Doxada Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" radikal harakati (Rossiyada ta’qiqlangan) a’zolari o‘rtasida tinchlik muzokaralari 20 kunga to‘xtatildi. AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayon to‘xtashining asosiy sababi "kun tartibidagi masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar" bo‘lgan. Muloqot 5-yanvar kuni qayta yangilanishi rejalashtirilgan.
Siyosatshunos, sharqshunos, Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Dmitriy Verxoturov muzokaralar nega to‘xtatilgani munosabati bilan o‘z fikrini bildirdi.
"Meni fikrimcha, bu umuman olganda juda mayda faktlar. Gap shundaki, tinchlik muzokaralari hamisha ikkala tomon bilan ham kelishilishi lozim bo‘lgan o‘ndan ziyod punktlarni o‘z ichiga oladi. Bu bo‘yicha shartlar turlicha bo‘lishi mumkin. Agar qaysidir punkt tasdiqlangan bo‘lmasa va ular bu borada yakdir fikrga kela olmasalar, u holda muzokaralar to‘xtatiladi", - dedi ekspert Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.
Siyosatshunos so‘zlariga ko‘ra, majlis to‘xtatiladigan vaqt davomida ikkala tomon ham ilgari surilgan shartlar borasida mulohaza qiladilar.
"Shundan so‘ng o‘ylar boshlanadi, qabul qilamizmi, yo‘qmi, nima qilmoq kerak, nima taklif qilsa bo‘ladi, norasmiy, noformal aloqalar bo‘lishi mumkin. Ushbu muloqotlar davomida yagona kelishuvga kelish mumkin bo‘lgan qandaydir liniya aniqlanadigan bo‘lsa, o‘sha paytda e’tiboran ular muzokaralar stoli atrofiga o‘tirib, kelishuvni qayta ishlaydilar va ularni tayyor holatga keltiradilar", - deb hikoya qildi Verxoturov.
Ekspert tinchlik muzokaralarini bir necha bor to‘xtatgan Afg‘oniston bosh vaziri Gulbiddin Hikmatorni misol keltirdi.
"Xikmator tinchlik bitimini imzolashdan oldin muzokaralarni besh marotaba to‘xtatgan, chunki unga taklif etilgan bitimning ayrim punktlari yoqmagan, ammo keyin ular hammasini kelishib olganlar", - dedi u.
Afg‘onistonda urush allaqachon hayot tarziga aylangan, deb qo‘shimcha qildi Verxoturov.
"U yerdagi odamlar o‘zlarining o‘zi nima uchun urush qilayotganligi, umuman hammasi qanday boshlanganini unchalik tushunmaydilar ham. Shu bois, tinchlik muzokaralari fonida asosan mayda va lokal janglar ro‘y bermoqda, buning ajablanarli joyi yo‘q", - deb xotima qildi u.
Yaqinda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani muzokaralarning ikkinchi raundini Qatarda emas, Afg‘onistonda o‘tkazish lozim, deya aytgan edi. Uning aytishicha, toliblar ham afg‘onistonlik, shu bois ular bu variantga rozi bo‘lishi kerak.