https://oz.sputniknews.uz/20210311/pentagon-afgonistonni-sharmandalik-bilan-tark-etmoqda--193-milliard--nimaga-sarflandi--17683091.html
Pentagon Afg‘onistonni tark etmoqda – 193 milliard $ nimaga sarflandi?
Pentagon Afg‘onistonni tark etmoqda – 193 milliard $ nimaga sarflandi?
Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda yagona arbitr va yagona politsiyachi rolini o‘ynashga qaror qilgan AQShning qo‘lidan nimalar kelishi so‘nggi 20-yil ichida Afg‘oniston misolida yaqqol ko‘rindi.
2021-03-11T17:24+0500
2021-03-11T17:24+0500
2021-03-11T22:24+0500
afg‘oniston
ashraf g‘ani
tolibon
kolumnistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0f/14540242_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_4cb1dff7d4f57cf0c6e19a3e87cf3c99.jpg
Dunyoda yagona arbitr va yagona politsiyachi rolini o‘ynashga qaror qilgan AQShning qo‘lidan nimalar kelishi so‘nggi 20-yil ichida Afg‘oniston misolida yaqqol ko‘rindi.Vashington uchun Afg‘oniston harbiy kampaniyasi o‘zoq muddatli, serxarajat, geosiyosiy kamsitishdan iborat bo‘ldi. AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘oniston hududida harbiy operatsiyalarni boshlaganiga yaqindi 20-yil bo‘ladi. Pentagon hisob-kitobi bo‘yicha ushbu urushga AQSh budjetidan 2001-yildan buyon 193 milliard dollar xarajat qilingan. Natija esa sharmandali bo‘ldi: AQSh o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga va Afg‘onistondagi eng kuchli terrorchi tashkilot bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Xo‘sh, asl maqsad nima edi o‘zi? Eslatib o‘tamiz, tolibon Afg‘onistonda 1996-2001 yillar davomida Afg‘onistonda yetakchilik qilgan. Endi bo‘lsa vaziyat takrorlanmoqda shekilli. AQSh va tolibon o‘tgan yilning 29-fevral kunida Doxa shahrida tinlik shartnomasini imzolashgan edi. Tolibon bilan kelishuvga ko‘ra AQSh mamalkatda o‘zaro rushuyotgan kuchlarni yarashtirib o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi kerak edi. Ushbu shartnoma Afg‘oniston ichidagi kuchlar orasida tinchlik jarayonini boshlab yuborishi kerak edi, AIRda tinchlik hali ham o‘rnatilgani yo‘q. Qo‘zg‘olonchilarning hukumatga qarshi kurashi – bir kunga ham to‘xtagani yo‘q... Bunga hatto koronavirus pandemiyasi ham xalal bera olmadi. Pentagonda bo‘lsa, yakuniy qaror borasida diskussiyalar to‘xtamayapti. U hali ham qabul qilingani yo‘q.AQShnpring Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad mart oyining boshida rasmiy Qobul va Tolibonga vaqtinchalik ma’muriyat – Oliy islomiy kengash tashkil qilishni maslahat bergan edi. Delegatsiya tarkibiga 7 nafar tolibon va 7 nafar hukumat vakillari kirishi va nufuzli Kengash boshlig‘i (jami 15 kishi) bo‘lishi ma’lum qilingan edi.Yangi siyosiy tizimi prezident Ashraf G‘anining iste’fosini talab qilsada, lekin amaldagi hukumatni saqlab qolishga qaratilgan. Shuningdek amaldagi qonunlarni shariat nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutgan. Doimiy hukumat keyinroq tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Urushlardan keyingi Qobul Lekin AQShning ushbu rejasi Qobulning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ashraf G‘ani uni “Xalilzodaning orzulari” deb atadi va afg‘on xalqi tinchlik istashini, lekin bu “mozordagi tinchlik” bo‘lishi kerak emasligini qayd etdi. (Aslida ushbu reja Xalilzodaga emas AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenga tegishli edi.) Shundan so‘ng Qobulda yana bir necha kuchli bayonotlar jarangladi. Bularning barchasida AQShning tinchlik rejasi mutlaq barbod bo‘lganini xulosa qilish mumkin edi. Dumak qo‘shni respublikada urush davom etadi... Afg‘onistonda 29-fevraldan keyin kuchga kirgan “tinchlik” jarayoni Pentagon va NATOning tolibon bilan oxirgi 20-yillik urushdan farq qilmaydi. Qobulda haligacha portlashlar yuz bermoqda. mart oyining boshida Afg‘on armiyasi mamlakat shimolidagi formpostini qo‘ldan boy berdi. Tolibon Bagdis provinsiyasidagi Balamurg‘ab shahri yaqinidagi harbiy bazani qo‘lga kiritishdi.Terrorchilar butun mamlakat bo‘ylab yirik shaharlarda avtomobillarni minalashtirishda davom etmoqda. Aksariyat teraktlar Qobul, Nangarxar, Qandagar, Uruzgan va Faryob provinsiyaflarida amalga oshirilmoqda. Faqatgina fevralning 2 haftasida 168 kishi qurbon bo‘ldi va yana 172 kishi yaralandi. Doxada tinchlik muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan so‘ng zo‘ravonlik aksiyalari soni keskin oshdi. Tolibon Logar va Hirot provinsiyalarida hukumat kuchlarining xavfsizlik postlarini egallab olmoqda. Birz oldin esa Qandag‘ar viloyatida Afg‘on milliy armiyasi qo‘l ostida bo‘lgan 200ta blok-post jangarilar qo‘liga o‘tgan edi. Tolibon bahorgi hujumlarga tayyorlanmoqda. Ular 11 viloyatda allaqachon o‘z gubernatorlarini tayinlashga ulgurgan (Xost, Nangarxar, Paktiya, Paktika, Kabul, Samangan, Kunduz, Taxar, Bamian, Lagman va Parvan). Shuningdek 12ta viloyatda harbiy komissiya va harbiy qismlar rahbarlarini tayinlashga ulgurishgan. Afg‘onistonda yangi fuqaro urushi muqarrar bo‘lib qolmoqda. Uning albatta tashqi siyosiy oqibatlari ham bo‘ladi. Shu o‘rinda Tolibon* bosh ofisi Qatarda joylashganiga e’tibor berish kerak. Terrorchi guruh Pokiston va boshqa bir necha davlatlarda rasman faoliyat yuritadi. Shuningdek tolibon qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari uchun potensial terror va harbiy xavf soluvchi kuchdir. Afg‘oniston maxsus xizmatlari xabariga ko‘ra, ushbu mamlakatda Tolibon bilan bog‘liq bo‘lgan 10 mingga yaqin chet ellik jangarilar mavjud. Ular orasida Tojikiston fuqarolari ham bor. Tolibon Afg‘onistonda “muqaddas urush”ga tayyoralanayotgan bir vaqtda ID* tarafdorlarining ham faolligi oshmoqda. Ular MDH hududiga ekspansiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Fevral oxirida Qobulda ushbu hudud davlatlari maxsus xizmatlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishi ham bejiz emas. Rossiya ta’siri Afg‘oniston milliy yarashish Oliy kengashining rahbari Abdulla Abdulla va sobiq prezident Hamid Karzay 6 -7 mart kunlari Rossiyaning Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov bilan muzokaralar o‘tkazishdi. Ular Moskva formatida taklif etilgan Rossiya tashabbuslarini muhokama qilishdi. Biroz oldin Afg‘oniston TIVi Rossiyaning prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning Tolibon haqida aytgan so‘zlariga salbiy munosabat bildirgan edi. Zamir Qobulov Sputnik Afghanistan agentligiga Rossiya toliblarni “o‘z siyosiy va ideologik qarashlariga ega bo‘lgan, afg‘on jamiyatining bir bo‘lagi bo‘lgan milliy harakat” deb qabul qilishini ma’lum qilgan edi. Rasmiy nuqtayi nazardan Rossiya Tolibonni terorchi tashkilot deb tan oladi. 2003-yilda Oliy sud Tolibonni terrorchi deb tan olgan va bugungi kunga qadar o‘z qarorini o‘zgartirgani yo‘q. Shu bilan birga Zamir Kabulov tolibonning Afg‘oniston ustidan yagona hukumat o‘rnatishga talabini tan olmaydi. Afg‘onsiton fuqarolari bo‘lajak davlatning siyosiy tuzilmasi haqida kompromissilar asosida o‘zaro kelishib olishlari kerak. Bunday yondashuv naqadar asosli ekanini vaqt ko‘rsatadi. Moskva afg‘onlararo muzokaralar “kengaytirilgan uchlik” doirasida, mamlakatdagi jarayonlarga eng ko‘p ta’sir ko‘rsata oladigan davlatlar Rossiya, AQSh, Xitoy, Pokiston va Eron ishtirokida bo‘lib o‘tishi tarafdori. Mart oyida afg‘onlararo tinchlik muzokaralari Turkiyada (14 mart) va Rossiyada (18 mart) bo‘lib o‘tishi haqida dastlabki ma’lumotlar bor. Bunday muzokaralarda ularning jug‘rofiy joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. Rossiya yangi tarixda eng murakkab mojarolarni hal qilishda tomonlarga idrokli yechimlar topishga yordam bergan edi. *Tolibon – Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20210305/Afoniston-armiyasi-shimolda-okhirgi-istekomni-tark-etdi-MO-mintaasini-nima-kutmoda-16134911.html
https://oz.sputniknews.uz/20210215/Afoniston---Eron-chegarasida-500ga-yain-avtomobil-nib-ketdi-16007079.html
https://oz.sputniknews.uz/20210201/Ozbekiston-va-Afgoniston-TIV-rahbarlai-qator-masalalarni-muhokama-qildi-15913234.html
https://oz.sputniknews.uz/20201215/Verkhoturov-Afoniston-byicha-tinchlik-muzokaralari-nega-tkhtatilgani-aida-15606481.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0f/14540242_296:0:1736:1080_1920x0_80_0_0_f458c8d790f79ad77adc154d525040e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
afg‘oniston, ashraf g‘ani, tolibon, kolumnistlar
afg‘oniston, ashraf g‘ani, tolibon, kolumnistlar
Pentagon Afg‘onistonni tark etmoqda – 193 milliard $ nimaga sarflandi?
17:24 11.03.2021 (yangilandi: 22:24 11.03.2021) AQSh, salkam 20-yillik "tinchlikparvar operatsiya"dan so‘ng Afg‘onistonni fuqaro urushi arafasida tashlab chiqib ketmoqda.
Dunyoda yagona arbitr va yagona politsiyachi rolini o‘ynashga qaror qilgan AQShning qo‘lidan nimalar kelishi so‘nggi 20-yil ichida Afg‘oniston misolida yaqqol ko‘rindi.
Vashington uchun Afg‘oniston harbiy kampaniyasi o‘zoq muddatli, serxarajat, geosiyosiy kamsitishdan iborat bo‘ldi.
AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘oniston hududida harbiy operatsiyalarni boshlaganiga yaqindi 20-yil bo‘ladi. Pentagon hisob-kitobi bo‘yicha ushbu urushga AQSh budjetidan 2001-yildan buyon 193 milliard dollar xarajat qilingan. Natija esa sharmandali bo‘ldi: AQSh o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga va Afg‘onistondagi eng kuchli terrorchi tashkilot bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Xo‘sh, asl maqsad nima edi o‘zi?
Eslatib o‘tamiz, tolibon Afg‘onistonda 1996-2001 yillar davomida Afg‘onistonda yetakchilik qilgan. Endi bo‘lsa vaziyat takrorlanmoqda shekilli.
AQSh va tolibon o‘tgan yilning 29-fevral kunida Doxa shahrida tinlik shartnomasini imzolashgan edi. Tolibon bilan kelishuvga ko‘ra AQSh mamalkatda o‘zaro rushuyotgan kuchlarni yarashtirib o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi kerak edi. Ushbu shartnoma Afg‘oniston ichidagi kuchlar orasida tinchlik jarayonini boshlab yuborishi kerak edi, AIRda tinchlik hali ham o‘rnatilgani yo‘q. Qo‘zg‘olonchilarning hukumatga qarshi kurashi – bir kunga ham to‘xtagani yo‘q... Bunga hatto koronavirus pandemiyasi ham xalal bera olmadi. Pentagonda bo‘lsa, yakuniy qaror borasida diskussiyalar to‘xtamayapti. U hali ham qabul qilingani yo‘q.
AQShnpring Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad mart oyining boshida rasmiy Qobul va Tolibonga vaqtinchalik ma’muriyat – Oliy islomiy kengash tashkil qilishni maslahat bergan edi. Delegatsiya tarkibiga 7 nafar tolibon va 7 nafar hukumat vakillari kirishi va nufuzli Kengash boshlig‘i (jami 15 kishi) bo‘lishi ma’lum qilingan edi.
Yangi siyosiy tizimi prezident Ashraf G‘anining iste’fosini talab qilsada, lekin amaldagi hukumatni saqlab qolishga qaratilgan. Shuningdek amaldagi qonunlarni shariat nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutgan. Doimiy hukumat keyinroq tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Urushlardan keyingi Qobul
Lekin AQShning ushbu rejasi Qobulning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ashraf G‘ani uni “Xalilzodaning orzulari” deb atadi va afg‘on xalqi tinchlik istashini, lekin bu “mozordagi tinchlik” bo‘lishi kerak emasligini qayd etdi. (Aslida ushbu reja Xalilzodaga emas AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenga tegishli edi.)
“Har qanday reja va strategiya Afg‘onistonning siyosiy tuzumi va Konstitutsiyasini himoya qilishi kerak, Asosiy qonun barbod bo‘lishiga olib kelmasligi kerak”, - degan edi AIR vitse-prezidenti Moxammad Sarvar Danish.
Shundan so‘ng Qobulda yana bir necha kuchli bayonotlar jarangladi. Bularning barchasida AQShning tinchlik rejasi mutlaq barbod bo‘lganini xulosa qilish mumkin edi. Dumak qo‘shni respublikada urush davom etadi...
Afg‘onistonda 29-fevraldan keyin kuchga kirgan “tinchlik” jarayoni Pentagon va NATOning tolibon bilan oxirgi 20-yillik urushdan farq qilmaydi. Qobulda haligacha portlashlar yuz bermoqda. mart oyining boshida Afg‘on armiyasi mamlakat shimolidagi formpostini qo‘ldan boy berdi. Tolibon Bagdis provinsiyasidagi Balamurg‘ab shahri yaqinidagi harbiy bazani qo‘lga kiritishdi.
Terrorchilar butun mamlakat bo‘ylab yirik shaharlarda avtomobillarni minalashtirishda davom etmoqda. Aksariyat teraktlar Qobul, Nangarxar, Qandagar, Uruzgan va Faryob provinsiyaflarida amalga oshirilmoqda. Faqatgina fevralning 2 haftasida 168 kishi qurbon bo‘ldi va yana 172 kishi yaralandi. Doxada tinchlik muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan so‘ng zo‘ravonlik aksiyalari soni keskin oshdi.
Tolibon Logar va Hirot provinsiyalarida hukumat kuchlarining xavfsizlik postlarini egallab olmoqda. Birz oldin esa Qandag‘ar viloyatida Afg‘on milliy armiyasi qo‘l ostida bo‘lgan 200ta blok-post jangarilar qo‘liga o‘tgan edi.
Tolibon bahorgi hujumlarga tayyorlanmoqda. Ular 11 viloyatda allaqachon o‘z gubernatorlarini tayinlashga ulgurgan (Xost, Nangarxar, Paktiya, Paktika, Kabul, Samangan, Kunduz, Taxar, Bamian, Lagman va Parvan). Shuningdek 12ta viloyatda harbiy komissiya va harbiy qismlar rahbarlarini tayinlashga ulgurishgan.
Afg‘onistonda yangi fuqaro urushi muqarrar bo‘lib qolmoqda. Uning albatta tashqi siyosiy oqibatlari ham bo‘ladi. Shu o‘rinda Tolibon* bosh ofisi Qatarda joylashganiga e’tibor berish kerak. Terrorchi guruh Pokiston va boshqa bir necha davlatlarda rasman faoliyat yuritadi. Shuningdek tolibon qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari uchun potensial terror va harbiy xavf soluvchi kuchdir. Afg‘oniston maxsus xizmatlari xabariga ko‘ra, ushbu mamlakatda Tolibon bilan bog‘liq bo‘lgan 10 mingga yaqin chet ellik jangarilar mavjud. Ular orasida Tojikiston fuqarolari ham bor. Tolibon Afg‘onistonda “muqaddas urush”ga tayyoralanayotgan bir vaqtda ID* tarafdorlarining ham faolligi oshmoqda. Ular MDH hududiga ekspansiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Fevral oxirida Qobulda ushbu hudud davlatlari maxsus xizmatlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishi ham bejiz emas.
Afg‘oniston milliy yarashish Oliy kengashining rahbari Abdulla Abdulla va sobiq prezident Hamid Karzay 6 -7 mart kunlari Rossiyaning Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov bilan muzokaralar o‘tkazishdi. Ular Moskva formatida taklif etilgan Rossiya tashabbuslarini muhokama qilishdi.
Biroz oldin Afg‘oniston TIVi Rossiyaning prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning Tolibon haqida aytgan so‘zlariga salbiy munosabat bildirgan edi. Zamir Qobulov Sputnik Afghanistan agentligiga Rossiya toliblarni “o‘z siyosiy va ideologik qarashlariga ega bo‘lgan, afg‘on jamiyatining bir bo‘lagi bo‘lgan milliy harakat” deb qabul qilishini ma’lum qilgan edi.
Rasmiy nuqtayi nazardan Rossiya Tolibonni terorchi tashkilot deb tan oladi. 2003-yilda Oliy sud Tolibonni terrorchi deb tan olgan va bugungi kunga qadar o‘z qarorini o‘zgartirgani yo‘q.
Shu bilan birga Zamir Kabulov tolibonning Afg‘oniston ustidan yagona hukumat o‘rnatishga talabini tan olmaydi. Afg‘onsiton fuqarolari bo‘lajak davlatning siyosiy tuzilmasi haqida kompromissilar asosida o‘zaro kelishib olishlari kerak.
“Biz Tolibonga real harbiy-siyosiy kuch sifatida qaraymiz. Hozirgi kunda ular o‘z maqsadlariga asosan kuch ishlatish yo‘li bilan erishayotgan bo‘lsada, biz kelajakda ularning siyosiy boshqaruvda ishtirok etishi tarafdormiz”, - degan edi Kabulov.
Bunday yondashuv naqadar asosli ekanini vaqt ko‘rsatadi. Moskva afg‘onlararo muzokaralar “kengaytirilgan uchlik” doirasida, mamlakatdagi jarayonlarga eng ko‘p ta’sir ko‘rsata oladigan davlatlar Rossiya, AQSh, Xitoy, Pokiston va Eron ishtirokida bo‘lib o‘tishi tarafdori.
Mart oyida afg‘onlararo tinchlik muzokaralari Turkiyada (14 mart) va Rossiyada (18 mart) bo‘lib o‘tishi haqida dastlabki ma’lumotlar bor.
Bunday muzokaralarda ularning jug‘rofiy joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. Rossiya yangi tarixda eng murakkab mojarolarni hal qilishda tomonlarga idrokli yechimlar topishga yordam bergan edi.
*Tolibon – Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.