdi. Oldin AQShda 13 million barrel neft qazib olinsa, hozir – 11 mln.ga tushib qolgan.
Dobicha slansevoy nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2020
Pulsiz qolishdi: slanes neftiga investitsiyalar minimumgacha quladi
Energiya tashuvchilarga bo‘lgan talab keskin kamayib ketishi oqibatida, ularga talab keskin kamaydi va kompaniyalar ishni to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. 150ga yaqin slanes nefti ishlab chiqaruvchilari bankrotlikka uchradi.
Birinchi navbatda bular pandemiyadan oldin ham qarzlari ko‘p bo‘lgan korxonalar bo‘ldi. Uoll—strit 2018-yilda slenes nefti ishlab chiqaruvchilariga qiziqishni yo‘qotgan edi. Sarmoyadorlar fikriga ko‘ra ushbu loyihalar foyda keltirmaydi va aksariyat loyihalar o‘zini oqlamaydi.
2020 yilda Xalqaro energetika agentlariga ko‘ra, pandemiya tufayli ularning miqdori 2 baravar kamaydi - do 45 mln. dollar.
EIA xulosasiga ko‘ra, mart oyida slanes qazib olish dunyoda sutkasiga 7,5 b mlnyu baller bo‘lishi kutilmoqda. Dunyodagi mavjud neft qazib olish maydonlarining 7tadan 6 qismida ana shunday vaziyat - Anadarko, Bakken, Nayobrara, Igl-Ford, Berman, Geynsvill va Appalachi.
Fitch prognoziga ko‘ra, slanes nefti sohasida hali 1-3 yil davomida talab qisqarishda davom etadi. Ishlab chiqaruvchilar xarajatlarni optimallashtirish va sarmoyalarni qaytarib olishni oshirish haqida o‘ylamoqda. Slanes sohasi hali yana 2-3 yil davomida oldingi holatlariga qaytmaydi.

G‘alati holat

Shunday qilib AQSh, kulguli holatga tushib qolgan: AQShning davlat energetika kursi Rossiyaga qarshi qaratilgan bo‘lsa-da, Rossiya neftiga qaramligi kun sayin ortib bormoqda, deb yozadi Bloomberg.
Burovaya ustanovka v mestorojdenii slansevogo gaza v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2020
"Ulkan azob-uqubatlar": Slanes sanoati erkin qulashda
Bir tomondan Vashington, o‘z gazini sotish maqsadida jonu-jahdi bilan Yevropani “Shimoliy oqim-2”dan voz kechishga undamoqda. Ikkinchi tomondan esa – Amerika neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neftini har qachongidan ko‘proq sotib olmoqda.
Texas shtatidagi Beytaun neft zavodlari yaqinida turgan neft tankerlari tashqi ko‘rinishidan Xyuston kanali bo‘ylab suzayotgan boshqa o‘nlab tankerlar bilan bir xil bo‘lsa-da, bir katta farqi bor: ularning trumlarida Rossiya nefti saqlanmoqda, - deydi tahliliy agentlik.
Rossiya AQShga neft yetkazib beruvchi yangi davlatga aylanish yo‘li, Kremlning muvaffaqiyatli bozor uquvi va Vashingtonning qarama-qarshi siyosatini o‘z foydasiga aylantirish qobiliyati bilan qurilgan, - deb xulosa qiladi Bloomberg.
Vaholanki, bir vaqtlar esa Tramp AQSh energetik yuksak davlatga aylangani va boshqa dushman davlatlarga muhtoj emasligi bilan maqtangan edi, - deydi Xyustondagi Beyker istituti tahlilchisi Mark Finli.
Vashingtonning o‘zi ushbu vaziyatga hech qanday izoh berayotgani yo‘q. Lekin Rossiyadan neft importi miqdori oshib borayotgani AQShning energetik mustaqilligi amalga oshmaganidan yaqqol darak beradi.
Yangiliklar lentasi
0