https://oz.sputniknews.uz/20210305/Afoniston-armiyasi-shimolda-okhirgi-istekomni-tark-etdi-MO-mintaasini-nima-kutmoda-16134911.html
Afg‘oniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda
Afg‘oniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi yana "olov olmoqda": Afg‘oniston Islom Respublikasi armiyasi mamlakat shimolidagi Bala Murg‘ob shahrida oxirgi istehkomni tark etdi 05.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-05T12:03+0500
2021-03-05T12:03+0500
2021-03-05T12:03+0500
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/19/15862117_0:197:3000:1885_1920x0_80_0_0_3cf36049d878e54cbebabf004c104b22.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bataloni mamlakat shimolidagi Badgis provinsiyasi Bala Murg‘ob shahridagi bazani tark etdi, deb xabar bermoqda Tolo News.Afg‘oniston Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Bala Murg‘obda batalonning bo‘lishi unchalik katta ahamiyatga ega emas, qolaversa, harbiy baza o‘tib bo‘lmas yo‘llar va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli joyini o‘zgartirgan.Batalon jami uch yuzga yaqin harbiy xizmatchilar, politsiyachilar va milliy xavfsizlik kuchlari askarlaridan iborat bo‘lgan."Afg‘onistondagi qo‘shinlarning qayta dislokatsiyasi mintaqa uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mamlakatning aksariyat siyosiy arboblari shu tariqa rasmiy Qobul provinsiyani qariyb toliblar qo‘liga topshirdi", - deya xabar qiladi Sputnik Tojikiston nashri.Bundan tashqari, Tolo News xabariga ko‘ra, toliblar Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalarida askarlar ketishi bilan sanoqli soatlar ichida hududlarni egallab olib, o‘z shaxsiy bazalari va blokpostlarni yaratishmoqda.So‘nggi oylar ichida mamlakatning qaysi qismida harbiy kuchlar o‘zlarining kichik va yirik bazalarini tark etishgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida idora mamlakat bo‘ylab politsiya uchastkalarining teng yarmini qisqartirgan.Shu tariqa, deb yozadi "Voyennoe obozrenie" nashri, afg‘on armiyasi mamlakat shimolida so‘nggi forpostni boy berdi.Bundan kelib chiqadiki, Tojikiston bilan chegaradosh hudud to‘liq toliblar qo‘lida qolmoqda, bu esa chegarada shundoq ham notinch bo‘lgan vaziyatni yanada ziddiylashtirmoqda. Shuni qayd etish joizki, Tojikiston, Rossiya va ODKB o‘z nigohlarini allaqachon ag‘on bilan chegaraga qaratganlar.
https://oz.sputniknews.uz/20201119/Afon-ozoni-aynamoda-Amerikaliklar-ketmoda-Tolibon-urollanmoda-15442078.html
https://oz.sputniknews.uz/20201210/Ozbekiston-va-Tojikistondan-yuzlab-terrorchi-Tolibon-safiga-qoshildi-afon-OAV-15572954.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/19/15862117_349:0:3000:1988_1920x0_80_0_0_a0a3edddb83d6b0d04a1285c44cb6933.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida, yangiliklar
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida, yangiliklar
Afg‘oniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi yana "olov olmoqda": Afg‘oniston Islom Respublikasi armiyasi mamlakat shimolidagi Bala Murg‘ob shahrida oxirgi istehkomni tark etdi
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bataloni mamlakat shimolidagi Badgis provinsiyasi Bala Murg‘ob shahridagi bazani tark etdi, deb xabar bermoqda Tolo News.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Bala Murg‘obda batalonning bo‘lishi unchalik katta ahamiyatga ega emas, qolaversa, harbiy baza o‘tib bo‘lmas yo‘llar va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli joyini o‘zgartirgan.
Batalon jami uch yuzga yaqin harbiy xizmatchilar, politsiyachilar va milliy xavfsizlik kuchlari askarlaridan iborat bo‘lgan.
"Afg‘onistondagi qo‘shinlarning qayta dislokatsiyasi mintaqa uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mamlakatning aksariyat siyosiy arboblari shu tariqa rasmiy Qobul provinsiyani qariyb toliblar qo‘liga topshirdi", - deya xabar qiladi Sputnik Tojikiston nashri.
Bundan tashqari, Tolo News xabariga ko‘ra, toliblar Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalarida askarlar ketishi bilan sanoqli soatlar ichida hududlarni egallab olib, o‘z shaxsiy bazalari va blokpostlarni yaratishmoqda.
So‘nggi oylar ichida mamlakatning qaysi qismida harbiy kuchlar o‘zlarining kichik va yirik bazalarini tark etishgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida idora mamlakat bo‘ylab politsiya uchastkalarining teng yarmini qisqartirgan.
Shu tariqa, deb yozadi "Voyennoe obozrenie" nashri, afg‘on armiyasi mamlakat shimolida so‘nggi forpostni boy berdi.
Bundan kelib chiqadiki, Tojikiston bilan chegaradosh hudud to‘liq toliblar qo‘lida qolmoqda, bu esa chegarada shundoq ham notinch bo‘lgan vaziyatni yanada ziddiylashtirmoqda. Shuni qayd etish joizki, Tojikiston, Rossiya va ODKB o‘z nigohlarini allaqachon ag‘on bilan chegaraga qaratganlar.